Научная статья на тему 'MAFKURAVIY IMMUNITET TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI'

MAFKURAVIY IMMUNITET TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1740
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mafkura / immunitet / psixologiya / ijtimoiy ong / strategema / mafkuraviy tahdid / overton oynasi / “FFF” dasturi / ma’naviy tarbiya / kalom ilmi / argumentlash ahamiyati / Uchinchi RENESANNS poydevori.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — B. M. Jo‘Raqo‘Ziyev

Maqolada XXI asrning asosiy kategoriyalaridan biri mafkuraviy ummunitet tushunchasining kelib chiqishi, asl mazmuni hamda uning bugungi globallashuv sharoitidagi ahamiyatini ochib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAFKURAVIY IMMUNITET TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MAFKURAVIY IMMUNITET TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI

B. M. Jo'raqo'ziyev

Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada XXI asrning asosiy kategoriyalaridan biri mafkuraviy ummunitet tushunchasining kelib chiqishi, asl mazmuni hamda uning bugungi globallashuv sharoitidagi ahamiyatini ochib berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: mafkura, immunitet, psixologiya, ijtimoiy ong, strategema, mafkuraviy tahdid, overton oynasi, "FFF" dasturi, ma'naviy tarbiya, kalom ilmi, argumentlash ahamiyati, Uchinchi RENESANNS poydevori.

KIRISH

Barchamizga yaxshi ma'lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma'naviy kamolotiga bog'liq. Shu nuqtai nazardan, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etuvchi O'zbekistonda yoshlar ma'naviyati va ularni har tomonlama yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun mamlakatimizda yoshlarning ezgu maqsadlarini hayotga tatbiq etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yoshlar muammolari davlat siyosati darajasida hal etilmoqda.

Bugungi kunda jamiyatimiz kishilari uchun mafkura, mafkuraviy profilaktika, mafkuraviy immunitet tushunchalari anchagina tanish bo'lsada, lekin hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi[1] deya ta'riflanayotgan bugungi globalashuv davrida ijtimoiy hayotda ko'plab yangicha masalalar va munosabatlar vujudga kelmoqdaki, bu jarayonlar mazkur tushunchalarga yangicha yondoshuvni talab etmoqda.

"Immunitet" tushunchasi lotincha so'z bo'lib, "ozod bo'lish" manosini anglatadi. Ya'ni xalqni turli zararli ta' sirlardan himoyalovchi tizimidir. "Immunitet" tushunchasi dastlab tibbiyotda foydalanilgan, organizmning o'z-o'zini turli kasalliklardan himoya hila olish qobiliyatini bildirgan.

"Immunitet" so'ziga O'zbekiston milliy ensiklopediyasida quyidagicha ta'rif berilgan: (lot. - biron narsadan xalos, ozod bo'lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o'z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko'rsatishi, rezistentligi. [2]

"Mafkuraviy immunitet" - ma'naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg'unchi xarakterdagi g'oyaviy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan ilmiy asoslangan tushuncha.

XXI asr yoshlari turli-tuman mafkuralar tajovuzi kuchayib borayotgan sharoitda yashamoqdalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov "Fidokor" gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasini ko'tardi va "Mafkuraviy immunitet" tushunchasining ijtimoiy-siyosiy mohiyati haqida: "Ma'lumki, har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham Vatanga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga soglom munosabatni qaror toptirishimiz, ta^bir joiz bolsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana shunda johil aqidaparastlikning «da'vati» ham, ahloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g^oyalar ham o^z ta^sirini o^tkaza olmaydi", deya ta'kidlagan edilar.[3]

A

SOSIY QISM

Mustaqillikni mustahkamlash, xalqimizning barqaror taraqqiyotini ta'minlashning muhim shartlaridan biri bu g'oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g'oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g'oyani zo'r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, munosib tafakkur yuritish, zararli g'oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo'lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999-yil fevral, 2004 yilning martidagi Buxoro va Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik voqealardan to'g'ri xulosa qilish muhim. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya'ni jamiyat, millat o'z g'oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo'llashi mumkin bo'lgan mafkuraviy tahdidlaridan qo'rqmasa, bunday millatni yengish mumkin emas.

Mafkuraviy jarayonlar bilan bog'liq bo'lgan yana bir tushuncha bu "Strategema" hisoblanadi. Strategema - obyektning psixologik moyilligi va vaziyatning boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda ma'lum bir muammoni hal qilishga yoki yashirin maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar ketma-ketligi.[4] Xitoy madaniyatida bu tushuncha kamida uch ming yil avvalpaydo bo'lgan.[5] Xitoy qadimdanoq o'ziga xos tamaddun markazlaridan biri hisoblangan. Ming yillar davomida Xitoy xalqining falsafiy qarashlari konfutsiychilik, buddizm, dzen-buddizm va daosizmga asoslangan, boshqa madaniyatlardan farq qiladigan madaniyatni yaratdi. Xitoyda eng qimmatli ma'lumotlarni o'zida saqlagan kitoblar doimo sir tutilgan. Xitoyliklar o'z qonunlari bitilgan asarlarni asrlar mobaynida ko'p marotaba yo'qotib, vaqti kelganida yana osonlikcha ularni qayta topib olganlar. Xuddi ana shunday yashirin qonunlar bitilgan yodgorliklardan biri "36 stratagema" (hiyla-nayranglar)asari hisoblanadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Xitoy donishmandi Lao Szi o'zining "Dao de Szin" nomli kitobida quyidagi fikrni keltiradi: "Suv - dunyodagi eng yumshoq va muloyim modda, ammo qattiq va mustahkam ashyolarni yengib o'tishda u yengilmasdir va unga teng keladigan narsa bu olamda yo'q. Muloyim qattiqni yengadi, kuchsizlar kuchlini mag'lub etadi. Bu narsani hamma biladi, ammo kamdan-kam kishi bu bilimni amalda qo'llay oladi"[6] Chindan ham bir qarashda oddiy haqiqat hisoblangan bu fikrni amaliyotga juda kam shaxslargina hayotga tadbiq eta olganlar.

Jahon tarixiga nazar tashlasak, juda ko'plab manipulyatsion, mafkuraviy usullar haqida bilib olishimiz mumkin. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmidan o'zbek xalqi milliy madaniyati, ma'naviyati taraqqiyotida mustamlakalik davri boshlandi. Mustamlakachilik siyosatida Turkistonni nafaqat siyosiy, iqtisodiy, balki ma'naviy mustamlakaga aylantirish rejasi turardi. Buni ularning o'zlari ham yashirmas edilar. Bu haqida N.Ostroumov 1882-yil 30-avgust kuni Toshkent o'qituvchilar seminariyasidagi yig'ilishida "...musulmonlarimiz maorifining asosida ularni ruslashtirish... islomni buzish... umuman diniy jihatlarni buzish... yotmog'i lozim degan bo'lsa; Turkiston general gubernatori I.A.Kuropatkin esa kundaliklarida; "Biz 50 yil tub -joy aholini taraqqiyotdan chetda... tutdik", - deb qayd etgan edi.[7]

Bugungi kunda ham manipulyatsiya jarayonlarida yanada yangicha usullar, inson aqlini shoshirib qo'yuvchi dasturlar qo'llanilmoqdaki, ularga qarshi shaxs faqat o'zining yuqori mafkuraviy immuniteti bilangina javob bera olishi mumkin. Aks holda ularning qurboniga aylanadi. Masalan, uning xavfliligini bugungi Yevropadagi holat isbotlagan "Overton oynasi yohud yo'q qilish dasturi", kuch manipulyatsion uzoqqa mo'ljallangan "FFF dasturi" bugun ko'pchilikka ayon.

Odamning ma'naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o'zini ongli himoya qilish ko'nikmalari ta'lim-tarbiya, ota-onalar o'gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko'rishi va bilishi jarayonida shakllana boradi. Mafkuraviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, o'zini himoya qiluvchi ham - g'oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu - mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Demak, qaysi tomonning yengishini pirovard natijada ilmga asoslangan targ'ibot va tashviqot hal qiladi. Shu tariqa mafkuralar tortishuvi - targ'ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin.

Insonlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan bunday jarayonlar umumiy nom ostida Mafkuraviy profilaktika deb yuritiladi.

Mafkuraviy profilaktika sohasidagi ishlar tizimli tarzda olib borilayabdi deb ayta olmaymiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son farmonida shunday fikrlar keltirilgan: "...hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ'ibotning ilg'or va ta'sirchan

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti." [8]

Shu bois ham jamiyatning barcha sohalarini yetuk kadrlar bilan ta'minlash har qachongidanda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-yanvardagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan tasdiqlangan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasida aynan mafkuraviy profilaktika tadbirlariga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan Konsepsiyaning 21-bandida "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarimizga zid bo'lgan turli ma'naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish" vazifalari belgilangan. [9]

XULOSA

Inson tom ma'noda erkin yashashi uchun u avvalo o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishi lozim. Bu esa uning mantiq ilmiga, ayniqsa argumentlash nazariyasiga ehtiyojini ko'rsatadi. Bugun barcha jamiyatlarda bo'lgani singari bizning jamiyatimizda ham yot argumentlar qurboniga aylanayotgan shaxslar afsuski topiladi. Bu holat ziyolilar, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, barcha tarbiyachilar oldiga juda katta mas'uliyat yuklaydi.

Bugun biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi RENESANNS poydevorini yaratishni maqsad qilib oldik. Bu esa barcha sohalar qatori ma'naviyat, ta'lim-tarbiya tizimiga katta mas'uliyat bilan yondoshishimizni talab qiladi. Bu haqida to'ztalib yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev: "Uchinchi Renessans g'oyasini, avvalo, jamiyatimiz chuqur anglab olmog'i kerak. Har jabhada, sohada qiladigan ishlarimiz, rejayu istiqbol dasturlarimiz, ta'lim-tarbiya va kadrlar siyosati, investitsion siyosat — barchasi unga sharoit va muhit yaratishga qaratilmog'i lozim" deya ta'kidlagan edi. Har bir jamiyat o'ziga zarur shaxsni tarbiyalaydi. Unga o'z taraqqiyoti darajasi va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, e'tiqodiy, kasbiy-professional, huquqiy va boshqa qator talablar qo'yadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga to'liq javob beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Forobiy uni "fozil kishi", tasavvuf namoyandalari "komil inson" deb ataganlar. "Har tomonlama rivojlangan shaxs", "uyg'un rivojlangan shaxs" atamalari ham qo'llanilgan.

Har qanday buyuk rejalar, buyuk g'oyalar inson ehtiyojlari, turmushi yaxshilanishi, erkinligi ortishi va ma'naviy kamoloti bilan bevosita bog'lansagina, hayotiylik va reallik kasb etadi. Shu jixatdan, biz mafkuraviy immunitet har birimizga qay darajada zarur ekanligini shaxsan o'zimiz his qilishimiz, barcha soha vakillari buni doimo yodda tutmog'imiz lozim.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. Toshkent, Ma'naviyat. 2008, 77-bet

2. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi.

3. Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. "Fidokor" gazetasi muxbiri savollariga javoblar-T; «O'zbekiston», 2000 yil, 40 bet.

4. https: //ru.wikipedia. org/wi ki/Стратагем а

5. Смолян Г. Рефлексивное управление — технология принятия манипулятивных решений.

6. Лао Цзи - эр.ав 604-531 йиллар, кддимги хитой файласуфи, даосизм асосчиси. "Дао де Цзин" номли фалсафий ва хдрбий асар муаллифи.

7. Hasanov B. V. va boshqalar. O'zbekiston tarixi. Ma'ruzalar kursi. (Sitata manbai. Ismoilbey Gaspirali// Ozbekim. 151 -b)

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF - 5618-son Farmoni.( https://lex.uz/ru/docs/-4149765)

9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.( https://lex.uz/docs/-4676839)

10.Ibroximov F.A. Begonalashuv va tanazzul hamda ijtimoiy oqibatlari. O'zMU xabarlari 3 (3), 204-206-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.