Научная статья на тему 'MA’NAVIY BARKAMOL YOSHLARNI TARBIYALASHDA O‘ZLIKNI ANGLASH MASALALARI'

MA’NAVIY BARKAMOL YOSHLARNI TARBIYALASHDA O‘ZLIKNI ANGLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ma’naviyat / milliy / ta’lim / tarbiya / axloq / odob / xulq / qadriyat / jamiyat / ijtimoiy / o‘quvchi / talab / ong / hissiyot / negiz / Vatan / Davlat / siyosat / qonun / Milliy dastur / Prezident / xalq / inson / taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Borotov Atxam Nurmuxammadovich

Mazkur maqola shonli o‘tmishimizda ta’limtarbiya va milliy ma’naviyat doimo uzviy aloqada bo‘lganligi va ularning umumbashariy qadriyatlar bilan birgalikda rivojlanganligi, ta’lim-tarbiyaning milliy ma’naviy negizlari, ma’naviy-axloqiy tarbiya va uning asosiy tarkibiy qismi, ma’naviy-axloqiy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar, jamiyatda ma’lum ijtimoiy axloqiy talablarga mos axloqiy hislatlarni shakllantirish maqsadida o‘quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va ta’lim tizimi shakllantirilgani bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY BARKAMOL YOSHLARNI TARBIYALASHDA O‘ZLIKNI ANGLASH MASALALARI»

MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLARNI TARBIYALASHDA O'ZLIKNI ANGLASH MASALALARI

Borotov Atxam Nurmuxammadovich

"TIQXMMI" MTU dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.1121733 7

Anngotatsiya. Mazkur maqola shonli o'tmishimizda ta'lim - tarbiya va milliy ma'naviyat doimo uzviy aloqada bo'lganligi va ularning umumbashariy qadriyatlar bilan birgalikda rivojlanganligi, ta'lim-tarbiyaning milliy ma'naviy negizlari, ma'naviy-axloqiy tarbiya va uning asosiy tarkibiy qismi, ma'naviy-axloqiy tarbiya va unga qo'yiladigan talablar, jamiyatda ma'lum ijtimoiy - axloqiy talablarga mos axloqiy hislatlarni shakllantirish maqsadida o'quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va ta'lim tizimi shakllantirilgani bayon qilingan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, milliy, ta'lim, tarbiya, axloq, odob, xulq, qadriyat, jamiyat, ijtimoiy, o'quvchi, talab, ong, hissiyot, negiz, Vatan, Davlat, siyosat, qonun, Milliy dastur, Prezident, xalq, inson, taraqqiyot.

Globallashuv jarayonida dunyo keskin ijtimoiy - siyosiy o'zgarishlarga yuz tutmoqda. Mazkur jarayonda dunyodagi millatlar ta'lim-tarbiyaning milliy-ma'naviy negizlariga e'tibor qaratishi kuchaymoqda. Shu o'rinda sharqda azaldan ta'lim - tarbiya va milliy ma'naviyatning doimo uzviy aloqada bo'lganligini e'tiborga olishimiz va umumbashariy qadriyatlar bilan birgalikda rivojlanish sari qadam tashlashimiz lozimligini unutmasligimiz darkor.

Jonajon Vatanimiz insoniyat sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanadi. Bugungi yosh avlod haqli ravishda buyuk bobokalonlarimizning insoniyat ilmu fani, ahloqiy tarbiyasiga qo'shgan hissalari bebahodir. Qolaversa, diyorimizda qad ko'targan va minglab muhandislar, quruvchilarning mashaqqatli mehnatlari evaziga qad ko'tarib, hali hamon dunyo ahlini hayratga solib kelayotgan me'moriy obidalar ham yuksak bilimni, mahoratni talab qilgani sir emas.

O'zbekiston hududida azaldan ta'lim va tarbiyaga bir-biridan ajralmas uzviy bog'liq tushunchalar sifatida qaralgan. Bunga albatta, o'ziga hos ijtimoiy, siyosiy va tarixiy shart-sharoitlar sabab bo'lgan. Asrlar mobanida shakllangan ustoz-shogird tizimi, ta'lim-tarbiya ishlari milliy - ma'naviyatimiz bilan hamo-hang holda olib borishi natijasida, u ahloq-odob normalari bilan boyitildi va bugungi kun ko'rsatib turgandek tarixda o'zini oqladi. Tarixiy an'nalarnig davomi sifatida bugungi kunda Prezidentimiz Sh.M Mirziyoyev tomonidan har yili Oliy Majlisga Murojaatnomalarida O'zbekistonda ta'lim-tarbiyaning milliy - ma'naviy negizlari, ajdodlarimiz tomonidan bu sohada qoldirilgan ulkan meros va tajribalardan to'g'ri foydalanib, komil insonni tarbiyalashda, ta'lim va tarbiyada inson omilini birinchi o'ringa qo'yish masalasi haqida atroflicha fikrlar yuritiladi.

O'zbek xalqining boy tarixi va unda ta'lim - tarbiyaning o'rni to'g'risida Prezidentimiz quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo'lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi zarur. Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch ma'rifatdir. Aql zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi". [1].

Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy, hususan ta'lim sohasidagi islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo'lgan ma'naviyatga bog'liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimizda jamiyat rivojlanishining ma'naviy-axloqiy negizlari aniq belgilab olindi. Bular

umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vatanparvarlik hisoblanadi.[2].

Jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma'naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O'zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri ham jamiyatda ma'naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ta'lim-tarbiyaning milliy ma'naviy negizlari to'g'risida gapirganda ma'naviy-axloqiy tarbiya uning asosiy tarkibiy qismi ekanligini ta'kidlab o'tish lozim. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va unga qo'yiladigan talablar bu jamiyatda ma'lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida o'quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga

Ta'lim-tarbiyaning ma'naviy negizlari mohiyatiga ko'ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o'z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog'liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me'yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni his etishi, ma'naviy-axloqiy bilimlarning e'tiqodga aylanishi va bu e'tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma'naviy-axloqiy his-tuyg'u va xislatlarni shakllantirish, o'quvchilar tomonidan ma'naviy-axloqiy xulqatvor jamiyat a'zolariga bo'lgan hurmat-e'tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma'naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat. [3].

Ma'naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo'yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o'zgarishlar yuz berdi.Ta'lim-tarbiyaning milliy-ma'naviy negizlari to'g'risida gapirilganda oilaning roli nihoyatda muhim ekanligini unutmaslik darkor. Sababi, inson dastlab oilada birinchi bor ta'lim va tarbiyani asoslari bilan tanishadi.

Asrlar mobaynida shakllanib kelgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizdan habar topadi. Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi, Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o'zgalar va o'zining hayoti ma'nosini anglagan holda o'tkazish kerakligi haqida ko'plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud.

Bundan tashqari ta'lim muassasasida o'quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda bo'lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Zero, ta'lim tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta'limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo'lib, uning asosiy mohiyati o'quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo'lishni, ta'lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta'limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o'z navbatida o'quvchi shaxsida mas'uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko'nikmalarini tarbiyalaydi. Shuningdek, vatanparvarlik, xalqlar o'rtasida do'stlik va hamkorlik, mas'uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega. Tekinxo'rlik, narkomaniya, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, fahsh, johillik kabi salbiy illatlar ham hayotda uchrab turadi. Ayniqsa dunyoda ommaviy madaniyat kabi yot g'oyalarning tobora kengayib borishi jahonda tahlikali holatlarni yuzaga keltirmoqda.

Shu o'rinda ta'lim tizimida ham yangicha yondashuvni davrning o'zi taqozo etdi. Bu illatlar insonning axloqiy qiyofasinigina emas, balki o'zini ham yemirib boradi. Inson ham

ma'naviy, ham jisman haloq bo'ladi. Shu bois insonning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo'nalishlaridan ustun qo'yilishi zarur. Binobarin, ma'naviy-axloqiy tarbiya yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liqdir. Agar tarbiyaning boshqa yo'nalishlarida muayyan tarbiya (masalan, jismoniy, huquqiy va boshqalar) u yoki bu tarbiyaviy tadbirlar tizimiga asoslansa, ma'naviy-axloqiy tarbiyada esa har bir tarbiyalanuvchining o'ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, tarbiyaviy vaziyatni inobatga olgan holda, yaxlit tarbiyaviy ishlar rejalashtiriladi va unga mos metod hamda usullar tanlanadi. [4].

Ta'lim-tarbiyaning milliy-ma'naviy negizlari orasida ma'naviyaxloqiy his-tuyg'ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o'z xulqiga nisbatan his-tuyg'ularni uyg'otishga rag'bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulqatvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko'ra ma'naviyaxloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag'bat bilan hosil bo'ladigan faoliyat eng asosiy bo'lib hisoblanadi. Shu o'rinda ma'naviy-axloqiy tarbiyaning tushunchasi to'g'risida ham fikr bildirish maqsadga muvofiqdir. Buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma'lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to'xtalib o'tadi.[5].

Allomaning nuqtai nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e'tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g'ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me'yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g'urur), muhabbat, avf (kechirimli bo'lish). Bu xislatlar ma'naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o'z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o'quvchining o'zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. Abdulla Avloniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g'azab, aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o'zbilarmonlik, manmanlik), hasosat (ta'ma, hirs), rahovat (g'ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g'iybat, haqorat, jibonat (qo'rqoqlik), hasad, kizb (yolg'on), nifoq, ta'ma, zulm va boshqalar.

Ta'lim-tarbiyani rivojlantirish, uning milliy ma'naviy va umumbashariy negizlarini birgalikda olib borish o'sha davrda ham muhim ahamiyat kasb etganligini kuzatishimiz mumkin. Biroq, yuzaga kelgan sovet tuzumi davrida ta'lim tizimida kommunistik mafkuraning hukmronlik qilishi, o'zligimizga hos bo'lmagan asoslarni sun'iy singdirishga urinishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda, yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun yuksak ma'naviy e'tiqod va sabr-toqat bilan odamlarni uyushtirish, ular dunyoqarashida yangi jamiyat taffakkurini shakllantirish muhim vazifa darajasiga ko'tarildi. Mamlakatimizda ana shu buyuk masalalarni hal etish jarayonlari ketmoqda. Shuning uchun ham prezidentimiz og'ir iqtisodiy muammolarni hal etish jarayonlari murakkab holatda kechayotganliga qaramasdan yoshlarni qo'llabquvvatlash, ularning zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlariga, yuksak ma'naviyatli hamda intelektual salohiyatli kadrlar bo'lib yetishishlarini asosiy vazifa sifatida belgilab berdi hamda uni amalga oshirishda rahbarlik qilmoqda. [6].

Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan uchinchi renessans davrini qurish uchun yoshlarimizning ma'naviyati, ularning ta'lim va tarbiyasini yanada yuksaltirish uchun islohotlarimiz ko'lami va samarasini yanada oshirish zarurati ta'kidlandi. Aynan, shuning uchun

Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida quyidagi flkrlarni ko'rishi mumkin: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga katta marralarni qo'yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan g'oya asosida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshiramiz". [7]

Milliy-ma'naviy tiklanishimizda yoshlarimiz ma'naviyatini yuksak darajaga ko'tarish, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya yutuqlarini chuqur o'zlashtirishlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslangan. Haqiqatdan ham jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari ko'rsatib turibdiki, qaysi mamlakat yoshlari zamonaviy fan, texnika va texnologiya yutuqlarini qanchalik mukammal egallasa, mamlakat taraqqiyotiga qo'shadigan hissalari shunchalik samarali bo'ladi, ma'naviyat yuksaladi va mamlakatning hozirgi zamon jahon sivilizatsiya tizimiga kirib borishi tezlashadi.

O'zbekistonda ta'lim-tarbiyaning milliy ma'naviy negizlari globallashuv davrida o'ziga hos ikki hil vazifani bajarmoqda. Birinchidan, ta'lim-tarbiyaning milliy ma'naviy negizlari globallashuv va "ommaviy madaniyat"ning zararli ta'sirlaridan yoshlarimizni saqlab turuvchi, ularni ma'naviy qadriyatlarimiz negizida tarbiyalovchi o'ziga hos bir asos bo'lib hizmat qilmoqda. Ikkinchidan, milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz umumbashariy qadriyatlarni o'ziga qabul qilib, ta'lim-tarbiyaning samaradorligini oshishiga, rivojlanishga ta'sir ko'rsatmoqda.

Fikrimiz so'ngida yuqoridgi mulohazalar asosida quyidagi hulosalarni keltirish mumkin: -O'zbekistonda ta'lim-tarbiyaning milliy-ma'naviy negizlari murakkab, o'ziga hos tushuncha bo'lib, asrlar mobaynida ajdodlarimiz tomonidan ushbu sohada shakllangan tajribalari asnosida yuzaga kelgan va eng asosiysi ushbu tajriba vaqt sinovlaridan muvaffaqiyatli o'ta olgan. -O'zbekiston hududida ta'lim-tarbiya va milliy ma'naviyat bo'yicha ajdodlarimiz bizga ulkan meros qoldirishgan. Ana shu tajribadan to'g'ri foydalanish va shu bilan birga, ta'lim va tarbiyada inson omilini birinchi o'ringa qo'yishimiz lozim. - Bugungi kunda ta'lim va tarbiya tizimini to'htovsiz rivojlanishi, ilmiy yangiliklar bilan boyib borishi zarurligini tushunishimiz va bu yo'nalishda umumbashariy tamoyillarga murojat qilishimiz, horijiy mamlakatlar fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

- Umumbashariy qadriyatlar va tamoyillarga mos ravishda yoshlarimiz mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishlari, xorijiy tillarni yaxshi o'zlashtirishlari, axborot texnologiyalaridan, zamonaviy bilimlardan, habardor bo'lishlari, mutahassisliklari bo'yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lishlari talab qilinadi. - Yuksak intelektual salohiyatli yoshlarimiz o'zligini anglagan, milliyma'naviy qadriyatlarimizdan habardor bo'lgan va eng asosiysi Vatanimiz taraqqyoti uchun bor bilim-salohiyatini ishga soladigan bo'lishlari hech shubhasiz yangi mazmundagi ta'lim-tarbiya tizimimizning pirovard maqsadi bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so'zi. № 276. 30.12.2020.

2. Sh.M.Mirziyoyev. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. Toshkent - O'zbekiston, 2019 y.

3. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 7 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi.

4. Jahongirov Burxon Bo'ronovich. O'zbekistonda ilm-fan holati, taraqqiyot yo'nalishlari (1980-2010 yillar). Monografiya."Qaqnus media" nashriyoti, Toshkent. 2020. -b.58 4.

5. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. - Toshkent: O'qituvchi, 1992.- b.35

6. Mirziyoyev Sh.M. Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so'zi. № 276. 30.12.2020.

7. Sh.M.Mirziyoyev. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. Toshkent - O'zbekiston, 2019 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.