Научная статья на тему 'O’QUV MASHG’ULOTLARIDA DIDAKTIK TALABLARDAN VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

O’QUV MASHG’ULOTLARIDA DIDAKTIK TALABLARDAN VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13999
548
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
matematika / didaktik talablar / pedagogik texnologiyalar. / mathematics / didactic requirements / pedagogical technologies.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Baxor Xazratkulovna Kurbanova

Maqolada umumta’lim maktablarida matematika fanidan o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda didaktik talablardan va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ayrim mulohazalar keltirilgan. Darsga qo’yiladigan didaktik talablar bayon qilingan. Yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali erishish mumkin bo’lgan natijalar sanab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF DIDACTIC REQUIREMENTS AND PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN LEARNING CLASSES

The article provides some feedback on the use of didactic requirements and new pedagogical technologies in the organization of mathematics lessons in secondary schools. The didactic reuirements in learning classes are described. The results that can be achieved through the use of new pedagogical technologies are listed.

Текст научной работы на тему «O’QUV MASHG’ULOTLARIDA DIDAKTIK TALABLARDAN VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

O'QUV MASHG'ULOTLARIDA DIDAKTIK TALABLARDAN VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Baxor Xazratkulovna Kurbanova

Samarqand viloyati Jomboy tumani 20-son umumta'lim maktabi

ANNOTATSIYA

Maqolada umumta'lim maktablarida matematika fanidan o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda didaktik talablardan va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo'yicha ayrim mulohazalar keltirilgan. Darsga qo'yiladigan didaktik talablar bayon qilingan. Yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali erishish mumkin bo'lgan natijalar sanab o'tilgan.

Kalit so'zlar: matematika, didaktik talablar, pedagogik texnologiyalar.

USE OF DIDACTIC REQUIREMENTS AND PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN LEARNING CLASSES

ABSTRACT

The article provides some feedback on the use of didactic requirements and new pedagogical technologies in the organization of mathematics lessons in secondary schools. The didactic reuirements in learning classes are described. The results that can be achieved through the use of new pedagogical technologies are listed.

Keywords: mathematics, didactic requirements, pedagogical technologies.

DASTLABKI MA'LUMOTLAR

XX asrning oxirgi XXI asrning boshida jamiyatimizning mustaqillikka erishganligi bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlatning shakllanishi, milliy istiqlol mafkurasining vujudga kelishi, o'z tilimiz va madaniyatimizdagi tiklanish, axborotlar hajmining keskin ko'payishi, fan va texnika taraqqiyoti bu ta'limini, uning asosiy halqasi bo'lgan darsni mazmunan isloh qilishni taqozo qiluvchi zaruriy omillardandir. Metodik adabiyotlarda "Standart dars","Nostandart dars", "Zamonaviy dars" degan iboralarni ko'proq uchratamiz. Zamonaviy dars haqida ba'zi olimlarning fikrlarini keldiramiz. M.A.Daminov "Zamonaviy dars o'quv jarayonini faolashtirishdir" deb hisoblaydi. B.B.Shatalov esa "Zamonaviy dars har bir o'quvchini va hammani o'qitish" deb hisoblaydi.

O'zbekistondagi pedagogik olimlar ham o'z taqiqotlari davomida zamonaviy dars muamolariga e'tiborni qaratib "Zamonaviy dars eng avvalo, o'quvchi shaxsini ta'lim olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o'rgatuvchi usullar majmui" deb ko'rsatishadi. O'qituvchi darsda o'zi "So'rab", o'zi "Gapirib beruvchi" bo'lib

qolmasligi kerak, balki o'quvchilarga yangi bilimlarni o'zlashtirishga yaqindan turib ko'maklashuvi lozim. Ta'kidlash joizki, hozirgi zamonaviy darslarda uning ishtirokchilari bo'lmish o'qituvchi va o'quvchilarning vazifalari o'zgargan. O'qituvchi darsda yetakchi, yo'naltiruvchi, ko'mak beruvchi rejissyor, boshqaruvchi vazifasini bajarsa, o'quvchi darsning faol ishtirokchisiga aylanadi, u mustaqil ishlaydi, fikrlay, ijod qiladi. Bahs-munozarada o'z fikr mulohazalarni himoya qiladi, unda o'z-o'zini boshqarish malakasi hosil bo'ladi.

Hozirgi kunda ilm-fan taraqqiyotining jadal rivojlanib borishi o'qituvchi, o'quvchilar faoliyatini yanada takomillashtirib, dars mashg'ulotlariga yangicha talqin berib, ta'lim samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda. Shu o'rinda e'tirof etish joizki "Xalq ta'limi" jurnali 2006-yil 1-sonida e'lon qilingan professor R.Jo'rayevning "Zamonaviy dars. U qanday bo'lmog'i lozim" nomli maqolasida ham olib borilgan ilmiy taqiqotlar natijasiga ko'ra, bugungi darslarning yutuq va kamchilliklari batafsil fikr yuritilgan bo'lib darslarni yangicha tashkillashtirish unga yangi tus va shakl berish bilan bog'liq ilmiy izlanishlar olib borilayotganligi hamda maskur masala shu kunning eng dolzarb muamolaridan biri ekanligi alohida ta'kidlangan.

Ko'p pedagogik adabiyotlarda ta'lim samaradorligiga erishishning yuzlab usullari haqida ilmiy tavsiyalar keltirilgan. Ammo ularning kamchiligi shundaki, bu usullarni qo'llash asosan o'qituvchi zimmasiga yuklatilagan. Nostandart darslar va ta'limning interfaol usullarida markaziy o'rinda o'quvchi shaxsi qo'yilgan, bunda o'qituvchi tashkilotchi va mazmunni to'ldiruvchi vazifasini bajaradi, tadqiq qiladi biz nostandart darslar va ta'limning interfaol usullarning ba'zilariga to'xtalib o'tamiz. Ularni to'ldirish, yangilarni o'ylab topish, samaradorligini oshirish albatta barchamizdan izlanishni talab etadi. Ayrim pedagogik texnologiyalarni o'quv mashg'ulotlariga qo'llash jarayonida o'zgartirishga, to'ldirishga, takomillashtirishga to'g'ri keladi. Bunda o'qituvchining pedagogik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.

DIDAKTIK TALABLAR HAQIDA

Endi darsga qo'yilgan didaktik talablarga to'xtalib o'tamiz. Ular quyidagilardan

iborat.

1. Darsning ta'limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash. Darhaqiqat har bir dars aniq maqsadni ko'zlagan holda puxta rejalashtirilishi lozim. Bu jarayonda o'qituvchi darsning ta'limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi.

2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.

3. Dars mavzusining mohiyatini o'quvchilarning mustaqil fikrlab o'zlashtirishiga erishish. Agar o'quvchi muamoli vaziyatni o'zining hayotiy tajribasiga tayanib yechadigan bo'lsa, u nafaqat o'quvchi tafakkurini kuchaytiradi, balki uning xotirasida mustahkam saqlanib qolishiga ham sabab bo'ladi. Shu jarayonda qatnashadigan psixologik qonuniyatlardan yana biri-tafakkurni emotsional tomonini

qamrab oladi. U ham bo'lsa, o'quvchi u muammoli vaziyatni o'zi mustaqil hal qilganda unda qiziqish, ya'ni o'z mehnatining mahsulini ko'rishdan qoniqish tuyg'usi paydo bo'ladi.

T.V.Kidyavtsev (T.B.KngaB^B), I.Ya.Lerner (H.^..HepHep), A.M.Matyushkin (A.M.MaTwmKHH), M.I.Mahmutov singari olimlar muammoli vaziyatni psixologik o'rganish asosida hamda vaziyatdan chiqishga yo'naltirilgan qaror qabul qilish jarayoniga tayanib, ta'limning muammoli "tadqiqot" usulini taklif qilishdi. Mazkur ta'lim metodi o'quvchini "ilk kashfiyotchi", "tadqiqotchi" qiyofasiga keltiradi va muammoni o'zi hal qilishga undaydi. Bu yerda o'qituvchining roli muammoli vaziyatni rejali maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil qilishda yotadi. Shuningdek, u o'quvchilar oldiga masalani qo'yadi va zarur hollarda yordam ko'rsatish bilan ham shug'ullanadi.

Bu usul bilimlarni egallash va tafakkurni rivojlantirish uchun yangi qulay usul hisoblanadi. Chunki bu vaziyatda o'quvchi qandaydir darajada qandaydir yangilikni o'zi kashf qiladi. Natijada o'quvchi o'quv jarayonida ijodiy va qiziqish bilan yondashadi. O'tkazilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba-bu ta'lim usulining samarali ekanligini isbotladi. Yana shuni isbotladiki, har qanday o'quvchining tafakkurida minimal darajada bo'lsada, ijodkorlik elementlari mavjud ekan.

Psixologiya fanida turli-tuman usullarini shunday yaxlit tizimi ishlab chiqilganki, bu tizim yordamida pedagoglar o'quvchilarning o'quv faoliyatini muammoli vaziyatlarini mustaqil yechishga oqibatda, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga erishdilar.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, muammoli ta'lim standart "Ma'lumot uzatish" ta'limi bilan ziddiyatga bormaydi. Aksincha, u qonuniy holda an'anaviy (standart) usulda uzatiladigan materialni o'quvchi aqliy qobiyatini faollashtiruvchi zaruriy vositaga aylantiradi. Shunday bo'lsada, biz quydagi muammoli ta'limni standart ta'lim usuli bilan qiyoslab ko'ramiz.

Standart ta'lim uslubida, birinchi navbatda, o'qituvchi "tayyor" bilimlarni uzatadi, o'quvchi esa ularni passiv holda o'zlashtiradi. Shundan so'ng o'zlashtirgan bilim xotirada mustahkamlanadi va nazariy holda amaliy o'quv topshiriqlarini yechish jarayonida qo'llaniladi. Shuning uchun ham bu usul bilimlarini o'zlashtirish va hayotda qo'llash uslubi deb ataladi.

Muammoli ta'lim esa an'anaviy (standart) ta'lim usulida shu bilan farq qiladiki, u o'quvchidan umuman ma'lum masalalarni yechishni talab qilmaydi, bu asosiy talab emas. Farq shundaki, bu usul o'quvchilarga masalalarni yechish jarayoni ularning o'quv faoliyatida qanday o'rin tutishini tushuntirib beradi. Muammoli ta'limda ma'lum bir muammo pedagogik rahbarligida o'quvchi tamonidan mustaqil o'zlashtiriladi.

4. O'quv materialini o'quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, hayot bilan chambarchas bog'lashiga erishish.

5. Mavzu mazmunida mos ta'lim metodlarini tanlash bu metodlar asosan, qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo'lishi zarur. Ta'lim jarayoning doimiy ravishda qat'iy belgilangan va uzoq yillar davomida amal qilib, kelinayotgan vaqt davomida tashkil etilishi, mutaxassislik fani bo'yicha mavzularga har o'quv yilida takror murojaat qilinishi, o'quvchilar ta'limiy faoligi hamisha ham yuqori darajada bo'lavermasligi kabi holatlar hatto o'qituvchining o'zida ham darsda tayyorlashga nisbatan befarqlikni yuzaga keltiradi.

Iqtisodiy o'quvchilarni matematik fikrlashlarni taraqqiy ettirishda mustaqil fikrlashga o'rgatishda ularga turli misol, masalalarni turli usullar bilan yechishni o'rgatish yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, maktab dasturiga kiritilgan mavzular yoki o'quvchilarga tanish bo'lmagan yangi mavzular ularda yana ham katta qiziqish uyg'otadi. Bu esa o'quvchini o'z-o'zining mavzuga katta qiziqish bilan kirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

6. Mavzu mazmuniga mos ta'lim vositalarni tanlash va ulardan ko'proq o'quvchilarning foydalanishiga erishishi.

7. O'quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o'rgatib borish. Bugungi kunda Respublikamizda "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida amalga oshirilgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ya'ni O'zbekistonda ta'limning zamon talablari darajasida yuqori bosqichga olib chiqishdir. Islohotlarning bosh maqsadi komil inson va malakaviy mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

Ma'lumki o'quvchi har tomonlama mukamal shaxs sifatida shakllanishi hamda ma'lum bir yo'nalishda yuqori darajadagi kasbiy bilim malakaga ega bo'lishi ta'lim jarayoni bilan chambarchas bog'liq. Ta'lim mazmuni o'z navbatida, o'quv reja, o'quv dastur, o'quv predmedlarini o'z ichiga olib ta'limning asosiy tashkiliy shakli dars orqali amalgam oshiriladi. Dars juda tarixiy davr mobaynida bugungi kungacha davom etib kelayotgan ta'lim jarayoni bo'lib, yildan yilga uning mazmuni va metodlari rivojlanib, sayqallanib kelmoqda. U shunday pedagogik jarayonki, jamiyat taraqqiyoti bilan hammohang ravishda mazmunan boyib takomillashib, har bir darsda o'quvchi nimanidir o'rganadi, qandaydir yangi bilimlarni o'zlashtiradi, hamda uning zaminida xohish-istak, qiziqish, ma'lum maqsad sari intilish paydo bo'ladi. Shuningdek, dars o'quvchini kelajak hayotga tayyorlaydi, ya'ni o'quvchi darsning ishtirokchisi sifatida tarbiyalanadi, ma'naviy rivojlanadi. Zero dars ma'lumdan noma'lumga bilishdan yana bilishga intilish sari doimiy ravishda davomli ta'lim jarayonidir.

Darsning yana bir jihati- u ta'limning boshqa shakllari bo'lgan fan olimpiadalari, tanlovlar, sayohatlar, to'garaklar, turli tematik kechalar va boshqa tadbirlar uchun asos sifatida xizmat qiladi.

8. O'quvchilarning dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o'z tarixi, milliy urf-odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o'rgatish.

9. Dars mavzusini boshqa o'quv fanlari bilan bog'liqligini ta'minlash.

10. O'quvchilarni yaxlit ilmiy dunyo qarashni shakllantirish.

11. O'quvchilarda dars mavzusini mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatini tarkib taptirish.

12. Darsda davlat ta'lim satandartlariga o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yilgan talablarni to'liq bajarishga erishish.

Zamonaviy darsni tashkil etish bilan bog'liq bu talablar mazmunidan shunday xulosa qilish mumkinki, maktab amaliyotda mustahkam o'rnashib qolgan standart darslarda ushbu talablarni bajarish imkoniyati yo'q.

DARS JARAYONIDA MATEMATIKANI O'RGANISH BOSQICHLARI

Dars jarayonida o'qituvchi darsning ta'limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars jarayonida matematikani o'rganish bosqichlari, uning metodik izchilligi va amaliy ishni qanday boshlash hamda qanday tugatish haqidagi ko'rgazmali materiallaridan foydalanilmog'i lozim. Bulardan tashqari l.Har bir dars aniq g'oyaviy mafkuraviy tizimga ega bo'lishi, o'qituvchi undan tarbiyaviy, maqsadda foydalanmog'i lozim. 2. Har bir dars ijtimoiy imkoniyatlatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog'lanishi, ko'rgazmali vositalar bilan jihozlanishi kerak. 3. Mashg'ulotlar o'ziga mos zamonaviy uslub, vosita va texnologiyalardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi kerak. 4. Dars uchun ajratilgan soatlardan samaraviy foydalanish nazarda tutilishi lozim. 5. Dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchi o'zaro faol munosabatda bo'lishi, mashg'ulotlarda esa o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 6. Mashg'ulotlar davomida xalqimizning boy ma'naviy merosidan, ma'naviy qadriyatlaridan unumli foydalangan holda yurtimizdagi bo'layotgan ijobiy o'zgarishlardan o'quvchilarni boxabar qilish maqsadga muvofiqdir. Xususan dars davomida keltiriladigan matematik tushunchaga qaysi olim asos solganligi va aynan o'sha olimning matematika fani rivojiga qo'sh gan hissasi haqida qisqa, lo'nda ma'lumot berish o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishlarni orttiradi. Bunday ma'lumotlarni o'qituvchi darsga kirishdan oldin turli adaboyotlardan va internet manbalaridan shakllantirishi mumkin bo'ladi.

PEDAGOGIK METODLARDAN FOYDALANISH HAQIDA

O'quvchilarning matematika fanidan mustaqil ravishda misol va masalalarni yecha olishi, turli didaktik o'yinlar bilan shug'ullanishi, tarqatma materiallar bilan mohirona ishlab bilishi, suhbatlar uyushtirishi, teatrlashtirilgan ko'rinishlarni tashkil etishi kabi turli usullardan foydalanib, faoliyat ko'rsatishi ularning amaliy san'at mashg'ulotlari mazmunini sifatli o'zlashtirishga keng yo'l ochib beradi va eng muhimi, amaliy san'at fanlari o'quv mashg'ulotlarini qiziqarli tashkil etishga yordam beradi.

Har qanday yuqori saviyada o'tkazilgan dars garchand u aniq dalillarga tayangan bo'lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, o'quvchining eshitish qobiliyati susayadi va

charchaydi. Bu holat o'quvchining loqayd eshituvchiga aylantirib qo'yishi mumkin. Shu sababli qisqa savol-javob, fikr almashuvlar olib borishga to'g'ri keladi. Dars davomida mavzuni asta-sekin o'quvchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog'lab borish orqali tegishli yechimlarini topishga keng yo'l ochadi, o'quvchilarda befarqli o'rniga ichki intilish yuzaga keladi. Eng muhimi, o'quvchini mustaqil o'z shaxsiy fikrini asoslashga va fikr almashuvi orqali o'z bilim hamda malakasini oshirishga olib keldi. Demak, biror bir narsa, hodisa, jarayonni o'rganish yoki amalga oshirish uchun qo'llash lozim bo'lgan usullar majmuasini amaliy qo'llashda alohida usullar orqali amalgam oshirish tartibi qo'llaniladi.

O'quvchida mustaqil tafakkur uslubini shakllantirish uning aqliy taraqqiyotining belgilab beradi. Demak, o'z-o'zidan kelib chiqadiki, o'quvchida mustaqil tafakkur uslubini shakllantirish imkoniyatiga ega bo'lgan yangi pedagogik texnologiyaning aqliy taraqqiyotiga ham o'z hissasini qo'shar ekan. Umuman aytganda, shaxs taraqqiyotining asosiy yo'nalishlaridan biri uning aqliy taraqqiyotidir. O'quvchi aqliy taraqqiyotning natijasi o'laroq, shaxs ham taraqqiy qila boradi. Samarali ta'lim o'quvchilar xotirasida qanchalik ko'p ilmiy bilimlarning saqlanib qolishi bilan emas, balki shu muhim bilimlar asosida o'quvchi qay darajada mustaqil fikrlay olishiga qarb belgillaniladi. Ta'limga nisbatan qo'yilgan bu talab ta'limga yangi ta'lim usullarni joriy qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shunday qilib, pedagogik tajribada yangidan-yangi izlanishlar dunyoga keldi va bu izlanishlar samarasi o'laroq, yangi pedagogik texnologiyalarning turlaridan biri-muammoli dars berish uslubi ishlab chiqildi. Muammoli dars berish uslubi o'quvchilarning xotirasiga emas, birinchi navbatda, tafakkur jarayoniga ta'sir qilishi ko'zda tutilgan.

Ta'lim jarayonini, xususan matematika darslarini ijodiy yondashuv asosida tashkil etishda nostandart dars metodlarini o'rni va roli beqiyosdir. Zero ular o'z mohiyatiga ko'ra, o'quvchilarni faollikka undaydi, ta'lim jarayonida qizg'in bahs munozaralarni yuzaga keltirish imkoniyatlariga ega [1-30]. Ijtimoiy va tabiiy jarayonlar muayyan qonuniyatga ega bo'lganligi, har bir ijtimoiy voqelik tabiiy hodisalar ma'lum tartib asosida kechganidek, nostandart darslarda foydalanishda ham bir qator qoidalarga amal qilish ularning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Quyidagi nostandart ta'limni tashkil etish yoki ixtiyoriy shakldagi ta'lim jarayonida nostandart darslardan foydalanishning asosiy shartlari tariqasida quyidagilarni e'tirof etish mumkin.

Bulardan 1) maqsadni aniq belgilab olish. O'quvchilar bilan ularni qiziqtirgan mavzuda "kichik suhbat" tashkil etilganidan so'ng darsning umumiy holati qisqacha shartlanadi. Ya'ni o'quvchilar dars loyihasi bilan tanishtiriladi va ko'zda tutiluvchi maqsad ifoda etiladi. Maqsadning barcha uchun tushunarli bo'lishi muhimdir. Asosiy maqsad darsning har bir bosqichida o'z ifodasiga ega bo'lishi lozim. 2) mavzudan chetga chiqmaslik. Darsning har bir bosqichida vazifalarning bajarishiga e'tibor qaratish

muhim sanaladi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi mavzudan chetga chiqib ketishiga yo'l qo'ymasligi kerak. O'quvchilar berilgan topshiriqlar ustida ishlashlari, javoblarni ifodalashda ham aniq javob berishga o'rgatib borilishi kerak. Shundagina ham maqsadga erishiladi, ham darsdan samaradorligi ortadi. Shuningdek, hatto javob berishga ham muayyan vaqtga qilinishi o'quvchilarda vaqtni "his qilish" u bilan "hisoblashish" ko'nikmalarini tarbiyalash. 3) darsda o'quvchilarning alohida faollik ko'rsatishlariga imkon berish. Turli bosqichlarida zaruriyat tug'ilganda o'quvchilarning faoliyatlarini yo'naltirib borish, maslahatlar berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish samarali pedagogik chora, hisoblansa biroq bu holatlar obektivda faqat o'qituvchi bo'lib qolishiga olib kelmasligi kerak bunda asosiy e'tibor kimning nima bilan bandligini nazorat qilishga qaratilishi mumkin. Darsdan yoki topshiriqni bajarishdan "chekingan" o'quvchilarni ularga tanbeh bermagan holda "Qani Sardor nimalarni uddalay oldi ekan?" yoki "Meni nazarimda, Ra'no topshiriqni birinchi bo'lib bajargan ko'rinsdi" mazmunidagi murojatlar bilan ularning diqqatlarini asosi vazifaga tortish muhim. 4) darsni samarali yakunlash. O'quvchilar darsni ko'tarinki ruh va darsda o'zlashtirgan bilimlarni amaliyotga qo'llay olishlariga qat'iy ishonch bilan yakunlashlari kerak.

Dars yakunida o'qituvchi o'quvchilarning faol ishtiroklari qayd etishga e'tiborni qaratishi "o'ylaymanki bugungi o'rgangan bilimlaringiz hayotingizda qo'l keladi!" mazmunida tilak bildirishi ularda ko'tarinki kayfiyatni yuzaga keltiradi. O'quvchilarga bilim berishni maqsad qilib qo'ygan standart darslarni mazmunan hamda shaklan o'zlashtirish zarurati paydo bo'ldi. Bu zarurat nostandart darslarni o'tishga olib keladi. Nostandart darslarning asosiy maqsadi o'quvchilarni asosiy maqsadi o'quvchilarni mustaqil bilim olish mexanizmiga asoslanganligidadir. Nostandart darsda tanlangan dars mavzusi bo'yicha o'quvchi o'z nuqtai nazarida bayon etadi, garchi xato bo'lsa ham o'quvchining fikri oxirigacha tinglanadi. Maktabda matematika fanidan darslarni tashkil qilishda interfaol metodlardan mavzuga mosini tanlay bilishi muhim hisoblanadi. O'qituvchi interfaol metodlardan avvalo oddiydan murakkabga o'tish nazariyasiga amal qilgan holda foydalanishi talab qilinadi. Ushbu nazariyaga asosan matematika darslarida qo'llaniladigan oddiy metodlarga quyidagilarni kiritish mumkin: kichik guruhlarda ishlash, juftliklarda ishlash, jamoa bilan ishlash, Aqliy hujum, klaster usullari. Murakkab metodlar qatoriga BBB, matnni tahlil qilish, zigzag, Ven diagrammasi, rezyume kabilarni kiritish mumkin.

XULOSA o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, ilg'or pedagogik texnologiya asosida tashkil qilingan matematika darslari o'quvchilarning fan bo'yicha bilimlarining yaxlit o'zlashtirilishiga xizmat qiladi. O'quvchi tafakkurini o'stiradi, mustaqil, ijodiy fikrlashga o'rgatadi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy-ma'rifiy taraqqiyotining, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisidir.

REFERENCES

1. Дилова Н.Г. (2021). Вспользование интерактивных методов в школьном обучении. Вестник интегративной психологии. № 21, С. 51-54.

2. Rasulova Z.D. (2020). Pedagogical peculiarities of developing socio-perceptive competence in learners. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 8:1, pp. 30-34.

3. Boboeva M.N., Rasulov T.H. (2020). The method of using problematic equation in teaching theory of matrix to students. Academy. 55:4, pp. 68-71.

4. Расулова З.Д. (2020). Дидактические основы развития у будущих учителей креативного мышления. European science, vol. 51, no. 2-2, pp. 65-68.

5. Каххоров С.К., Расулова З.Д. (2020). Роль дистанционного обучения а развитии творческих навыков студентов. Проблемы педагогики. 49:4, С. 26-29.

6. Дилова Н.Г. (2013). Требования к учителю по организации сотрудничества учащихся начальных классов в учебном процессе. Актуальные проблемы современной науки. № 4 (72). С. 55-57.

7. Rasulov T.H., Rashidov A.Sh. (2020). The usage of foreign experience in effective organization of teaching activities in Mathematics. International Journal of Scientific & Technology Research. 9:4, pp. 3068-3071.

8. Каххоров С.К., Расулова З.Д. (2020). Компьютерные технологии обучения как важный фактор для улучшения процесса преподавания. Современные инновации. 36:2, С. 44-46.

9. Расулова З.Д. (2020). Эффективность дистанционной организации процессов обучения в высшем образовании. Academy. 62:11, С. 31-34.

10. Каримова М.Н., Расулова З.Д. (2020). Использование учебных инструментов в развитии творческого мышления учащихся. Проблемы педагогики, № 5 (50), С. 19-22.

11. Mardanova F.Ya., Rasulov T.H. (2020). Advantages and disadvantages of the method of working in small group in teaching higher mathematics. Academy. 55:4, pp. 65-68.

12. Расулова З.Д. (2020). Наука и образование в период пандемии. Наука, техника и образование. № 11 (75), С. 101-104.

13. Dilova N.G. (2021). Formative assessment of students'knowledge-as a means of improving the quality of education. Scientific reports of Bukhara State University. 3:5, pp. 144-155.

14. Rasulov T.H., Rasulova Z.D. (2019). Organizing educational activities based on interactive methods on mathematics subject. Journal of Global Research in Mathematical Archives, 6:10, pp. 43-45.

15. Расулова З.Д. (2021). Технологии развития творческих способностей будущего учителя. Наука, техника и образование. 77:2-1, С. 34-37.

16. Dilova N.G., Saidova M.J. (2020). Formative assessment of students' knowledge as an innovative approach to education. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2:12, P. 190-196.

17. Расулов Т.Х. (2020). Инновационные технологии изучения темы линейные интегральные уравнения. Наука, техника и образование. 73:9, С. 74-76.

18. Расулова З.Д. (2021). Роль электронного учебно-методического комплекса в оптимизации учебных процессов. Academy. № 3 (66), С. 27-30.

19. Dilova N.G., Saidova M.J. (2021). Innovative approach to education is a factor for developing new knowledge, competence and personal qualities. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). 1:10, P. 148-153.

20. Расулова З.Д. (2021). Технологии развития творческих качеств студентов. Наука и образования сегодня. 60:1, С. 34-37.

21. Бобоева М.Н. (2021). "Номанфий бутун сонлар туплами" мавзусини укитишда айрим интерфаол методлардан фойдаланиш. Scientific progress. 2:1, 53-60 б.

22. Расулова З.Д. (2020). Программные инструменты - важный фактор развития творчества учащихся. Вестник науки и образования. № 21 (99), часть 2, С. 37-40.

23. Бобоева М.Н. (2020). Проблемная образовательная технология в изучении систем линейных уравнений с многими неизвестными. Наука, техника и образование. 73:9, С. 48-51.

24. Rasulova Z.D. (2014). Investigations of the essential spectrum of a model operator associated to a system of three particles on a lattice. J. Pure andApp. Math.: Adv. Appl., 11:1, pp. 37-41.

25. Boboyeva M.N. (2021). Maktabda "matematika" fanini o'qitish va uni takomillashtirish istiqbollari. Science and Education. 8:2, 486-495 b.

26. Rasulova Z.D. (2014). On the spectrum of a three-particle model operator. Journal of Mathematical Sciences: Advances and Applications, 25, pp. 57-61.

27. Boboyeva M.N. (2021). Maktab matematika darslarida misol-masalalar yechish orqali turli kasblarga oid ma'lumotlarni singdirish. Science and Education. 8:2, 486-495 b.

28. Расулова З.Д., Хамроева Х.Ю. (2014). Числовой образ модели Фридрихса с одномерным возмущением. Молодой учёный. 61 (7), С. 27-29.

29. Boboyeva M.N. (2021). Differensial hisobning iqtisodda qo'llanilishini takomillashtirish istiqbollari. Science and Education. 8:2, 476-485 b.

30. Расулова З.Д., Хамроева Х.Ю. (2014). Number and location of the eigenvalues of a 2x2 operator matrix. Молодой учёный. 66 (7), С. 7-9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.