Научная статья на тему 'MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING SAMARALI YO‘LLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR'

MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING SAMARALI YO‘LLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interaktiv metodlar / innovatsion ta'lim / axborot texnologiyalari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Azamatov Shexroz Ubaydillo O‘G‘Li, Turopov Bekzod Saidmurotovich, Safaraliyeva Ruqiyaxon Anvarjon Qizi

Maqolada yurt egalarining yetuk shaxs, salohiyatli kadr, vatanparvar inson bo‘lishishida turtki bo‘ladigan, ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan bir qancha yo‘llari hamda innovatsion texnologiyalarning turli sohalarda tutgan o‘rni haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING SAMARALI YO‘LLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR»

MA'NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING SAMARALI YO'LLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

*Azamatov Shexroz Ubaydillo o'g'li, 2Turopov Bekzod Saidmurotovich, 3Safaraliyeva

Ruqiyaxon Anvarjon qizi

^amDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti dekan o'rinbosari.

2SamDVMCHBU Iqtisodiyot fakulteti dekan o'rinbosari.

3SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215846

Annotatsiya. Maqolada yurt egalarining yetuk shaxs, salohiyatli kadr, vatanparvar inson bo'lishishida turtki bo'ladigan, ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan bir qancha yo'llari hamda innovatsion texnologiyalarning turli sohalarda tutgan o'rni haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: interaktiv metodlar, innovatsion ta'lim, axborot texnologiyalari.

Аннотация. B статье описан ряд способов мотивации и поднятия морального духа владельцев страны, чтобы они стали зрелыми личностями, потенциальными кадрами, патриотами, а также роль инновационных технологий в различных сферах.

Ключевые слова: интерактивные методы, инновационное образование, информационные технологии.

Abstract. The article describes a number of ways to motivate and raise the morale of the country's owners to become mature individuals, potential personnel, patriotic people, as well as the role of innovative technologies in various fields.

Keywords: interactive methods, innovative education, information technologies.

Asosiy qism. Innovatsion texnologiyalar ta'lim taraqqiyotida tutgan roli haqida so'z yuritilar ekan, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogic va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. "Ta'lim to'grisida" gi Qonun va "Kadrlar tayorlash milliy dasturi" ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Ma'lumki, uzluksizlik va uzviylik ta'lim tizimda, avvalo, jamiyatning ma'naviy va intellectual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta'minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o'quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tezalmashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o'z kasbiy tayyorgarligini, maxoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.

Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. Axborot yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, ta'lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi. O'zbekistonda ham so'nggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan bo'lib ta'lim tizimiga kirib keldi.

Yoshlarni tarbiyalash va ularning ma'naviy barkamolligini shakllantirish vazifasi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi hechkimga sir emas. Globallashuv jarayoni va ushbu jarayonning salbiy oqibatlaridan biri bo'lmish ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta'siri nuqtai nazaridan olib qarasak, aqlan barkamol ma'nan yetuk shaxslarni yetishtirish birmuncha mas'uliyatli va jiddiy vazifadir.

Pedagogika o'quv yurtlarida tashkil etiladigan ta'lim-tarbiya jarayoniga innovatsion ta'lim texnologiyalarni qo'llashda quyidagi:

-ta'lim-tarbiya jarayonini talaba shaxsiga yo'naltirish, ularni shaxs sifatida barkamolligini ta'minlash, DTS(davlat ta'lim standarti) bilan me'yorlangan bilim, ko'nikma va malakalarni egallash samaradorligini orttirish;

-pedagogik kadrlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, ayniqsa, metodik tayyorgarligi samaradorligini orttirish, innovatsion pedagogic faoliyatga tayyorlash;

-bo'lg'usi o'qituvchilarni innovatsion ta'lim texnologiyalariga asoslangan mashg'ulotlarda faol ishtirokini ta'minlash natijasida ularni ta'lim-tarbiya jarayoni sub'ektiga aylantirish orqali, kelgusidagi pedagogik faoliyatida innovatsion texnologiyalarning o'rnini anglash, ulardan foydalanish uchun zarur bo'ladigan metodik bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga zamin yaratish kabi didaktik maqsadlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Tarbiyali, ma'naviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari buyuk maqsadiga erishuvida ma'naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Mazkur masala o'ta dolzarb bo'lganligidan barcha zamonlar donishmandlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon faylasufi Aristotelning "Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi" degan so'zlari bor. Zardushtiylik ta'limoti uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi: "Ezgufikr, ezguso'z, ezguamal". Shu uchalasiga rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy tarbiya xususida yanada yorqinroq so'z aytgan: Bolaning tabiati rivojlanishga moyil bo'ladi, uni qanday g'oyalar bilan to'ldirish ota-onaga va ustozga bog'liq. "Har birimiz o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga befarq bo'lmasligimiz kerak.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogic va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashg ao'rgatgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni ozlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o'zlari keltirib chiqarishiga o'rgatadi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - bu o'qituvchi va o'quvchio'quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiya tushuniladi. O'qitish jarayonida maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishida qo'llaniladigan har bir ta'lim texnologiyasi o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olishi, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olishi, o'quv jarayonida o'quvchio'quvchilar mustaqil fikrlay olishlari, ijodiy ishlay olishlari, izlanishlari, tahlil eta olishlari, o'zlari xulosa chiqara olishlari, o'zlariga, guruhga, guruh ularga baho bera olishi, o'qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olishi o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik funksiyasini bajaradi. Xulosa qilib aytganda fanlarning o'qitilish sifati va

samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalarni zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari asosida 3 turdagi o'quv mashg'lotlariga: ya'ni ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda keltirilganlarni kompleks holda qo'llash tavsiya etiladi. Zamonaviy metodlar va ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o'quvchilarda mantiqiy , aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirish bilan birga ularning qobilyatlarini rivojlantirish, raqobatbardosh yetuk mutaxassis bo'lish hamda ijobiy kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

REFERENCES

1. Lex.uz sayti.

2. Mazkur dastur O'zbekistan Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-sonli "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuniga asosan o'z kuchini yo'qotgan.

3. Pedagogik texnologiya: muammo va istiqbollar (zamonaviy pedagogic texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari).Mualliflar uruhi./T.OOMQHTRM, 320-bet;

4. Ergashev R.N,Ergasheva G.M, Eshonqulova M.X. Boshlang=ich ta'lim pedagogikasi,innovatsiya va integratsiyasi.-T.:Toshkent,2021.-119bet;

5. Ibragimov X.Abdullayeva Sh.Pedagogika nazariyasi.-T. IIFan va texnologiyal, 2008.-225-bet.

6. G.Dj.Tosheva B.B.Toirov Innovatsion texnologiyalar ta'lim taraqqiyotining asosiy kuchi va tutgan o'rni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.