Научная статья на тему 'TALABA YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY VA BARKAMOL AVLOD BO`LIB SHAKILLANISHIDA TYUTORLARNING RO`LI'

TALABA YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY VA BARKAMOL AVLOD BO`LIB SHAKILLANISHIDA TYUTORLARNING RO`LI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / inson / ilk bolalik / ong / insoniy fazilatlar / ezgu niyatlar / qadriyatlar / sog‘lom e’tiqod.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahmedova Iroda Xudoyberdi Qizi, Ro‘Zmetov Xursandbek Hayitboyevich

Ushbu maqolada tyutorlik faoliyatida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ahamiyati xususida qimmatli fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY VA BARKAMOL AVLOD BO`LIB SHAKILLANISHIDA TYUTORLARNING RO`LI»

TALABA YOSHLARNING MA'NAVIY-AXLOQIY VA BARKAMOL AVLOD BOLIB SHAKILLANISHIDA TYUTORLARNING ROLI

1Ahmedova Iroda Xudoyberdi qizi, 2Ro'zmetov Xursandbek Hayitboyevich

1"TIQXMMI" MTU tyutori 2"TIQXMMI" MTU tyutori https://doi.org/10.5281/zenodo.11217696

Annotatsiya. Ushbu maqolada tyutorlik faoliyatida ma'naviy-axloqiy tarbiyaning ahamiyati xususida qimmatli fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Oila, inson, ilk bolalik, ong, insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qadriyatlar, sog'lom e 'tiqod.

Oila - bu insonning ilk bolaligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qadriyatlar takomil topadigan va sog'lom e'tiqodlar shakllanadigan muqaddas dargohdir. Toyutorlik faoliyatida esa bu yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasining qanday shakillanishi juda muhim masala hisoblanadi. Tyutor kim va u nima vazifalarni bajaradi? "Tyutor" so'zi lotincha "Tutorem" - ustoz, murabbiy. Ba'zi hollarda ma'ruza o'qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog'lovchi, ya'ni ma'ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz vazifasini bajaradi. Ta'kidlash joizki, Prezidentimiz fikrlarida oilaning eng avvalo, e'tiqod va sog'lom dunyoqarash tarbiyasidagi benazir roli ta'kidlangandir. Shu sababli tyutorlik faoliyatida yoshlar tarbiyasi bilan bog'liq barcha tarbiyaviy ishlarning asosida xalq an'analarining, xususan, oilaviy o'zaro munosabatlarda saqlanib qolgan milliy qadriyatlarning tub mohiyatiga aloqador qonuniyatlarni o'rganish vazifasi turibdiki, ularning ijtimoiy psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etish, qo'lga kiritilgan natijalarni amaliyotga tadbiq etishni davrning o'zi taqozo etib turibdi. Chunki barqaror va mustahkam oilani shakllantirish, unda ma'rifatlilik an'analarini kuchaytirish, oilaviy urf-odatlarni zamon talablari asosida qayta o'rganib chiqib, eng nodirlariga nisbatan yoshlarimizda, ayniqsa, o'smirlik va o'spirinlik yoshidagi farzandlarimizda e'tiqodni tarbiyalashning ta'sirchan vositalarini ishlab chiqish jamiyat ma'naviyatini barqarorlashtirishni ta'minlaydigan omillardandir. Bugungi kunda oiladay ta'sirchan ijtimoiy institut orqali talabalarda aynan shunday qadriyatlarga nisbatan e'tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy ijtimoiy ustanovkalarni hosil qilish dolzarb masalalardandir.

Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma'naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg'or milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g'oyalari tashkil etadi. Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Ma'naviyat (arabcha "ma'naviyat" - ma'nolar majmui) mohiyatiga ko'ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta'sir o'tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g'oyalar majmui hisoblanadi. Madaniyat ("cultura" so'zidan olingan bo'lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo'lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi. Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganish, ularni targ'ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha "mafkura" - naqtai nazar va

e'tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma'naviy-axloqiy yuksaklish, ma'rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta'minlovchi, ularning maqsad va yo'nalishlarini aniqlashda yetakchi o'rin tutuvchi g'oyalar tizimi.

Ma'naviyat sohasida ijobiy yechimini ta'minlash zarur bo'lgan asosiy vazifani ko'rsatar ekan, O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta'kidlaydi: "Bu sohadagi asosiy vazifamiz - milliy qadriyatlarimizni tiklash, o'zligimizni anglash, milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o'rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko'tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir. Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi -iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat".

Demak, tyutorlik faoliyatida talaba yoshlarni ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, o'z Vatanining sodiq fuqarosi qilib tarbiyalash o'z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g'ururlana oladigan inson o'z vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go'zalliklaridan bahramand bo'ladigan shaxs har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan inson bolib shakillanishida tyutorlarning roli beqiyos, axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos o'rin tutadi.

"Axloq" (lotincha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.

Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya va unga qo'yiladigan talablar bu jamiyatda ma'lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida farzandlar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta'sir etishdir.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Bolalarda ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirish.

2. Ularda ma'naviy-axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash va rivojlantirish.

3. Bolalarda ma'naviy-axloqiy xulq-atvor ko'nikma va odatlarini tarkib toptirish.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko'ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi,

jamiyat oldida burchli ekanligi, o'z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog'liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me'yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni his etishi, ma'naviy-axloqiy bilimlarning e'tiqodga aylanishi va bu e'tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma'naviy-axloqiy his-tuyg'u va xislatlarni shakllantirish, farzandlar tomonidan ma'naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a'zolariga bo'lgan hurmat-e'tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, ma'naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo'yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o'zgarishlar yuz berdi. Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi. Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o'zgalar va o'zining hayoti ma'nosini anglagan holda o'tkazish kerakligi haqida ko'plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud. Ma'naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta'limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o'z navbatida farzand shaxsida mas'uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko'nikmalarini tarbiyalaydi. Shuningdek, vatanparvarlik, xalqlar o'rtasida do'stlik va hamkorlik, mas'uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.

Tyutorlik faoliyatida yosh avlodni axloqiy tarbiyalash masalalari azaldan Sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari tajribasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, ko'plab mutafakkirlarimiz asarlarida xalkimizning murakkab tarixiy - madaniy tajribasi mobaynida yuz bergan vokea - hodisalar mohiyatini jamiyatning ilk bo'g'ini bo'lgan oiladan izlash an'anasini uchratamiz. Xususan, oila va oilaviy tarbiyaga oid fikrlar Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri", Abu Rayxon Beruniyning " "Mineralogiya ", "Geodeziya", "Hindiston", "O'tgan avlodlar obidalari", Abu Ali ibn Sinoning "Axloq", "Axloq fani", "Oila xo'jaligi", Alisher Navoiyning "Hayrat - ul - abror" va "Mahbub - ul - qulub" asarlarida o'z ifodasini topgan. Millatimiz boshiga tushgan ko'pgina achchiq qismatlar dastavval oila tarbiyasidagi kamchiliklar oqibati ekanini ma'rifat ahllari yaxshi anglashgan. Bizning ham fikrimizcha, bundan xolos bo'lishda oila tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Fitratning "Oila yoki oilani boshqarish tarbiyalari" asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari suriladi. "Har bir millatning saodati va izzati, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq" - deb yozadi u, tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi.

Oilada farzandning ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo'lishi shart. Demak, oilada ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa farzand tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o'rganish, ularni anglab etishdan iboratdir. Oilada xatti-harakatlar tizimi ma'naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

- ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;

- bolalarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda farzandlarning o'z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;

- shaxsda o'z idealiga intilishiga bo'lgan his-tuyg'ularini uyg'otishga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko'nikmalarni tarbiyalash;

- ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni farzandlarning tajribasi, tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xattiharakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;

- farzandlarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar - insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish;

- fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko'p ma'naviy-axloqiy sifatlar - boshqalarga g'amxo'rlik qilish, odamlarning g'am-tashvishi, quvonchini tushuna olish, o'z manfaatidan o'zgalar manfaatlarini ustun qo'yish, axloqiy me'yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni to'xtata olish, ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a'zolarining fikri bilan o'rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak.

Xulosa qilib aytganda yoshlarning manaviy axloqiy barkamol bo'lib shakillanishida tyutorlarning orni alohida axamiyatga ega ammo barcha talaba yoshlarimiz qalbida mehr-muruvvat va rahmdillik tuyg'ularini shakllantirish va kamol toptirish tuyg'ularini shakllantirish va kamol toptirish printsipial mohiyatga ega bo'lib, bu vazifaning izchil amalga oshirilishi ota-ona zimmasidir. Zero ota-onaning burchlaridan eng oliysi ana shu ma'naviy tarbiya rqali, qadriyatlar orqali, vatanga sodiq farzandlarning tarbiyalash va ularda vataniga, o'z xalqiga nisbatan faxrlanish tuyg'usini uyg'otishdir.

REFERENCES

1. Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi: O'quv qo'llanma. - T.: 2006 - 142 b.

2. Umarova M.M. O'smirlarda oilaviy qadriyatlar to'g'risidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari: Dis.... psixol.fan.nomzodi:

3. islom.uz. „Ommaviy madaniyat— ma'naviyat kushandasi.

4. Bukhari.uz

5. Oyina.uz

6. Ijtimoiy.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.