Научная статья на тему 'AYOL RAHBARLARNING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI'

AYOL RAHBARLARNING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1065
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
matriarxat / rahbar / lider / evolutsiya / jamiyat / strategiya / ekotizim / instinkt / individ

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Malikaxon Qaxramon Qizi Ashiraliyeva, Xolmoʻminov Zokir Oʻg‘Li Moʻminmirzo

Ushbu maqolada ayol rahbarlar, umuman ayol kishining jamiyatimizga qo‘shayotgan hissasining kelajagimiz poydevorini qurishda yetakchiligi, ishga mas’uliyatliligi haqidagi fikrlar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AYOL RAHBARLARNING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI»

AYOL RAHBARLARNING JAMIYATDA TUTGAN O'RNI

Malikaxon Qaxramon qizi Ashiraliyeva Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada ayol rahbarlar, umuman ayol kishining jamiyatimizga qo'shayotgan hissasining kelajagimiz poydevorini qurishda yetakchiligi, ishga mas'uliyatliligi haqidagi fikrlar bayon etiladi.

Kalit so'zlar: matriarxat, rahbar, lider, evolutsiya, jamiyat, strategiya, ekotizim, instinkt, individ.

THE ROLE OF WOMEN LEADERS IN SOCIETY

Malikakhon Khahramon kizi Ashiralieva Xolmuminov Zokir oglu Muminmirzo mominmirzoxolmominov@gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the views of women leaders, in general, the role of women in our society, their leadership in building the foundation of our future, their responsibility to work.

Keywords: matriarchy, leader, chief, evolution, society, strategy, ecosystem, instinct, individual.

Ayol bu hayot. Usiz hech narsa butun emas. Qayga boqmang uning husniga, latofatiga hech bo'lmasa u yaratgan go'zallikka ko'zimiz tushadi. U bilan uy quvonchlarga to'la, u bilan farzandlar baxtli, u bilan olam charog'on. Dunyoda hech narsa yo'qki, uni ayol bajara olmasa. Mazzali taom deysizmi, uy yumushlarimi yoki bola tarbiyasi, o'qituvchilik, hamshiralik, hamma-hamma sohada ayollar abjir.

"Barcha so'zlar, bilimlar, hunarlar va san'atlar bu so'zdan lazzat oladilar. Usiz na ishda va na san'atda mazza bor. Ammo bundan g'oya ne? Bilmaydilar va bilish ham shart ham emas. Masalan, biror odam boy-badavlat, suruv-suruv ot-qo'ylarga, yer-suvlarga ega ayolga uylanmoq niyatida uning podasini boqib, yerini parvarish qilsa-da, zavqni ayolning borligidan oladi. Chunki ayolsiz u bularning barchasidan soviydi. Xuddi shunday, dunyoning butun hunarlari, ilmlari va hokazo hamma narsalari hayotni, zavqni hamda haroratni orifning nuridan oladilar. Zavqsiz ular uchun hamma yoq o'likka aylanadi", [1:111] - deydi Jaloliddin Rumiy.

Ayol kishi bir tarafdan qaraganda nozik xilqat bo'lsa boshqa bir tarafdan qaralsa, juda ko'p ishlari muvafaqiyat bilan bajaruvchi yaxshi ish boshi hamdir. Bunga biz tarixdan ham ko'p bora guvoh bo'lib kelmoqdamiz. Qadimgi tarix ham ona urug'i davri ya'ni matriarxatdan boshlangan. Bunda qarindoshlar ona tarafdan yaqinlar bilan birlashgan. Agar yaqin o'tgan tarixga nazar solsak, albatta, Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda To'maris haqida o'ylaymiz. Tarixdan barchamizga ma'lumki, To'maris katta jasoratlar ko'rsatgan. U o'z qo'rqmasligi va vatanparvar ekanligini o'z xalqi ya'ni massagetlarni dushmanlardan saqlab qoladi. Bu yo'lda u yaqin insonlari, hatto o'z farzandini ham yo'qotadi. Natijada u to'xtatib bo'lmas kuchga aylanadi. Dushmanning boshini olib, o'ziga yarasha jazolaydi. Mana, tarix shohidimiz, ayol -ona! U farzandi uchun har narsaga tayyor.

Yana bir tarixiy jarayonga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, Sohibqiron Amir Temur malika Saroy Mulk xonim haramdagi barcha malikalardan ulug'rog'i hisoblanib, "katta xonim" yoxud "Bibixonim" degan unvonga noil bo'ladi. Albatta, bunday e'zozga musharraf bo'lish uchun aql-zakovat, did-farosat, fikrlash doirasining ulkanligi bosh omil bo'lgan. Ayniqsa, adolat borasida, xalqni g'amini yeyish borasida eridan qolishmaydigan darajada edi. Masalan, Amir Temur Eronga qarshi yurish boshlaganda, Isfaxonning qamali ko'pga cho'zilib, qo'shinni ozuqa bilan ta'minlashga mablag' yetishmay qoladi. Nihoyat, Amir Temur Samarqandga chopar yo'llab, Saroy Mulk xonimga maktub jo'natadi. Maktubda mablag' tugagani aytilgan edi, bunga: "Ulug' amir, zaringiz tugagan bo'lsa, siyosatingiz ham tugadimu?" - deb yozadi. Shundan so'ng Amir Temur: lashkargohda so'yib yeyilgan qo'y, qoramol, ot va tuya suyaklarini o'sha kuniyoq yig'dirib, turli hajmlarda qirqtirib, katta hajmdagisiga katta qiymat, kichigiga kichik qiymat belgilab, unga po'lat muhrni qizdirib tamg'a bostiradi hamda muvaqqat pul o'rnida muomalaga kiritishga farmon beradi.

Biz bu fikrlarni nega isboti bilan keltirdik? Albatta, ayol kishi ish jarayonida rahbarlik lavozimida faoliyat ko'rsatganda yoki rahbar yonida o'rinbosar bo'lgan ish jarayonlarining samaradorligi oshishini barchamiz bilamiz. Bunda ular boshqarish ya'ni faoliyat yuritish vazifasini bajaradilar.

Boshqaruv - tashkilot maxsus organining funksiyasi bo'lib, eng kam vositalar (vaqt, kuch, zahira) sarflagan holda eng yuqori natijaga erishish bo'yicha aniq tashkil etilgan faoliyatdir. [2:58] Bu jarayon bevosita yoki bilvosita rahbarning qo'lida bo'ladi.

Rahbar quyidagi 7 ta funksiyani bajaradi:

1. Jamoadagi personni boshqarish;

2. Moddiy-texnik ba'zani boshqarish;

3. Ichki va tashqo axborotlarni boshqarish;

4. Mablag'ni boshqarish;

5. Muhitni boshqarish;

6. Shaxslarni boshqarish;

7. Munosabatlarni boshqarish.

Rahbar shaxsining biografik jihatlarida uning jinsi, rahbar yoshidan keyingi o'rinda turadigan unga xos xususiyatga kiradi. Ayni payt ishlab chiqarishni samarali boshqarayotgan ayollarni ko'plab uchratish mumkin. Jins tafovutlarini tahlil etishda samaradan ko'ra boshqaruv uslubi haqida gapirsa, o'rinli bo'ladi. Erkak rahbar asosiy diqqat-e'tiborini ishlab chiqarish muammolariga taalluqli vazifalarga qaratsa, ayol rahbar ko'proq jamoaning ijtimoiy-psixologik jihatlariga, psixologik muhitni sog'lomlashtirishga qaratadi.

Taniqli olima Denmark katta hajmdagi tadqiqotlar asosida shunday xulosaga keladiki, boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jins tafovutlari kuzatilmas ekan. Ayol va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, ayollar jamoadagi insoniy munosabatlarga ko'proq e'tibor beradilar. Jamoa oldida turgan vazifani bajarish, ko'zlangan maqsadga erishish borasida jins tafovuti kuzatilmaydi. [3:16]

Zamonaviy dunyoda boshqaruvning an'anaviy modellaridan uzoqlashishi, texnologiyaning rivojlanishi va ma'lumotlarga kirishning qulayligi har bir jabhada o'ziga xos evolutsiya yaratdi. Ushbu evolutsiya ayollarga ko'proq yordam berdi va ayollar tashkilotlarda rahbar lavozimlariga o'ta boshladilar. Hozirda Amerikaning 500 ta yirik kompaniyasi reytingida bosh direktorlik lavozimida ayollar soni 4,6 % ni tashkil etadi.

Britaniyalik tilshunos Richard D. Lyuis 1996-yilda birinchi marta nashr etilgan "Xalqaro biznesdagi biznes madaniyati" (asl nomi - "Madaniyatlar to'qnashganda") kitobida "Har bir jamiyat o'z liderlariga muhtoj va bu rahbar jamiyatda qabul qilingan qadimiy asoslar va an'analarga rioya qilishini kutadi", - deb yozadi.

Jamiyatda insonlar o'zaro kelishib yashashlari lozim. U yerda har bir insonning o'rni alohida. Agar ularning birortasi o'zining vazifasini bajarmay qo'ysa, faqatgina jamiyat emas, kichik-kichik jamiyatlardan tashkil topgan davlat ham zarar ko'rishi aniq. Hozirgi kunda jamiyatdagi o'rinlarning ko'p qismini ayollar ham egallab bormoqdalar. Chunki ularning qarashlari, fikrlashlari, ish yuritish usullari erkaklarnikidan farq qiladi.

Aynan ayol rahbarlarning qanday ustun jihatlari bor? Bu savolga javob topamiz.

Muloqotdagi tabiiy instinkt egalari. Bugun har bir sohada malakali aloqachilarga ehtiyoj bor va ayollar bu borada juda muvaffaqiyatlidirlar. Muloqotdagi tabiiy instinktga ko'ra ayollar erkaklarga qaraganda munosabatlarni boshqarish sohasida ko'proq strateg bo'lishlari mumkin. Ushbu xususiyatlar bilan ayollar

tashkiliy madaniyatni kuchaytirish, tashkilotning obro'sini oshirish va korporativ ijtimoiy javobgarlik loyihalarini amalga oshirishni ta'minlaydilar.

O'z standartlarini o'rnatadilar. Kuchli ayol yetakchilarga qaraganimizda ba'zi umumiy xususiyatlarni ko'ramiz: muvaffaqiyatli ayol rahbarlar o'z standartlarini o'rnatadilar va bu uchun kurashadilar. Ba'zan jiddiy tanqidga duchor bo'lishlariga qaramay, standartlar kurashiga o'zlarini professionallarga xos tarzda tuta oladilar.

Ijobiy energiya - ularning hamrohi. O'zi va o'zgalarning kuchini oshirishga intiladigan ayol rahbarlar hayotga rang olib kiradilar. Tartibli ovqatlanish, rang-barang kiyinish, qahqaha otish, raqsga tushish ko'plab ayollarga xos xususiyat bo'lib, bu xususiyatlar ular rahbarlik qilayotgan tashkilotning energiyasini yuqoriga ko'taradi.

Stressga qarshi kurashda ustundirlar. Hatto oilaviy muhitda ham juda ko'p hollarda inqiroz va keskinliklarni boshqarishga erishadilar: oila a'zolari oldida yuzaga keladigan har qanday xavfli belgilarni oldindan sezib, ehtiyotkorlik choralarini ko'radilar. Ayollar sevgi, muvozanat, xavfni sezish, konstruktiv yondashuv orqali stressni oson yenga oladilar.

Ko'p qirralilik. Hatto farzandlari, onalik tashvishlari, uy yumushlari haqidagi suhbatlar chog'ida ham ishxonadagi vazifalari haqida qayg'ura olishlari mumkin.

O'zining ko'p qirrali bo'lishini ta'minlash nuqtayi nazaridan ayollar erkak jinsga nisbatan qat'iyatlidirlar. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, individual ta'limda qatnashadigan ayollar ulushi 80% ni tashlik etadi. O'zini boshqarish orqali ko'proq savollar berib, ilhom olish istagidagi qiziquvchan ayol rahbarlar mukammallikni izlayotgan ishtiyoqli izdoshlar sifatida namoyon bo'ladi.

Yaxshi tinglovchilar. Tabiatan mehribon ayol rahbarlar - yaxshi tinglovchilardir. Yaxshi tinglovchi bo'la olish esa muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Har doim haq ba so'nggi so'zni aytishga majbur bo'lmagan ayollar ekotizimlar yaratish va fikrlarni umumlashtirish orqali hamkorlikda harakat qilishdan mamnuniyat tuyadilar. [4: https://kun.uz ]

Haqiqatdan ham, ayollarning o'z uslubi mavjud. Uni biz rang-baranglikdami, adolatlilikdami, qaror berishdagi qat'iylikdami, kezi kelganda muloyimlig-u, onalarcha mehribonlikdami anglaganday bo'lamiz. Ularning ustun tarafi biror bir muammoga doim uchinchi shaxs bo'lib yondashadilar. Ya'ni na u tarafga va na bu tarafga yon bosish, kimningdir foydasiga masalani hal qilishni hayollariga ham keltirmaydilar. Chunki bu xislat farzand tarbiyasida muhim sanaladi.

Ayollarning jamiyatdagi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'naviy sohalardagi mavqei u kamol topishi intensivligi darajasining muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ayollarning mavqeini aks ettiradigan ma'lumotlar inson salohiyatini rivojlantirishda mamlakat erishgan real yutuqlarning, shaxsni uyg'un kamol toptirish va uning salohiyatini kompleks ro'yobga chiqarish maqsadida

jamiyatning ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar berilgan ijtimoiy teng adolat sari borishi darajasini xolis mezoni hisoblanadi. Keyingi o'n yillikda ham jamoatchilik, ham olimlar tomonidan xotin-qizlar masalasiga alohida e'tibor berilmoqda. Bu, eng avvalo, jamiyatning imkoniyatlari va hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi vazifalari bilan belgilanadigan ayollar maqomini oshirishga qaratilgan yo'nalish bilan izohlanadi. Mehnatga haq to'lash, ijtimoiy ta'minot, turmushda va oilada, bolalar tarbiyasida mavqei jihatdan ayollar erkaklar bilan teng huquqli bo'lmoqda. [5:5]

Tadqiqotlarga ko'ra, ayollar yetakchilik usullari boshqacharoq: Ular ko'proq hamkorlik qilishadi va jamiyat fikriga quloq tutishadi. "Ayol kishi hokimiyatda bo'lsa, har bir olgan qarorida bolalari, nevaralari taqdirini o'ylaydi" - deydi Irlandiyaning sobiq prezidenti Meri Robinson. Bugun ayollar jahon iqtisodini yurgizishda katta kuchga aylanmoqda. Ayollar sarflayotgan 20 trillion dollardan ko'proq pul yil sayin ko'paymoqda. Jahonga dong'i ketgan siyosatchi ayollar ozmuncha emas. Margaret Tetcher, Hillari Klinton, Madlen Olbrayt, Kondoliza Rays, Tansu Chiller, Benazir Bhutto va Indira Gandi kabi ismlarni bilmaydigan odam kam topiladi.

Mana shunday keng ko'lamli o'zgarishlar bizda ham avj olmoqda. O'zbekistonning 40 yoshgacha bo'lgan 40 nafar rahbarlari reytingi e'lon qilindi. Ulardan faqat 4 nafari ayol. "Yuksalish" harakati davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan istiqbolli rahbarlarning yangi Top-40 reytingini e'lon qildi. Ulardan Xalqaro arbitraj markazi direktori Diana Bayzakova, Yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovalar yuqori pog'onalarda turadi.

Ayniqsa, bugun quyi palata deputatlarining 48 nafarini, senatorlarning esa 25 nafarini ayollar tashkil qilmoqda. Butun dunyoda parlament rahbarlarining 57 nafari xotin-qizlar. Ular orasida O'zbekiston ham bor.

Yurtimizda biz uchun yaratib berilgan bundan qulay shart-sharoitlardan to'g'ri foydalanmay ilojimiz yo'q. Muhtaram Prezidentimiz aytganidek: "Ayollar ishlagan, rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori bo'lishi hech kimga sir emas. Shu bois har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralarda bir-ikki yil ichida o'z tizimidagi ayollarni rahbarlikka o'qitib, kamida 1 nafar o'rinbosarini ham ayollardan qo'yadi''. Bu, albatta, ayollarga bo'lgan yuksak e'tiborning yana bir yorqin ko'rinishi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 22-yanvar kuni bo'lib o'tgan xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ayol rahbarlar faoliyatiga alohida to'xtalib o'tib, "Ishonaman - ayollar rahbar bo'lgan tumanlarda adolat bayrog'i boshqacha hilpiraydi. Biz hokimlikka saylangan rahbar ayollarimizga doim yordam beramiz, yelkadosh bo'lamiz. Bundan keyin ham katta-

katta tashkilot va kompaniyalar rahbarligiga ayollarni tayinlash tashabbusi davom etadi. Biz ularni tayyorlayapmiz. Kimlargadir bu ish yoqmas, lekin menga yoqadi" -degandi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o'rinlari yaratish, mehnat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylanadi.

"Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o'rni va mavqeyini yanada mustahkamlash - islohotlarimizning muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib qolaveradi. Biz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 17 milliondan ziyod opa-singillarimiz, qizlarimiz, onaxon va momolarimizga munosib sharoit yaratib berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim.'' [6:250].

Biz, xotin-qizlarga bunday katta-katta imkoniyatlar yaratilib berilishining o'zi jamiyatimizda ayollarning ro'li muhimligidan dalolat beradi. Men aynan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish" ta'lim yo'nalishiga o'qishga kirib, ta'lim olayotganimdan juda baxtiyorman. Chunki, bu yerdagi muhit, talabalar, har yerdagi san'at isi insonga o'zgacha zavq beg'ishlaydi. Inson hayot yo'lida bir nimani bilmadim deya yonib o'tmasligi kerak. Hind faylasufi aytganidek, biz o'zimiz ko'rishni istagan o'zgarish bo'la olishimiz kerak. Orzular ro'yxatimda adolatli rahbar bo'lish degan o'rin ochilgan. Men o'zimdagi barcha savollarga yechim topdim va men endi buning qat'iy bir maqsadga aylanganligini bilaman. Maqsadim yo'lida qanchalik qiyin va o'gir bo'lmasin uni davom eta olishimga ishonch his etdim. Ya'ni, kelajakda ayol rahbarlarning safi yana bittaga ko'payishiga ishonchim komil.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. J.Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. "Yangi asr avlodi". Toshkent-2016.134 b.

2. A.Haydarov. Madaniyat va san'at sohasini boshqarish asoslari. O'quv qo'llanma. "Kamalak'' nashriyoti-2019. 192 b.

3. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT. - Toshkent: 2005. -170 b.

4. О. Тиллаев. Аёл лидер: Плюс ва минуслар нималардан иборат?. https://kun.uz/news/2020/03/08/ayol-lider-plyus-va-minuslar-nimalardan-iborat.

5. N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari. "Extremum-Press'' bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b.

6. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - 464 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.