Logopediyada duduqlanishni bartaraf etishda qo'llanadigan metodikalar tahlili
Utbasarova Umida Mexmanovna ALFRAGANUS universiteti o'qituvchisi
Annotasiya: ushbu maqolada duduqlanish nutq kamchiligi bo'lgan bolalar bilan duduqlanishni bartaraf etishda qo'llaniladigan metodikalar tahlili yoritilgan.
Kalit so'zlar: duduqlanish, korreksion ish bosqichlari, o'quvchilar, bo'shashtiruvchi mashqlar.
Hozirgi kungacha duduqlanish muammosi bo'yicha olib borilgan ilmiy izlanishlarda duduqlanishni bartaraf etishda kompleks ta'sir o'tkazish zarurligi ko'rsatilgan.
I.A.Sikorskiy tomonidan duduqlanishni bartaraf qilishda har tomonlama ta'sir ko'rsatish kompleks tizimiga aylandi. I.A.Sikorskiy duduqlanadigan insonlar bilan olib boriladigan bartaraf etish ishlari nafas olish, ovoz, artikulyatsiya, nutqning turli shakllari uchun mashqlar tizimini, duduqlanadigan insonni o'rab turgan muhitni o'zgartirish va uning ruhiyatiga psixoterapevtik ta'sir ko'rsatishni, duduqlanadigan insonni dori-darmonlar, fizioterapiya va harakat mashqlari yordamida davolashni o'z ichiga oldi [132].
V.I.Seliverstovning nuqtai nazaricha, duduqlanishni yengishga zamonaviy kompleks yondashuv deganda duduqlanishning psixofizik holatining turli tomonlariga turli vositalar va turli mutaxassislar tomonidan terapevtik va pedagogik ta'sir tushuniladi [132]. Olimning korreksiyalovchi ish dasturi asosan tibbiyot muassasalarida bolalar bilan ishlash uchun mo'ljallangan bo'lib, ushbu korreksion ish tizimida muallif 3 davrni belgilaydi:
birinchi davr - tayyorlov bosqichi bo'lib bunda uy sharoitida sukut saqlash rejimini tashkillashtirish, sog'lomlashtirish tadbirlarini, umumiy motorikani rivojlantirish, lug'at boyligini kengaytirishni, tortishishlar kuzatilmaydigan nutq turlaridan foydalanishni o'z ichiga oladi.
Ikkinchi davr bolalarda til vositalarini rivojlantirish, bilish jarayonlarini rivojlantirish, yangi nutqda ravon so'zlashish ko'nikmasini turli nutq shaklarida mustahkamlashni o'z ichiga oldi.
uchinchi davr-yakunlovchi bosqichida kundalik faoliyatda erkin, ravon nutq ko'nikmalarini mustahkamlash amalga oshiriladi. Shu maqsadda bolalar bilan suhbatlar, hikoyalar, rolli va ijodiy o'yinlarni o'ynashdan foydalaniladi.
A.V.Yastrebova boshlang'ich maktab yoshidagi o'quvchilarda duduqlanishni namoyon bo'lishini o'rgangan va duduqlanadigan o'quvchilarni yuqori va me'yordagi nutqiy rivojlanishga ega bo'lgan duduqlanadigan o'quvchilar hamda nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik rivojlanishi yetarli shakllanmagan nutqning to'liq rivojlanmaganligi elementlari bo'lgan duduqlanadigan o'quvchilarga ajratgan [105].
A.V.Yastrebovaning fikriga ko'ra, boshlang'ich sinf duduqlanadigan o'quvchilarda nutqning axborot va tartibga solish, axborotni idrok etish, qayta ishlash va uzatish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni tartibga solishdan iborat. Olim dudduqlanuvchi o'quvchilar bilan olib boriladigan korreksion bartaraf etish ishlarini uch bosqichga ajratadi [105].
Birinchi bosqichning asosiy vazifasi duduqlanadigan o'quvchilarida shaxslararo muloqot jarayonida ma'lumotni yetarli darajada o'zlashtirish qobiliyatini rivojlantirishdir. O'quvchilarda muloqotni murakkablashtirishning besh bosqichi mavjud bo'lib, har bir bosqich uchun asosiy vazifa, aloqa, nutq, xatti-harakatlarining modeli hamda yordamchi vositalar tanlangan.
Ikkinchi bosqichning asosiy vazifasi o'quvchining jamoaviy faoliyat shakllarida yetakchi sifatida harakat qilish qobiliyatini ta'minlaydigan o'qitish ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Uchinchi bosqichning asosiy vazifasi olingan ko'nikma va malakalarni turli vaziyatlarda qo'llay olish hamda erkin muloqotga kirishish ko'nikma va malakalarini mustahkamlshdan iborat.
V.A.Gilyarovskiy tomonidan bolalarda duduqlanishni davolash zaruratiga asos solingan bo'lib, olim bolalar bilan "o'yin maydonchasi" yoki yarim statsionar sharoitida ishlashni taklif qilgan [35].
N.A.Vlasova va E.F.Rau birinchilardan bo'lib, maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan olib boriladigan karreksiyalovchi ish dasturida kompleks yondashuv tamoyiliga asoslangan holda ish tashkil etilishini ta'kidlagan:
- bolani har tomonlama tekshirish;
-bolani ruhiyati tanasi va nutqidagi tutilishlar bilan ishlash;
-bolaga berilayotgan topshiriqlarni soddadan murakkabga yondashuvi asosida bosqichma-bosqich nutqni ravonlashtirishga erishish;
Duduqlanadigan bolalar bilan olib borilgan korreksion mashg'ulotlar bosqichma -bosqich murakkablashtirib borilgan. Korreksion ishlar davomida duduqlanadigan bolalarning xotirasi, diqqati, tafakkuri, mushaklarni bo'shashtirish hamda tanada ritm tuyg'usini tarbiyalash mashqlari olib borilgan.
Ta'kidlash kerakki, N.A.Vlasova va E.F.Rau tomonidan taklif qilingan logopedik korreksion ish bosqichlari hozirda kunda ham turli yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda faol foydalanilmoqda [130].
R.E.Levina duduqlanadigan bolalarda nutqning kommunikativ funksiyasini rivojlantirish g'oyasini ilgari suradi va uning izdoshlari (S.A.Mironova, L.F.Spirova, N.A.Cheveleva, A.V.Yastrebova va boshq.) duduqlanuvchi bolalarga psixologik va pedagogik ta'sirning yaxlit tizimini ishlab chiqdi [74].
N.A.Cheveleva duduqlanadigan bolalar bilan olib boriladigan korreksiyalovchi bartaraf etish ishlari qo'l mehnati asosida tashkillashtirish lozim ekanini ta'kidladi. Muallif bolaning izchil nutqiy rivojlanishi vaziyatli nutqdan kontekstga o'tish orqali amalga oshiriladi degan fikrni ilgari suradi. N.A.Cheveleva bolalar uchun tanlangan nutqiy materialni vizual, yengil bayon qilish shakllaridan mavhum, kontekstli bayonotlarga bosqichma-bosqich o'tish bolalarda amaliy faoliyat yoki aniq vizual vaziyat bilan bevosita bog'liq bo'lgan nutqiy sharoitida duduqlanishning zaiflashishi kuzatilgan [105].
S.A.Mironovaning metodologiyasi duduqlanuvchi bolalarda ravon va erkin nutq ko'nikmalarini tarbiyalash tizimini o'z ichiga olgan. Ushbu ko'nikmalarni o'zlashtirish
ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI WÊ*
JIFactor: 8.2
maktabgacha ta'lim tashkilotining korreksiyalovchi ish dasturining bir qator bo'limlarida o'z aksini topib, asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilgan [119].
Har chorakda bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish vazifalari asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Ushbu jarayonda birinchi chorakda vaziyatli nutqning eng oddiy turlaridan foydalanish, ikkinchi chorakda elementar kontekstli nutqni joriy etish, vizual qo'llab-quvvatlash logopedni savollari asosida hikoyalar tuzish, qayta hikoya qilish, uchinchi chorakda mustaqil hikoya qilish, to'rtinchi chorakda berilgan syujetning mantiqiy ketma-ketligini yaratish qobiliyatini rivojlantirishni o'z ichiga olgan.
V.I.Seliverstovning ta'kidlashicha, o'quvchilarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda berilayotgan o'quv materiali hajmini tog'ri tanlash hamda dasturni o'zlashtirishda o'quvchi va ota-onaning birgalikdagi faoliyati juda muhimdir [114].
L.M.Krapivina duduqlanadigan bolaga nutqiy materialni boladagi nutqning rivojlangani, ritmliligi hamda nutqiy muloqot sodir bo'ladigan vaziyat va faoliyat turlarini hisobga olgan holda berish lozimligini ta'kidlaydi [92].
L.Z.Arutyunyan duduqlanishda tortishishlar paydo bo'lishining asosiy sababi sifatida tabiiy nutqning ichki muvofiqlashishining buzilish sifatida tavsiflaydi. Muallif ta'kidlaganidek, nutqni yetakchi qo'lning barmoq harakatlari bilan uyg'unlashtirish tashqi nutq uyg'unlashuvining kamchiliklarini bartaraf etish imkonini beradi [22].
Bolalarda asosiy faoliyat turi o'yin bo'lgani sababli aynan shu faoliyatda bolaning shaxs xususiyatlari, uning nutqi, mayda qo'l motorikasi, tafakkuri, ixtiyoriy xotirasi, mustaqilligi, faolligi rivojlanadi hamda o'zining xatti-harakatlarini boshqarish qobiliyati shakllanadi. Shuning uchun o'yin faoliyatini korreksiyalovchi ish jarayonida qo'llash istiqbolli hisoblanadi, chunki o'yinlar nutq kamchiliklarini bartaraf qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
O'yin faoliyati jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda duduqlanishni bartaraf etish G.A.Volkova, I.G.Vygodskaya, I.A.Povarova, B.L.Pellinger, L.P.Uspenskayalarning ilmiy izlanishlarida keng yoritilgan. Mualliflar bolalar psixologiyasini e'tiborga olgan holda korreksion ish jarayonida turli o'yinlardan foydalanishni taklif qilgan [32].
G.A.Volkova dudqlanishi bo'lgan bolalar bilan ishlashda bolalarni o'rab turgan atrof-muhitni yaxshilash hamda bolalarda muloqot qilish ko'nikmalarini tarbiyalashga e'tibor bergan [50]. Muallif tomonidan tavsiya qilingan o'yinlar tizimi quyidagi o'yin turlarini o'z ichiga oladi: didaktik o'yinlar, qoidali o'yinlar, she'riy va nasriy jmatnlar asosida dramatizatsiya o'yinlari, ijodiy o'yinlar. Muallifning fikriga ko'ra, o'yinlarda nafaqat verbal va noverbal jarayonlar rivojlanadi, balki shaxslararo munosabatlarning ijtimoiylashuvi, xulq-atvor va shaxsni to'laqonli shakllanishidagi og'ishlar korreksiyalanadi.
G.A.Volkovaning korreksiyalovchi ish dasturi quydagi bosqichlarni o'z ichiga olgan:
birinchi bosqichda logopedik mashg'ulotlardan tashqarida bolalar nutqini cheklash, tana mushaklarini bo'shashtirish, nutqiy nafas ustida ishlash, biloish jarayonlarini rivojlantirish, til vositalarini rivojlantirish ishlari olib borilgan.
Ikkiinchi bosqichda logopedik mashg'ulotlar jarayonida asosiy e'tibor logopedni nutqiga taqlid qilgan holda logoped bilan birgalikdagi talaffuz qilish ko'nikmalarini tarbiyalash ishlari olib borilgan.
Uchinchi bosqichda bolalar logoped bilan birgalikdagi nutqdan logoped ketidan takrorlash bosqichiga o'tganlar. Bu bosqichda bolalar gapdagi ohang hissini, qo'shimcha nafas olish va ravon so'zlashishga o;rganganlar.
ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI WÊ*
JIFactor: 8.2
To'rtinchi bosqich - savol-javob nutq shaklida nutqning prosodik tarkibiy qismlarini rivojlantirish, uzoq muddatli nafas chiqarishni tarbiyalash, iboraning uzluksiz bir nafasda talaffuz qilishni tarbiyalash, to'g'ri pauza, sur'at, ritm, ohangli dialogik nutq ustida ishlash, tovushlar talaffuzini tuzatish, nutqning leksik va grammatik tomonini rivojlantirishga qaratilgan.
Beshinchi bosqichda bolalarda ravon nutqda mustaqil so'zlashish ko'nikmalari matn, voqealarni, hikoyalarni, ertaklarni qayta hikoya qilish yordamida tarbiyalangan.
Oltinchi bosqichda bolalarda mustaqil qaror qabul qilishga o'rgatish yordamida erkin rovon nutqda so'zlashish ko'nikmalari mustahkamlangan [51].
I.G.Vigodskiy, E.L.Pellinger, L.P.Uspenskaya logopedik korreksion ish bosqichlariga muvofiq mushaklarni bo'shashtiruvchi mashqlarini o'zida mujassam qilgan o'yinlarni o'ynatishni taklif qiladi. Bu o'yinlar yordamida bolalarda nutqiy nafasini me'yorlashtirish; to'g'ri ravon nutqda muloqot qilishga, nafas chiqarishda gapirishga, urg'uli unlilarni cho'zib talaffuz qilishga, semantik segmentdagi so'zlarni birgalikda talaffuz qilish, pauzalar va mantiqiy urg'udan to'g'ri foydalana olish malakalari shakllantiriladi. Shu bilan birga bolalarda hikoya qilish hajmini bosqichma-bosqich kengaytirish bilan ravon nutqni tarbiyalash ishlari olib borilgan [96].
Mualliflar taklif qilgan ravon nutqni tarbiyalash tizimi uch bosqichni o'z ichiga oladi, ularning har birida to'g'ri nutq mahoratini shakllantirishga qaratilgan vazifalar amalga oshiriladi.
O'yin yordamida bolalarda muloqot qilish ko'nikmalarini turli nutq shakllarida modellashtirish yordamida duduqlanishni bartaraf etish ishlarini olib boorish M.A.Vinogradova tomonidan taklif etilgan [49]. Ushbu uslub quyidagi bosqichlarga muvofiq modellashtirilgan vaziyatlarda (logoped xonasida) modellashtirilmagan holatlarda (ma'lum bir vaziyat uchun tabiiy sharoitda) to'g'ri nutqiy xatti-harakatlarini o'rgarishni o'z ichiga oladi [49].
Olima korreksiyalovchi ish jarayonining tayyorgarlik bosqichida bolalarda saqlanib qolgan muloqot qilish ko'nikmalariga tayangan holda duduqlanadigan bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib rolli o'yinlarni bollar o'rtasida to'g'ri taqsimlash hamda bolalarda o'yin jarayonida nutqiy nafasni yo'lga qo'yish, tana mushaklarini bo'shashtirish, bolalarda ohang hissini tarbiyalshni taklif qiladi, keyingi bosqichda bolalar turli vaziyatlarda nutq dasturlashni to'g'ri amalga oshirish ko'nikmalari bilan tanishtirishni o'z ichiga oladi. Bolalar bilan olib boriladigan korreksiyalovchi ishning asosiy bosqichida logoped bilan birgalikda va logoped ketidan takrorlsh nutq shakllarida o'yin vaziyatlarini modellashtirmagan holda tashkillashtirish, nutq dasturini to'g'ri tanlash va amalga oshirish o'rgatiladi. Ushbu bosqichda savol-javob nutqi shakli qo'llanadi. Yakunlovchi bosqichda spontan nutq shaklida modellashtirilmagan vaziyatlarda ravon nutqni turli xatti-harakatlar bilan birlashtirish amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda duduqlanuvchi bolalarning ota-onalariga ravon nutq ko'nikmasini mustahkamlashda ko'maklashish muhim rol o'ynaydi.
Olima duduqlanishni bartaraf etishda qo'l mehnati orqali ishlash jarayonida faqat mustaqil nutqda vaziyatli va kontekstli nutqni tarbiyalash zarur deb hisoblaydi. Muallif duduqlanishni bartaraf qilishga qaratilgan nafas olish, ovoz va boshqa mashqlardan foydalanishni zarur deb bilmaydi [106].
Duduqlanishni bartaraf etish uslublari avvalo yoshga oid xususiyatlarga bog'liqligi A.Vlasova tomonidan birinchi marta amaliyotda o'rganildi [130]. U duduqlanuvchi bolalar
ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI Bffi
JIFactor: 8.2
bilan o'tkaziladigan korreksion ishda 7 ta bosqichni ko'rsatib bergan. Hozirgi kunga kelib ham, duduqlanishni bartaraf etish usullarining barchasi uchun A.Vlasova tomonidan yaratilgan korreksiyalovchi ish bosqichlari poydevor hisoblanib, shu bosqichlar asosiga qurilgani hech kimga sir emas.
Ye.F.Rau maktabgacha yoshdagi bolalarining nutqini tarbiyalashda logopedik ishlarni 3 bosqichda olib borishni tavsiya etadi [130].
I bosqich. O'rganilgan iboralar, she'rni talaffuz qilishda birgalikdagi va aks sado nutqi mashqlari olib boriladi. She'rni ifodali, yoddan aytish keng qo'llanadi.
II bosqich. Rasm mazmunini savollar yordamida so'zlash yoki logoped tomonidan o'qilgan ertak, hikoyani savollar yordamida bayon etish.
III bosqich. Yakuniy bo'lib, o'yin, mashg'uloti, suhbat jarayonida atrofdagilar bilan muloqot qilish jarayonida o'z nutqida erishgan ravon nutq malakalarini mustahkamlaydi.
Katta yoshdagi insonlarda duduqlanishni bartaraf etish muammosi I.A.Povarova tomonidan ham o'rganilgan bo'lib, duduqlanadigan insonlar bilan olib boriladigan korreksiyalovchi logopedik ish jarayoni uch bosqichni o'z ichiga olgan. Logopedik korreksiyalovchi ish bosqichlari qugdagilarni o'z ichiga olgan:
- bo'shashtiruvchi mashqlar va tana muvozanati ustida ishlash;
- nutqiy nafasni shakllantirish;
- artikulyatsiya (talaffuz) a'zolari harakatchanligini oshirish;
- nutq jarayonida ovozdan to'g'ri foydalanish;
- ruhiyatdagi ikkilamchi buzilishlar ustida ishlash;
- akustik-vizual diqqat ustida ishlash;
- nutqning leksik va grammatik tomonini rivojlantirish;
- motor ko'nikmalarini rivojlantirish;
- nutqsiz muloqot qilish shakllarini rivojlantirish;
- nutqdagi tovush talaffuzi kamchiliklarini bartaraf etish.
Birinchi bosqich tayyorgarlik bosqichi bo'lib bu bosqichda duduqlanadigan katta yoshdagi insonlarga mashg'ulotdan tashqari vaqtda nutqiy muloqotni cheklash hamda noverbal muloqot qilish shakllari pontomimik o'yinlar yordamida noverbal muloqotning imo-ishora, yuz ifodasi,ko'z qarashlari yordamida mustahkamlangan.
Ikkinchi bosqich asosiy bosqich bo'lib, duduqlanadigan nutqdagi mavjid tutilishlarni olib tashlash hamda yangi nutqda turli nutqiy vaziyatlarda so'zlashish qobiliyatini rivojlantirishni o'z ichiga olgan.
Yakuniy uchinchi bosqichda duduqlanadigan katta yoshdagi insonlarda hayajonni keltirib chiqaruvchi vaziyatlarda ular tomonidan egallangan yangi nutqda so'zlashish ko'nikmasini mustahkamlash ishlari olib borilgan.
L.R.Muminova, N.Raxmonqulova o'z ilmiy-tadqiqot ishlarida duduqlanishni bartaraf etishning pedogogik imkoniyatlarini logopedik o'yin, logopedik ritmika mashg'ulotlarining korreksion ishdagi ahamiyatini amaliy tomondan uslubiy tavsiyalar orqali yoritib berdi.
Jumladan, L.R.Muminova o'smirlar va kattalarda duduqlanishni ikki tillilik sharoitida olib borgan ilmiy izlanishlari ma'lum nazariy va amaliy natijalarga erishishga imkon berdi. Nazariy jihatdan, o'zbek tilida so'zlashuvchi o'zbek o'smir va katta yoshdagi insonlar orasida duduqlanishning namoyon bo'lishi rus tilida so'zlashganida ham duduqlanishning namoyon bo'lishi bilan bir xil ekani aniqlandi. O'rganish tajriba materiallari ikkinchi tilda
ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI Bffi
JIFactor: 8.2
ham duduqlanadigan o'smir va katta yoshdagi insonlar ikkinchi til vositalarini mukammal eggallay bilmasliklari duduqlanishni kuchaytiradi degan fikrni ilgari surganlar. O'zbeklar uchun rus tilini egallash millatlararo muloqot tilini bilish zarurati ijtimoiy ahamiyatga ega ekani sababli, muammoning amaliy yechimi ikkalasini birlashtirishdan ya'ni ikkinchi tilni egallash hamda duduqlanishni bartaraf qilishda korreksion rivojlantiruvchi ishlarni birlashtirish bo'lgan. Modifikatsiya tilni hisobga olgan holda duduqlanadigan o'smir va katta yoshdagi insonlarlarda duduqlanishni bartaraf qilish korreksion rivojlantiruvchi ish dasturlari 7-10-sinflar uchun amaldagi rus tili dasturi materiallari omil bo'lib hisoblangan [86].
O'smirlar va kattalarda duduqlanishni ikki tillilik sharoitida bartaraf etish bo'yicha logopedik mashg'ulotlar tizimi uch bosqichni o'z ichiga olgan: tayyorgarlik, kommunikativ mashqlar va yakunlovchi bosqich.
Tayyorgarlik bosqichida duduqlanishni bo'lgan o'smir va kattalar bilan suhbat davomida duduqlanishda kuzatiladigan qiyinchiliklar, uni yuzaga kelishiga sabab bo'lgan omillar hamda duduqlanishdan xalos bo'lish va ravon nutqda tutilishlarsiz erkin muloqot qilish ish dastirining rus tilidagi istiqbol ish rejasi tanishtirilgan. Rus tilida muloqot qilishning asosiy qoidalari bayon etilgan, mashg'ulotdan tashqari vaqtda nutqni qisman cheklash zarurati ta'kidlangan, qat'iy kun tartibiga rioya qilish bo'yicha tavsiyalar berilgan, nutq ustida mustaqil ishlashning ahamiyati tushuntirilgan.
Ikkinchi bosqichda duduqlanadigan o'smir va kattalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish ishlari olib borilgan. Ikknch bosqichning asosiy vazifasi rus tilida sekin-asta kengaytirilgan va murakkab nutq materiallari va mashqlar turlarini o'zlashtirishdan iborat bo'lgan.
Uchinchi - yakunlovchi bosqichda duduqlanadigan o'smir va kkatta insonlarning rus tilida ravon nutqda so'zlashish ko'nikmasini amaliyotda qo'llash nazarda tutilgan. Agar duduqlanuvchilar taklif qilingan mavzu yuzasidan yoki o'zlari tanlagan mavzuda erkin suhbatlashishni xohlasalar hamda qiziqarli voqealar va faktlar haqida guruhdoshlari va logoped bilan suhbatlashish ularga oson va yoqimli bo'lsa, nutq amaliyoti yaxshi tashkil etilgan deb hisoblangan.
L.Muminova duduqlanishni bartaraf etish yuzasidan korreksion mashg'ulotlarni o'tkazishda o'z uslublarini ilgari surdi. Hamda logoped mutaxassis zimmasidagi 7 banddan iborat vazifalarni duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan logopedik ish tizimida yoritib berdi [90].
N.X.Raxmonkulova tomonidan olib borilgan "Kichik maktab yoshidagi duduqlanadigan o'quvchilarning tengdoshlari bilan axloqiy munosabatlarini shakllantirish" mavzusida ilmiy izlanish natijalari duduqlanadigan kichik maktab yoshidagi o'quvchilarining muloqot ko'nikmalari ularning axloqiy qiyofasini ma'naviy jihatdan belgilaydi. O'quvchilarning axloqiy munosabatlari nafaqat jamoada, balki jamoadan tashqari holatlarda ham namoyon bo'ladi. Jamoa va jamoadan tashqarida o'quvchilarda muloqot qilish ko'nikmalarini shakllantirish o'quvchilarda erkin muloqotga bo'lgan ehtiyojni shakllantirishga yordam beradi [109].
O'quvchilar tormozlanishga moyil, o'yinda bo'shlik, tortinish, tez charchashlarni namoyon qilishadi. Amaliy kuzatishlarning ko'rsatishicha, aqliy faollikni oshirish, nutqiy ko'nikmalarni takomillashtirishda, bilish jarayonlarini rivojlantirishda, emotsional faollikni oshirishda teatrlashtirilgan o'yinlar muhim ahamiyatga ega.
ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI шш
JIFactor: 8.2
O'z navbatida, logopedik mashg'ulotlarda duduqlanishni barataraf etishga doir bir qator vazifalarni amalga oshirishda qo'g'irchoqli terapiya ijobiy samara beradi. Qo'g'irchoqli terapiyaning vazifalari mayda qo'l motorikasi va harakatlar koordinatsiyasini takomillashtirish, o'quvchi o'zini erkin his qilish, o'z nutqiga bo'lgan e'tiborning kamayishi, his tuyg'ularini erkin ifodalash imkonini beradi.
Yuqoridagi ilmiy izlanishlar tahlili ko'rsatdiki, logopedik mashg'ulotlarda duduqlanadigan o'quvchilar nutqining ravonligi xususiyatlari, o'quvchilarda sur'at-ritm buzilishlarini bartaraf etishning pedagogik imkoniyatlari yetarlicha o'rganilmagan. Shuningdek, adabiyotlarda logopedik mashg'ulotlar jarayonida duduqlanuvchilar nutqning vaqtinchalik xususiyatlarining dinamikasi va shuning uchun ularning ravonlashtirishga yordam beradigan sharoitlar to'g'risida ma'lumotlar kam. Duduqlanadigan o'quvchilar nutqining vaqtinchalik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha yuqoridagi natijalarni tahlil qilib, duduqlanadigan o'quvchilarda nutqning ravonligi xususiyatlarining buzilishi polimorfik va o'zgaruvchan bo'lib, nutqning tezlashishi yoki sekinlashishi va aritmiyada namoyon bo'ladigan xususiyatlarga ega; logoped tomonidan olib boriladigan mashg'ulotlari natijasida duduqlanadigan o'quvchilrda nutq tezligi o'zgaradi, shuning uchun nutqni boshqarish mumkin bo'ladi va logopedlar ko'p hollarda duduqlanuvchilar nutqini ravonlashtirishlari mumkin, - deb hisoblaymiz.
Fikrimizcha, boshlang'ich sinf o'quvchilarida logopediya shaxobchasi sharoitida duduqlanishni bartaraf etish aniq bir maqsadga yo'naltirilgan o'quv jarayonini ta'minlovchi korreksiyalovchi, logopedik, rivojlantiruvchi ish tizimlar majmuasidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining duduqlanishini bartaraf etishning samaradorligi yuqori bo'lishi uchun logopediya shaxobchasi sharoitida ta'lim jarayoni samaradorligini logopedik texnologiyalar yordamida oshirish tadqiqotimizning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
6. Аюпова М.Ю. Преодоление фонетико-фонематической недостаточности у детей-узбеков старшего дошкольного возраста: автореферат дис. кандидата педагогических наук. 13.00.03 / Моск. пед. гос. ун-т. - Москва, 1992. - 16 с.
7. Барабанов Р.Е. Основы логопедии: афазия, заикание, ринолалия. Учебное пособие для студентов / R.: VDM Publishing, 2019. - 69 с. ISBN 978-620-2-32094-8
8. Беглова.О.А. Коммуникативно-речевые технологии в системе устранения заикания у подростков и взрослых. МИР специальной педагогики и психологии. Научно-практический альманах. Выпуск 7 - М.: ЛОГОМАГ, 2017. Стр. 5
9. Беглова О.А. Коррекция психофизических проявлений в структуре заикания подростков и взрослых средствами танцевально-двигательных техник. 13.00.03 - коррекционная педагогика. Диссертация на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. 2009.
10. Белякова Л.И., Дьякова Е.А. Третий международный конгресс по проблеме заикания // Дефектология. - 2001. № 1. - С. 75-76.