g
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARINING HOZIRGI
KUNDAGI O'RNI
Saodat Sharipovna Zuparova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
ANNOTATSIYA
Hozirgi vaqtda texnika, texnologiya va mashinasozlik, neft-gaz, energetika sohalariga ega bo'lgan har tomonlama yetuk, o'z sohasini yaxshi biladigan, raqobatbardosh muhandislarni tayyorlash dolzarb hisoblanadi. Shunday ekan "Texnik tizimida axborot texnologiyalari" fanining qiziqarli va mazmunli bo'lishida ta'limni tashkil etish shakli va metodlari, o'quv jarayonida yangi axborotlardan foydalanish, talabalarning mustaqil ishlarini o'quv rejasida belgilangan holda amalga oshirish kabilar ularni yangi bilimlar bilan qurollantiradi.
Kalit so'zlar: axborot texnologiya, AKT, texnika, texnologiya, ta'lim metodlari, ta'lim texnologiyalari, innovatsion ta'lim, ta'lim sifati.
Albatta ushbu jarayonda talabalarda fikrlash, narsalarga, xodisalarga qiziqishni oshirish va uni amaliyotda qo'llashni tarbiyalash, dialektik mantiqqa xos kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan jarayonlarni o'rgatish o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liqdir.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovastion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormokda. Innovatsion texnologiyalar, pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to'liq foydalaniladi. Interfaol metodlar pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi — ular faqat pedagog, o'quvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:
• o'quvchini dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga yo'llash;
• o'quvchilarning o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarining doimiy ravishda bo'lishini ta'minlash;
October 20, 2023
¿L
• o'quvchining bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish;
pedagog va o'quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etilishi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi — o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etib natijaga erishish, o'quv jarayonida o'quvchining mustaqil fikrlay olishi, ijodiy ishlay olishi, izlanishi, tahlil eta olishi va xulosa chiqara olishi, shuningdek, o'ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olishi kerak. O'qituvchining esa bunday faoliyat uchun imkoniyat va sharoit yarata bilishi o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir darsning mavzusi, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor. Pedagogik texnologiya yakka tartibdagi jarayon bo'lib, o'quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Interfaol degani bu — o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, o'quvchida mustaqil fikrlash. ko'nikmalarini shakllantirishning fikr-mulohaza, bahs orqali amalga oshirilishidir.
O'quvchi qo'yilgan maqsadga mustaqil, o'zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so'zga chiqadi. Dalil va asoslar orqali fikrini yoritib berishga harakat qiladi. Har qanday matematik tushuncha yoki nazariy mavzu o'quvchilarga ma'lum bir metodlar asosida tushuntiriladi. Ana shunday metodlar ikki yo'nalishda bo'lib, ulardan biri o'qituvchining tushuntirish metodlari, ikkinchisi esa o'quvchilarning qabul qilish metodlaridir O'qituvchining tushuntirish metodlari ma'ruza, suhbat va mustaqil ishlardan iborat. O'qituvchi bir soatlik darsi jarayonida ana shu uchta metoddan foydalanib dars jarayonini olib boradi. O'qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzuni o'quvchilar reproduktiv, evristik va izlanish metodlari yordamida qabul qiladilar.
Agar o'qituvchi dars jarayonida mavzuni ma'ruza metodi bilan tushuntirsa, o'quvchilar reproduktiv metod bilan qabul qiladilar. Bunda mavzu materialining mazmuni mantiqiy tahlil qilinmaydi, ma'ruza metodi bilan dars o'tishda o'qituvchining o'zi juda faol bo'lib, talabalar esa faol bo'lmaydi. Agar o'qituvchi mavzuni suhbat metodi bilan tushuntirsa, o'quvchilar evristik metod bilan qabul qiladilar. Bunda talabalarning tushuntirilayotgan mavzu materialiga nisbatan faolligi oshadi, chunki o'qituvchi mavzu mazmunini mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollar asosida o'quvchilar bilan birgalikda ochib beradi, bunda bevosita o'quvchilar ham savollarga javob
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
459
jort^
¿L
berish orqali dars jarayonida faol ishtirok etadilar. Umuman olganda suhbat metodi bilan dars o'tishning mohiyati shundan iboratki, o'qituvchi tomonidan sinf o'quvchilari uchun o'tiladigan mavzu materialining mazmuni muammo qilib qo'yiladi, so'ngra maqsadga tomon yo'naltiruvchi savollarni o'quvchilarga berish orqali qo'yilgan muammo hal qilinadi.
Agar o'qituvchi mavzuga doir misol yoki masala echmoqchi bo'lib dars jarayonini rivojlantirgan bo'lsa, u mustaqil ishlash metodi bilan dars o'tadi, bunda o'quvchilar qo'yilgan masala yoki misolni echish uchun fikrlaydilar, izlanish metodi bilan mavzuni o'zlashtiradilar. Bunday dars jarayonida o'quvchilar juda faol bo'ladi, chunki ular echish uchun doskaga o'qituvchi tomonidan yozib qo'yilgan misol yoki masala yuzasidan mustaqil holda fikrlaydilar, o'ylaydilar va mantiqiy xulosa qiladilar, bu bilan ularda mantiqiy fikrlash rivojlanadi.
O'qituvchining tushuntirish va o'quvchining qabul qilib olish metodlari asosida ular ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo'ladi. Bugun ta'lim-tarbiya jarayonini davr talablariga mos ravishda amalga oshirishning eng zarur omili bo'lgan zamonaviy darsning har biri o'quvchi-yoshlar uchun o'ziga xos quvonch doirasiga, har bir ta'lim dargohi esa shodlik maskaniga aylanishi lozim. Xususan, darsga ishonch bilan kelib, o'z o'qituvchisini alohida hurmat va e'zoz bilan kutib olish tuyg'usini shakllantirish bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy mezonlaridandir. Uqituvchi dars paytida o'quvchilarga to'g'ri yo'l-yo'riq berib tursa, o'zlashtirishi qiyin bo'lgan bolalar faol ishtirokchiga aylanganini o'zlari bilmay qoladilar.
Ma'lumki, o'quvchi faoliyati butun ta'lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o'qituvchi turli-tuman usullardan foydalangan holda o'quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon yo'naltirib turadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Ta'lim-tarbiya—ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad — ozod yurt, bo'lmaydi» deb ta'kidlagan edi.
Interfaol o'qitishning mashqlari va uslublari
Zamonaviy didaktika jadal rivojlanib, o'zgarayotgan jamiyatning talablari va ta'limdagi amaliy ishlanmalarni aks ettiruvchi yangi yondashuvlar, ta'lim berish texnologiyalari bilan boyimoqda.
Ta'lim berishning nazariyasi va amaliyotida o'quvchilarning bilim olish harakatlarini faollashtirish eng dolzarb muammolardan biri bo'lgan. Keyingi vaqtlarda
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
460
g
g
pedagoglarning diqqati bilim orttirishning muloqot yuritish shakliga asoslangan o'qitishning interfaol shakl va uslublarini o'zlashtirishga qaratilgan. Ta'lim berish jarayoni quyida ko'rsatilgan talablarga amal qilgan taqdirda samarali bo'lishi va yaxshi natijalar berishi amalda isbotlangan:
• O'quvchilar ta'lim olish uchun ochiq va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan munosabat va hamkorlikka faol kirishib ketadilar;
• O'z faoliyatini tahlil qilish va shaxsiy salohiyatini amalga oshirish uchun imkonga ega bo'ladilar;
• Ular yaqin vaqt ichida o'z hayotida va professional faoliyatida duch kelishi muqarrar bo'lgan vaziyatga amaliy jihatdan tayyorlanib olishlari mumkin;
• O'zlariga ishonishlari, o'zlarini ifodalashga qo'rqmasliklari, xatoga yo'l qo'yishlari mumkin, qachonki ular buning uchun muhokama qilinmasalar va salbiy baholanmasalar.
REFERENCES
1. Matyokubova, S. (2022). Ta'lim texnologiya. Jurnal inostrannbix yaztikov i lingvistiki, 6(6), 308-317.
2. Matyoqubova, Sh. A. (2021). Xalqaro va milliy sertifikat imtixonlariga tayorlanish jarayonida zamonaviy texnologiyalarning o'rni. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 221-225.
3. Saitkulova, N., & Suleymanova, N. K. (2023). Akademik mobillik borasidagi muammolar va ularning yechimlari. PEDAGOG, 6(6), 53-59.
4. Rahmonovna, S. N. (2023). Mustaqil ta'limni tashkil etish asosida talabalarning akademik mobilligini rivojlantirish mazmuni. Journal of Integrated Education and Research, 2(8), 100-104.
5. Zulfiya Khojabayevna Kabulova. (2023). The History of Pedagogy as a Teaching Subject. Web of Teachers: Inderscience Research, 1(7), 153-157.
6. E'tibor, M. (2022). The Expressions of Facial Somatism "Head" in English Idioms. PEDAGOGS jurnali, 6(1), 353-356.
7. Jontoshevna, S. S. (2023). Methodology of Teaching Foreign Language or English to Cadets. Academia Science Repository, 4(04), 483-490.
8. Makhliyo, S. (2021). The syntactical classification of phraseological units with the lexeme "money". Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 236-240.
9. Tenelbayev, R. (2023, September). Different Types of Writing in Teaching and Learning Process. In Proceedings of International
Educators Conference (Vol. 2, No. 9, pp. 104-108).
October 20, 2023
g
g
10. Avezimbetova, A. J., & Tenelbayev, R. (2022). The Effectiveness of Using Writing Techniques in Teaching B2 Level Learners. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 414-417.
11. Usmonova, R., Omonova, M., & Bobojonova, Z. (2020). Using innovative methods of teaching foreign languages. Academic research in educational sciences, (3), 692-696.
12. Usmonova, R. (2023). Teaching Listening: Problems and Solutions. Interpretation and researches, 7(10).
13. Khonsaidova, M. (2023). Transformative Learning: Promoting Learners'critical-Thinking Skills and Knowledge by Enhancing Applicable Approaches in Education System. GOLDEN BRAIN, 7(26), 127-131.
14. Makhamadalievna, K. M. (2021). Integrated skills: basic analyses of writing skill. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 2(1), 13-16.
15. Azim, A. Y. Animals' Conception in Malay and Uzbek Culture.
16. Yuldashev, A. A. (2022). Relations of Language and Culture. Academic research in educational sciences, 5(10), 888-891.
17. Fotima, K. (2023). Xorijiy til o 'rganuvchi talabalarda yozuv kompetensiyasini rivojlantirish. Involta Scientific Journal, 2(3), 113-115.
18. Maxamatxo'jaeva, G. U. (2022). Ozbek tiliga ingliz tilidan ozlashgan va o'zlashayotgan sozlar haqida bazi mulohazalar. Results of National Scientific Research International Journal, 7(8), 46-49.
19. Maxamatxo'jayeva, G., & Siddiqova, I. (2023). O'zbek tiliga ingliz tilidan o'zlashgan va o'zlashayotgan so'zlar haqida ba'zi mulohazalar. Til va adabiyot ta'limi, 3, 91-92.
20. Shuxratova, Z. S. (2023). Frazeologiyaning nazariy asoslari va o'rganilish tarixi. UzACADEMIA, 3(26), 160-165.
21. Shuxratova, Z., & Sadullayeva, N. (2023). Ingliz media matnlarida frazeologik birliklarning ifoda etilishi new york times gazetasidagi frazeologizmlar misolida. Til va
adabiyoti ta'limi, 2, 44-43.
22. Shirinoy Ortykalikizi Yusupova. (2023). Pedagogical Fundamentals of The Innovative Approach to Education in the Digital World. Web of Teachers: Inderscience Research, 7(8), 21-24.
October 20, 2023