Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH RAHBAR KADRLARNING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH RAHBAR KADRLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
318
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / Uchinchi Renessans / yosh rahbar kadrlar / IT texnologiyalar / ilm-fan / innovatsiyalar / rahbar madaniyati.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Otabek Murod O‘G‘Li Axmatov, Xolmoʻminov Zokir Oʻg‘Li Moʻminmirzo

Ushbu maqolada yosh rahbar kadrlarning Yangi O‘zbekistondagi o‘rni, ularga qo‘yiladigan talablar hamda Yangi O‘zbekistonda yosh rahbar kadrlar salohiyatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH RAHBAR KADRLARNING O‘RNI»

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH RAHBAR

KADRLARNING O'RNI

Otabek Murod o'g'li Axmatov Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo mominmirzoxolmominov@gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh rahbar kadrlarning Yangi O'zbekistondagi o'rni, ularga qo'yiladigan talablar hamda Yangi O'zbekistonda yosh rahbar kadrlar salohiyatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, Uchinchi Renessans, yosh rahbar kadrlar, IT texnologiyalar, ilm-fan, innovatsiyalar, rahbar madaniyati.

THE ROLE OF YOUNG LEADERS IN THE DEVELOPMENT OF THE NEW

UZBEKISTAN

Otabek Murod oglu Axmatov Xolmuminov Zokir oglu Muminmirzo mominmirzoxolmominov@gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the role of young leaders in New Uzbekistan, the requirements for them and the work being done in New Uzbekistan to develop the potential of young leaders.

Keywords: New Uzbekistan, Third Renaissance, young leaders, IT technologies, science, innovation, leadership culture.

Barchamizga ma'lumki davlatimiz kundan-kunga yangilanib, ijtimoiy - siyosiy, iqdisodiy, hamda ma'naviy-ma'rifiy jihatdan dunyo davlatlari ichida yetakchi o'rinlarni egallab bormoqda. Chuqur ildizga ega madaniyatimiz tufayli Yangi O'zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro'-e'tiborga ega bo'lib, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanib bormoqda. Mana shunday o'zgarishlarning fundamental asosida yosh rahbar kadrlarning o'rni ham alohida e'tiborga molikdir.

Hozirda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan Yangi O'zbekiston g'oyasi zamirida, ulug' ajdodlarimizning milliy tariximizda birinchi va ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu - intilishlari va armonlari ham mujassam desak adashmagan

bo'lamiz. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotida madaniy taraqqiyot uni yangi bosqichga ko'taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa RENESSANS - uyg'onish, qayta tiklanish yuksalish deb atalishi barchamizga ayon. O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib Yangi O'zbekiston va Uchinchi Renessans so'zlari hayotimizda o'zaro uyg'un va hamohang bo'lib yangramoqda va xalqimizni ulug' maqsadlar sari ruhlantirmoqda.[1:72].

Albatta davlatimizning Uchinchi Renessansga qadam qo'yayotganligi hamda dunyo davlatlarining Yangi O'zbekistonimizni o'rganishga yanada qiziqishi ortayotganligida yosh rahbar kadrlarning o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham yurtimizda bugungi kunda davom etayotgan jadal islohatlar davrida, progressev fikrlaydigan va salohiyatli yosh kadrlarga katta e'tibor qaratilib, siyosiy jabhalarga va strategik muhim sohalarga jalb qilinmoqda.

Yangi O'zbekistonda fuqarolar jamiyatining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqdisodiy qiyofasi jadal o'zgarib hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyatlar va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham ko'proq biz yoshlar his qilmoqdamiz. Jumladan, "iqdisodiy faoliyat erkinligi", "so'z erkinligi", "qonun ustuvorligi", "ochiqlik va oshkoralik", "jamoatchilik nazorati", "gender tenglik" singari demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi kunda real voqelikka aylanib borayotganligi e'tiborni tortadi.

Yangilanayotgan jamiyat talablari bo'lakcha. U fuqarolarni yurt, millat ravnaqi uchun qayg'urishga undaydi, hayotga teran va sergak qarashga da'vat qiladi.[2:50].

Biz o'z oldimizga jamiyatning yangi qiyofasini yaratish, Yangi O'zbekistonni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida qo'ydik. So'nggi besh yilda mamlakatimizning har bir fuqarosi o'z kundalik hayotida teran his etayotgan beqiyos o'zgarish, yangilanish va tub islohatlarga ega bo'lgan davlatni ko'rib bormoqda. Jamiyatni siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya qilish, ma'naviy jihatdan tiklash va yuksaltirish, mavjud qonunlarni, davlat boshqaruvi, iqdisodiy tizimni qayta ko'rib chiqish, bu borada tasirchan va samarali mexanizmlar yaratish, demokratik tamoyil va me'yorlarni hayotga tadbiq etish bo'yicha misli ko'rilmagan keng ko'lamli va izchil chora-tadbirlarni amalga oshirdik.[3:44] Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida olib borayotgan siyosatini qo'llab-quvvatlash uchun biz kabi yoshlar belni mahkam bog'lab, qo'limizni shimarib oldinga qadam tashlashimiz lozim bo'ladi.

Bugungi O'zbekiston - bu hali tom ma'nodagi, biz orzu qilayotgan, intilayotgan, Yangi O'zbekiston emas. Hali bu marraga yetish uchun oldimizda juda olis va mashaqqatli yo'l turibdi. Yo'limiz shu paytgacha oson bo'lgani yo'q, bundan keyin ham oson bo'lmaydi. Lekin biz dadil oldinga borishdan, kerak bo'lsa, kutilmagan, ammo pirovard natijasi samarali va xalqimiz manfaatlariga javob beradigan

noan'anaviy qarorlar qabul qilishdan cho'chimasligimiz kerak.[4:79]. Shu bois ham istiqbolli yosh kadrlarning intelluktual salohiyatini yuksaltirish davr talabi bo'lib kelmoqda. Nafaqat yosh rahbar kadrlarni, balki barcha yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va tarbiyalash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yosh kadrlarning iste'dodini, rahbarlik salohiyatini ochib berish Yangi O'zbekistonning asosiy maqsadlardan biriga aylangan.

Yangi O'zbekistonning yanada taraqqiy etishida IT texnalogiyalari ham katta rol o'ynamoqda. Yurtimizda qolaversa xorij davlatlarida shu soha bo'yicha ta'lim olgan yosh rahbar kadrlar sohani to'laqonli o'rganib yoshlar orasida yanada kengroq targ'ib etmoqda. Bugungi hamma yosh zamonaviy rahbarlar ilg'or texnologiya tarafdori va shunga moyil hamdir deb aytish to'g'ri bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, yosh rahbarning zamonaviy va ilg'or ishlab chiqarish uslublariga murojaat etish ehtimolini kuchaytiradi. Demak zamonaviy rahbar yoshidan qati'y nazar ilg'or texnologiyalar tarafdori, zamonaviy qarorlar qabul qiladigan qobiliyatli shaxs bo'lmog'i lozim.

Yangi O'zbekistoning yoshlari yangicha fikrlaydigan, yangi-yangi g'oyalarni dadil o'rtaga tashlab, ularni amalga oshirishga, muammolarni ijodiy va nostandart yondashuvlar asosida hal etishga qodir yoshlar bo'lib shakllanmog'i kerak.

Sinovdan o'tgan shaxslarni rahbar qilib saylash zarur. Nega deganda, bu dunyoda katta aql-zakovat bilan birga, ko'pni ko'rgan, uzoqni ko'zlaydigan irodasi mustahkam, kerak bo'lsa turli-turli murakkab sinovlardan o'tgan odamlarni biz o'zimizga rahbar qilib tanlashimiz kerak. Uzoqni ko'ra olmaydigan odamning rahbar bo'lishga mutlaqo haqqi yo'q.[5:208].

Shuning uchun biz kabi yosh avlod vakillarining bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, adabiyot, san'at, sport sohasidagi iste'dod va salohiyatimizni yuzaga chiqarish, jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda deb o'ylayman.

Biz uzluksiz milliy ta'lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg'un va mutanosib rivojlantirishga alohida e'tibor bermoqdamiz. 2021-yil Toshkent shahrida eng yuksak xalqaro talablarga javob beradigan "Yangi O'zbekiston" universiteti tashkil etildi. Ushbu universitetda mamlakatimizdagi barcha oliy o'quv yurtlari uchun na'muna bo'ladi. Eng bilimli va iste'dodli yoshlarimiz shu yerda o'qiydi.[6 :113].

Mana shunday o'zgarshlar bo'layotgan bir paytda biz yoshlar aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim doiramizni oshirishimiz va yurtimizdagi o'zgarishlarga befarq bo'lmasligimiz lozim.

Davlatimiz rahbari "Axborot texnalogiyalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat beramiz. Men har gal yoshlar bilan uchrashganimda, "Ilmni qadrlang, ilmga intiling" degan so'zlarni takrorlashdan aslo charchamayman. O'zingiz ko'ryapsiz, dunyoda o'qigan, zamonaviy ilm va hunarlarni puxta egallagan, yosh avlodini ayni shu ruhda tarbiyalagan xalqlar, davlatlar jadal rivojlanmoqda. Yangi O'zbekiston yoshlari ham

shunday yuksak darajalarga ko'tarilishi uchun biz albatta barcha imkoniyatlarni ishga solamiz", - deydi.

Azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilishga qasd qilgan bo'lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog'lanib bitirmaguncha undan qo'limni tortmadim [7:16] Bashariyat tamaddunining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan Sohibqiron Amir Temur bobomiz aytganlaridek, nimaiki qilsak bor kuchimiz bilan harakat qilmog'imiz darkor. Biz Uchinch Renessansga qadam qo'yishda ham mana shunday azmu jazm va shijoat bilan, butun zehnimiz vujudimiz bilan harakat qilmog'imiz lozim.

Yangi O'zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqazosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g'oyaviy-ma'naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko'lamli islohatlarimizning yaqqol ifodasidir.[8:11].

Yosh rahbarlarda eng murakkab vaziyatlarda to'g'ri va tezkor qaror qabul qilish ko'nikmasini shakllantirishda maxsus trening darslaridan foydalanish va malaka oshirish kurslarida o'qitish maqsadga muvofiqdir. Kasbiy mahoratini oshirish yo'lidagi asosiy omil nafaqat kasbga oid mutaxassisliklar, balki rahbarlik mahoratini oshirishga ham tegishlidir. Misol uchun, "General Electric" kompaniyasi inson resurslarini rivojlantirish uchun sarflangan har bir dollar ustiga ustama 3 dollar foyda olar ekan. Ushbu rivojlantirish dasturidagi asosiy e'tibor, yangi texnologiyani o'zlashtirish va maqsadga intilish yo'lida samarali faoliyat yuritish uslubini o'rganishga qaratiladi [9:7]. Shunday ekan yosh rahbarlarni tashkilotda statusi va mavqeini oshirish, yangi texnologiyalarni o'zlashtirish samarali yangicha uslublarni o'rganishni davrning o'zi taqozo qilmoqda. Shu maqsadda yosh rahbarlarining malakasini oshirish zarur. Ularni aynan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga 4 oylik "Zamonaviy boshqaruv" va "Boshqaruv mahorati", "Kreativ boshqaruv", "Siyosiy madaniyat" kabi malaka oshirish kurslarida o'qitish lozim. Bundan ko'zlangan maqsad yosh rahbarlarning rahbarlik mahorati oshadi, xodimlariga bo'lgan munosabati o'zgaradi, muammoli vaziyatlardan oson chiqib ketish yo'llarini o'rganadi. Sohasiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash texnikasini oshiradi, bugun bilan hamnafas bo'lish kerakligini va xodimlariga o'rnak bo'lish ko'nikmalarini egallaydi. Shuningdek, seminar-treninglar mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega bo'lgan va qaror qabul qila oladigan yoshlarni tarbiyalash, ularda mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda davlat xizmatida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish qadriyat sifatida namoyon bo'lmoqda.[10:4]

Hech bir rahbarga to'liq o'xshashga harakat qilmang, siz uning "ikkinchi nusxa"si bo'la olmaysiz. Siz undan va o'zgalardan eng yaxshi sifatlarni oling va

ulardan ham komil bo'lishga intiling. Yangilikka chanqoq bo'ling, rahbarlik faoliyatingizda yangi uslub, texnalogiya, yondashish, loyihalar muallifi bo'ling va shu bilan birga mutaxassislar maslahatini oling.[11:19]

Xulosa qilib aytganda Yangi O'zbekistonning Uchinchi Renessansni amalga oshirishda yanada jadal qadam qo'yish, biz kabi yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni, tezkor va samarali qaror qabul qilishni bilishimiz hamda liderlik qobiliyatini o'stirish uchun jamoa a'zolari bilan ko'proq muloqotga kirishishimiz lozimdir. Biz kabi yoshlar ota-onamizning, Vatanimizning, Prezidentimizning qolaversa butun xalqimizning ishonchini to'laqonli oqlaymiz, albatta.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent - 2021. O'qituvchi MU MCHJ. 184 bet.

2. Omon B. Siyosiy yetakchining notiqlik mahorati. Toshkent "O'zbekiston" 2000. 96 - bet.

3. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.

4. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent - 2021. O'qituvchi MU MCHJ. 184 bet.

5. Karimov A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish

- eng oliy saodatdir. Toshkent "O'zbekiston" NMIU, 2015. 304 bet.

6. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent: 2021. o'qituvchi MU MCHJ. 184 bet.

7. Tuzuvchilar: B.Ahmedov, A.Aminov. Amir Temur o'gitlari Toshkent "Navro'z" 1992. 63 bet.

8. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.

9. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAK S -PRINT. - Toshkent: 2005.

- B. 170

10. K.B. Axmedjonov, A.X. Xolov. Yosh rahbar kadrlarda samarali qaror qabul qilish ko'nikmasini shakllantirish.. "Tafakkur" qanoti nashriyoti - 2009. 96 bet.

11. To'plovchi: A.Haydarov. Rahbar ma'naviyati (maqolalar to'plami). Navoiy -2000. - B.28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.