Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH RAHBARLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR'

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH RAHBARLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
317
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Boshqaruv / rahbar / suveren / globallashuv / integratsiyalashuv / pozitsiya / subyekt / optimist

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shahbozxon Abdusamad O‘g‘li Mardiyev, Xolmoʻminov Zokir Oʻg‘li Moʻminmirzo

Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekistonning rivojlanishi va ravnaq topishida yosh rahbarlarning qo‘shadigan hissasi, shu davr davomida vujudga keladigan talablar hamda bu talablarga munosib ravishda javob qaytarish haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH RAHBARLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR»

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH RAHBARLARGA

QO'YILADIGAN TALABLAR

Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiyev

Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonning rivojlanishi va ravnaq topishida yosh rahbarlarning qo'shadigan hissasi, shu davr davomida vujudga keladigan talablar hamda bu talablarga munosib ravishda javob qaytarish haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Boshqaruv, rahbar, suveren, globallashuv, integratsiyalashuv, pozitsiya, subyekt, optimist.

REQUIREMENTS FOR YOUNG LEADERS IN THE DEVELOPMENT OF

THE NEW UZBEKISTAN

Shahbozkhon Abdusamad oglu Mardiyev Kholmuminov Zokir oglu Mominmirzo [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article we will talk about the contribution of young leaders in the development and prosperity of the New Uzbekistan, the requirements that will arise during this period, as well as the response to these requirements

Keywords: Management, leader, sovereign, globalisation, integration, position, optimist, community.

Yangi O'zbekiston ravnaqi yo'lida yashash va ishlash - ulkan mas 'uliyat va sharafdir. Sh.Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida tub islohotlar va o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar natijasida hech bir soha yoki yo'nalish chetda qolgani yo'q. O'zgarishlar ham albatta, xalq manfaati va davlatimiz rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. Barchamizga taalluqli hamda xursand qiladigan ushbu islohot va amaliy ishlarning birgina yorqin misol bu - Yangi O'zbekistondir.

Yangi O'zbekiston - "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan hal qiluvchi tamoyil amalda o'z tasdig'ini topayotgan mamlakatdir. [ 1:27]

Darhaqiqat, bugungi Yangi O'zbekiston - Prezidentimiz takidlaganlaridek, inson qadri ulug'langan va barcha davlat organlari xalq manfaati uchun xizmat qiladigan, o'z taraqqiyot yo'lini muhim belgilab olgan hamda o'zining har tomonlama iqtisodiy, madaniy qolaversa dunyo hamjamiyatida siyosiy salohiyatda ham o'z o'rnini topgan demokratik davlatdir. Bularning barchasi o'z-o'zidan bo'lib qolmagan, bo'lib qolmaydi ham. Amalga oshirilayotgan ishlarning zamirida uzoqni o'ylab chiqarilgan istiqbolli qarorlar, mas'uliyatli ijro apparati hamda tizimli yo'lga qo'yilgan boshqaruv jarayoni yotadi.

Davlat boshqaruvi - bu davlat nomidan va davlat ko'rsatmasiga binoan amalga oshiriladigan boshqaruv ya'ni fuqarolik jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, huquqiy va demokratik davlatni mustahkamlash sohalarida amalga oshiriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir.[2:14]

Demak, davlat boshqaruvi keng ma'noda davlatning maxsus subektlari tomonidan ichki va tashqi siyosat hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda faoliyat yuritishidir. Jumladan mamlakating iqtisodiy quvvatini oshirish, har qanday holatda suveren pozitsiyani saqlay olish, aholi turmush darajasini yaxshilash bilan birga madaniy va ma'naviy qadriyatlarni tiklash hamda rivojlantirishdir.

Davlat boshqaruvining sifat jihatdan qanchalar ijobiy bo'lishi esa mas'uliyatli organ - tashkilotlarning yuqori va quyi bo'g'in rahbarlariga bog'liq. Yuqorida keltirilgan fikrlardan so'ng rahbar o'zi kim degan savol paydo bo'lishi tabiiy. Ulug' mutafakkir, davlat arbobi Yusuf Xos Hojibning tabiri bilan aytganda "Rahbar - bu o'zini jamiyat xizmatiga yollagan kishi bo'lib, undan unutilmas nom, so'z hamda buzib bo'lmas amaliy ishlar ya'ni bilim qonunlar, urf-odatlar, an'analar, tartiblar, madaniy, ma'naviy-axloqiy yuksak ko'nikmalar, ezgulik va rivojlanishga undovchi mafkura, ruhiy jo'shqinlik qolmog'i kerak".

Darhaqiqat, har bir rahbar faoliyati davomida davlat organi, tashkilot yoxud korxona bo'lishidan qat'iy nazar sidqi dildan ishlashi, jamiyat a'zolari hamda xodimlari uchun amaliy va nazariy o'rnak bo'lishi kerak.

O'z navbatida yuqorida qayd etilgandek rahbarlar bilan birga to'g'ri yo'lga qo'yilgan davlat boshqaruvi tufayli biz yoshlar uchun mamlakatimizda barcha keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan. Chunonchi yetarlicha bilim olishimiz, o'zimiz qiziqqan sohada ish faoliyati olib borishimiz orqali Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin. Hatto Yangi O'zbekiston taraqqiyoti uchun qo'shmoqchi bo'lgan hissamizni rahbarlik orqali amalga oshirishimizga ham yetarlicha imkoniyatlar va keng ochilgan yo'llar mavjud. Albatta, bizdan bu borada bilim, ko'nikma va tajriba talab etiladi. Fikrlarimizni quyidagilar orqali davom ettirmoqchiman:

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti erkin fuqaro va ozod shaxs mavzusida gapirganda, quyidagi to'rt jihatga e'tiborini qaratadi, ya'ni har bir fuqaro:

- o'z haq-huquqini taniydigan bo'lsin, buning uchun kurashsin;

- o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo'lsin, imkoniyatlarini ishga solib samarasini ko'rsatsin;

- atrofda sodir bo'lyotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;

- shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg'un holda ko'rib, faoliyat yuritsin.[3:31]

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov e'tibor qaratgan bu to'rttala jihatlar yosh rahbarlar uchun dasturulamal bo'lib xizmat qilishi kerak. Gap shundaki yuqorida aytilgan har bir so'zlar nechog'liq muhimligini hayotning o'zi isbotlab turibdi. Masalan, birinchi o'rinda huquqiy bilimlar va huquqiy tajriba haqida gap bormoqda. Shunday ekan huquqiy bilimlar va huquqiy tajribaning nafaqat rahbarlik faoliyatida balki kundalik hayotda ham zaruriyat ekanligini unutmaylik. Ikkinchi o'rinda esa to'plangan amaliy va nazariy bilimlar hamda tajribalarni hayotga tadbiq qila olish, o'zi uchun ham jamiyat uchun ham sarflangan mehnatning samarasini ko'rsata olishidir. Uchinchi o'rinda muhim omillardan biri bo'lgan bugungi yosh rahbarlar kundalik vaziyatdan kelib chiqib, favqulotda qarorlar qabul qilishlari, qabul qilingan qarorlari qanchalar to'g'ri ekanligini tushuna olishlari juda zarurdir. To'rtinchi o'rinda esa asosiy bosh omil mamlakat yoki xalq manfaati bilan shaxsiy manfaatini birlashtirib ish faoliyatini yuritish bu juda katta mas'uliyatdir. Ana shunday qila olgan rahbarlargina haqiqatdan ham o'z vazifasiga munosib ekanliklarini amalda ko'rsatishsa, ular xalqning e'tirofiga sazovor bo'ladilar.

"Bu dunyoda insonlarning dard-u tashvishlarini o'ylab yashash - odamiylikning eng oliy mezonidir" [4:18]

Har qanday rahbar, rahbarlik faoliytiga kirishar ekan barcha mas'uliyat unga yuklatiladi. Jamiyat yoki muassasa yutug'i ham, kamchiligi ham uniki hisoblanadi. Tom ma'noda yakka javobgar shaxsga aylanadi. Bunda jamiyat a'zolari yoki xodimlarning ijtimoiy, ruhiy holatini bilishi va ularga moddiy-ma'naviy ko'mak berishi odamiylik bo'libgina qolmay, jamiyat va muassasa ravnaqida asosiy jihat bo'lib xizmat qiladi.

Har bir inson hayoti davomida o'rgangan bilimlariga tayangan holda mehnat faoliyatini olib boradi. Shu faoliyati davomida tajriba yig'adi, yangi bilimlarni o'zlashtiradi. Rahbar shaxslar esa doimo yangi bilim va tajribaga ega bo'lishlari, shuningdek ularni o'zlashtirishda oldinda bo'lishlari shart. Chunki hozirgi globollashuv davri va turli sohalar integratsiyalashuv jarayonida peshqadam rahbarlargina samarali ish yuritadilar. Shu o'rinda bilim, tajriba va ko'nikmalar qatorida e'tibor beriladigan boshqa muhim omillar hamda xususiyatlar bor. Jumladan, turkigo'y shoir, buyuk mutafakkir, davlat arbobi Yusuf Xos Hojib insonlarni

ulug'likka yetishuvida bilimdan keyingi o'ringa til, muomala va tilga ehtiyotkorlikni qo'yadi. Albatta bu to'g'ri. Ko'p millatli davlatimizni misol tariqasida olsak, 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladigan yurtimizda nafaqat rahbarlik balki maishiy jihatdan ham til bilish zaruriy xususiyatlardan biridir. Undan tashqari qaysidir chet el tashkiloti yoki davlati bilan yo'lga qo'yiladigan hamkorlik aloqalarida ham til bilish yutuqli omil bo'lib xizmat qiladi. Muomala madaniyati esa har bir shaxs hayotida asosiy o'rin egallovchi xulq-atvor belgisidir. Ayniqsa yosh rahbarning mehnat faoliyatidagi birinchi darajali mezondir. Ular ish yuritadigan tashkilot, muassasa yoki biror hududda o'zlaridan katta, teng va kichik xodimlar, ma'lum jamiyat a'zolarining barcha qatlam vakillari bilan hamfikr bo'lishlari, albatta ijobiy natija uchun zamin yaratadi.

Hech bir rahbarga to'liq o'xshashga harakat qilmang. Siz uning "ikkinchi nusxasi" bo'lolmaysiz. Siz undan va o'zgalardan eng yaxshi sifatlarni oling va ulardan ham komil bo'lishga intiling; [5:19]

Haqiqatdan ham ko'pgina yosh rahbarlar o'zlari eshitgan, ko'rgan yoki amaliyot davri va endi ish faoliyatini boshlagan paytda shogird bo'lgan, tajribali, obro'li rahbarlarning ish uslubiga moslashib, shu holatga tayanib qolishadi. Biz bunday tizmli ish uslublaridan bosqichma - bosqich voz kechishimiz lozim. Gap shundaki sarflangan kuch, energiya va mehnatga qaramay ilgarigi muhit, natijalar takrorlanib qolinishiga sabab bo'ladi. Shunday ekan yosh rahbarlar ham o'z o'rnida ko'p yillik, o'z ishining ustasi bo'lgan rahbarlarning ish rivoji uchun unumli xususiyatlarini o'zlashtirishlari hamda o'zlarining ham kreativ va yangicha fikrlari asosida mehnat qilishlari kerak.

Yosh rahbarlarga xos ijtimoiy - psixologik xususiyatlardan muhim jihat shundan iboratki, avvalo rahbar o'z shaxsidan, hayotidan, faoliyatidan qoniqqanlik darajasiga ega bo'lishi shart. Bunday tarzdagi ijtimoiy - psixologik qoniqqanlik darajasi uni yuqori ko'tarinki kayfiyat, optimizm1 ruhida qarorlar qabul qilishiga, jamoda sog'lom muhitni shakllantira olishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Rahbarning kreativ fikrlashi, motivatsiyani oshirishga ta'sir qiluvchi qarorlar qabul qilishi o'z navbatida qo'l ostidagi xodimlarining qarashlaridagi va faoliyatidagi yangilanishlarni yuzaga keltiradi. Jamoadagi har bir xodimning individual psixologik xususiyatlarini bilishi, ta'sir etish yo'llarini topishi rahbar faoliyatining muvaffaqqiyatini ta'minlaydi. [6:19]

Yosh rahbarlar mehnat faoliyatining samarali va o'zi rahbarlik qilayotgan muassasa yoki jamoa uchun ham yaxshi ma'noda manfaatli bo'lishi uning psixologik qarashlari va ta'siriga ham bog'liq bo'ladi. Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, rahbar xodimlarining harakteri, kayfiyati hamda mehnat unumdorligiga qarab rag'batlantirishi, ruhlantirishi mumkin. Bunday jarayon jamoaviy va yakka holatda

1 Optimizm-bu (lot. optimus — eng yaxshi) yoki nikbinlik (fors. nek - "yaxshi", bin - "nazar") — hayotga ijobiy nuqtai nazardan qarash

nôô^^^^Bl 246 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'ladi. Rahbarlar yangiliklarni qabul qilishi va izlanuvchan bo'lishlari ham talab etiladi.

Islohotlarimiz samarasini har bir inson o'z hayotida his etishi uchun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini o'z vaqtida va samarali ta'minlash lozim. [7:22]

Albatta, rahbarlar tomonidan qabul qilingan har qaysi qaror o'zining amaliy ijrosi bilan manfaatlidir. Shunday ekan jamiyat a'zolari yoki fuqarolar bu islohotlarning samarasini ko'ra olishi va ulardan foydalana olishlari kerak. Har qancha bilimli, tajribali rahbar bo'lmasin qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini taminlay olmas, ularni jamiyatga tadbiq qila olmas ekan, ularning qog'ozlarda yoki arxivlarda qolishiga zamin yaratgan bo'ladilar.

Fikrlarimni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning nafaqat yosh rahbarlar balki barcha rahbarlar uchun ish faoliyati mundarijasi bo'ladigan ajoyib so'zlari bilan yakunlamoqchiman. "Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo'yadigan adolat tuyg'usini yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifa deb hisoblaymiz", - deydi.

Darhaqiqat, har bir rahbarlarning o'z mehnat faoliyatida adolat me'zonlariga amal qilishlari ham farz, ham qarzdir. Shuningdek, bilim, ko'nikma, tajriba, o'ziga bo'lgan ishonch va har bir vazifaga vijdonan yondashish talab etiladi. Bu talablarga ma'suliyat bilan javob bera olgan har qaysi yosh rahbarlargina Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.

2. Xojiev E. Davlat va jamiyat boshqaruvining huquqiy asoslari .// Toshkent. -"Yangi kitob", 2017. 257 bet

3. Xaydarov A. Siyosiy madaniyat mas'uliyati. // - Toshkent: "Tafakkur", 2009, - 176 bet

4. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T. "O'zbekiston", 2017-yil. - 56 bet.

5. Tuzuvchilar: Haydarov A, Inoyatov S. Rahbar ma'naviyati. - Maqolalar to'plami, - Navoiy, 2000,- 28 bet

6. K.B.Axmedjanov, A.X. Xolov. Yosh rahbar kadrlarda samarali qaror qabul qilish ko'nikmasini shakllantirish. // O'quv qo'llanma. - T.: "Tafakkur qanoati" nashriyoti, 2020. 96 b

7. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik. - Toshkent: Tasvir nashriyot uyi, 2021. - 52 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.