Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI INSONIY SIFATLAR SHAKLLANISHIDA MA’NAVIYAT KOTEGORIYALARI'

O‘QUVCHILARNI INSONIY SIFATLAR SHAKLLANISHIDA MA’NAVIYAT KOTEGORIYALARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
330
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INSONIY SIFATLAR / MA’NAVIYAT KOTEGORIYALARI / IJTIMOIY HAMKORLIK / MA’NAVIY-MA’RIFIY / SIFAT / FAZILAT / ODOB / AXLOQ

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Azimjonova U.A.

Ushbu maqolada o‘quvchilarni insoniy sifatlar shakllanishida ma’naviyat kotegoriyalari va tushunchalari, ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning ahamiyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CATEGORIES OF SPIRITUALITY IN THE FORMATION OF PUPILS' HUMAN QUALITIES

This article talks about the importance of providing students with categories and concepts of spirituality, spiritual and moral education in the formation of human qualities.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI INSONIY SIFATLAR SHAKLLANISHIDA MA’NAVIYAT KOTEGORIYALARI»

Azimjonova U.A. magistranti ADPI

O'QUVCHILARNI INSONIY SIFATLAR SHAKLLANISHIDA MA'NAVIYAT KOTEGORIYALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilarni insoniy sifatlar shakllanishida ma'naviyat kotegoriyalari va tushunchalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya berishning ahamiyati haqida so'z boradi.

Tayanch so'zlar: insoniy sifatlar, ma'naviyat kotegoriyalari, ijtimoiy hamkorlik, ma'naviy-ma 'rifiy, sifat, fazilat, odob, axloq.

Azimjonova U.A. graduate student ADPI

CATEGORIES OF SPIRITUALITY IN THE FORMATION OF PUPILS'

HUMAN QUALITIES

Annotation. This article talks about the importance of providing students with categories and concepts of spirituality, spiritual and moral education in the formation of human qualities.

Key words: human qualities, categories of spirituality, social cooperation, spiritual-educational, quality, virtue, manners, ethics.

Mustaqillikning so'nggi yillarida ustuvor yo'nalishlardan biri jamiyatdaga barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlikni, mamlakatimiz sarhadlarining dahlsizligini va hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iboratdir.

Mamlaktimizda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi e tirof qilindi. Milliiy qadriyatlar hamda shaxs manfaatlarini umuminsoniy o'quvchilarga moslashtirish va uyg'unlashtirish asosiy vazifa bo'lib qoldi. Ma'naviy -axloqiy jihatdan tarbiyalash - insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanib kelmoqda. Ularning miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilanganligining ko'rsatkichidir.

Ma'lumiki, Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 6gi qarori, hamda 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 7 Qarori bu

6 (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019-y., 07/19/4307/3079-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son)

7 (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)

ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emasligi, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayotgani, ushbu yo'nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo'lga qo'yilmagani aytib o'tilgan.

Mavjud muammolarni hal etish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi va ta'sirchanligini oshirish, ko'lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish bo'yicha tizimli ishlar belgilab berilgan. Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-siyosiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o'zaro aloqadorligi va o'zaro munosabatlariga bog'liq. Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko'lamiga ko'ra tizimlilik xarakteriga ega bo'lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o'z navbatida ta'lim-tarbiya ishida x,am tizimli yondashuvdan foydalanishni ko'zda tutadi.

Insonning manaviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar oz navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.

Sifat - aloxida bir shaxsning muayyan bir hislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.

Fazilat - aloxida shaxs, el, elat, xalk, ulusga taallukli bolgan ijobiy axlokiy sifatlar majmui.

Ta'lim muassasalarida pedagoglar va ota-onalarning burchi o'quvchilarni va Vatanga muxabbatli, iymonli, e tiqodli, adolatparvar qilib tarbiyalash, shakllantirishdan iboratdir. Inson - tabiatning eng buyuk ne'mati. Unga aql-idrok, ong, farosat kabi buyuk fazilatlar ato etilganki, inson bu fazilatlarga sayqal berib, rivojlantirib, olamni, insoniyatni kamolotga yetaklab boradi. Taniqli shoirimiz E.Voxidov aytganlaridek:

Mulki borlik ichra bir mahal, Mo'jazgina olam yaralgan,

Bermoq uchun dunyoga sayqal, Olam aro odam yaralgan.

Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat, ma naviyat elementlarining unda kanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o rinda bu kategoriyalarning moxiyati ustida toxtalib otish joizdir.

Odob - har bir insonning o zi bir inson yoki jamoa bilan bo lgan muloqotida hamda yurish-turishida ozini tuta bilishidir.

Xulq - odobning ichki konikmaga aylangan korinishi.

Axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan maqullangan xulq-odob normalari majmui.

«Ahloq»(lotincha—xulq—atvorma'nosinibildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamdashaxs xatti— harakatinitartibgasoladigan qonun—qoidalar majmuidir.

Madaniyat - "jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to'plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi".

Ma'naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruxiy, intellektual fazilatlar majmuasi.

Ma'naviy — axlokiy tarbiya vazifalariquyidagilardan iborat:

l.O'quvchilarda ma'naviy — axloqiy ongni shakllantirish.

2.Ularda ma'naviy—axloqiy his—tuyg'ularni tarbiyalash va rivojlantirish.

3.O'quvchilarda ma'naviy—axloqiy xulq—atvor ko'nikma va odatlarini tarkib toptirish.

Ma'naviy — axloqiy tarbiya mohiyatiga ko'ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o'z xulq — atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog'liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me'yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni his etishi, ma'naviy — axloqiy bilimlarning e'tiqodga aylanishi va bu e'tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma'naviy — axloqiy his—tuyg'u va xislatlarni shakllantirish, o'quvchilar tomonidan ma'naviy—axloqiy xulq—atvor jamiyat a'zolariga bo'lgan hurmat—e'tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, ma'naviy — axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.Ma'naviy — axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta'limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Mushoxada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin-asta takomillashib, komillikka erishib boradi.

Demak, yuqoridagi fikrlardan, chizgilardan ko'rinib turibdiki, inson ma'naviyatli bo'lishi uchun juda ko'p insoniylik bilimlari sarchashmasidan baxramand bo'lishi, o'z ustida tinmay izlanishi va xayotni kuzatib, undan saboq chiqarib borishi lozim. Xayotni kuzatar ekanmiz, har bir insonning jismoniy, intellektual va ma'naviy jixatdan yagona bo'lishini, unga har tomonlama aynan bo'lgan ikkinchi bir insonning yo'kligini va tarixda ham bo'lmaganligini ko'ramiz, tabiatning xassosligiga, betakrorligiga tasannolar o'qiymiz. Insonlar bir-birlariga aynan bo'lmasalar-da, ular bir jamiyatda yashab, o'zaro hamkorlikda hamjixatlik bilan bunyodkorlik, yaratuvchilik bilan shugullanmokdalar, ezgulik urugini sochmokdalar, bu uruglarning hosilidan baxramand bo'lib yashamoqdalar. Bunday insonlar ham aqliy, ham axloqiy bilimlarni puxta egallagan, har narsaga qodir, yuzidan nur balqiydigan, tilidan bol tomadigan, xushxulq, xushfe'l insonlardir. Ular jamiyatning, xalqning sevimli farzandlaridir. Shu bois ularga xavas qilsa, taklid kilsa, ulardan namuna olsa arziydi.

Abdulla Avloniy o'zining "Turkiy guliston yoxud axloq"8 asarida ana shunday insonlar haqida bunday deydi: "Yaxshi fazilatlarni o'ziga kasb qilib olgan insonlar yaxshi insonlar deyilur" Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila oladigan, kamtar, saxiy, mexnatkash, mexr-shafkatli, bilimdon, ozgalar uchun kayguradigan, mard insonlarni kozda tutsa, "Yomon insonlar deb, yomonlik fazilatlari yaxshi fazilatlaridan ustun turadigan insonlarga aytiladi", deydi. Muallif yomon insonlar deganda xasis, baxil, birovlarning yutugini kora olmaydigan xasadgoy, faqat ozim deydigan xudbin kishilarni nazarda tutadi. Avloniy kishilarni ozida yaxshi fazilatlarni toplagan, el nazariga tushgan, yaxshilikka intiluvchi, ozini tarbiyalab borishga o rgangan insonlar bo'lishga undaydi.

Moziyga bir nazar tashlaylik. Erkaklarimizdan ularga xos mardlik, jasurlik, gurur kabi hislatlar meros bolib kelayotgan bolsa, momolarimizdan or-nomus, iffatlilik, nazokatlilik, sharm-xayo, shirinzabonlik kabi hislatlar asrlardan-asrlarga meros bolib o'tib kelmoqda.

Demakki, bu xususiyatlar elimiz, yurtimiz, millatimizning qondosh va jondosh ajralmas bir manaviy qiyofasidir. Endilikda o'quvchilarni yurish-turishlari, xatti-harakatlari, kiyinishlari bilan ozlarini qanchalik ota taraqqiylashgan shahar fuqarolari kabi korsatmasinlar, baribir ular qalban shu manaviy merosning egasidirlar.

Insonlar bir-birlariga aynan bolmasalar-da, ular bir jamiyatda yashab, o'zaro hamkorlikda hamjixatlik bilan bunyodkorlik, yaratuvchilik bilan shugullanmokdalar, ezgulik urugini sochmokdalar, bu uruglarning hosilidan baxramand bo lib yashamoqdalar. Bunday insonlar ham aqliy, ham axloqiy bilimlarni puxta egallagan, har narsaga qodir, yuzidan nur balqiydigan, tilidan bol tomadigan, xushxulq, xushfel insonlardir.Ular jamiyatning, xalqning sevimli farzandlaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq" "Yoshlar nashryot uyi"2018 y.

2. Я.Умарова, Д.Неъматова «Умумтаълим мактабларидаги укувчилар тил компетентлигининг жорий холати тахлили» Илмий хабарнома Педагогик тадкикотлар Журнал 2020/6 (50).

8 Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq" "Yoshlar nashryot uyi"2018 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.