Научная статья на тему 'AJDODLARIMIZ O‘GITLARI ASOSIDA CHAQIRIQQACHA BO‘LGAN O‘QUVCHI-YOSHLARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH'

AJDODLARIMIZ O‘GITLARI ASOSIDA CHAQIRIQQACHA BO‘LGAN O‘QUVCHI-YOSHLARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
65
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vatanparvarlik / kompetent / yaxlit / jamiyat / texnika / milliy ruh / mafkura / intelektual / ilm / zakovat.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Abdulxoshim Sotvoldiyev, Shahzod Toxirov

Ajdodlar o`gitlari har sohada bizga yo`l ko`rsatuvchi mayoqdir. Ushbu maqolada chaqiriqqacha bo`lgan o`quvch-yoshlar axloqiy sifatlarini rivojlantirishda ajdodlar o`gitlarining o`rni, yoshlarning mafkurasini vatanparvarlik ruhida o`stirish masalalari muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AJDODLARIMIZ O‘GITLARI ASOSIDA CHAQIRIQQACHA BO‘LGAN O‘QUVCHI-YOSHLARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

AJDODLARIMIZ O'GITLARI ASOSIDA CHAQIRIQQACHA BO'LGAN O'QUVCHI-YOSHLARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH

Abdulxoshim Sotvoldiyev, Shahzod Toxirov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Ajdodlar o'gitlari har sohada bizga yol ko'rsatuvchi mayoqdir. Ushbu maqolada chaqiriqqacha bolgan o'quvch-yoshlar axloqiy sifatlarini rivojlantirishda ajdodlar o'gitlarining o'rni, yoshlarning mafkurasini vatanparvarlik ruhida o'stirish masalalari muhokama etiladi.

Kalit so'zlar: vatanparvarlik, kompetent, yaxlit, jamiyat, texnika, milliy ruh, mafkura, intelektual, ilm, zakovat.

KIRISH

Hozirgi davrda, ayniqsa huquqiy demokratik davlat qurish vafuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlar olib borilayotgan sharoitda milliy Armiyamiz faoliyatida aniq shakllantirilgan axloqiy qarashlar va qadriyatlar tizimi zarur, deb o'ylayman.

ADABIYOTLAR SHARHI

Avvalombor yoshlarimizni tarbiyalashda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning mazmun va mohiyatiga urg'u berib o'tsak.

Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisidir.

Harbiy xizmatga tayyorlanadigan yoshlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar umumiy vazifalar bilan bir qatorda alohida maqsadlarga ega. Chunki harbiy rahbar uchun tarbiyalangan bo'ysunuvchiga, insonga ega bo'lish yetarli emas, uning uchun o'zining xizmat vazifasini yaxshi biladigan, haqiqiy professional harbiy xizmatchi, harbiy mutaxassis bo'lib yetishishi kerak. Bunday bo'ysunuvchini har bir rahbar o'zi tarbiyalaydi.

Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamning, millat yoki davlatning jamiyat ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy rivojlanish tamoyillarini ifoda etadigan g'oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalar tizimidir. [2]

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Har qanday mafkuralar bir tizimga solingan g'oyalar majmuidan iborat bo'ladi. Shu sababli dunyoqarashning asosini va muayyan ishonch- e'tiqodning asosini ham g'oyalar tashkil etadi.

Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashiva mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko'zlagan va uning dunyodagi o'rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishga qodir g'oyalar tizimi jamiyat mafkurasidir. Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni-xalq, millatni-millat qiladigan, uning yo'li va maqsadlarini aniq-ravshan charog'on etadigan mayoqdir.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar - bu bo'lajak harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik, fidoiylik, o'z burchiga sadoqat, Vatan va millat taqdiriga dahldorlik, yuksak estetik did va keng dunyoqarash kabi axloqiy fazilatlar va professional ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan uzluksiz va tizimli ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarining strategik maqsadlarini ko'rib chiqadigan bo'lsak, ularni quyidagicha belgilasa bo'ladi. Masalan:

-chaqiruvga qadar yoshlarni O'zbekiston Respublika Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoniga, Vatanning mustaqillik timsollariga sadoqat, faol fuqarolik pozitsiyasi va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

-chaqiruvga qadar yoshlarda milliy armiyamizning qudratiga, xalqimizning tinchligini va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir ekanligiga qat'iy ishonchini shakllantirish;

-chaqiruvga qadar yoshlarning ma'naviy-axloqiy ruhini ko'tarish va doimiy ravishda uni qo'llab-quvatlab turish.

Yoshlarimizni tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarini tadbiq etishda quyidagi yo'nalishlar, shakllar va usullarini ko'rib chiqamiz.

Biz tarixdan bilamizki, ma'naviyati boy inson o'z Vatanining taqdiri, uning rivoji va himoyasi uchun doim tayyor tura oladi. Shu bois ham bizning jamiyatimiz qalbi toza, imon-e'tiqodi mustahkam, halol-pokiza, go'zal axloqli, xushmuomalali, ma'naviy barkamol insonlarni tarbiyalash masalasini bugungi kunning eng dolzarb vazifalari qatoriga kiritgan. Shaxs, uning tarbiyasi har qanday jamiyatda bo'lgani kabi bizning yurtda ham muhim o'rin egallaydi. Shu o'rinda mashhur Vatandoshimiz Abdulla Avloniy aytganlaridek: "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur" - degan fikrlari bugungi kunda dunyoda sodir bo'layotgan globallashuv jarayonlarining turli salbiy ta'sirlaridan himoyalanishning yagona yo'li, yoshlarni zamon talablari asosida tarbiyalash zarurligini yana bir bor isbotlamoqda.[3]

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar asosan ma'naviy, ma'rifiy, madaniy, ahloqiy-ruhiy yo'nalishlardan iborat bo'ladi.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarda ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik, ma'naviyat soati, tezkor axborot, kitob mutoolasi, savol- javob kechalari, viktorinalar, ekskursiyalar, mavzuviy kechalar. "Mardlik va jasorat" darslari, uchrashuvlar (shoir va yozuvchilar, fan va madaniyat arboblari, faxriylar va yoshlar bilan), harbiy-vatanparvarlik aksiyalari, muzey va teatrlarga tashriflar, teleko'rsatuvlar tomoshasi va muxokamasi, yakka tartibdagi suhbat, umumiy yig'ilishlar, sport va intellektual uyinlar, ko'rik-tanlovlar, yakunlar, taxliliy ishlarni o'tkazish, ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg'ulotlari va mashqlarini uning shakllariga misol qilib ko'rsatsakbo'ladi.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning usullariga ishontirish, rag'batlantirish, namuna, mashq, musobaqa, tanqid, o'z-o'zini tanqid qilish va o'zini-o'zi majburlashlar kiradi.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa qilib aytganda, Chaqiruvga qadar yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mustaqil fikrlashga va keng dunyoqarashli, iymon-e'tiqodi va irodasi mustahkam, ma'naviyatli va fidoyi, har qanday sharoitda Vatan mudofaasiga shay harbiy xizmatchilarni tarbiyalash, ularning mantiqiy, ijodiy va tahliliy fikrlash doirasini kengaytirish, ona Vatan taqdiri uchun yuksak mas'uliyat va javobgarlik xususiyatlarini rivojlantirish hamda matonat va jasoratda, ota-bobolarimizdan o'rnak olishlariga e'toborniqaratishimiz kerak.

Hozirgi shart-sharoitda nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi.

Shunday ekan Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!" [4]

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak deb o'ylayman.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018 y., 09/18/140/0816-son)

2. Mamajonov, R. A., & Axunov, I. I. (2020). Harbiy vatanparvarlik tarbiyasida badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san'atning ahamiyati. Internauka, (22-3), 64-66.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

3. Ochilova, B., & Saitqasimov, A. (2020). FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISh MEXANIZMLARI. Arxiv NauchnLix Publikatsiy JSPI

4. www.natlib.uz

5. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.