O'QUVCHILARNI MA'NAVIY AXLOQIY TARBIYALASHDA PEDAGOGIK TADBIRLARNING O'RNI VA AHAMIYATI Abdumalikova Go'zalxon Baxromjon qizi
Namangan davlat universiteti Pedagogika nazariyasi va tarixi 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6629372
Annotatsiya. O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an'analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Ushbu maqolada O'quvchilarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashdapedagogik tadbirlarning o'rni va ahamiyati haqida bir qator ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: ma'naviy-axloqiy, pedagogika, ta'lim, tadbirlar, tarbiya, bilim.
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ УЧАЩИХСЯ
Аннотация. Использование эффективных форм, методов и средств в духовно-нравственном становлении обучающихся основано на богатых национальных культурных, историко-педагогических традициях, обычаях и общечеловеческих ценностях. В данной статье представлена информация о роли и значении педагогической деятельности в духовно-нравственном воспитании учащихся.
Ключевые слова: духовно-нравственное, педагогика, образование, деятельность, воспитание, познание.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL ACTIVITIES IN THE SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF STUDENTS
Abstract. The use of effective forms, methods and tools in the spiritual and moral formation of students is based on rich national cultural, historical and pedagogical traditions, customs and universal values. This article provides information on the role and importance of pedagogical activities in the spiritual and moral education of students.
Keywords: spiritual and moral, pedagogy, education, activities, upbringing, knowledge.
KIRISH
Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o'rni beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va uning xulq-atvorini bosqichma-bosqich malakaga aylantirish va asosiy kompetensiyalarni shakllantirish zarur. Bugungi kunda ta'limning zamonaviy modeli jamiyatda erkin fikrlovchi shaxsni shakllantirishga olib kelmoqda. U real maqsad va irodaga ega insonlarni tarbiyalash imkoniyatini beradi. Ta'lim va kadrlar tayyorlash zamon talablari asosida muttasil rivojlanib, yangilanib bormoqda. Uzluksiz ta'lim sharoitida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o'zini namoyon qila oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Davlat ta'lim standartlari zamonaviy ta'lim modeli asosida qayta ko'rib chiqildi. Takomillashtirilgan davlat ta'lim standartlari o'quvchilarning tayanch va fan yo'nalishlari bo'yicha umumiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma'naviyat (arabcha «ma'naviyat» - ma'nolar majmui) mohiyatiga ko'ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta'sir o'tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g'oyalar majmui hisoblanadi.
Madaniyat («cultura» so'zidan olingan bo'lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo'lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi. Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganish, ularni targ'ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma'naviyati yuksaladi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ma'naviyat sohasida ijobiy yechimini ta'minlash zarur bo'lgan asosiy vazifani ko'rsatar ekan, O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta'kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz - milliy qadriyatlarimizni tiklash, o'zligimizni anglash, milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o'rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko'tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi - iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat». Demak, ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, o'z Vatanining sodiq fuqarosidir. O'z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g'ururlana oladigan inson. O'z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go'zalliklaridan bahramand bo'ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir. Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos o'rin tutadi.
«Axloq» (lotincha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda ma'naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi tushunga ega bo'lish nazarda tutiladi. Ma'naviyat va axloqning mohiyati, uning me'yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o'zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan baholaydilar. Ma'naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma'naviy-axloqiy e'tiqodga ega
inson axloqiy me'yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma'naviy-axloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo'lish va uni tushunish hali e'tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma'naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo'llanilib, o'quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo'lgandagina shakllangan deyish mumkin. Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ular inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda o'z xulqiga nisbatan his-tuyg'ularni uyg'otishga rag'bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko'ra ma'naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag'bat bilan hosil bo'ladigan faoliyat eng asosiy bo'lib hisoblanadi.
Shuningdek, o'quvchida ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo'lishi shart. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o'quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o'rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.
Xatti-harakatlar tizimi ma'naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
• ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;
• o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o'z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;
• shaxsda o'z idealiga intilishiga bo'lgan his-tuyg'ularini uyg'otishga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko'nikmalarni tarbiyalash;
• ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;
• tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar - insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish;
• fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko'p ma'naviy-axloqiy sifatlar - boshqlarga g'amxo'rlik qilish, odamlarning g'am-tashvishi, quvonchini tushuna olish, o'z manfaatidan o'zgalar manfaatlarini ustun qo'yish, axloqiy me'yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni to'xtataolish, ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a'zolarining fikri bilan o'rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak.
XULOSA
Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o'quvchilar xatti-harakatlarida ko'zga tashlanadigan salbiy odatlar - jamoa joylarida qattiq gapirish, ko'pol so'zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o'ylamay gapirish, ishonli bo'lmagan hamda, dalillar bilan tasdiqlanmagan voqyea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo'lish, qo'lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib borilishiga alohida e'tibor qaratish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Toshkent, O'zbekiston, 2000.
2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. Toshkent, O'zbekiston, 2000.
3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. - Toshkent, O'qituvchi, 1992.
4. Almetov N.Sh. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - Almato', 2001.
5. Podlasiy I P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 1. - Moskva, Vlados, 1999.
6. Pedagogika. Munavvarov A.K.ning umumiy tahriri ostida. - Toshkent,