Научная статья на тему 'MA’NAVIY YUKSALISH – BUGUNGI KUNNING MUHIM VAZIFASI SIFATIDA'

MA’NAVIY YUKSALISH – BUGUNGI KUNNING MUHIM VAZIFASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / kino / ilm-fan / tarbiya / baxshichilik / ijtimoiy ong / taraqqiyot / yoshlar. / Новый Узбекистан / кино / наука / образование / благотворительность / общественное сознание / развитие / молодежь.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xusanova Dilnoza Alimqul Qizi

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda ma’naviy yuksalishning mohiyatini, ma’naviy sohani rivojlantirishning bugungi kundagi ahamiyatini oshirish haqida batafsil yoritilgan. Ma’naviy sohani rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar, amaliy taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ДУХОВНЫЙ РОСТ — САМАЯ ВАЖНАЯ ЗАДАЧА СЕГОДНЯ

В данной статье подробно описано значение духовного роста и развития духовной сферы в создании Нового Узбекистана. Приводятся мнения, практические предложения, рекомендации и выводы относительно развития духовной сферы.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY YUKSALISH – BUGUNGI KUNNING MUHIM VAZIFASI SIFATIDA»

MA'NAVIY YUKSALISH - BUGUNGI KUNNING MUHIM VAZIFASI

SIFATIDA Xusanova Dilnoza Alimqul qizi

O'zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti, 2-bosqich talabasi E-mail: dilnozaxusanova092@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10851570

Annotatsiya. Mazkur maqolada Yangi O'zbekistonni bunyod etishda ma'naviy yuksalishning mohiyatini, ma'naviy sohani rivojlantirishning bugungi kundagi ahamiyatini oshirish haqida batafsil yoritilgan. Ma'naviy sohani rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar, amaliy taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, kino, ilm-fan, tarbiya, baxshichilik, ijtimoiy ong, taraqqiyot, yoshlar.

ДУХОВНЫЙ РОСТ — САМАЯ ВАЖНАЯ ЗАДАЧА СЕГОДНЯ

Аннотация. В данной статье подробно описано значение духовного роста и развития духовной сферы в создании Нового Узбекистана. Приводятся мнения, практические предложения, рекомендации и выводы относительно развития духовной сферы.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, кино, наука, образование, благотворительность, общественное сознание, развитие, молодежь.

SPIRITUAL GROWTH IS TODAY'S MOST IMPORTANT TASK

Abstract. This article describes in detail the importance of spiritual growth and the development of the spiritual sphere in the creation of New Uzbekistan. Opinions, practical suggestions, recommendations and conclusions are given regarding the development of the spiritual sphere.

Key words: New Uzbekistan, cinema, science, education, philanthropy, social consciousness, development, youth.

KIRISH

Ma'naviy yuksalishga erishish uchun harakat insoniyat tamudduni davomida necha asrlardan buyon, xalq va millatning orzu-intilishlari va maqsadlari o'laroq amalga oshirib kelinmoqda. Bu harakatlar xalqimizning milliy ma'naviyatini boyitish, qadim urf-odatlar va an'analar rivojlanishi, shaxs ma'naviy barkamolligi yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida shakllanadi. Ma'naviyat bu ayni bir sur'atda qotib qolgan aqidalar, qarashlar yig'indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo'lib, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga rivojlangan holda, taraqqiyot sari davom etadi. Ma'naviy boylikni, ma'naviyatni yuksaltirishga, o'zlikni anglashga tizimli va izchil intilmasdan turib, oldimizga qo'ygan ezgu orzu-maqsadlarimizga erishish mumkin emas. Millatning kuchi va salohiyati ham aynan ma'naviyat bilan ma'naviy soha bilan chambarchas bog'liq. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Ma'naviyat - jamiyatdagi barcha siyosiy ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo'lsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli bo'ladi" [1]

Zamon sur'atlari shiddat bilan tezlashib turli muammolar ortib, ko'payib borar ekan, tabiiyki, barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviy hayotimizda ham ana shu sinovlarda toblanib,

yuksalib, jamiyatimiz, millatimizning yorug' va sog'lom kelajagini har qanday o'zgarishlardan bezavol saqlash va asrab qolishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilishi zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'naviy jarayonlarni rivojlantirish, xalqimizning g'oyaviy-mafkuraviy qarashlarini va ong-u tafakkurini inobatga olgan holda ma'naviy jarayonlarning quyidagi tamoyillari vujudga kelishi lozim sanaladi:

Birinchidan, unib-o'sib kelayotgan yoshlarda yuksak g'oyaviy salohiyat shakllantirishga erishish lozim sanaladi.

Ikkinchidan, yoshlarda daxldorlik, hushyorlik, vazminlik, sabrlilik singari qadriyatlar shakllantirilishi kerak.

Uchinchidan, yoshlarning ijtimoiy ongida shakllangan bilim, ko'nikmalarini kundalik hayotda va amaliy jarayonlarda qo'llash, tinchlikni asrash, uning qadriga yetish jarayonida ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta'minlanishi lozim.

Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga ko'tarish borasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Bugun ma'naviyat boshqa sohalardan o'n qadam oldinda yurishi, ma'naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak" [2] degan fikrlari zamirida ushbu sohani rivojlantirish hayotiy ehtiyojimizga aylanmoqda. Agar ma'naviyat sohasi rivojlanmasa, yangi bosqichga ko'tarilmasa jamiyatimizni turli xil jinoyatlar, korrupsiya holatlari, o'zaro ziddiyatlar qamrab oladi. Shuning uchun , avvalo, ma'naviy sohani rivojlantirishimiz, ma'naviyatimizni yuqori o'ringa chiqarishimiz kerak.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan majlisida ma'naviyatimizni yanada yuksaltirish borasida quyidagi ishlarga e'tibor berilishi ta'kidlandi:

Birinchidan, yoshlar tarbiyasida mahalla faollari, nuroniylarning e'tiborini kuchaytirish;

Ikkinchidan, madaniy-ma'rifiy sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda hokimlarning mas'uliyatini keskin oshirish,

Uchinchidan, yoshlarimizni milliy va umumbashariy g'oyalar asosida kamol toptirishda madaniyat sohasi, xususan, teatr san'atining o'rnini oshirish;

To'rtinchidan, madaniy dam olish tizimini takomillashtirish, aholining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish;

Beshinchidan, maqom va baxshichilik san'atini rivojlantirish, ijro va ijodiy maktablarni, bu boradagi an'analarni ilmiy asosda o'rganish va qayta tiklash ishlarini yanada kuchaytirish;

Oltinchidan, milliy madaniyatimiz rivojida muhim o'ringa ega bo'lgan musiqa va raqs san'atini ravnaq toptirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Yettinchidan, xalqaro maydonda o'zbek madaniy diplomatiyasini rivojlantirish, boy madaniy merosimizni xalqimizga va xorijiy sayyohlarga keng tanishtirish ishlarini yangi bosqichga ko'tarish;

Sakkizinchidan, kino sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarni davom

ettirish;

To'qqizinchidan, tasviriy va amaliy san'at sohasini yanada rivojlantirish.

Yuqorida ko'rib o'tganlarimiz aynan ma'naviyatga e'tibor qaratish borasida, ma'naviy yuksalish yo'lida amalga oshirilishi lozim bo'lgan islohotlar sanaladi. Ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi ham aynan ta'lim oluvchilar o'rtasida ma'naviyat, yuksak tarbiya, namunali xulq atvorga ega bo'lgan komil inson tarbiyasidir. Ma'naviy tarbiya berish jarayonida inson faoliyatining o'ziga xos shakli sifatida tarbiyaning milliy jihatlariga ko'proq ahamiyat berilishi

lozim. Turli diniy ekstremistik, fundamentalistik va terroristik harakatlarga qarshi kurashda ham ko'plab jamoalar o'rtasida, mahallalarda shu mavzuga bag'ishlangan suhbatlar, seminar mashg'ulotlari, ochiq muloqotlar tashkil etish, o'quv maskanlarida esa shu sohaga oid bo'lgan ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkazish zarur. Bundan tashqari, hozirgi kunda muhim bo'lgan malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarini ko'proq tashkil etib borish zarur va dolzarb sanaladi.

NATIJA VA MUHOKAMA

Ta'lim-tarbiya jarayonida milliy-ma'naviy qadriyatlar, milliy o'zlikni anglash masalasiga keng e'tibor berish zarur. Jamiyatdagi ma'naviy o'zgarishlarning islohotlar bilan hamohangligiga e'tibor qaratish, ijtimoiy o'zgarishlarning kishilar ongida obyektiv in'ikos tarzida vujudga kelishiga zamin yaratish lozim. ijtimoiy ong, ya'ni psixologik va g'oyaviy-mafkuraviy tuyg'ularning uyg'unligi sifatida namoyon bo'lishini alohida ta'kidlash lozim. Insoniyatning bir necha ming yillik taraqqiyoti shundan dalolat beradiki, har qanday sivilizatsiyaning asosi -ma'naviyat!

Sivilizatsiyaning asosiy belgilari quyidagilardir: murakkab mehnat taqsimoti, davlatning mavjudligi, bozor iqtisodiyoti, rivojlangan madaniyatning mavjudligi. Shu o'rinda birgina Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarini eslash kifoya. Mutafakkirimizning asosiy g'oyalari adolatli davlat va ma'naviy ideal barpo etishdir. Buyuk Forobiy ideal jamiyat bu -yuksak axloqqa ega shaxslar jamiyati, deydi. Uning fikricha, adolatli davlatni faqat yuksak axloqli kishilar bilangina qurish mumkin. Axloqli inson adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib o'zibilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo'lsin, o'zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat'iylik ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo'lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin. Jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yo'qotish, g'oyaviy-mafkuraviy boqimanda xissini bartaraf etish, kishilarda jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga befarqlik, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatidan xalos etish ham aynan ma'naviy soha rivojida muhim sanaladi.

Bugungi mafkuraviy jarayonlar avj olayotgan davrda uning jahon hamjamiyati va xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini namoyon qila oladigan ma'naviy qadriyat mezonlarini, inson huquqlari, fuqarolarning imkoniyatlari, shuningdek, umumbashariy muammolarni hal qilish istiqbollari qay tarzda amaliyotga aylanayotganligini bildiradigan omil bo'lib xizmat qiladi.

Shu o'rinda umumjamiyat birlikda amalga oshirishi lozim bo'lgan ma'naviy tarbiyaning quyidagi jihatlari, o'ziga xos xususiyatlarini qayd etish maqsadga muvofiq. Ma'naviy tarbiya deganda ko'proq avloddan-avlodga sayqal topib, rivojlanib o'tib kelayotgan fazilatlarning davomiyligini ta'minlash, milliy o'zlikni saqlab qolish masalasi muhim hisoblanadi. Ma'naviy tarbiyaning yana bir eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri uning bag'rikenglik, millatlararo munosabatlardagi mo'tadillik tamoyillari bilan jiddiy uyg'unligidadir. Hozirgi kunda O'zbekistonda 130 dan ortiq millat, elatlar istiqomat qilayotgan bo'lsa ularning o'zaro munosabatlaridagi hamjihatlik, birodarlik, bir-biriga nisbatan kuchli ishonch - bularning bari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy tarbiyaning natijasi hisoblanadi.

Va nihoyat, ma'naviy tarbiyaning o'ta muhim ahamiyat kasb etayotganligiga ta'sir ko'rsatayotgan jihatlardan yana biri uning axloqiylik tamoyili bilan jiddiy uyg'unlikda ekanligidir. Ma'naviy tarbiyaning asosini insondagi go'zal axloq, xulq-atvor tashkil etadi. Aslida insonning asl insoniylik belgisi ham uning axloqi bilan o'lchanadi.

Xulosa qilib aytganda, ma'naviy jarayonlar mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi o'zgarishlarning ijtimoiy-ma'naviy jihatlarini uyg'unlashtiradigan uzluksiz

XULOSA

jarayon sifatida o'zining aniq ifodasini topadi, ya'ni barcha sohalardagi islohotlarning asosiy maqsadi bo'lgan inson kamolotini, qadr qimmati va manfaatini ta'minlaydigan ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirish bilan bog'liq vazifalarni amalga oshirishdagi asosiy mezon sifatida muayyan ahamiyat kasb etadi.

Ma'naviy jarayonlar jamiyat rivoji bilan bog'liq muammolarning yechimlarini o'zida aks ettiradi hamda ularni hal etish uchun jamiyat a'zolarini birlashtirishga xizmat qiladi. Shu makonda yashayotgan turli millat va elatlarning milliy-etnik hamda diniy hamjihatlikni ta'minlash bilan bog'liq jihatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Ya'ni jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikning muttasilligi hamda davomiyligini ta'minlash maqsadida jamiyatning umummanfaati uchun uning barcha qatlamlarini jipslashtiradi. Ijtimoiy hamkorlikni yangi darajaga ko'tarish omiliga aylanadi.

Albatta, ma'naviy jarayonlar bilan bog'liq bu tamoyillar o'z navbatida xilma-xil tarzda turli shakllarda namoyon bo'ladi. Jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarning talabi va yo'nalishiga ko'ra, ularning har biri muayyan muddatga o'z ahamiyatini yaqqolroq namoyon qilishi ham mumkin bo'lsada, umumiy tizim rivojida ularning uyg'unligi, uyg'onishlar jarayonidagi serqirraligini umumlashtirish ehtiyoji doimo saqlanib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2022. - B. 267.

2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi. 2023-yil 22-dekabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.

4. www.prezident.uz

5. www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.