Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOSHQARUV BORASIDAGI QARASHLARI'

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOSHQARUV BORASIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1951
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Muassasa / alloma / sharq muttafakirlari / boshqaruv / bunyodkorlik / adolat mezoni / kengash / rahbar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asal Farhod Qizi Xayriddinova, Xolmo‘Minov Zokir O‘G‘Li Mo‘Minmirzo

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining davlat va uning boshqaruviga oid qarashlari bayon etiladi va tahlil etiladi. Shuningdek bugungi kun pedagog xodimlaridan boshqaruv ilmini egallashda tarixga nazar tashlashlari va buyuk allomalarimiz qarashlariga murojaat qilish zarurligi borasida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOSHQARUV BORASIDAGI QARASHLARI»

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOSHQARUV BORASIDAGI

QARASHLARI

Asal Farhod qizi Xayriddinova Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining davlat va uning boshqaruviga oid qarashlari bayon etiladi va tahlil etiladi. Shuningdek bugungi kun pedagog xodimlaridan boshqaruv ilmini egallashda tarixga nazar tashlashlari va buyuk allomalarimiz qarashlariga murojaat qilish zarurligi borasida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Muassasa, alloma, sharq muttafakirlari, boshqaruv, bunyodkorlik, adolat mezoni, kengash, rahbar.

EASTERN THINKERS VIEWS ON GOVERNANCE

Asal Farhod kizi Khayriddinova Muminmirzo Kholmuminov mominmirzoxolmominov@gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article describes and analyzes the views of Eastern thinkers on the state and its governance. There is also a need for educators today to look at history in the study of management and to address the views of our great scholars.

Keywords: Institution, scholar, oriental thinkers, management, creativity, criterion of justice, council, leader.

Yer yuzida 250 dan ortiq davlatda 7 milliardga yaqin inson yashaydi. Davlatchilik tizimi qadimiyligi o'zbek xalqining o'ziga xos xususiyatidir. Boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish, takomillashtirish tizimi va amaliyotini yaratgan taniqli siymolari ana shu xalqning qadim tarixidan darak beradi. Boshqaruvning samarali faoliyatida, davlat rahbarlarining ma'rifiy islohotlarida, albatta, madaniyat va san'at ziyolilarining munosib hissalari bo'lgan va bu doim e'tirofga sazavor bo'ldi.

Mamlakat tinchligi, osoyishtaligiga rahna solib turgan notinchliklar, mamlakat ichki va tashqi siyosatidagi tarafkashliklar o'z navbatida rahbarlarga bo'lgan munosabatlarni, taniqli ilm-fan namoyondalari, din vakillari, shoirlar va yozuvchilarning rahbarlar borasidagi fikrlarini shakllantira borgan.

Boshqaruvda ilm-fan ziyolilarining, el tanigan iqtidor sohiblarining xizmati ham alohida ta'kidlangan. Masalan, jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi bilan shayx Najmiddin Kubro, Temuriy shahzodaning zamondoshi va vaziri Alisher Navoiy faoliyatlari bunga misol bo'la oladi.

Dunyo tan olgan, qomusiy aql sohibi, ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, Arastuning benazir ilmiy qarashlari, yunon donishmandligi maktabi asoschilaridan biri, boshqaruvning inson tarbiyasiga ta'siri borasidagi nazariyalarni ilgari surgan Abu Nasr Farobiy (873-950) tadqiqotlari alohida o'ringa ega. Alloma boshqaruvni "iste'dod va malakasiga qarab, har bir kishiga munosib vazifa berish orqali ulardan(qo'l ostidagi odamlardan) samarali foydalana olish qudrati", - deb e'tirof etadi. Mutafakkirlarning fikricha tahlil va qiyoslash, doimiy kuzatish-boshqaruvning, boshqaruvchining asosiy vazifasidir. Mana shu asos allomaning "Ruhni tarbiyalash va poklash muttasil davom etsagina, yaxshi amallarga erishish mumkin", - deb e'tirof etishiga sabab bo'lgan.[1:280]

Mutafakkir asarlarida 3 mezon boshqaruv taraqqiyotining asosini, o'zagini tashkil etishi - bular fozil jamiyat(ya'ni ilm-ma'rifatli jamiyat), adolatli tuzum(ya'ni adolat va haqqoniylikka asoslangan tuzum) va odil rahbar (faqat to'g'rilik va adolatni yoqlagan rahbar) faoliyati ekani haqida takror-takror ta'kidlanadi.

Farobiy jamiyat rivojida madaniyatning nechog'li o'rin tutishini, "Fozil odamlar shahri", "Kitobli madaniyat al-fozila vaal-madanatal-mubaddalavaal -madanatazzola" (Fozil, johil, fosiq, o'zgartiriligan va adashganlar shahri haqida kitob), "Kitob mubodioroual-madanatal fozila "(Fozil shahar ahli qarashlarining asoslari haqida kitob) , "Kalom fi almillatal fiqh al-madaniy" (Xalq va shaharlarni boshqarish huquqi haqida so'z) singari kitoblarida to'laqonli asoslab beradi. Asarlarning mazmun-mohiyati allomaning "Madaniyat", "al-madaniya", "al-madanat", "al-madaniy" singari tushunchalarni jamiyat hayoti, odamlarning munosabatlari, xislatlari bilan mushtarak tasvirlaydi.[2:280] "Madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo'ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo'lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo'ladi, kishilar o'rtasida farq bo'lmaydi, har kim o'zi istagan yoki o'zi tanlagan kasb-hunar bilan shug'ullanadi. Odamlar chin ma'noda ozod bo'ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga halaqit beruvchi sulton bo'lmaydi. Ular odamlar ichida ko'tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo'ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o'z saylovchilarini to'la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladi. Bunday rahbarlar hammaga barobar munosabatda bo'ladilar, hatto hammaning manfaatini o'zlarining manfaatlaridan ortiq ko'radilar, uning manfaati uchun o'zlarining shaxsiy manfaatlaridan kechadilar, xalq manfaati uchun o'zlaridagi kuch-g'ayrat va boyliklarini ayamaydilar", - deb e'tirof etadi alloma.[3:284]

Farobiyning boshqaruv borasidagi qarashlari haqida fikr yuritar ekanmiz, yana bir davlat arbobi, buyuk sarkardaning ham boshqaruv borasidagi jahonshumul islohotlari orqali dunyo harbiy va boshqaruv siyosatida katta maktab yaratganiga guvoh bo'lamiz. Xalqning boshqaruv tizimini shakllantirish, rivojlantirish, takomillashtirish tizimi va amaliyotini yaratgan yorqin siymolardan biri - Hazrati Sohibqiron Amir Temur Tarag'ay Bahodir o'g'li (1336-1405) qoldirgan bebaho ilmiy, ma'naviy meros musulmon sharqining bebaho xasinasidir. Yevrosiyoning 27 davlatida adlu imon bilan hukmfarmonlik qilgan Amir Temurning "Temur tuzuklari" o'z davrining Bosh qomusi bo'lganini tarix tasdiqlaydi. Jamiyatda boshqaruvning katta muammolaridan tortib, eng mayda taraflarigacha tahlil qilingan, qiyoslangan mazkur asar mana asrlardan asrlarga zeb berib ta'riflanadi, mana man degan mutaxassislarning e'tirofiga sazavor bo'laveradi.

Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: "Bizning tariximizda Amir Temurdek ulug' siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pand-nasihati bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo'l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o'rganmasdan, ta'riflamasdan, targ'ibot qilmasdan haqqimiz yo'q" [4:46], - deb yozgan edi.

Yaxshi bilamizki, mohir rahbar va mashhur sarkarda davlatni boshqarishda 4 narsaga amal qilgan:

1. Kengash

2. Maslahat

3. Tadbirkorlik va hushyorlik

4. Ehtiyotkorlik

Amir Temur uchun 3 asosiy fazilat davlat boshqaruvining mezoni bo'lib kelgan. Davlatning muhrida ham belgilangan adolat mezoni Sohibqironning umr mazmuniga aylangani haqiqat. Amir Temur adolatni 2 qiyosda qiyoslaydi: bu rahbarning so'zdagi adolati, nimaniki gapirilsa haqqoniyat nuqtai nazaridan so'zlash va raiyatga yolg'on yoki ikki xil so'zlashni munofiqlik hisoblaydi. Keyingi qiyos esa ishdagi adolat, rahbarning faoliyatidagi adolat tamoyilidir. Temur zamonida dinga sodiqlik ishonch-e'tiqod asosi hisoblangan. Sarkarda e'tiqodni o'zidan qanday talab qilsa, hamma lashkarboshilari, vazirlari, hatto oddiy sipohiysidan ham shunday talab qilgan. Shuni alohida e'tiborga olish kerakki, adolatli hukmdor har qanday fazilatni xodimlaridan talab qilmoqdan avval, shaxsan iborat ko'rsatmog'i zarur deb hisoblagan.

Shu o'rinda buyuk sarkardaning quyidagi so'zlari yozganlarimizning isbotidir: "Kimki biror sahroni obod qilsa, yoki biror koriz qursa, yoki biror bog' ko'kartirsa, yo biror harob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yilda undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yilda raiyat rozilig'i bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig'sinlar" [5:144], "Kasb-hunar va ma'rifat ahllariga

saltanat korxonalaridan yumush berilsun", "Adl tarozusini qo'limga oldim, ne kam qildim va ne ziyod, hamma o'lchovda barobar tutdim".

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni O'zbekiston ziyolilari bilan uchrashuvda "Havas qilsa arzidigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arzidigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arzidigan kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san'atimiz ham albatta bo'ladi"[6:1]deb ta'kidlangan edi. Shu o'rinda biz havas qilsak arzidigan yana bir ajdodimiz - Yusuf Xos Hojibdir.

Yusuf Xos Hojib (taxminan 1020/1021) - turkigo'y adib, mutafakkir, davlat arbobi "Qutadg'u blig" muallifi. Uning hayoti haqida ma'lumot beruvchi birgina manbaa - "Qutadg'u blig". Davlat va uning boshqaruviga oid masalalar Yusuf Xos Hojib ijodida ayniqsa katta o'rin tutgan. Yusuf davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini tasniflaydi. Jumladan, "Shohlikka da'vogarlar onadan ajib bir este'dod bilan tug'iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo'ladilar. Bundaylarga Alloh taolo idrok, farosat, yumshoq bir ko'ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish uquvi bilan ham siylaydi", - deb ko'rsatgan.[7:328]

Shuningdek, Yusuf Xos Hojib o'z asarida ko'rsatgan barcha ishlarda tajribali, yomonlikni darhol sezuvchi, oqillik bobida ibratli, zakovatli, maorifatga tashna, kichiklarga tayanuvchi, adolatparvar, sadoqat kabi sifatlarning sohibi bo'lishi shartligini ta'kidlaydi. Ayni paytda, u jamiyatda ilmiy va madaniy salohiyatni, adolatli davlat asoslarini yaratuvchi omil deb bilgan. Masalan, u, ziyolilar to'g'risida shunday deydi, - "Haqiqiy ziyoli haqiqat tayanchi bo'ladi. Agarki olamda donishlar bo'lmaganda, yerda rizq-ro'z unmas edi. Ularning ziyosi xalq yo'lini yorituvchi mash'aldir" [8:173]. Zero, agar biz demokratiyani jamiyatning yuksak madaniy shakli deb qaraydigan bo'lsak, unda ajdodlarimiz yaratgan meros bevosita adolatli davlatning poydevoriga asos bo'la oladi.

Yana bir buyuk ajdodlarimizdan biri - Alisher Navoiydir. Navoiyning eng mashhur asari - "Tarixi mulku ajam" bo'lib, unda davlat boshqaruviga oid masalalar katta o'rin tutadi. Shuningdek, "Tarixi mulku ajam" asarida shunday deydi, "Shayx niyoz olsa, uni beva-bechoralarga berishi kerak, agar uni bemasdan o'zi yasa, murdor et yeganday bo'ladi, agar uni to'n qilib kiysa, o'sha to'n yirtilmaguncha Alloh uning ro'zasini qabul qilmaydi, agar non sotib yesa, Alloh uni do'zahga tashlaydi. Agar kim shu shayxga e'tiqod qilsa, u inson kofir bo'ladi. Bundan ko'rinadiki, adolat qilichi keskirdir, u hamma uchun barobar.

Taniqli allomalarning merosini o'rganish, ularning Sharq taraqqiyoti va rivoji borasida milliy davlatchilikni boshqarishda qimmatli yo'nalishlarni belgilab berganlarini e'tirof etish ibratlidir. Ayniqsa, ularning madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish borasidagi tavsiyalari bo'lajak rahbarlar uchun dasturilamal bo'lishi kerak. Zotan, har bir davlat taraqqiyotini bilimdon va ishbilarmon kadrlar hal qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abu Nasr Farobiy. "Fozil odamlar shahri". Toshkent. Yangi avlod. 2016. 284-

bet

2. O'sha manbaa: 280-bet.

3. O'sha manbaa: 284-bet.

4. Karimov I. Amir Temur haqida so'z. - Toshkent. O'zbekiston, 1996. - 62 b.

5. Amir Temur. Temur Tuzuklari. "Ilm-ziyo-zakovat" nashriyoti. Toshkent -2020. - 144 b.

6. Mirziyoyev Shavkat. Adabiyot va san'at, ma'daniyatni rivojlantirish-xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori. (2017-yil 3-avgustdagi mamalakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi). "Xalq so'zi". 2017-yil. 4-avgust.

7. M.Xolmo'minov. "Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish". O'quv uslubiy majmua. Toshkent - 2021.- 328-bet.

8. O'sha manbaa: 173-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.