Научная статья на тему 'DARS, UNING TURLARI VA TUZILISHI'

DARS, UNING TURLARI VA TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
62609
2060
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Pedagogika / tafakkur / laboratoriya / bilim / malaka / grafik / ko’nikma / g’oya / idrok / element / grammatik / didaktik. / Pedagogy / thinking / laboratory / knowledge / skills / graphics / skill / idea / perception / element / grammar / didactic.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Elmiraxon Mamatisoq Qizi Abdullayeva

Ushbu maqolada “Dars, uning turlari va tuzilishi” mavzusi bo’yicha mavjud pedagogik adabiyotlarni o’rganish va darsni tashkil etishning ilmiy asoslarini, darsning ta’limiy vazifalarini, axborotlar bilan boyitish, yangi texnologiyalar kiritish hamda ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish, darsni ilmiy va mahorat bilan o’tkazishni yanada chuqurroq qilib yoritib berishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LESSON, ITS TYPES AND STRUCTURE

In this article, the study of the existing pedagogical literature on "Lessons, their types and structure" and the scientific basis of the organization of the lesson, the educational objectives of the lesson, enrichment with information, introduction of new technologies and taking into account social and personal needs. and skillfully illuminating the transition in more depth.

Текст научной работы на тему «DARS, UNING TURLARI VA TUZILISHI»

DARS, UNING TURLARI VA TUZILISHI

Elmiraxon Mamatisoq qizi Abdullayeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Dars, uning turlari va tuzilishi" mavzusi bo'yicha mavjud pedagogik adabiyotlarni o'rganish va darsni tashkil etishning ilmiy asoslarini, darsning ta'limiy vazifalarini, axborotlar bilan boyitish, yangi texnologiyalar kiritish hamda ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish, darsni ilmiy va mahorat bilan o'tkazishni yanada chuqurroq qilib yoritib berishdan iborat.

Kalit so'zlar: Pedagogika, tafakkur, laboratoriya, bilim, malaka, grafik, ko'nikma, g'oya, idrok, element, grammatik, didaktik.

LESSON, ITS TYPES AND STRUCTURE

Elmirakhon Mamatisok kizi Abdullaeva

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ABSTRACT

In this article, the study of the existing pedagogical literature on "Lessons, their types and structure" and the scientific basis of the organization of the lesson, the educational objectives of the lesson, enrichment with information, introduction of new technologies and taking into account social and personal needs. and skillfully illuminating the transition in more depth.

Keywords: Pedagogy, thinking, laboratory, knowledge, skills, graphics, skill, idea, perception, element, grammar, didactic.

O'z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondashish, ulug' ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy, ma'naviy meroslarini o'rganish uchun ulkan imkoniyatlar yaratib berildi. Shu bilan birgalikda, milliy g'ururimiz qayta tiklandi. Respublikamizda ilm - fan, shu jumladan pedagogika fani ham o'zining yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarilmoqda [1-4]. O'tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g'oyalarini xalq hayotiga tadbiq etish kabi ko'plab ulug' ishlar amalga oshirilmoqda. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy "Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" deb bejizga aytmaganlar. Bu fikr esa, hozirda demokratik jamiyat qurayotga,

buyuk davlatni barpo etayotgan Vatanimiz O'zbekiston Respublikasi uchun alohida bir shior bo'lib xizmat qiladi [5-8]. Keng pedagogik ma'nodagi tarbiya ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lib, jamiyat tomonidan tayyorlangan, ajratilgan kishilar yoxud o'qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi, turli xildagi o'quv mashg'ulotlari, maxsus o'tkaziladigan bir qator tarbiyaviy tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ko'pchilik olimlar tarbiya deganda faqat bolaga tarbiya berishni tushunadilar. bu fikr esa, ancha tor tushuncha hisoblanadi. Chunki tarbiyaga faqat bolalar emas, balki kattalar ham muhtojdir. Hozirgi kunda esa ba'zi yigit - qizlarimiz, shuningdek yoshi kattalar ham odob - axloq qoidalariga zid ishlarni ham amalga oshirayotganini ko'rishimiz mumkin1. Demak, pedagogika insonni go'dakligidan boshlab to umrining oxirigacha kerak bo'ladi. Shu bilan birgalikda, turmush odobiga o'rgatuvchi va shu narsalarni tahlil va tadqiq etuvchi fan desak ham bo'ladi .

Dars, uning turlari va tuzilishi mavzusini o'rganish bo'yicha quyidagilar asosiy vazifa sifatida belgilandi [9].

1. Ya. A. Komenskiyning ta'limni tashkil qilishdagi qarashlari. Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg'onish davri madaniyatining ta'siri ostida vujudga kelish faoliyatini o'rganish.

2.Hozirgi kundagi ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan sinf - dars tizimi. O'quvchilarning mashg'ulot jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarini chuqur egallashlari, uning idrok etish qobiliyatlari va ma'naviy - axloqiy sifatlarini tarbiyalashdagi vazifalarini o'rganish.

3.Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko'ra zamonaviy dars xususiyatlarini o'rganish.

4.Zamonaviy didaktik talablar asosida tashkil qilingan , Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi mavzusi bo'yicha darsning texnologik xaritasini ishlab chiqish.

XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy ( 1592 - 1670 ) tarixda birinchi bo'lib maktab ta'limida sinf -dars tizimini yaratgan. Ya. A. Komenskiyning ta'limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo'lsa ham g'arb mamlakatlariga juda ham tez tarqaldi. Ta'limni tashkil qilishning birdan -bir shakli deb e'tirof etilgan [10-14]. Sinf - dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tadbiq bo'lmadi. Ularda oktabr to'ntarilishiga qadar o'rta asr maktablariga

1 G'oziyev E. "Umumiy psixologiya" T - 2002.

2 G'oziyev E. "Pedagogik texnologiya masalalari" "Xalq ta'limi " T - 1999. 6- son.

xos ta'lim tizimi davom etib keldi. Bir o'qish xonasida 6 yoshdan 15- 16 yoshgacha bo'lgan bolalar guruhi bilan bir vaqtda mashg'ulot olib borilar edi. Shuningdek, bir o'qish xonasidagi ( 20 - 30 ) o'quvchilarning bilim darajasi ham turlicha bo'lar edi. Dars, uning turlari va tuzilishining mazmuni Hozirgi kundagi ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan sinf- dars tizimi. Hozirgi kunda respublikamizda ta'limning oldiga qo'yilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maktab ta'limini tashkil etishning, dars turlarining yangidan - yangi shakllari yaratilmoqda. Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo'lgan ma'lum miqdordagi o'quvchilar guruhi dir. Dars deb bevosita o'qituvchining rahbarligida muayyan o'quvchilar gurihi bilan olib boriladigan ta'lim mashg'ulotiga aytiladi. Dars - o'quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir [15-18]. Dars - o'quv ishlarining markaziy qismidir. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib borilmoqda:

1. Dars mashg'uloti asosan 45 minutga mo'ljallangan bo'lib, qat'iy jadval orqali olib boriladi.

2. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko'ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo'ladi. 3. Dars bevosita o'qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. 4. Dars o'tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma - xil usullar orqali olib boriladi. Ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o'zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib tashkil etiladi.

Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg'ulot o'qituvchining kundalik o'quv materiallarini tizimli bayon qilib berishni, xilma - xil usullardan foydalanishni, o'quvchilarning bilim va ko'nikma, malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o'quvchilarni mustaqil ishlashga

"5

o'rgatish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi . O'qituvchi dars materiallarini bayon qilish jarayonida o'quvchilarga muammoli vaziyat tug'diradigan savollar bersa va javob qidirsa, fikrlash va izlanishlar yo'li bilan mavzu materiallari puxta o'zlashtirilib oladigan bo'ladilar [19-22]. Bunday holatda umumsinf jamoasi va har qaysi o'quvchining o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan bo'lishi kerak. Hozirgi kunda darsda uzoqdan - uzoq vaqt sarflab o'quvchilarning bilimini aniqlash va baholash, bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashda o'quvchilar ishtirokini cheklab qo'yish habi holatlarga barham berildi. Bilimlarni bayon qilish jarayonida o'quvchilar faolligi (og'zaki yoki yozma mashqlar, labaratoriya - tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga

3 N. Azizxo'jayeva "Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat"

solinmog'i kerak bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, o'quvchilarning oldindan o'zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga xizmat qiladi va to'g'ri baholash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birgalikda, o'quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr yuritishlari, qunt, irodani mustahkamlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, tegishli ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati doim diqqat markazida bo'lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda tutilishi kerak. Dars jarayonida o'tilayotgan o'quv materiallarining boshqa fanlarga aloqador mavzulari bilan bog'liqligini ko'rsatish ham eng muhim ahamiyatga egadir [23]. Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko'ra zamonaviy darsning o'ziga xos xususiyatlari.

Dars - yuqorida aytib o'tilgandek, o'qitishni tashkil etishning o'zgarmas shakli emas. O'quv amaliyotida va pedagogik tafakkur doimo darsni takomillashtirish yo'llarini izlaydi4. Turli - tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi kerak bo'ladi:

1. Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo'lishi kerak. 2.

Har bir dars mustahkam g'oyaviy - siyosiy yo'nalishlarga ega bo'lishi kerak.

3. Har bir dars hayot bilan, amaliyot bilan bog'langan bo'lishi kerak.

4. Har bir dars xilma - xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilishi kerak.

5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejash, undan unumli foydalanish kerak. 6. Har bir dars o'qituvchi va o'quvchilarning faolligi va birligini ta'minlab berishi kerak.

7. Darsda o'quv materiallarining mazmuniga oid ko'rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish kerak bo'ladi.

8. Dars mashg'ulotini butun sinf bilan umumiy olib borish bilan har qaysi o'quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi. 9. Har bir darsda mavzuning harakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojat qilish va undan unumli foydalanish kerak. Shu bilan birgalikda ko'plab imkoniyatlarni va yangiliklarni qidirib topish kerak bo'ladi. Shundagina darslarimiz qiziqarli va tushunarli

4 Mavlonova R. "Pedagogika" T - 2000.

bo'lishiga imkon yaratgan bo'lamiz. Darsning turlari va mazmuni5

Bir soatlik darsga mo'ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg'ulot turi dars turi deb yuritiladi. Ta'lim tizimida eng ko'p qo'llaniladigan dars turlari quyidagilardan iborat:

1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.

2. O'tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.

3. Takroriy - umumlashtiruvchi va kirish darslari.

4. O'quvchilarning bilim va malaka, ko'nikmalarini tekshirish va baholash darsi.

5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birgalikda qo'llanilishi tushinilad)6.

Har bir dars turining ma'lum tuzilishi va xususiyatlari bor. Bu narsalar esa, o'qituvchining o'quv materialini to'g'ri va samarali tushintirishga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o'zlashtirilishini nazorat qilib borishga yordam beradi. Ma'lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg'ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir dars turining elementlari bo'lishi mumkin. Masalan, o'quv yurtlarimizda eng ko'p qo'llaniladigan dars turlaridan biri - yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagi guruhlarga bo'linadi:

1.Yangi bilimlarni bayon qilish.

2.Yangi bilimlarni mustahkamlash.

3.Yangi bilimlar ustida mashq qilish.

4.Yangi bilimlarga bog'liq holda uy vazifalarini topshirish.

Demak, dars bishidan oxirigacha bir dars turi bilan olib borilmaydi [24]. Balki, shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (ikkinchi bir dars turi elementi - savol javob o'tkazish), yangi bilimlar ustida mashq o'tkazish (uchinchi bir dars turi element -masala va misollar yechtirish, Grammatik tahlil, grafik ishlar olib borish), uyga vazifa kabi ko'plab turlarini qo'llash mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarga yangidan - yangi bilimlarni berishga qaratilgan bo'lsa, butun didaktik usullar shu o'tiladigan mavzuga moslashtiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb yuritiladi. Ma'lum bir dars turi bilan ish olib borilayotganda, boshqa bir dars elementlari asosiy dars turidan o'rin olishi va ayni paytda asosiy dars turning tuzilishini, uning qismlarini anglatadi [25]. Biroq, dars

5 Yo'ldashev Z. Usmonov A. "Pedagogik texnologiya asoslari" Toshkent. O'qituvchi - 2004.

6 Zaripov K. "Yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bosqichlari "Xalq ta'limi - 1997. 4- son.

turlari tuzilishidagi har qanday qism didsktik usul dars tuzilishi bo'lavermaydi. U o'qitish usuli bilan bog'langandagina dars tuzilishini tashkil qila oladi. Ya'ni dars tuzilishining o'zgarishi bilanoq dars olib boorish usuli ham o'zgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi bosqichi boshlanadi. Dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o'tishi va shu orqali darsning shakli hamda usullarining o'zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Masalan, Aralash dars turning tuzilishi quydagicha:

1.Uy vazifalarini so'rash, tekshirib ko'rish.

2.Yangi materiallarni bayon qilish.

3.Yangi materiallarni mustahkamlash.

4. Uy vazifalarni topshirishni o'z ichiga oladi.

Dars - maktab ta'limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy o'quvchilar tarkibi bilan qat'iy tartibda uyishtiriladigan va aniq maqsadga yo'naltirilgan didaktik tadbir hisoblanadi. Dars - insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni o'quvchilarga juda ham qisqa vaqtda o'rgatishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Ta'limning dars shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qo'llanilib kelingan [26]. Darsni tashkil etish va uning samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining

n

o'rni juda ham beqiyos bo'lgan. Chunki, o'quvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt o'qiganligiga emas, balki o'tilgan darslarni qanchalik o'zlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida ta'limning dars shakli bo'lganligi bilan mashg'ulotlarni sinf - dars tizimi tarzida tashkil etish tajribasi bo'lmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning o'rinlashuvi, kundalik mashg'ulotlarning miqdori singari ta'limiy chegaralar har bir o'qituvchining o'zi tomonidan belgilangan. Qadimda ta'lim muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari mavjud bo'lgan. Dars ta'limining jamoa bo'lib amalga oshirilish tarzini ko'rishimiz mumkin [27]. Shu bilan birgalikda, dars maktab yoshidagi bolalarni umumiy o'qitishni osonlashtiradi. Ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qo'shadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga ko'maklashadi. Darsda o'quv

mashg'ulotlarining individual, guruh bo'lib va umumiy sinf shakllari birlashadi. Har qanday jamiyatda dars davlat tomonidan ta'lim oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari ta'lim jarayoning qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalarni uyg'unlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.

7 Munavvarov A. K. " Pedagogika" T- 1996.

Shuningdek, o'quvchilarni dars davomida komil inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalaridan biridir. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko'ra zamonaviy dars o'quv muassasasining mulkiy mansubligidan qa'ti nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim: ta'limning tarbiyaviy maqsadlarga bo'ysundirilganligi, o'quvchilarni komil shaxs sifatida shakllantirishga yo'naltirilganligi, ilmiyligi hamda izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta'minlashga qaratilganligi, insonparvarlik ruhida ekanligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga ega ekanligi va boshqalarni misol keltirishimiz mumkun. Zamonaviy ta'lim tajribasida bir dars uchun albatta belgilangan standart vaqt mavjud. Bu belgilangan vaqt esa, ta'lim muassasalarining tabiati, ta'limning bosqichlari va o'quvchining imkoniyatidan kelib chiqib 45, 40, 35, 30 minutni tashkil etadi. Ta'lim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari o'ta muhim sanaladi. Zamonaviy ta'lim tizimining turli bosqichlarida o'quvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar o'quv

o

muassasalarining nizomlarida aks ettirilgan. Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni o'quvchi xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qo'llash kabi qismlardan iborat bo'lishi shart deb hisoblab kelingan. O'quv jarayonlarida darsni tashkil etishning oldindan belgilab qo'yilmagan va barcha uchun majburiy bo'lmagan turli xil yo'llarini qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi [28]. Dars davomida olingan bilimlarni amaliyotda qo'llash doim mavzuni mustahkamlashning asosi bo'lib kelgan. Bir necha darsni yangi mavzuning bayoniga bag'ishlash, ayrimlarini esa labaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Eng muhimi, o'tilayotgan mavzu o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilib, ularda ko'nikma paydo bo'lishi va bu ko'nikmal arni amaliyotda qo'llab, malakaga aylantira olishi kerak bo'ladi. Darsning tarkibi, darsni tasniflash ya'ni tipologiya bilan bog'liqdir. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, o'tish yo'llariga, ta'lim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga ko'ra tasnif qilinad i [29]. Dars odatda, kirish, yangidan - yangi bilimlarni berish, o'tilgan mavzularni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo'llash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga bo'linadi. Ta'lim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars turi ham ko'p uchraydi [30]. Darslarni turli sinflarda turli xil mashg'ulotlar, seminar, o'quv

8 Ishmuhamedov R. "Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari" T -TDPU - 2003.

konfrensiyalari, turli bahaslar, muamoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonalarda darslarni olib borish va ishlash kabi ko'plab darslarni misol keltirishimiz mumkin9.

REFERENCES

[1] Abdullayeva, E. M. Q., & Abdullayeva, M. M. (2021). History of Dashti Kipchak Uzbeks. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 260-265.

[2] qizi Abdullayeva, E. M. (2021). HISTORY AND TODAY'S SIGNIFICANCE OF THE SHANGHAI COOPERATION ORGANIZATION. Journal of Central Asian Social Studies, 2(01), 201-208.

[3] Abdullayeva, E. (2021). THE HISTORY AND PRESENT OF THE BEAUTIFUL AND UNIQUE ANDIJAN. Зб1рник наукових праць SCIENTIA.

[4] Khamidovich, T. N., Nozimovich, T. N., Ibrohimovna, Y. N., Ravshanovich, J. R., & Kholmuratovich, M. K. (2020). DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING. Journal of critical reviews, 7(6), 227-230.

[5] Абдирасилов, С. Ф., Толипов, Н. Х., & Толипов, Н. Н. (2017). Эффективность исторического подхода в художественном обучении. Молодой ученый, (20), 417421.

[6] Tulanova, D. (2021). Imaginary line in landscape painting of Uzbekistan. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 773-778.

[7] Valiev, A. N. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. March 26, 2021, Chicago, USA, Collection of scientific papers «SCIENTIA» pp-108-111, Sectoral research XXI: characteristics and features.

[8] Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288.

[9] Akhmedov, M. U., & Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збгрник наукових праць Л'ОГОТ*.

[10] Jabbarov, R. (2021). HISTORICAL DEVELOPMENT OF TRADITIONS AND STUDENT TRADITIONS. Конференции, 1(1). https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1285

[11] Jabbarov, R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного

9 Ochilov M. "Yangi pedagogik texnologiyalar" Qarshi. Nasaf - 2000.

Возрождения. Общество и инновации, 2(5/S), 59-67. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67

[12] Jabbarov, R. (2021). DEVELOPING STUDENTS 'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING "LANDSCAPE COLOR PICTURE" IN HIGHER EDUCATION SYSTEM. Конференции, 7(1). https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1088

[13] Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Зб1рник наукових праць АЮГОЕ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

[14] Jabbarov, R. (2021). PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF PAINTING. Конференции, 7(1). https://doi.org/10.47100/conferences.v 1i1.952

[15] Хасанов, А. А. (2012). Межпредметные связи и их функции. Отечественная и зарубежная педагогика, (2 (5)).

[16] Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). ТАЛАБАЛАРНИ БАДИИЙ ТАЪЛИМ ОРКАЛИ КОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Зб1рник наукових праць АЮГОЕ.

[17] Жаббаров, Р. (2019). Манзара рангтасвири" ни укитиш оркали талабаларнинг ижодий кобилиятларини ривожлантириш. Uzbekistan state institute of arts and culture https://uziournals. edu.uz/cacenas/ Culture and Arts of Central Asia, pp-48-52, ISSN: 2181-8932, E-ISSN: 2181-1202. Uzbekistan state institute of arts and culture https://uziournals. edu. uz/cacenas/Culture and Arts of Central Asia, pp-48-52, ISSN, 2181-8932.

[18] Jabbarov Rustam Ravshanovich. 2021. Formation Of Creative Abilities Of Students By Teaching The Genre "Landscape" Of Fine Arts. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123. Vol.5, Issue 5, Pp-72-76, Washington DC, USA, http://www.iieais.org/iiapr/index.php/iiapr-5-4-2021/

[19] Muratov Xusan Xolmuratovich, Jabbarov Rustam Ravshanovich. Amaliy va badiiy bezak san'ati. UO'K 76 (075); KBK 85.15; M88 ISBN 978-9943-6383-4-1. 2020

yil.

[20] Valiev, A. (2021). About the features of the perspective of simple geometric shapes and problems in its training. Збiрник наукових праць SCIENTIA.

[21] Malikov, K. G. (2020). Theory and practice of construction of axonomertic projects. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).

[22] Nazirbekova, S. (2021). The importance of field practice in fine arts. Збiрник наукових праць АЮГОЕ.

[23] Мансуров, Н., & Жалилова, В. (2021). МЕТОДИКА ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ-НАУЧНАЯ ОТРАСЛЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКИ. ЗШрник наукових праць SCIENTIA.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

[24] Расулов, М. (2021). Научить студентов во внешкольных учереждениях составлять композиции на уроках резьбы по дереву. Збгрник наукових працъ ÄörOZ.

[25] Xalilov, R. (2021). Important factors for teaching students to work on landscape composition. Збгрник наукових працъ AöEOZ.

[26] Абдирасилов, С. (2021). Изобразительное искусство узбекистана в патриотическом и эстетическом воспитании школьников. Збгрник наукових працъ AöWZ.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[27] Валиев, А. Н., Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Современные педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению. Молодой ученый, (3), 183-184.

[28] Авазбаев, А., Джураев, Ю., & Турсунходжаева, З. (2021). Texnologik ta'lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish shart-sharoitlari. Общество и инновации, 2(4/S), 171-176.

[29] Xasanov, A. A., & Mirjamolova, F. N. (2019). Access to electronic educational resources in the education system. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(12), 442-445.

[30] Muratov, H. (2021). THE IMPORTANCE OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT INDEPENDENT EDUCATION IN THE LEARNING PROCESS. Збiрник наукових працъ AöEOZ.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.