Научная статья на тему 'MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR MUTASADDILARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARI'

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR MUTASADDILARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma'naviy-ma'rifiy ishlar xodimlari / ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalar / ta'limni rivojlantirish / o'quvchilar farovonligi / axloqiy tarbiya / jamoatchilik bilan ishlash. / работники духовно-просветительской работы / социальнопедагогические компетенции / развитие образования / благополучие учащихся / нравственное воспитание / общественная активность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.J.Kamolov

ma'naviy-ma'rifiy ishlar xodimlarining roli ta'lim muassasalarida turli ijtimoiy va pedagogik vazifalarni o'z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL-PEDAGOGICAL COMPETENCES OF SPIRITUAL-EDUCATIONAL WORKS OFFICERS

роль руководителей духовно-просветительской работы (СЕВО) включает в себя разнообразные социальные и педагогические обязанности в образовательных учреждениях.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR MUTASADDILARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

©A.J.Kamolov1^_

1Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston.

Annotatsiya

KIRISH: ma'naviy-ma'rifiy ishlar xodimlarining roli ta'lim muassasalarida turli ijtimoiy va pedagogik vazifalarni o'z ichiga oladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqot ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samarali bajarish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy-pedagogik kompetentsiyalarni o'rganishga qaratilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: adabiyot va empirik tushunchalar sintezi orqali tadqiqot sewolar uchun ijtimoiy-pedagogik kompetentsiyaning asosiy tarkibiy qismlarini aniqlaydi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda SEWOlar bilan intervyu, fokus-guruh muhokamalari va institutsional siyosat va ta'lim dasturlari hujjatlarini tahlil qilish kabi sifatli usullardan foydalaniladi.

XULOSA: topilmalar ijtimoiy-pedagogik kompetentsiyalarning SEWOlarga ijtimoiy integratsiya va axloqiy tarbiyaning yordamchilari sifatidagi rollarini samarali bajarishlari uchun vakolat berishda muhimligini ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar: ma'naviy-ma'rifiy ishlar xodimlari, ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalar, ta'limni rivojlantirish, o'quvchilar farovonligi, axloqiy tarbiya, jamoatchilik bilan ishlash.

СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ КОМПЕТЕНТНОСТИ РАБОТНИКОВ ДУХОВНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОЙ РАБОТ_

© А.Ж.Камолов1Н

1Ташкентский государственный педагогический университет имени Низоми, Ташкент, Узбекистан._

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: роль руководителей духовно-просветительской работы (СЕВО) включает в себя разнообразные социальные и педагогические обязанности в образовательных учреждениях.

Iqtibos uchun: Kamolov A.J.I Ma'naviy-ma'rifiy ishlar mutasaddilarining ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalari. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B. 367375.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЦЕЛЬ: исследование направлено на изучение социально-педагогических компетенций, необходимых для эффективной деятельности сотрудников духовно-просветительской работы.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: путем синтеза литературы и эмпирических данных исследование определяет ключевые компоненты социально-педагогической компетентности SEWO.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используются качественные методы, включая интервью с SEWOJ обсуждения в фокус-группах и анализ документов институциональной политики и образовательных программ.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: полученные результаты подчеркивают значимость социально-педагогических компетенций в расширении возможностей SEWO для эффективного выполнения своей роли в качестве посредников в социальной интеграции и нравственном воспитании.

Ключевые слова: работники духовно-просветительской работы, социально-педагогические компетенции, развитие образования, благополучие учащихся, нравственное воспитание, общественная активность.

SOCIAL-PEDAGOGICAL COMPETENCES OF SPIRITUAL-EDUCATIONAL WORKS OFFICERS_

© Azamat J. Kamolov1®

^Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi, Toshkent, Uzbekistan._

INTRODUCTION: the role of spiritual-educational works officers (SEWOs) encompasses diverse social and pedagogical responsibilities within educational institutions.

AIM: this research aims to investigate the social-pedagogical competences required for effective performance of spiritual-educational works officers.

DISCUSSION AND RESULTS: Through a synthesis of literature and empirical insights, the study identifies key components of social-pedagogical competence for SEWOs.

MATERIALS AND METHODS: the study utilizes qualitative methods, including interviews with SEWOs, focus group discussions, and document analysis of institutional policies and educational programs.

CONCLUSIONS: the findings underscore the significance of social-pedagogical competences in empowering SEWOs to effectively fulfill their roles as facilitators of social integration and moral education.

Для цитирования: Камолов А.Ж. Социально-педагогические компетентности работников духовно-просветительской работ // Inter эducation & global study. 2024. №5(1). S. 367-375.

Annotation

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Key words: Spiritual-educational works officers, social-pedagogical competences, educational development, student well-being, moral education, community engagement.

For citation: Azamat J. Kamolov. (2024) 'Social-pedagogical competences of spiritual-educational works officers', Inter education & global study, (5(1)), pp. 367375. (In Uzbek).

«Targ'ibot» so'zi arabcha rag'batlantirish, kishida, odamlarda u yoki bu narsaga xohish, mayl paydo qilishni anglatadi. Ya'ni targ'ibotning xozirgi talqinini - ichki va tashqi siyosat, vaziyat to'g'risidagi qarash va bilimlarni ommalashtirish, uqtirish orqali ularda ogohlik, g'oyaviy-siyosiy birlashuvga rag'batlantirish deb belgilash mumkin. «Tashviqot» esa, kishini, xalqni milliy g'oya atrofida birlashishga shavqlantirish, orzumand qilish, kuchli mayl, istak hosil qilish demakdir. Pedagogik-psixologik qonuniyatlar asosiga qurilgan tashviqot g'oya va shiorlarni amaliy kuchga aylantiradi.

O'zbekiston Prezidentining 1993 yil 3-sentabrdagi "Respublika ma'naviyat va ma'rifat Kengashini qo'llab quvvatlash to'g'risida"gi Farmonida "Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat " Markazi Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat Kengashi qarorlarini joylarda amalga oshirish va targ'ibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiruvchi tashkiliy guruhlar aylantirilganligi alohida qayd qilingan.

Mazkur Farmonning ma'naviy islohotlarga bag'ishlangan oldingi rasmiy xujjatlardan yana bir farqli jihati shunda bo'ldi-ki, unda bir tomondan, Ma'naviyat va Ma'rifat markazlarining uyushtiruvchilik, tashkiliy rahbarlik funksiyalari, ikkinchi tomondan ana shu uyushtiruvchilik, tashkiliy tahbarlik funksiyalarini ilmiy asosga qurish sari burilish ro'y berdi. Ya'ni, Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat Kengashining bevosita rahbarligida ishlovchi Milliy mafkura ilmiy targ'ibot Markaziga asos solindi. Kengash nizomining V bo'limida "Milliy mafkura ilmiy targ'ibot markazi istiqlol mafkurasi va milliy g'oyaning dasturiy asoslariustida ish olib boradi va keng jamotchilikning ongiga, qalbiga yetkazishning zamonaviy, ta'sirchan vosita va shakllarini yaratadi", - deb belgilab berildi. Shu tariqa Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat Kengashi (va uning asosiy tashkiliy guruhlari - Ma'naviyat va ma'rifar Markazi va Milliy mafkura ilmiy targ'ibot Markazi) ma'naviy, ma'rifiy tarbiyaning yo'nalishda faoliyat ko'rsatadigan davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari tizimi paydo bo'ldi

So'ralgan Ma'naviyat va ma'rifat Markazlarining 69% i "Yuqoridan topshiriq, dasturlar kelsa, shularni amalga oshiramiz. Birining muddati tugasa, navbatdagisining bajarishga kirishamiz-da" qabilida javob berishdi. 18%i "Bu tomonini o'ylab ko'rmagan ekanmiz"deyishgan bo'lsa, 13%i - gazeta, jurnallardan, "Voizga yordam" ruknidagi risolalardan foydalanib ishlayapmiz",- degan javobni berishdi. Demak, javob aniq: ishning natijasiga qarab baho berish, ya'ni muayyan tuman, jamoa ahlining ma'naviyati mazmunidagi yangilanish, milliy g'oyalarning anglanganlik darajasidagi o'sish, "odamlarning tafakkuridagi o'zgarish" darajasiga qarab sarhisob qilinmog'i kerak. O'sha

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qishloq, tuman, viloyat, shahardagi o'zgarish, yangilanish, yangi ma'naviy muhitning, tozalanishining yuzaga kelishi rahbar ishining natijasi deb qaralishi kerak.

Biroq, kuzatuvlar shuni ko'rsatmoqdaki milliy istiqlol g'oyalarini xalq ongi va qalbiga singdirishda asosan ikki bosqich: 1) maqsadni belgilash; 2) tadbirlar o'tkazish yetakchilik qilmoqda. Ayni paytda muhim bosqich - natijani sarhisob qilish usullarini ham ishlab chiqishga e'tiborni kuchaytirish kerak.

Odamlar tafakkuri, ma'naviyatining o'zgarishi davlatimiz uchun siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy ahamiyatga ega. Ya'ni ma'naviyat va ma'rifat markazlari, bo'limlarida o'tkazilgan tadbirlar rejasini emas, nima uchun aynan shu tadbirlar belgilanganligini : tuman, xo'jalikda fuqarolar ma'naviyati necha foiz, qaysi tomonga o'zgarganligini -NATIJAni aniqlashga erishish kerak. Ana shunda xalqimiz mafkuraviy immunitetining haqiqiy darajasinibilamiz. Uning ma'naviy salomatligiga tashhis qo'ya olamiz. Bu esa "Ma'naviy muolaja" natijasini, ya'ni Jamiyatimiz mafkuraviy holati, mafkuraviy immuniteti darajasini, hozir, ertaga targ'i bot-tas h viqotd a nimalarga birlamchi ahamiyat berishimiz lozimligini aniq sarhisob qilish imkoniyatini beradi.

Milliy g'oyani xalqimiz turli qatlamlari qalbi va ongiga singdirishda tashkilot, muassasa rahbarlarining roli ulkan ahamiyat kasb etadi. O'zbek milliy davlatchiligi va ma'naviy tarixida bu masalaning doim muhim bo'lganligi tufayli rahbar kadrlarning ma'naviyat va targ'ibot ishidagi o'rniga alohida to'xtalishni joiz deb topdik.

Darhaqiqat, xalqning, O'zbekistonning Buyuk kelajagiga, islohotlarga ishonchi rahbar kadrlarning joylarda aholi orasidagi nufuzi, obro'siga ham bog'liq. Rahbarning obro'si baland bo'lsa, xalqning davlat siyosatiga ishonchi baland bo'ladi. Obro'li rahbar -odamlarga eng to'g'ri yo'lni ko'rsatib, ortidan yetaklovchi, ergashtiruvchidir. Shu tufayli xalq har bir hokim, raisda ma'naviy komillik, tashabbuskorlik namunasini ko'rishni istaydi. Rahbarning yuksak ma'naviyatini, irodasini ko'rgach, unga ishonadi. Rahbar qaerda bo'lsa, xalqning ko'zi unda, qulog'i - so'zida. Rahbar sifatlari ixlos bilan muhokama qilinadi. Bunday rais, hokimlarni to'yu ma'rakalarida: "Ko'yinchak , fuqaroparvar raisimiz bor-da!", baraka topkur, juda xushmuomala-da!", "O'tkir, zo'r odam", "Tumanimizda bunday hokim o'tgan emas. Xudo yorlaqasin", " Ichingdagini topib gapiradi-ya!", "lymon-insofli, uddaburor kishi", deb alqaydi. Bunday mehrga xalq bilan hamnafas, har kuni muloqot qilib, umumiy holat haqida ob'ektiv hulosalar chiqara boruvchi zamonaviy rahbar kadrlar sazovor bo'lmoqdalar. Ana shunday rahbarlarni mamlakatimizda davlat va millat birligining timsoli, desak bo'ladi. Rahbarga xalq bergan baholar tahlili, bir tomondan, rahbar kadrlar tayyorlash, tanlash, joy-joyiga qo'yish va attestatsiyadan o'tkazishda hayotiy, ob'ektiv material bo'lib xizmat qiladi; ikkinchi tomondan, kadrlar siyosatida dolzarb muammolarni va ularni yechish yo'llari belgilab beradi.

MDH mamlakatlarida rahbar kadrlarning shaxsiy va kasbiy sifatlarining qay biri muhim ekanligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar o'tkazib kelinmoqda. Ularning natijalari xalqning rahbarlarga qo'yayotgan talablarida keskin o'zgarishlar ro'y beraayotganligini ko'rsatmoqda.Ya'ni sobiq sho'ro davrida, 1982 yilda "rahbar kadrlarining shaxsiy sifatlari muhim", deganlari 30%ni, "kasbiy sifatlari muhim" deganlar 70%ni tashkil qilgan. 1988

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yilga kelib rahbarning shaxsiy va kasbiy sifatlariga so'raganlar teng - 50%dan ovoz berishgan. 1994 yil - bozor iqtisodiyotiga o'tish davriga kelib rahbar kadrlarning shaxsiy fazilatlarini 70%i, kasbiy sifatlarni esa 30%i muhim deb hisoblaganlar. Turon, Turkiston tarixini va O'zbekiston matbuotining rahbarshunoslik nuqtai nazaridan o'rganish ham keyingi raqamlar nisbatida tasdiqlamoqda. Viloyat, tuman hokimliklari rahbar kadrlarini attestatsiyadan o'tkazishda hudud aholisining ma'naviyatida o'zgarishlarni aniq mezonlari orqali qayd qilish maqsadga muvofiq. Bu rahbar kadrning ma'naviyat va ma'rifat sohasida amalga oshirgan natijalarni ko'rsatib, ob'ektiv baholash imkoniyatini beradi.

Yuqorida aytilganidek, aholiga milliy g'oyani singdirishda ma'naviyat va ma'rifat tizimi ijro organi vazifasini bajaradi. Ushbu muassasalar rahbarlarining targ'ibotchilik faoliyati shu jamoadagi ishlar natijalarining qanday bo'lishini belgilovchi omillardan biridir. Bu esa rahbardan puxta ma'naviy-mafkuraviy tayyorgarlik hamda insoniy fazilatlarning yuqori darajasini talab etadi.

Ma'lumki, rahbarlikning bosh shartlaridan biri, rahbarda muayyan lavozim talab qiluvchi shaxsiy va kasbiy fazilatlarning uyg'unligidir. Shaxsning xislatlari majmuasi 1000 dan ortiq sifatni o'z ichiga oladi. Ma'naviyat va ma'rifat muassasalari rahbarlari avvalo irodali, uzoq kelajakni ko'zlab ish tutadigan, mafkurasi mustahkam, va fidoiy, milliy-ma'naviy fazilatlar sohibi, milliy istiqlol mafkurasi g'oyalarining amalga oshirishga o'zini bag'ishlagan kishi bo'lmog'i lozim.

Hozirgi zamon menejment pedagogikasi va psixologiyasi erishgan natijalar tahlili Ma'naviyat va ma'rifat markazlari rahbarlari bilan suhbatlar, ularning biografiyalarini o'rganish ushbu faoliyat menejmenti ma'naviyat va ma'rifat sohasi rahbar kadrlarining fazilatlari tizimini asoslash imkonini beradi:

1. Ma'naviyat va ma'rifat rahbarining umumiy fazilatlari: yoqimlilik, dilbarlik, ko'rkamlik, istarasi issiqlik, ochiqlik, salobatlilik, yo'lboshchilik, uyg'unlik, yetuklik, aqli rasolik, salohiyatlilik, ko'p qirralilik, yaxlitlik, nafosatlilik, yaxshi nom qoldirishga intilish, so'zamollik, ko'tarinki ruh, jo'shqinlik, ulug'vorlik, bosiqlik, moslashuvchanlik, madaniyatlilik, odoblilik, muomalalilik, ziyolilik, o'qimishlilik, tabiiylik, odillik.

2. Axloqiy fazilatlar: odamiylik, sofdillik, mehribonlik, vafo-sadoqatlilik, oqibatlilik, qanoatlilik, do'stonalik, jonkuyarlik, mehribonlik, kuyunchanlik, olijanoblik, atrof-muhitga e'tibor, muhofazakorlik, iymonlilik, baynalmilallik, g'oyaviy sodiqlik, xushmuomalalik, kechirimlilik, andishalilik, odamlarga el bo'lib ketish, kirishimlilik, shaxsiy manfaatlar bilan milliy manfaatlarni uyg'un qo'yish, ko'pchilik tashvishi bilan yashash.

3. Kasbiy xislatlar: ishbilarmonlik, ishchanlik, uddaburonlik, quntlilik, tirishqoqlik, mas'uliyatlilik, hallolik, poklik, tadbirkorlik, tirishqoqlik, tashabbuskorlik, raqobatga chidamlilik, ijrochilik, intizomlilik, malakalilik, yuqori didlilik, ishni o'z o'rniga qo'yishlik, chaqqonlik, batartiblik, chidamlilik, sabr-toqatlilik, muntazamlik, rejalilik, aniqlik, puxtalik, tejamkorlik, extiyotkorlik, ochiqqo'llik, jo'mardlik va boshqalar.

4. Shaxsiy fazilatlari: zehnlilik, ziyraklik, xotiralilik, mantiqiylik, izchillik, asoslilik, isbotlilik, olbindan ko'ra bilishlilik, ijodkorlik, topag'onlik, lo'ndalik, tanqidiylik, xabardorlik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, sinchkovlik, diqqatlilik kabilar hisoblanadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

5. Irodalilik fazilatlari: serg'ayratlilik, qat'iyatlilik, bir so'zlik, so'z bilan ish birligini saqlash, qat'iylik, tashabbuskorlik, intizomlilik, bosiqlik, uyushganlik va boshqalar rahbar faoliyatini aniq rejalashtirilgan natijalarga erishishga olib keladi.

6. Extirosga bog'liq fazilatlar: o'z hayotidan, taqdirdan rozilik, ko'tarinkilik, kek saqlamoqlik, adovat qilmaslik, gina qilmaslik, jo'shqinlik, ozodlik, ruxiy tozalik, fisqu fasodlarga ishonmaslik va berilmaslik, mustahkam mafkuraviy immunitet, mayda gaplarga uchmaslik va shunga o'xshashlar jamoani ma'lum maqsadlarga, ezgu niyatlar uchun birlashtirishga yl ochadi.

Ma'naviyat va ma'rifat Markazi rahbarlari yuqorida ko'rsatib o'tilgan fazilatlarni o'zida namoyon etsa, jamoa shu fazilatlarni unda his qilsa, unga bo'lgan ishonch ortadi. Bu g'oyaviy birlik esa jamoani ijodiy natijalarga safarbar qiladi.

Respublikamizning o'quv yurtlari bilan qamrab olingan aholisiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish uchun ko'p ming kishilik yaxshi, maxsus kasbiy tayyorlangan zamonaviy targ'ibotchi rahbarlar zarur. Biroq, ma'naviyat va ma'rifat xodimlari, rahbarlarini tayyorlashning mufassal tizimi ishlab chiqilmaganligi ma'naviy islohotlarning sur'at va sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ushbu ahvoldan uchun ma'naviyat va ma'rifat markazlari rahbarlarining kasbiy sifatlari tizimi asoslanmog'i kerak. Rahbarshunoslik nuqtai nazaridan hozirgi islohotlar davrida ma'naviyat va ma'rifat ta'lim muassasasi rahbarning kasbiy sifatlari (bilim, ko'nikma, malakalar) majmuasi quyidagilardan iborat bo'lmog'i maqsadga muvofiqdir:

1. Uslubiy rahbarlik sifatlari - markazning targ'ibot faoliyatini tahlil qilish (haftalik, oylik.choraklik, yarim yillik va yillik); targ'ibotchilar bilim ko'nikmalari, malakalarini o'zgartirish darajasini tahlili: ularning targ'ibot-tashviqot ishi sifatining tahlili; tuman aholisi, ishchi-xizmatchilarining mafkuraviy tahlili; mahalla, oila bilan ishlash tahlili; markazning o'quv-uslubiy, moddiy-texnik ta'minoti tahlili; ma'muriy faoliyati tahlili.

2. Markaz faoliyatining rejalashtirish: jamoaning targ'ibot-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish; ta'lim muassasalari, xalq xo'jalik korxonalari, jamotchilikning o'zaro hamkorligini rejalashtirish; targ'ibotchi kadrlar bilan ishlash; ularning mutaxasislik mahorati va kasbiy malakalarini oshirish, qayta tayyorlashni rejalashtirish; Markazning ichki nazorati; o'quv-uslubiy, xo'jalik, moliyaviy, moddiy-texnikaviy ta'minlashni rejalashtirish, boshqarish; tashkiliy, tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish.

3. Markaz faoliyatini tashkil etish - muassaslarda ichki nazoratni yo'lga qo'yish; muovinlar, bulimlar, boshqaruvini, targ'ibot-tashviqot faoliyatini tashkil etish; nazoratni yo'lga qo'yish; jamoat birlashmalari, uyushmalar, to'garaklar rahbarlari, kabinet mudirlari, kengash ishlarini tashkil etish; xo'jalik xizmatchilari ishlarini tartiblashtirish; navbatchilarni tashkil etish; me'yoriy hujjatlarni to'g'ri yurgizishni ta'minlash; targ'ibotning ilg'or uslublarini ommaviylashtirish, rag'batlantirish; o'z kasbiy faoliyatini tashkil etish; markazni o'zgaruvchan ijtimoiy va iqtisodiy talablar asosida himoyalash hamda ta'minlash tadbirlarini tuzish. Ma'naviyat va ma'rifat Markazlarida olib borilgan kuzatishlar, tajribalar respublikamizda Ma'naviyat va ma'rifat Markazlari rahbarlarni yetishtirishning konsepsiyasini ishlab chiqish; rahbarlarni tayyorlash, tanlab olish, joy-joyiga qo'yish va

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

attestatsiyadan o'tkazish texnologiyasini ishlab chiqish; pedagogika institutlarida, universitetlar qoshida shu yo'nalishdagi rahbar kadrlar tayyorlaydigan fakul'tetlar, bo'limlar ochish, respublikada rahbar kadrlar tayyorlash ta'limi mazmuni, tuzilishi, taraqqiyoti aks ettirilgan davlat ta'lim standartini tayyorlash; ta'lim muassasalariga rahbarlik, ularning ishini tashkil etish bo'yicha rahbarshunoslik nazariyasi va metodikasi mutaxasissligi yo'nalishida ixtisoslashgan ilmiy kengash tuzish va ilmiy-tadqiqotlar o'tkazishni yo'lga qo'yish; Ma'naviyat va Ma'rifat muassasasi rahbarligi muammolari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi laboratoriyalarning tashkil etish, ta'limga rahbarlik sifatining oshishiga erishish, pirovard natija Milliy mafkura g'oyalarining hayotga tez va soz joriy qilinishiga olib keladi.

Hozir, o'ta murakkab xalqaro siyosiy bo'hronlar orasida yashayotgan O'zbekistonning siyosiy barqarorligi, mavqei uning ichki, umummilliy mafkuraviy birligiga bog'liq. Mafkuraviy tortishuvlar davom etayotgan hozirgi vaziyatda jamiyatning umummilliy mafkuraviy birligi qandayligini aniq bilmog'imiz zarur. Afsuski, targ'ibot va tashviqot pedagogik jarayon ekanligiga qaramasdan, ushbu masala bo'yicha mustaqillik yillarida maxsus, ilmiy asoslangan qo'llanmalar yo'q. Shu sababli mafkuraviy tarbiya bo'yicha ishlarning samaradorligi qanday ekanligini aniqlash qiyin bo'lib qolmoqda.

Mafkuraviy tarbiya samaradorligi eng avvalo jamiyatni mafkuraviy tarbiyalashdan natija qanday bo'lishi kerak ekanligini aniq belgilanishiga bog'liq. Natijada O'zbekiston yoshlari, fuqarolarining mafkurasini ularda muayyan fazilatlarning qay darajada bo'lishini pedagogik loyihalash, shakllantirishga yo'l ochiladi.

Mafkuraviy immunitet shaxs tomonidan Vatan, millat uchun ko'ngilli, g'oyaviy asoslanib amalga oshiriladigan kundalik ishlarda namoyon bo'ladi. Bu faollik milliy birlik, ma'naviy yuksalishga xalaqit berayotgan sifatlar, yot qarashlar, milliy xavfsizligimizga ichki va tashqi tahdidlarga ochiq va mardona qarshi turishni ham o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, - Elim deb, yurtim deb yashashning har bir kishida, jamoada, jamiyatda namoyon bo'lishini anglatadi. Bu esa milliy g'oyani amaliy kuchga aylantirish va buzg'unchi mafkuraviy ta'sirlardan aholini, yoshlarimizni himoya qilishning shartlaridan biridir.

Bundan ijtimoiy pedagogika oldida qanday tashkiliy vazifalar kelib chiqadi? Bizningcha bular:

• siyosiy, milliy mafkuraviy qadriyatlarni fuqarolar tafakkuriga singdirishning yaxlit g'oyaviy tarbiya dasturini yaratish;

• ma'naviyat va ma'rifat xodimlarining mafkuraviy targ'ibotga g'oyaviy va uslubiy tayyorgarliklarini kuchaytirish;

• ijtimoiy pedagogikaning siyosatshunoslik, tarix, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, ma'naviyat, falsafa, huquqshunoslik fanlari bilan amaliy hamkorligiga erishish;

• ijtimoiy pedagogika fani bo'yicha olib borilajak ilmiy tadqiqotlar mavzularida milliy mafkuraviy tarbiya yo'nalishiga asos solinishi;

• mafkuraviy tarbiyaning milliy va umuminsoniy yutuqlarini umumlashtirish;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

• jamiyatni milliy mafkuraviy tarbiyalashning aniq, mukammal, eng muhimi - amaliy ijtimoiy pedagogik dasturini ishlab chiqib, ishga tushirish kerak. Zero, milliy mafkura harakatdagi mafkuraga aylanmog'i kerak.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman aholisi mafkuraviy immunitetini ob'ektiv mezonlarda baholash uchun «Mafkuraviy targ'ibot pasporti»ni ishlab chiqib, joriy qilindi. Bu pasport tumanlar Ma'naviyat va ma'rifat markazlari va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi orasidagi ma'lumot ayriboshlash, mafkuraviy ma'lumotlarni hisobga olish va nazorat qilish uchun g'oyat muhim edi. Tahlillarimiz mafkuraviy ma'lumotlar sof holda mavjud bo'lmasligini va shu sababli bu ma'lumotlarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli jabhalariga doir ma'lumotlar bilan bog'liq holda yig'ish lozimligini ko'rsatdi. Masalan, mafkuraviy targ'ibot holatini o'rganayotganimizda",- deydi biz bilan suhbatda Andijon viloyat Ma'naviyat va ma'rifat Markazi rahbari A.Nurmatov. "tuman, viloyatdagi iqtisodiy islohotlar haqidagi ma'lumotlarga ham zarurat sezar ekan kishi. Shu sababli hozir har bir tumanning iqtisodiy holatiga oid qisqa ma'lumotlar bazasini yaratdik. Buning uchun har bir tuman aholisi, hududiy bo'linishi, qishloq xo'jaligidagi ko'rsatkichlar, sanoat, madaniyat, tarixiy rivojlanish bosqichlari, partiyalar, masjidlar, dindorlar, jinoyatchilik to'g'risidagi ma'lumotlar yig'dik." (2010 yil 30 oktabr, Andijon shahri.).

Natijada ma'lumotlar doirasi kengayib, mazkur pasportning "Korxonaning Mafkuraviy pasporti", "Mahallaning mafkuraviy pasporti" shaklidagi turlarini ishlab chiqib, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarida joriy qilindi. Masalan, korxona (tashkilot)ning mafkuraviy pasporti"da jadvallarda xodimlar, ularning malaka, yosh milliy, diniy, siyosiy mansubliklari, tashkilotning iqtisodiy ko'rsatkich va imkoniyatlari, kadrlar qo'nimsizligi, mafkuraviy o'quvlar, malaka oshirish, dam olish, sport, bo'sh vaqt, obuna, ma'naviyat va marifat sohasidagi ishlar ko'rsatkich va natijalari aks ettiriladi.

Albatta, tadqiqot xarakteri va hudud, tashkilot, tuman xususiyatiga qarab bu axborot manbalariga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda har bir jadval tuman, tashkilotdagi mafkuraviy jarayonlarning bir qismini aks ettiradi. Biroq pasportni hisobot berish uchun tayyorlanadigan hujjat deb hisoblamaslik kerak. U eng avvalo kundalik ish uchun zarur bir qo'llanma bo'lib xizmat qilmog'i kerak. Har bir ko'rsatkich alohida holatda va kompleks holatda foydalaniladi. Ana shunda u yaxlit mafkuraviy jarayonlar haqida ob'ektiv ma'lumot yig'ish, ularni qayta ishlash, tashhis qo'yish va bashorat qilish, rejalashtirish mumkin bo'ladi. Shuningdek, bu ma'lumotlar nafaqat mafkuraviy ishlar, balki umuman tuman, hudud, tashkilot, hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ob'ektiv ma'lumot beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Amabile, T. M. (1996). Creativity in Context. Westview Press.

2. Bell, S. (2010). Project-Based Learning for the 21st Century: Skills for the Future. The Clearing House: A Journal of Эducational Strategies, Issues and Ideas, 83(2), 39-43.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Beghetto, R. A. (2010). Creativity in the Classroom. Cambridge Handbook of Creativity, 447-463.

4. DeMoss, K., & Morris, T. (2002). How Arts Integration Supports Student Learning: Students Shed Light on the Connections. Arts Эducation Policy Review, 104(3), 7-15.

5. Guilford, J. P. (1950). Creativity. American Psychologist, 5(9), 444-454.

6. Hennessey, B. A., & Amabile, T. M. (2010). Creativity. Annual Review of Psychology, 61, 569-598.

7. Johnson, D. W., & Johnson, R. T. (1994). An Overview of Cooperative Learning. Creativity and Collaborative Learning, 31-44.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Kamalov Azamat Jamalovich, PhD [Камалов Азамат Жамалович,

исследователь], [Azamat J.Kamalov, associate professor]; manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy. [адрес: Город Ташкент, Чиланзорский район, улица Бунёдкор, 27.], [address: 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city.] E mail: marufxolbek@mail.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.