SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM (YUKSAK MA'NAVIYATLI AVLOD - UCHINCHI RENESSANS BUNYODKORLARI)
Dilshoda Oybek qizi Xakimova
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ma'nan yetuk, ruhan kuchli va jismonan baquvvat yoshlarning mamlakat rivoji, buguni va ertasi uchun bebaho o'rni, bugungi kunda O'zbekiston yoshlari Uchinchi Renessansni bunyod etishdagi roli va kuchi haqidagi mavzu yoritilgan.
Kalit so'zlar: taraqqiyot, yoshlar, ta'lim, tizimli, kelajak, respublika
1. Kirish va dolzarbligi.
Bugungi globallashuv jarayonida har bir davlatning dunyo hamjamiyatidagi darajasi va mavqeyi u yetishtirayotning yoshlarning ma'naviyati, bilimi va tarbiyasi bilan belgilanmoqda. Har qaysi davrda ham yoshlarga e'tibor xalqning bosh mavzusi bo'lib kelgan. Hozirgi kunda butun dunyo aholi sonining 18 % ini yoshlar tashkil qiladi. Taraqqiyotning har qanday sohasida rivojlanayotgan davlatlar, avvalo, yosh avlodning bilimiga va yaratuvchanligiga suyanadi. Demak, har bir millatda yoshlar va ularning masalalari e'tibor markazida turadi, ularning tarbiyasiga jamiyki xalq mas'uldir. Yoshlarga shart-sharoit yaratib berish davlatning hal qilishi kerak bo'lgan oliy masalasi va foyda olishi muqarrar bo'lgan investitsion manbayidir. Tabiiyki, o'sib kelayotgan avlodning intellekti va shaxsi rivojlanishi uchun ma'naviy-ma'rifiy va madaniy merosning ahamiyati yuksakdir. Azaldan bizning ota-bobolarimiz farzand tarbiyasi va uning kelajakda yaxshi inson bo'lib kamol topmog'i uchun qayg'urgan. Bizga yetib kelgan adabiy va ilmiy asarlar, doston va rivoyatlarning hammasida yoshlar markaziy obraz sifatida tasvirlangan. Bundan ko'rinib turibdiki, yoshlarga e'tibor, ularning ma'naviy rivojlanishi va yetuk shaxs bo'lishidagi sa'y-harakatlar avvaldan boshlangan tizimli an'anadir. O'lmas an'ananing poydevori - yoshlarning ma'naviyati. O'zi aslida ma'naviyat nechog'lik ahamiyat kasb etadiki, ma'naviyatli insonlar doim maqsadiga erishadi? Ma'naviyat - insonning komil shaxs bo'lib yetishishidagi bebaho fazilat, ma'naviyati yuksak inson hayotning katta-kichik muammolariga va taqdirning toblanishlariga yengilib qolmaydi, aksincha, ulardan kuch olib, o'z maqsadi tomon olg'a boradi.
Ma'lumki, ilm olmoq va o'rganmoq davrning talabi va ehtiyojidir. Yoshlarning ushbu talabalarga javob berishi uchun ular yashayotgan muhit bosh omildir. Shuning
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
uchun avvalo, yosh avlodning yashash va ta'lim olish muhitini yaxshilash va bu yo'lda amaliy islohotlarni yo'lga qo'yish lozim. 2. Metodlar va o'rganilish darajasi.
"Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatdga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz " degan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. [1] Darhaqiqat, yuksak ma'naviyatli avlod, albatta, imkoniyat va sharoit yaratib beradigan davlatda kamol topadi.
Yurtimizda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim masaladir va yoshlarga oid davlat siyosati siyosatning eng ustuvor pog'onasida, balki zamon talab qilayotgan yuksak darajadadir. Yangi O'zbekistonda yoshlar bilan ishlash, ularning muammo-yu tashvishlarini eshitish, his qilish va ularni hal qilishga amaliy yordam berish, mustaqil hayotga kirayotgan yigit-qizlar, yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash uchun hamma - davlat va jamoat tashkilotlari birgalikda ko'p tizimli ishlar olib bormoqda.
Avvalari xalqning muammolarini yechishga vaqt ketsa, hozirda muammolarning kelib chiqmasligi uchun harakat qilinmoqda. Ayniqsa, yoshlarni eshitish, ularning muamollarini yechich davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Vatanimizda Uchinchi Renessans asosi va poydevori, shubhasiz, biz yoshlarmiz! Buning isbotlashimiz uchun barcha imkoniyat vas hart-shoaroitlar yaratib berilgan.
Davlatimiz yoshlarga e'tiborni, birinchi navbatda, ta'limdan boshladi. "Madaniyat yoshlikdan, insonni bolallar bog'chasida, maktabda kitob o'qitishdan boshlanadi" kabi gapning amaliy ifodasi sifatida islohotlar maktabgacha ta'lim muassasalarini tubdan isloh qilishdan va jahon tajribasidan o'rgangan holda eng zamonaviy texnologiyalar bilan bog'chalarni ta'minlashdan boshlandi. Bog'cha bosqichidan yetarli shart-sharoit va yaxshi bilim olmagan yoshdan oliy ma'lumotli bo'lganida nimani kutish mumkin? Aynan mana shunday savollarga amaliy savol sifatida hozirgi kunda yurtimizning barcha hududlariga kichik yoshli farzandlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun yoshlar va o'qituvchilarga birdek sharoitlar yaratilmoqda. Tarix zarvaraqlariga oltin harf bilan nomlari yozilgan Imom Buxoriy, Muhammad Xorzamiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ma'naviy va ilmiy meros yosh avlodni chin man'noda komillik sari yetaklaydi, ularning hayot yo'li va faoli yati ibrat namunasidir. Ulug' bobokalonlarimiz biz, yoshlarni ilm olishga, kitob o'qishga va ilmni tajribalar bilan mustahkamlashga chaqiradi. Haqiqatan, ilm olmoq va uni ulashmoq ma'naviyat quyoshining eng yorqin nurlaridir. Kishing ong-u tafakkuri kitob o'qish va
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
uni uqish bilan shakllanadi. Shu sabbali tyurtimizda katta va kichik yoshlar orasida kitobxonlik va kitob o'qish an'anasi kenhg targ'ib qilinmoqda va bu tashabbus orqali xalqimizning barcha qatlami kitobga allaqachon yana-da ko'proq mehr qo'yishga ulgurdi. Har yili o'tkazilib kelinayotgan kitobxnlik tanlovlari yoshlarning bilimini tajribada sinash uchun asos bo'lmoqda. 3. Tadqiqot natijalari
Internet resursi jadallashib rivojlanayotgan zamonda yoshlarning ilm olishi va unga ergashishi sezilarli darajada osonlashdi, sababi: netvorking orqali dunyo yoshlari o'z fikr-mulohazalarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib berishi natijasida yoshlar bir-biridan o'rganib, dunyo talabiga mos fikrlamoqda. Uchinchi Renessans davrining gurkirashida ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyat kasb etadi. Jahonga tahdid solayotgan -kovid-19 kasalligi tufayli ta'lim jarayonlari va ko'p bellashuvlar onlayn formatda bo'lib o'tishi odatiy holga aylanib qoldi. Demak, endilikda internet tarmog'i hayotimizning ajralmas qismi sifatida alohida muhimlikka egadir. Ijtimoiy tarmoqlardan yoshlarning qay maqsadda foydalanishiga bevosita ma'naviyatning bir bo'g'iniga aylanib qolmoqda. Quvonarlisi, yurtimizda kompyuter savodxonligi, dasturlash bilimini egallash uchun yoshlarga kerakli shart-sharoitlar yaratib berolmoqda.
Internet tarmoqlardan foydalanish madaniyati ma'naviyatning asosiy masalasidir. Hozirgi kunda tarmoqlarning xavfsizlik darajasi va ulardan unumli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish bevosita davlat tomonidan kafotlanishi zarur. Internet va undagi kontentlar yosh avlodning ma'naviyat dunyosiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Undan to'g'ri va maqsadli foydalanish hammamizdan birdek mas'uliyat talab qiladi.
Maktablarda o'quvchi yoshlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun hukumat o'zining barcha imkoniyatlarini safarbar qilmoqda. Iqtidorli va past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash jarayonlarida o'qituvchilar metodikasida jahon standardlariga javob bera oladigan o'zgarishlar yuz berdi. Ta'lim muassasalari rahbarlari bilim va salohiyatini, liderlik qobiliyatlarni oshirish uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilishi yo'lga qo'yildi. Ayniqsa, xalqaro, respublika, viloyat va tuman darajasida o'z bilimi va ku chi bilan bellashuvlarda g'olib bo'layotgan yoshlarni munosib taqdirlash mexanizmi yo'lga qo'yib kelinoqda va bu, albatta, yoshlarni yorug' kelajakka, ularning davlat va jamiyat hayotida o'z o'rinlari borligiga ishontiradi, inontiradi! Mana shunday sharoitlarga munosib javob berayotgan yoshlar faoliyati televideniye, matbuot va internet nashrlarida muttasil va mufassal yoritib kelinishi respublika bo'ylab barcha yoshlarga ruhiy dalda va motivatsiya beradi.
Yoshlar jamiyatimizning buguni va ertasidir. O'zbekistonning eng katta boyligi hamda bebaho xazinasi yoshlardir. Mamlakatimizda bizning huquq, manfaatlarimizni himoya qilish, zaruru shart-sharoitlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
mavjud bo'lib, bu tizim zamon talablariga hamohang tarzda takomillashtirilib borilmoqda. Bunga qadar parlament tomonidan yoshlarga oid 50 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 40 ga yaqin xalqaro huquqiy hujjatlar imzolangan.[2] Masalan, O'zbekiston davlati rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016 -yil 14-sentabrda birinchi imzolagan qonun hujjati "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunini hamda 2017-yil 23-iyundagi "Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi to'g'risida"gi farmoni yaqqol namuna bo'la oladi. [3]
O'zbekiston aholisining qariyb 64 % ini yoshlar tashkil etadi.[4] Bundan ko'rinib turibdiki, mehnat resurslarining yarmidan ko'pi yoshlardir. Ayni damda har uch rahbardan biri ham yoshlar hisoblanadi. Buning isbotini esa Oliy Majlis Senati huzurida tashkil etilgan Yoshlar parlamenti, O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda unga yangi tarkib sifatida qo'shilgan Yoshlar ishlari agentligi misolida ko'rishimiz mumkin. Bugungi kunda yoshlarni rahbarlikka tayyorlash maqsadida ularning tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun sharoitlar yaratilib, ularni turli zararli illatlar ta'siridan himoya qilish hamda huquqbuzarlikning oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi doirasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi tuzildi. Yoshlar biznes tashabbuslarini start-up g'oya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 % miqdorda imtiyozli kreditlar doirasida "Yosh tadbirkorlar" kovorking markazlari tashkil qilindi. Yangi O'zbekistonning ma'rifatli jamiyatini yaratishda barcha o'zgarishlarning negizi hisoblangan ta'lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta'lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti umumiy qiymatining yarmidan ko'prog 'ini tashkil etmoqda. E'tibor berib qaraydigan bo'lsak, yangi ochilayotgan va ochilgan davlat tashkilotlari hamda xususiy tashkilotlarda rahbarlik yoxud shu kabi lavozimlarni biz kabi yoshlar egallab turibdi. Shu o'rinda o'zim hozirgi kunda universitet talabasiman va o'z soham bo'yicha yutuqlarga erishib kelmoqdaman. Bularning asosida Vatanimdagi yoshlarga berilayotgan e'tibor turadi. Yurtboshimiz tashabbusi bilan ochilgan xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Ibrat maktab-internatini oltin medal bilan tamomladim va hozirgi kunda 6 ta xorijiy tillar (ingliz, rus, nemis, fransuz, turk va arab) ni puxta o'zlashtirib kelmoqdaman. Yoshlarning ong va dunyoqarashi boyishi va ularni ma'naviyati oshishi uchun tashkillangan ko'plab forum, sammit, tanlov va bellashuvlarning tashkilotchi ishtirokchisi hamda g'olibasiman. O'z iste'dodim bilan xalqaro miqyosda ham yutuqlarga erishib kelmoqdaman. 2020-yil ilk marotaba tashkil etilgan Respublika Yoshlar forumiga davlatimiz rahbari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan bir safda, prezidiumda yoshlardan ilk vakil sifatida o'tirdim. Davlatimiz rahbari bilan yana ko'rishish va suhbatlashishga muvaffaq bo'ldim. Biz, yoshlarni davlatimiz rahbari eshityapti, bizni xalq kutyapti, bizga ishonishmoqda.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
4. Xulosalar
Uchinchi Renessans poydevori bunyodkorlari, albatta, yoshlardir. Mamlakatimizda yuksalish davri faqatgina yoshlaming yuksak salohiyatiga bog'liqdir. Yosh avlodning yurt tayanchi sifatida ulg'ayishi uchun ular bilan ko'proq gaplashish, qalbiga yo'l topish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko'mak berish, ayniqsa, qiz bolalarni ilm-fan, kasb-hunar sir-asrorlarini yaxshi egallashiga yordam berish, ularning haq-huquqlarini muhofaza qilish, hayotda munosib o'rin topishiga maslahat berish lozim. Bu yo'lda davlatdan tortib jamiyatdagi barcha qatlam vakillari mas'uldir. Zero, kuchlar birlashsa, mag'lubiyatga o'rin yo'q! Birlashib, biz katta kuchmiz! Yoshlar ma'naviy olami shakllanuvida ilm, tarbiya, muhit, kitob mutolaasi va internet tarmog'ining maqsadli foydalanuvi mutlaqo katta ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Respublika iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash Ulug'bek jamg'armasi. Yoshlarga donolar o'giti. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2018.
2. https://strategy.uz/index.php?news=615&lang=uz
3. https://mineconomy.uz/uz/node/1798
4. https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/iitimoiy-siyosat