Научная статья на тему 'MADANIYAT BO‘LIM MUDIRLARINING ISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI'

MADANIYAT BO‘LIM MUDIRLARINING ISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
158
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
boshqaruv / madaniyat boshqaruvi / rahbar / madaniyat boʻlimi mudiri / rahbar imidji / jahon tajribalari / ustoz-shogirdlik anʼanalari / rahbar va hokim hamkorligi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘Li Xolmoʻminov, E’Zoza Nuriddin Qizi Karimova

Ushbu maqolada tobora yangilanib borayotgan Oʻzbekiston sharoitda rahbar kadrlarning ahamiyati, xususan bu borada madaniyat sohasiga oid muammoalar va ularni hal qilishga doir chora-tadbirlarga toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek maqolada bugungi kun rahbarlarining ayniqsa, tumanlardagi Madaniyat boʻlimi mudirlarining xato va kamchiliklariga alohida eʼtibor qaratilib, aynan rahbarlarning loqaydligi sohadagi inqirozlarning asosiy sababi sifatida keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT BO‘LIM MUDIRLARINING ISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI»

MADANIYAT BO'LIM MUDIRLARINING ISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com E'zoza Nuriddin qizi Karimova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotasiya: Ushbu maqolada tobora yangilanib borayotgan O'zbekiston sharoitda rahbar kadrlarning ahamiyati, xususan bu borada madaniyat sohasiga oid muammoalar va ularni hal qilishga doir chora-tadbirlarga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek maqolada bugungi kun rahbarlarining - ayniqsa, tumanlardagi Madaniyat bo'limi mudirlarining xato va kamchiliklariga alohida e'tibor qaratilib, aynan rahbarlarning loqaydligi sohadagi inqirozlarning asosiy sababi sifatida keltirilgan.

Kalit so'zlar: boshqaruv, madaniyat boshqaruvi, rahbar, madaniyat bo'limi mudiri, rahbar imidji, jahon tajribalari, ustoz-shogirdlik an'analari, rahbar va hokim hamkorligi.

MECHANISMS OF WORK ACTIVITY DEVELOPMENT OF CULTURE

DEPARTMENT HEADS

Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov mominmirzoxolmominov@gmail.com E'zoza Nuriddin kizi Karimova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article focuses on the importance of leadership in the conditions of Uzbekistan, which is becoming more and more modern, in particular, the problems related to the cultural sector and measures to solve them. Also, the article pays special attention to the mistakes and shortcaomings of today's leaders, especially the heads of the culture department in the districts, and the indifference of the leaders is given as the main reason for the crises in the field.

Keywords: management, culture management, leader, head of culture department, leader's image, world experiences, mentor-apprenticeship traditions, leader and governor cooperation

"Kim aqlli? Hammadan va har kimdan o'rgangan odam "

Kim kuchli? Oz ehtiroslarini jilovlagan kishi.

Kim badavlat? O'z taqdiridan mamnun bo'lgan kishi.

Bu kimga berilgan? Hech kimga"[1:31]

Benjamin Franklin

Insoniyat tamaddunining ilk davrlaridanoq boshqarish va boshqarish tushunchalari mavjud bo'lgan. Hatto oddiy tosh yoki suyakdan mehnat quroli sifatida foydalangan inson ham qaysidir kuch vositasida boshqarilgan. Insoniyat yashash tarzi o'zgarib, tobora murakkablashib borgani sayin rahbarlik, boshqaruv kabi tushunchalarning ham murakkablashuvini ko'rishimiz mumkin. Necha ming yillik tarix tajribasi shuni ko'rsatadiki, jamiyat hayotining barcha yo'nalishlari bevosita yoki bilvosita lekin boshqarilishi shart.[2:3]

Albatta, boshqarish jarayoni o'ta murakkab bo'lib, kishidan ham psixologik, ham jismoniy kuch talab va o'z kasbining ustasi bo'lishlikni talab qiladigan faoliyat hisoblanadi. Dunyodagi eng qiyin san'at - boshqaruv san'atidir deb bejiz aytilmagan. Endi bevosita madaniyat va san'at sohasidagi boshqaruvga to'xtaladigan bo'lsak, bu ham o'z navbatida o'ta murakkab jarayon ekanligi barchamizga ma'lum. Zero, madaniyat va san'at muassasalari xodimlari uzoq tarixga borib taqaladigan milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz, xalq og'zaki ijodiyoti, klassik, mumtoz, zamonaviy qo'shiqchilik, milliy maqom, baxshichilik, muzeylar va teatrlar, konsert tashkilotlari, ijodiy jamoalarning faoliyatini tartibga soluvchilar, xalqqa yetkazib beruvchilardir. Chunki har bir xalqning san'ati shu xalqni dunyoga tanitadi, jahon sahnalarida shu xalqning nomidan so'z aytishga sharoit yaratadi. Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o'ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo'lidan muvaffaqiyatli ravishda olg'a siljitishda hal qiluvchi, ta'bir joiz bo'lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir. [3:139] Boshqaruv jarayonlarida rahbarning qanday bo'lishi kerakligi to'g'risida qadim zamonlardanoq sharq va g'arb olimlari tomonidan turli g'oya va fikrlar keltirilgan, kitoblar yozilgan, ilmiy asarlar yaratilgan. Tobora rivoj topib borayotgan XXI asr sharoitida, qolaversa yangi-yangi islohotlar bilan qamrab olinayotgan mustaqil Yangi O'zbekistonda bugun boshqaruv tushunchalarining o'rni va roli oshib, o'ziga xos ahamiyat kasb etib bormoqda. Boshqaruv jarayonlarida rahbarlarning tez-tez almashinuvi, davlat apparatining quyi bo'g'inidan tortib yuqori organlarigacha chuqur o'zgarishlar bo'layotgani, nafaqat san'at va madaniyat, balki har bir sohada yangilanishlar, o'zgarishlar, ta'bir joiz bo'lsa, yaxshilanishlar bo'layotgani barchamizga ma'lum! Ayni madaniyat va san'at sohasidagi yangiliklarga to'xtaladigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevralda qabul qilingan "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarorida belgilangan chora-tadbirlar natijasi o'laroq yaqindagina O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida respublikadagi tuman va shaharlar madaniyat markazlari direktorlari uchun Menejment (madaniyat va san'at sohasi

bo'yicha) yo'nalishida 72 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etildi (Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja grafik asosida). Kurslarda bevosita ustozlik qilgan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professor-o'qituvchilarining madaniyat markazlari rahbar xodimlari haqida fikrlariga to'xtaladigan bo'lsam, rahbarlarning aksariyati yoshi katta insonlar (ta'bir joiz bo'lsa qariyalar) ekanligini va ularda na rahbarlikka ishtiyoq va rahbar imidjini ko'ra olmaganliklarini ta'kidladilar. 830 dan ortiq madaniyat markazi rahbarlarining aksariyatida ishlashni xohlamaslik asosiy muammo bo'lib hisoblanadi. Ishga nisbatan ma'suliyatsizlik, layoqatsizlik, ularda oldinga siljishga bo'lgan intilishning yo'qligi, rahbarlar o'zlarini yoshim o'tib qoldi deb hisoblashi kabi omillar ortidan bugun sohada rivojlanish yetarlicha emasligiga yaqqol dalil bo'ladi. Rahbar imidji, rahbarlik, boshqaruv, kadrlar masalasi, rahbardagi qunt va ishtiyoq haqida so'z ketar ekan bugun nafaqat madaniyat sohasini balki yurtimizdagi barcha sohalarni qamrab olayotgan "yosh va zamonaviy kadrlar rivojlanish kalitidir" qabilidagi yondashuvlarga ham to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Darhaqiqat yosh kadrlarning afzalliklari barchamizga ayon:

- til biladi;

- internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol;

- zamonaviy texnologiyalardan xabardor;

- yangiliklarni tez va oson qabul qila oladi;

- yosh va g'ayratli va hokazo.

Ammo tajriba va bilimchi?! Yillar davomida shakllangan uzoqni ko'ra olish, insonlar bilan ijtimoiy muloqotga kirishish kabi ba'zi sifatlar ham borki, ularni biz aytayotgan o'sha "qoni qaynoq" yoshlardan topish amri mahol albatta.

Eng ko'p e'tibor qaratishimiz lozim bo'lgan narsa yana shuki, yoshi katta rahbarlarda o'ziga xos ta'sir kuchi ham bo'ladi va bu boshqaruvda juda qo'l keladi. Dunyoning eng taniqli nashrlari bo'lmish Time va Forbes jurnallari dunyodagi eng kuchli ta'sirga ega insonlari ro'yxatini e'lon qilgan va undagi shaxslar - Bill Gates (67 yosh), AQSH Federal zahira tizimi rahbari Janet Yelen (76 yosh), Rim Papasi Frantsisk (86 yosh), XXR prizedenti Si Tsizinpin (69yosh), Germaniya kansleri Angela Merkel (68 yosh), Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin (70 yosh) kabi shaxslar orasida yosh rahbarlar yo'q, vaholanki, bugun dunyoda o'z aql va zakovati bilan hammani lol qoldirayotgan yoshlarni ko'p ko'rmoqdamiz. O'z davlatimizning yuqori bo'g'inlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, aksariyat rahbarlar, vazirlar, senat a'zolari va hatto davlatimiz rahbarining o'zi ham yosh emas albatta. Ularning say-harakatlari natijasida bugun mustaqil O'zbekistonni ko'p jabhalarda dunyo tajribalari asosida yuksalib borayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Xo'sh, endi nima uchun quyi bo'g'inlarda faoliyat yuritayotgan rahbarlar - xususan, madaniyat markazi rahbar xodimlarida o'z sohasini yuksaltirish uchun harakat va shijoat topilmasin! Endi tanqiddan yiroqlashib namuna sifatida Qashqadaryo viloyati

Shahrisabz shahar madaniyat markazini keltirib o'tmoqchimiz. Respublikadagi namunali madaniyat markazlaridan biri, yilning qaysi oyida, kunning qaysi vaqtida bormang, ishlar jadal ketmoqda, o'tkazilayotgan tadbirlarning salmog'i baland, qilinayotgan har bir islohotdan samara bor. Davlat tomonidan qaratilayotgan e'tibor deyarli bir xil, ammo o'sha loyiq bo'lgan va o'rnida foydalanayotgan markazlar juda kam. Bu borada albatta rahbarning o'rni va roli ahamiyatli. Maqolada keltirilgan deyarli barcha muammolarga yechimni shu markazda ko'rdik desak ham bo'ladi. Rahbar Otabek Jalilov bilan bevosita suhbat olib borganimizda shunga amin bo'ldikki, o'z qo'l ostidagi butun jamoani ishidan to'la xabardor rahbargina, har qanaqa joyda, har qanaqa vaziyatda faoliyatini isbot va dalillar bilan izohlab bera oladi. Rahbar va jamoaning say'-harakatlari natijasida markazda hamon islohotlar davom etmoqda. Xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yilning 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari bo'yicha Madaniyat vazirligi (Nazarbekov) va Innovatsion rivojlanish vazirligi(Abdurahmonov) bilan birgalikda 3 oy muddatda Shahrisabz shahridagi madaniyat markazini Innovatsion madaniyat markazi shaklida tashkil etish va aholi uchun zamonaviy madaniy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi topshirildi. Shunga muvofiq Shahribazda madaniyat yanada rivojlantirish borasida jadal ishlar boshlab yuborilgan. Darhaqiqat, harakatdagilar yuksalib bormoqda, boshqalarda esa hamon o'sha eski bahonalar:

- shart-sharoit yetarli emas;

- oylik maosh kam;

- biz endi qarib qoldik...

Aynan oxirgi tushuncha aslida hamma ishga g'ov bo'lmoqda, qarib qolgan bo'lishsada ishlab yurishibdi.

Hayollarida faqat erta indin pensiyaga chiqaman, yaqinda ishdan ketaman kabi tushunchalar va yana ishga nisbatan ma'suliyatsizlik. Bu borada bir hikoya yodimga tushdi: Keksa duradgor nafaqa yoshiga yetganida rahbarga ishdan bo'shamoqchiligini aytadi, rahbar undan so'nggi vazifasini bajarishini so'raydi. So'nggi bor bir ajoy ib uy tiklashini so'raydi. Duradgor ishga kirishdi, ammo astoydil ishlashni xohlamadi, qo'l uchida uy tikladi. Uy bitgach, ish beruvchi keldida, uyning kalitini duradgorga berib, uy unga sovg'a ekanligini va shuncha yillik mehnatlariga rozi bo'lishini aytdi. Duradgor hayratdan qotib qoldi. Uyatdan yondi. Afsus chekdi. O'zi uchun qurilayotgan uy ekanligini bilganida shunday qilib qurarmidi?! Qissadan hissa shuki, har doim zimmangizdagi vazifani vijdonan bajaring va aslo kam bo'lmagaysiz. [4:48] O'z vazifasini sitqidildan ado etish, soha rivojiga hissa qo'shishga intilish har bir rahbar uchun asosiy maqsad bo'lsa albatta asta sekinlik bilan rivojlanish va yuksalish bo'ladi. San'at sohasining bevosita asosi hisoblanmish ustoz - shogirdlik an'analari

bir san'atkoming tanilishi, xalq orasida obro' va e'tiborga ega bo'lishi uchun juda ahamiyatli ekani barchamizga ma'lum. Shunday ekan nega endi madaniyat va san'at boshqaruvida ham shu an'analarni davomiy bo'lishi uchun jon kuydirmasligimiz kerak?! Axir har qanday aql zakovat sohibi ham yetarlicha tajriba bo'lmasa ba'zi o'rinlarda oqsab qolishi tayin-ku. Shu o'rinda madaniyat markazlari rahbarlarining faoliyatlarida aynan ustoz - shogirdlik an'analarining deyarli yo'qolib borayotganligini ko'rishimiz mumkin. Ba'zi rahbarlarda shogird yetishtirish uchun layoqat yo'q bo'lsa, ba'zilarda esa hatto shogirdga nimadir o'rgatish uchun bilim va saviya ham yo'qligi sir emas albatta. O'z kasbini mutaxassisi bo'lmagan, sohada yetarli ish qilmagan, yangiliklardan bexabar, o'zgarishni to'la qabul qila olmaydigan, soha doirasida qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlardan, kasbiga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlardan bexabar rahbarlar rostan ham ustozlikka noloyiq albatta. Xalqimizda "Ustoz - charxpalak, shogird - suv" degan naql bekorga aytilmagan. Darhaqiqat, manzilga yetishda suv (yani shogird) ahamiyatli bo'lsada, u charxpalak (yani ustoz) yordamida tepaga ko'tariladi va maqsad sari olg'a yuradi. Ko'p yillar Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat olib brogan siyosiy fanlar nomzodi, professor Azamat Haydarov ish faoliyatini bu borada haqiqiy namuna sifatida olishimiz mumkin. Vafotlariga qadar o'z sohasining rivoji uchun tinim bilmay ishlagan bu insonni qo'l ostidagi xodimlari ham hatto ustoz deb chaqirar, nima yordam kerak bo'lsa olib, biror mavzu yuzasidan soatlab ustozdan ilm o'rganar edi. Albatta, bu kabi insonlarni ko'plab keltirish mumkin, ammo yetarli deya olmaymiz. Yana bir muhim misol sifatida Madaniyat bo'limlarida talabalarning amaliyot o'tashlari bilan bog'liq holatlarni olaylik. Oliygohlardan amaliyot uchun borgan talabaga amaliyot rahbarlarining, kezi kelsa Madaniyat bo'lim mudirlarining ham befarq bo'lishi natijasida talabalarning sohani yaxshi o'rganmasligi va hatto o'rganishga qiziqmasligini guvohi bo'lamiz. Bu holatlar ham sohaning bir vakili sifatida tabimizni hira qilishi turgan gap. Birinchi Prizedentimiz Islom Karimov aytganidek - "Barchamizga ayon bo'lishi kerakki, qayerdaki, loqaydlik va beparvolik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o'zi bo'larchilikka tashlab qo'yilsa, o'sha yerda ma'naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha qayerda hushyorlik va jonkuyarlik yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo'lsa, o'sha yerda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi"[5:33] Bugungi kunda xalqimiz orasida ma'naviyatning yetishmasligi tufayli madaniyat sohasiga e'tibor susayib bormoqda. Minglab aholisi bor bo'lgan shahar va tumanlarda Madaniyat bo'limi va filial madaniyat markazi rahbarlarining mavqei shu qadar pasayib ketganki, hatto shunchaki "artist" degan nom bilan mensimasdan chaqirishlari ham juda achinarli. Axir ma'naviyat atalmish bebaho boylikni tarqatuvchilarini noto'g'ri tushuncha bilan qabul qilish ham sohada siljish bo'lmayotganining bir omilidir. Madaniyat vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan bir qator ishlar ham aynan quyi tizimda faoliyat yuritayotgan

rahbarning viloyat va tumandagi mavqeyini oshirishga qaratilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Bugun mavqe nuqtai nazaridan hokimlarning, umuman tuman hokimlarining statusi anchagina baland. Shunday bo'lsada, hokimlarning oddiy xalq bilan munosabatida, katta davralarda - xalq orasida nutq so'zlayotganda notiqlik san'ati yetishmasligini, kerakli nutq madaniyatiga ega emasligini ko'p bora guvohi bo'lmoqdamiz. Vaholanki, ular aslida notiqlikka o'qishmagan va ko'pchilik nazdida ulardan buni talab qilish ham no'to'g'ridek tuyuladi. Ammo xalq orasida yurgan, xalq dardini eshitadigan shaxslar uchun chiroyli so'zlash va nutq madaniyati juda muhim. Va bu borada ularga aynan Madaniyat bo'lim mudirlarining yordami zarur bo'ladi. Hokim va Madaniyat bo'lim mudirlarining hamkorligi natijasida quyidagi o'zgarishlarga erishish mumkin:

1. Hokimlarga nutq madaniyati va omma oldida o'zini qay tarzda tutishi o'rgatiladi;

2. Hokim va aholi nazarida Madaniyat bo'limi mudiri va boshqa madaniyat xodimlarining mavqei oshadi;

3. Kezi kelganda hokimlarga dars o'tadigan madaniyat xodimlari yetishib chiqishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Xodimlarning o'z ustida ishlashi oshadi;

4. Soha yanada taraqqiy topadi.

Madaniyat va san'at taraqqiy etmasa jamiyat rivijlanmasligini bot-bot takrorlayotgan Muhtaram Prizedentimiz, shuningdek, ularning madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan yuksak e'tiboriga munosib javob tariqasida soha rivojiga hissa qo'shish albatta bo'lajak madaniyat xodimlari sifatidagi muhim vazifalarimizdan biri ekanligini anglab turibmiz. Xulosa o'rnida yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda munosib takliflar sifatida quyidagi jamlovchi fikrlarni aytib o'tishni joiz topdik:

- Tizimda rahbar xodimlarning faoliyatini ko'proq yoritish, kerak bo'lsa ommaviy axborot vositalari orqali ularni taqdirlash yoki jazolash;

- Madaniyat bo'lim mudirlarining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rish, ilmiy konferensiyalar tashkil qilish, sohada rahbar tomonidan oylik yoki yillik yangiliklarni qabul qilish;

- Amaliy jihatdan o'ta faol madaniyat bo'limi mudirlarini boshqa nofaol madaniyat markazlariga biriktirish va hamkorlikni yo'lga qo'yish;

- Madaniyat sohasidagi har bir rahbarning ustoz-shogirdlik an'analariga rioya qilishini kuzatib borish, kerak bo'lsa yosh kadrlarni yuqori lavozimli rahbarlarga biriktirish;

- Madaniyat bo'limi va markazlarda amaliyot o'tayotgan talabalar bilan rahbarning bevosita ishlashini ta'minlash;

- Tuman hokimi va Madaniyat bo'lim mudirlarining hamkorligini kuchaytirish.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Isxak Kalderon Adizes. Mukammal rahbar. Tarjimon: La'lixon Igamova. -Toshkent: "ZUKKO KITOBXON" nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2022.- 432 bet.

2. Razzoqov Shavkat. Rahbarlik san'ati. - Tashkent: Lessonpress, 2017. 120 bet

3. I.A.Karimov: "O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida" T., O'zbekiston, 1995. 328bet

4. Chamilja, Said. Iymon va huzun: Tarjimon - U.Adizova. - Toshkent: Muharrir nashriyoti 2021. - 128bet

5. R.Qo'chqorov, M.Qarshiboyev, O.Toshboyev. "Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch" kitobini o'rganish bo'yicha qo'llanma; Toshkent: Yangiyo'l poligraf servis, 2015, 48 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.