Научная статья на тему 'MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING MAZMUNI'

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axloq / tarbiya / xulq-atvor / milliy fazilatlar / dunyoqarash / barkamol avlod / urf-odat / komil inson / ma’naviy ong / Morality / education / behavior / national qualities / worldview / perfect generation / tradition / perfect person / spiritual consciousness.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shomurotova N.D.

Ushbu maqola orqali siz xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish qay darajada muhimligini billib olasiz. Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib tarkib topgan me’yor va qoidalardan iborat bo‘lib, ular kishilarning jamiyatga tayyorlik munosabatini tartibga solidi. Har qaysi mintaqada ma’naviy-axloqiy tarbiyaning rivojlanganlik darajasini ko‘rib chiqasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONTENT OF SPIRITUAL-MORAL EDUCATION

Through this article, you will learn how important it is to strengthen and develop the spiritual spirit of the people. Morality consists of norms and rules formed during the historical development of human society, which regulate people's attitude towards society. You will consider the level of development of spiritual and moral education in any region.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING MAZMUNI»

Shomurotova N.D.

Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 212-guruh talabasi

MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING MAZMUNI

Annotatsiya. Ushbu maqola orqali siz xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish qay darajada muhimligini billib olasiz. Axloq kishilikjamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib tarkib topgan me'yor va qoidalardan iborat bo 'lib, ular kishilarning jamiyatga tayyorlik munosabatini tartibga solidi. Har qaysi mintaqada ma 'naviy-axloqiy tarbiyaning rivojlanganlik darajasini ko'rib chiqasiz.

Kalit so'z: Axloq, tarbiya, xulq-atvor, milliy fazilatlar, dunyoqarash, barkamol avlod, urf-odat, komil inson, ma 'naviy ong.

Shomurotova N.D.

student 212th group

Pedagogy and Psychology Department Faculty of Pedagogy Urganch State University

THE CONTENT OF SPIRITUAL-MORAL EDUCATION

Abstract. Through this article, you will learn how important it is to strengthen and develop the spiritual spirit of the people. Morality consists of norms and rules formed during the historical development of human society, which regulate people's attitude towards society. You will consider the level of development of spiritual and moral education in any region.

Key word: Morality, education, behavior, national qualities, worldview, perfect generation, tradition, perfect person, spiritual consciousness.

Kirish: Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me'yor va qoidalardan iborat bo'lib, ular kishilarning jamiyatga bo'lgan munosabatlarini tartibga soladi. Bu me'yor va tartib qoidalar kishilardan jamiyat uchun zarur bo'lgan axloqqa ega bo'lishlikni talab qiladi. Shunga muvofiq, biror shaxsning xulq-atvori, yurish-turishiga axloqli yoki axloqsiz deb baholashga imkon beradi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ular inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda o'z xulqiga nisbatan his-tuyg'ularni uyg'otishga rag'bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko'ra

ma'naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag'bat bilan hosil bo'ladigan faoliyat eng asosiy bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, o'quvchida ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo'lishi shart. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o'quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o'rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir. Axloq-odob insonning jamiyatga bo'lgan munosabatining negizini tashkil etadi. Shuning uchun ham o'quvchida jamiyatga bo'lgan hurmatni yuksaltirish mustaqilligimizni mustahkamlashga, axloqiy madaniyat egasi bo'lishga, axloqiy ongni, o'zini o'zi anglab yetishga, yaxshi insonlarga bo'lgan e'tiqodni rivojlantirishga olib keladi. Maktab o'qituvchilari dars va darsdan tashqari jarayonlarda do'stlik, hamjihatlik, hamkorlik, bir-birini qo'llab-quvvatlash, birovning dardiga darmon bo'lish kabi fazilatlar xalqimiz va millatimiz kuch- qudratining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning negizi ekanligini o'z o'quvchilariga tushuntirishlari darkor. Ma'naviy-axloqiy tarbiya - manaviy ongni bir maqsadni ko'zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg'ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko'nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog'liq bo'lib, bu talablar o'z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o'qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda manaviy axloq va e'tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tuzimini takomillashtirishda boshlang'ich maktab muhim o'rin egallaydi. Insonning jamiyatga bo'lgan munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uyg'otish, ongli intizomni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir. Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo'lgan munosabatini yuqori pog'onaga ko'tarishdir. Iymon va insof, so'z va ish birligi, insonparvarlik - yangi qurilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo'lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas'uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim. Yoshlarni tarbiyalashda sharqona va milliy axloq- odob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo'lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Bu vazifalarni amalga oshirish o'quvchilarning jamiyatga bo'lgan munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. O'quvchilarni jamiyat manfaati uchun qilinadigan mehnatga ilhomlantirish o'qituvchining eng muhim vazifasi hisoblanadi. O'quvchining jamiyatga bo'lgan munosabatida milliy birlik, birdamlik va hamkorlik tuyg'ulari, turli xalqlarga bo'lgan hurmat kabilar yaqqol namoyon bo'lishi zarur. Axloq-odob insonning jamiyatga bo'lgan munosabatining negizini tashkil etadi. Shuning uchun ham o'quvchida jamiyatga bo'lgan hurmatni yuksaltirish mustaqilligimizni mustahkamlashga, axloqiy madaniyat egasi bo'lishga, axloqiy ongni, o'zini o'zi anglab yetishga, yaxshi

insonlarga bo'lgan e'tiqodni rivojlantirishga olib keladi. Maktab o'qituvchilari dars va darsdan tashqari jarayonlarda do'stlik, hamjihatlik, hamkorlik, bir-biгini qo'llab-quvvatlash, birovning dardiga darmon bo'lish kabi fazilatlar xalqimiz va millatimiz kuch- qudгatining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning negizi ekanligini o'z o'quvchilariga tushuntirishlari darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkuгasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdiг. - Toshkent, O'zbekiston, 2000.

2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, e^in va faravon hayot piravará maqsadimiz. - Toshkent, O'zbekiston, 2000.

3. Abdulla Avloniy. Trn-kiy guliston yohud axloq. - Toshkent, O'qituvchi, 1992.

4. Pedagogika nazariyasi va tarixi daгslik. Toshkent-2010

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

651

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.