Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY AXLOQIY TARBIYALASHNING MAZMUNI'

O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY AXLOQIY TARBIYALASHNING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2333
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim tizimi / tarbiya / ma’naviy-ma’rifiy ishlar / aqliy tarbiya / mehnat tarbiyasi / Intellektual ring.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedov Denis Viktorovich, Boltayeva Shahnoza Qadam Qizi

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY AXLOQIY TARBIYALASHNING MAZMUNI»

O ' QUVCHILARNI MA'NAVIY AXLOQIY TARBIYALASHNING

MAZMUNI

Axmedov Denis Viktorovich

Xonqa tumani 45-son o'гta ta'lim maktabi Ma'naviy-ma'гifiy ishlaг bo'yicha diгektoг o'rinbosari Boltayeva Shahnoza Qadam qizi Xonqa tumani 45-son o'rta ta'lim maktabi ijodiy-madaniy masalalaг bo'yicha taгg'ibotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7406452

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim tizimi, tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, Intellektual ring.

Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko'tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko'lamda kompyuterlashtirish, iste'mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo'lga qo'yish talab etilmoqda. Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo'lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to'laqonli xabardor bo'lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo'ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o'z navbatida, ta'lim muassasalarida mehnat ta'limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo'yadi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o'quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo'lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:

❖ yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;

❖ o'quvchilarda umumjamiyat manfaati yo'lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;

❖ ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;

❖ o'quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;

❖ ularda mehnat ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish;

❖ o'quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, hayotiy faoliyat yo'nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;

Mazkur vazifalar tizimida o'quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi o'quvchilarning aqliy, ma'naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o'zaro bog'lik holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi:

1. Aqliy tarbiya o'quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat - nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o'z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o'quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.

2. Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o'quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.

3. Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga oshirish o'quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go'zallik va o'z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, o 'quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvoifq. Bular:

> o'quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini tushunilishi;

> ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;

> ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg'otish;

> o'quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg'ularini qaror toptirish;

> ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg'usini tarbiyalash;

> ularning mehnatga ongli munosabatda bo'lishlariga erishish;

> mehnatda ijodkorlikni qo'llab-quvvatlash;

> o'quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko'z qorachig'iday asrash tuyg'ularini shakllantirish;

> mehnatda do'stlik, o'rtoqlik va hamkorlikka erishish;

> o'quvchilarning mehnatni go'zallik manbai sifatida tushunishlariga erishish va boshqalar.

Yuqoridagi mezonlar asosida o'quvchilarni bo'lg'usi kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini barcha ta'lim-tarbiya ishlarini mustahkam aloqada, hozirgi zamon talablariga mos holda olib borish taqozo etiladi. Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida. Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo'lib yetishishi, kasb-hunar o'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug'lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz.

Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og'zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo'shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o'zlashtirish muhim hayotiy zarur ekanligi ta'kidlanadi.

O'quvchilarni darsga qiziqtirish darslarni naqadar qiziqarli, mazmunli, tushunarli va qolaversa, materiallarning rang - barang bo'lishlariga bog'liqdir. Musiqa asarlar, turfa tusdagi ko'rgazmali qurollar, musiqa haqidagi qiziqarli fakt va ma'lumotlarga boy bo'lgan, boshidan oxirigacha sust bo'lmagan sur'atda tashkil qilinadigan darslar o'quvchilarda katta taassurot qoldiradi.

Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o'stira borish uchun katta ahamiyatga egadir. Musiqa darslarida o'quvchilarni izlanishning eng qulay usullaridan biri musiqa mashg'ulotlarida ijro va qiyoslash metodidan foydalanish bo'lib, u quyidagicha amalga oshiriladi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi musiqa darslarini o'quvchi tarbiyasiga ta'sirini hisobga olgan holda shartli ravishda guruhlarga ajratish zarur. Musiqa darslarini guruhlashtiruvda o'quvchining musiqa foniga munosabati inobatga olinishi shart. Mana shu nuqtai nazardan yondashilsa, darsning tarkibiy qismi: musiqa tinglash, keyin musiqa savodxonligi ham ijro va taqqoslashdan iborat bo'ladi. Ayniqsa darsning ijro va qiyoslash bosqichida o'quvchining o'tilgan mavzusi yuzasidan bilimlari tekshiriladi. Asar ijrosi o'quvchi tomonidan amalga oshiriladi. O'quvchi ijrosi namunadagi ijro bilan taqqoslanib, uning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinmog'i zarur. Musiqa ta'limiga bu usulda yondashish bilim oluvchini o'z ustida mustaqil ishlashga, o'rganayotgan asar yuzasidan mustaqil fikrlashga, musiqiy asar ijrosiga ijodiy yondashishga undaydi. Musiqa ijodkorligi faoliyati sinfdagi iqtidorli va iste'dodli o'quvchilarga e'tiborni kuchaytirish, ularning badiiy ehtiyojini qondirish uchun juda muhimdir. Iste'dodning o'z vaqtida namoyon bo'lishi tarbiyaga va qo'llab - quvvatlashga bog'liqdir. Yoshlar iste'dodining namoyon bo'lishiga qobiliyatlarni aniq tahlil etish, bolaning o'ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalag oshirish uchun zarur. Qobiliyattlarni rivojlantirishning daraja va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog'liq bo'ladi.

Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda ma'naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi tushunga ega bo'lish nazarda tutiladi. Ma'naviyat va axloqning mohiyati, uning me'yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o'zlari va boshqalarning xatti -harakatlarini ana shu nuqtai nazardan baholaydilar. Ma'naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma'naviy-axloqiy e'tiqodga ega inson axloqiy me'yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin

ma'naviy-axloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo'lish va uni tushunish hali e'tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma'naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo'llanilib, o'quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo'lgandagina shakllangan deyish mumkin.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ular inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda o'z xulqiga nisbatan his-tuyg'ularni uyg'otishga rag'bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko'ra ma'naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag'bat bilan hosil bo'ladigan faoliyat eng asosiy bo'lib hisoblanadi.

Shuningdek, o'quvchida ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo'lishi shart. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o'quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o'rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.

Xatti-harakatlar tizimi ma'naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

• ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;

• o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o'z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;

• shaxsda o'z idealiga intilishiga bo'lgan his-tuyg'ularini uyg'otishga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko'nikmalarni tarbiyalash;

• ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;

• tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar - insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish;

• fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko'p ma'naviy-axloqiy sifatlar - boshqlarga g'amxo'rlik qilish, odamlarning g'am-tashvishi, quvonchini tushuna olish, o'z manfaatidan o'zgalar manfaatlarini ustun qo'yish, axloqiy me'yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni to'xtataolish, ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a'zolarining fikri bilan o'rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o'quvchilar xatti-harakatlarida ko'zga tashlanadigan salbiy odatlar - jamoa joylarida qattiq gapirish, ko'pol so'zlarni

ishlatish, hissiyotga beгilish, o'ylamay gapirish, ishonli bo'lmagan hamda, dalillaг bilan tasdiqlanmagan voqyea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo'lish, qo'lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib borilishiga alohida e'tibor qaratish zarur.

Arzimas bo'lib ko'гingan, lekin shaxsning kelajak hayot va ksbiy faoliyatni tashkil etishda, muvaffaqiyatga ega bo'lish yo'lida, zarurli bo'lgan bu kabi odatlardan holi bo'lishda o'quvchilrga yoгdam ko'rsatish o'qituvchilarning muhim vazifalaгidan sanaladi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari. Buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asaгida axloq «insonlami yaxshilikka chaqiгuvchi, yomonlikdan qaytarnvchi biг ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma'lumot beruvchi mazkur manbada

С -3

alloma yaxshi va yomon xulqlaгga to'xtalib o'tadi . Allomaning nuqati nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e'tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g'ayrat, гiyozat (savob ishlaг), qanoat, shifoat, ilm, sato, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me'yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g'urur), muhabbat, avf (kechirimli bo'lish). Bu xislatlar ma'naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o'z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o'quvchining o'zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi.

Abdulla Avlniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g'azab, aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o'zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta'ma, hirs), rahovat (g'ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g'iybat, haqorat, jibonat (qo'rqoqlik), hasad, kizb (yolg'on), nifoq, ta'ma, zulm va boshqalar.

O'quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo'lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o'quvchilarga xulq-odob me'yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi.

Xulosa. Nafosat tarbiyasi «badiiy tarbiya» sifatida ham qo'llaniladi. Umuman, nafosat tarbiyasi keng ma'noga ega bo'lib, faqat san'at vositasidagina emas, balki, hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go'zallikni his qilishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni o'z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa san'at (adabiyot, musiqa, qo'shiq, tasviriy va san'atning boshqa yo'nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg'ularni shakllantirishni nazarda tutadi.

1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. - Toshkent, O'zbekiston, 2000.

2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. - Toshkent, O'zbekiston, 2000.

3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. - Toshkent, O'qituvchi, 1992.

4. Pedagogika. Munavvarov A.g'.ning umumiy tahriri ostida. - Toshkent, O'qituvchi, 1996.

5. Podlaso'y I.P. Pedagogika. Novo'y kurs. Kn. 2. Protsess vospitaniya. -Moskva, VLADOS, 1999.

6. Almetov N.Sh. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - Almato', 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.