TARBIYANING UMUMIY METODLARINING SAMARADORLIGI
Ullibibi Jumanazar qizi Ozodova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "Tarbiyaning umumiy metodlari" xususida so'z yuritilib, metodlarning amaliy ahamiyati, turlari, qo'llanish usullari va vositalari haqida ma'lumotlar berilgan. Metodlarning amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilingan.
Tayanch so'zlar: Tarbiya, tarbiya metodi, tarbiya usullari, tarbiya vositasi, shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlari, faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me'yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari, mashq va o'rgatish metodlari, pedagogik talab, faoliyatni rag'batlash va motivatsiyalash metodlari.
Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yig'indisi. Tarbiya qadim zamonlardan mavjud bo'lgan bo'lib, u insonning insoniy sifatlarini paydo qilgan. Tarbiya bor ekan inson bor, jamiyat bor. Shu o'rinda, jadidchi Abdulla Avloniyning: "Tarbiya biz uchun yo hayot -yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" - degan so'zlarini eslash o'rinli.
Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati(u nimaga qaratilgan, nimani to'ldiradi, nimaga yo'naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir. Tarbiya metodi tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullari yig'indisidir.1 Metodlar davr o'tishi bilan rivojlanib borishni talab etadi. Bir metodni har bir pedagog o'ziga xos yondashuv asosida qo'llaydi bu esa usullarning paydo bo'lishiga olib keladi. Demak, tarbiya metodlarining amaliyotda qo'llanishi jarayonida pedagogning yondashuvi yangi tarbiya usullarining paydo bo'lishiga asos bo'ladi. Tarbiya usullarini yaratish, avvalo, pedagogning pedogogik mahorati va tajribasi natijasida paydo bo'ladi.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Tarbiya vositasini usullar yig'indisi tashkil qiladi. Buni shunday tushuntirish mumkin, misol uchun mehnat tarbiya vositasi, mehnatga yo'naltirish, baholash va rag'batlantirish tarbiya usulidir. Demak, tarbiya metodlari qo'yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi.
1 B.X.Xodjayev "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti". Toshkent - 2017, "Sano-standart" nashriyoti.
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 300
Metodlar o'ziga xos xarakteriga ko'ra ishontirish, mashq, rag'batlantirish va tanbeh berishga bo'linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi o'ziga xoslikni, qo'llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko'proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o'zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o'quvchilaming xulq-atvorini rag'batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o'rgatish va mashq metodlari, rag'batlantirish, to'sqinlik qiluvchi, boshqarish, o'zini-o'zi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta'sir etishi natijalariga ko'ra metodlarni ikki guruhga bo'lish mumkin:
1. Axloqiy me'yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g'oyalarni shakllantirishga ta'sir etuvchi.
2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta'sir etuvchi.
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog'liq bo'ladi. Tarbiya metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan bo'ladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda o'zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko'proq obyektiv va qulay metodlar qo'llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog'liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo'linadi:
• Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.
• Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.
• Xulq-atvomi va faoliyatni rag'batlantirish metodlari.
Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlariga quyidagilar kiradi: hikoya, tushuntirish, izohlash, ma'ruza, etik suhbat, nasihat, o'git, ko'rsatma, munozara, namuna. Bu guruhga mansub metodlar orqali o'quvchilarda g'oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya'ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko'nikmalarini tarbiyalash lozim. Bu guruhdagi eng ko'p qo'llaniladigan metodlar tushuntirish, suhbat, hikoya va namunadir.
Tushuntirishning vazifasi - o'quvchilami yuksak madaniyatli, milliy g'urur tuyg'usiga ega bo'lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Suhbat - o'quvchi shaxsini g'oyaviy va ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o'qituvchining jonli so'zi eng ta'sirchan metod hisoblanadi. O'qituvchidan bu metodni samarali amalga foydalanish uchun qo'llanishi mo'ljallangan sinf o'quvchilarining muhokamasiga sabab bo'la oladigan mavzu tanlash, bahsni shakllantirish va yakun yasash kabi vazifalar turadi.
Hikoya - o'quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalami katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me'yorlari,
xalq o'tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san'at haqida hikoya qilib berish mumkin. Suhbat ham, hikoya ham o'quvchilaming yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so'zlar vositasida adabiy tilda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o'quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta'minlaydi, buning natijasida o'quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna - o'quvchilar o'z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlami ko'rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim. Bunda o'qituvchining shaxsan o'zi namuna bo'lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Ular o'qituvchining darsda va hayotda o'zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o'z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.
Ikkinchi guruh metodlar ya'ni Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me'yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari: mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyatlar kiradi.
Mashq va o'rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me'yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.
O'qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlaming tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O'quvchilar odatlami o'z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo'lga qo'yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.
Topshiriq - o'quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida qo'llaniladigan metod. O'quvchilaming topshiriqlami jamoa bo'lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O'quvchilar o'z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas'uliyatni his etishga o'rganadilar, mehnat qilish o'quvchilaming harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab - turli xatti-harakatlami bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o'quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan biridir. Pedagogik talab ma'lum harakatlami rag'batlantimvchi yoki unga to'sqinlik qiluvchi hamda o'quvchini oqilona harakatlami bajarishga undovchi xarakterga ega bo'lishi mumkin.
Uchinchi guruh metodlarga ya'ni, Faoliyatni rag'batlash va motivatsiyalash metodlari: rag'batlantirish, tanbeh berish, uyaltirishlar kiradi.
Rag'batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko'nglini ko'tarish va uni qo'llab-quwatlash metodidir. O'qituvchi har bir o'quvchi shaxsida ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlami
anglab olishi zarur.
Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O'qituvchi o'quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo'yish mumkin.
Uyaltirish - o'quvchining ma'lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun mas'ul bo'lgan subyektlar (ota-onalar. vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odanming eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharmhayodir. Insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo'lsa, avvalo, o'zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo'ladi. Bolalami tarbiyalashda shu his-tuyg'ulami ehtiyotkorlik bilan o'stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o'z o'mida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Demak, yuqorida qayd qilinganlarning bari tarbiyaning umumiy metodlari bo'lib, tarbiyalanuvchi va tarbiya beruvchi o'rtasida munosabatlarni tashkil qilish va maqsadl harakatlanishni ta'minlaydi. Yuqorida ko'p bora ta'kidlaganimdek metoddan kutilgan natija avvalo o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liqdir. Chunki sinfning umumiy holati, o'quvchilarning xarakter xususiyatlari va qiziqishlari haqidagi kuzatishlariga asoslanib o'qituvchi qaysi metoddan qanday vaziyatda va qay holat foydalanishni belgilashi zarur bo'ladi.
REFERENCES
1. B.X.Xodjayev "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti". Toshkent - 2017, "Sano-standart" nashriyoti.
2. Mirziyoyev Sh. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017.
3. Karimov I.A. "Barkamol avlod orzusi" . Toshkent: Sharq, 1997.
4. Karimov I.A. "Yuksak manaviyat - yengilmas kuch" Toshkent: Ma'naviyat, 2008.
5. Abdurahmonov A. "Saodatga eltuvchi bilim" . «Ma'rifat gulshani» gazetasi, 2007 yil.
6. To'raqulov X.A. "Kamolot sari". Jizzax, 2007
7. To'raqulov X.A. "Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari" . Toshkent: Fan, 2006