Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION LOGOPEDIK ISH TIZIMIDA ERTAKTERAPIYANING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION LOGOPEDIK ISH TIZIMIDA ERTAKTERAPIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar / korreksion ish tizimi / terapiya / ertak terapiya / ertak / nutq kamchiligi / logopedik o’yin.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xamidova Muborak Ubaydullayevna, Usarova Madina Odil Qizi

Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir koʻratadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. Ushbu maqolada nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nuqsonining klinik ko’rinishlari, nuqson turiga qarab korreksion ish jarayonida terapiyalardan eng muhimi ertak terapiyaning ahamiyati va oʻrni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION LOGOPEDIK ISH TIZIMIDA ERTAKTERAPIYANING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO'LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION - LOGOPEDIK ISH TIZIMIDA ERTAKTERAPIYANING AHAMIYATI

1Xamidova Muborak Ubaydullayevna, 2Usarova Madina Odil qizi

1Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti "Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim" kafedrasi dotsenti, 2"Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi 1-kurs magistratura talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11288497

Annotatsiya. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikrr almashadilar va bir - birlariga ta'sir ko'ratadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. Ushbu maqolada nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar nuqsonining klinik ko'rinishlari, nuqson turiga qarab korreksion ish jarayonida terapiyalardan eng muhimi - ertak terapiyaning ahamiyati va o'rni yoritilgan.

Kalit so'zlar: nutq, nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar, korreksion ish tizimi, terapiya , ertak terapiya ,ertak, nutq kamchiligi, logopedik o'yin.

Аннотация. В процессе речевого общения люди обмениваются идеями и влияют друг на друга. Речевое общение осуществляется посредством языка, язык - это представляет собой систему фонетических, лексических и грамматических средств. Речь полная в этой статье клинические проявления недоразвитых детских пороков в зависимости от вида порока Подчеркивается значение и роль важнейшей терапии в процессе коррекционной работы - сказкотерапии.

Ключевые слова: речь, дети с неразвитой речью, система коррекционной работы, терапия, сказкотерапия, сказка, речевой дефицит, логопедическая игра.

Abstract. In the process of speech communication, people exchange ideas and influence each other. Speech communication is carried out through language, language is is a system of phonetic, lexical and grammatical means. This article summarizes the speech clinical manifestations of a defect in underdeveloped children, depending on the type of defect in the process of correctional work, the most important of the therapies - the importance and role of fairy-tale therapy is highlighted.

Keywords: speech, children whose speech is not fully developed, correctional work system, therapy, fairy tale therapy, fairy tale, speech deficit, logopedic play.

Nutq — murakkab ruhiy faoliyatdir. Nutqning to'liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo'lishi, lug'atning kambag'alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o'zining etiologiyasi bo'yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko'rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg'or nuqtayi nazarga asoslanadi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g'oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarni maxsus tekshirish bu kamchilikning turli xil klinik ko'rinishlari mavjudligini ko'rsatdi. Mamlakatimizda nutq kamchiligiga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion -pedagogik va tarbiyaviy ishlar olib borishda katta e'tibor berilmoqda. Bolalardagi nutq kamchiliklarini o'z vaqtida oldini olish nerv psixik kasalliklarni oldini olishdan boshlanadi. Odam nutqi tushunarli va ma'noli bo'lishi uchun nutq a'zolarining harakatlari aniq va to'g'ri bo'lishi kerak. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi turli

darajalarda namoyon boladi. Nutqiy rivojlanishning I darajasi - umum qollaniladigan nutqning mavjud emasligi, jumlali nutqning (nutqsiz bolalar) mavjud emasligi bilan tavsiflanadi. Mazkur darajadagi bolalar muloqot uchun sodda sozlardan, tovushlarga bo'lgan taqlid, maishiy mazmundagi alohida ot va fe'llardan, sodda gap bolaklaridan foydalanib, ularning tovush tarkibi noaniq va turg'un emas. Bola oz "bayoni"ni mimika va imo-ishora bilan mustahkamlaydi. Mazkur bolalar uchun muloqot jarayonidagi nutqiy izlanishga bo'lgan katta tashabbuskorlik va oz nutqiga bo'lgan tanqidiy munosabat xarakterli. Nutqiy rivojlanishning II darajasida - imo-ishora va sodda sozlardan tashqari, buzilgan bolsada biroq doimiy umum qollaniladigan sozlar paydo boladi. Bir vaqtning ozida ba'zi grammatik shakllar farqlana boradi. Biroq mazkur jarayon turg'un bolmagan xarakterga ega bo'lib, nutqning qopol rivojlanmaganligi mazkur bolalarda yorqin ifodalanadi. Bolalar bayonlari odatda kambagal bo'lib, bola idrok etayotgan predmet va harakatlarni sanab o'tish bilan chegaralanadi. Maxsus korreksion ta'lim ta'sirida bolalar nutqiy rivojlanishning yangi III darajasiga otadilar. Mazkur daraja leksikgrammatik va fonetik-fonematik rivojlanmaganlik elementlariga ega bo'lgan keng jumlali nutqning mavjudligi bilan xarakterlanadi, bu esa bolalarning atrofdagilar bilan nutqiy muloqotini kengaytirish imkonini beradi. Mazkur darajadagi bolalar atrofdagilar bilan muloqotga faqatgina ota-onalari, tarbiyachilar, ular nutqiga tegishli izohlarni kiritishga qodir kishilar ishtirokidagina kirishadilar. Logopedik ishlar davomida kopgina bolalarda nutqning toliq rivojlanmaganligini bartaraf etish imkoni mavjud, lekin ba'zi holatlarda mazkur jarayon yetarlicha samarali kechmagan, bu esa nutqiy rivojlanishning IV darajasini ajratishni talab etdi. T.B.Filicheva nutqiy rivojlanishning IV darajasini quyidagicha ta'riflagan - nutqning leksik-grammatik va fonetik-fonematik rivojlanmaganligining yorqin tarzda ifodalanmagan elementlariga ega keng jumlali nutq. Nutqi to liq rivojlanmagan bolalar uchun moljallangan logopedik guruhlarga nutqning leksikgrammatik tomonlarining buzilishlariga ega, nutqiy rivojlanishning turli darajalariga ega bolalar qabul qilinadi.

X.M.Pulatova tomonidan nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarda nutqiy faollik darajalarini aniqlash hamda o'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun nutqiy faoliyatda fikrlashni faollashtirish imkonini beruvchi korreksion-pedagogik sharoitlar o'rganildi. Shu bilan birga, tadqiqotchi o'z ishida aqli zaif bolalar lug'ati kambag'alligi bilan farq qilinishi, bunday bolalar bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ish tizimida umumlashtiruvchi so'zlardan foydalana olmasliklari, oligofren bolalarning ko'pchiligi so'z turkumlari (ot, sifat, fe'l, ravishlarni) aniq tushunmasligini o'rgandi. Bu toifadagi bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish tizimiga oid tavsiyalar ishlab chiqib, mashg'ulotning yetakchi shakli sifatida o'yindan foydalanishni ta'kidladi.

Bundan tashqari maktabgacha yoshdagi nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarda olib boriladigan korreksion - logopedik ishlarda Terapiyaning o'rni beqiyos . Masalan ertak terapiya misolida ko'rib chiqamiz. Bundan oldin ertak nima ekanligiga to'xtalib o'tamiz. Ertak - bu xayoliy harakat, lekin u atrofidagi hayot haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, bu bolaga real vaziyatlarni to'g'ri baholashga va muayyan qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Ertaklar ko'p qirrali material bo'lib, undan bolalarni tarbiyalash, rivojlantirish foydalansa bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ertak terapiyasi bolalarning psixologik muammolarini tuzatishning arzon va juda samarali usuli hisoblanadi. Ertakterapiya bu-psixologik usul bo'lib, bola bilan birgalikda olib boriladi. Ertak yordamida bolaning shaxs emotsional muammolarini hal qilishda va bolani axloqiy reaksiyalarini korreksiyalashda foydalaniladi. Ertakterapiya kontseptsiyasining manbalari L. S. Vigotskiy, D. B. Elkonin asarlari hisoblanadi. Ertakterapiyaning tarixi amaliy psixologiya maktabi

sifatida o'z mazmunida san'at, fantaziya elementlarini va inson bilan o'zaro munosabatlarning madaniy kontekstining o'ziga xos xususiyatlarini XX asrning 90-yillaridan boshladi. Biroq, agar biz buni aniq shaxsga faol ta'sir qilish usuli deb hisoblasak, unda uning tarixi ancha qadimiy ildizlarga ega bo'ladi.

Ertakterapiyada ishlatiladigan ertak turlari:

> Didaktik ertak - bolalarga yangi tushunchalar (uy, tabiat, oila, jamiyatdagi xatti-harakatlar qoidalari va boshqalar) haqida gapirib berish uchun yaratilgan. Bunday ertaklardagi vazifalar bolaga olingan bilimlarni amalda darhol qo'llash imkoniyatini beradi. Didaktik ertakni har qanday qulay shaklda (hikoya, multfilm yoki shunchaki o'yin) aytib berish mumkin. Bu bolada qiziqish uyg'otishi va muntazam mashg'ulotni jonlantirishi mumkin bo'lgan didaktik ertak.

> Psixologik ertak- bolaning shaxsiy rivojlanishini yo'naltirish va boyitish uchun mo'ljallangan.

> Badiiy ertak - bolalarni insoniyatning estetik tamoyillari, an'analari bilan tanishtiradi.

> Diagnostik ertak - bolaning xarakterini aniqlashga yordam beradi va uning dunyoga munosabatini ochib beradi.

> Meditatsion ertak - bu ertakning o'ziga xos turi bo'lib, u tinglovchining ongsizligi bilan muloqot orqali uning tasavvurida jonli yorqin tasvirlarni yaratishga urg'u beradi.

> Giperaktiv bolalar uchun ertakterapiya. Diqqat tarqoq giperaktivlik buzilishi bo'lgan bolalar bilan ishlashda ko'pincha ertakterapiya usuli qo'llaniladi, bu haddan tashqari faollikni kamaytiradi va bolaning hissiy holatini normallashtiradi.

Ertak orqali giperaktiv bola o'z xatti-harakatlarini nazorat qilishni o'rganadi, yanada xotirjam bo'ladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bola xatti harakatidagi emotsional buzilishlarni, albatta o'yinlar, o'yinchoqlar, bolaning tasviriy faoliyati, musiqa, teatr va umuman aytganda san'at yordamida ham to'g'rilasa bo'ladi. Lekin, bolalar uchun eng tushunarli va sevimli usul bu -ertakdir. To'g'ri tanlangan ertak yordamida boladagi ko'plab muammolar - qo'rquv,injiqlik kabilarni yo'qotish, bolada qat'iyat va irodani shakllantiradi.

REFERENCES

1. Djo'rayeva, S. (2022). BOLALARDA NUTQ TEMPINING BUZILISHI VA UNI BARTARAF ETISHNING KORREKSION USULLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(5). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4950

2. Tkach R. M. T-48 Bolalar muammolari uchun ertakterapiya . - SanktPeterburg: nutq; M .: Sfera. 2008. - 118 b.

3. Islomova, O. (2020). UMUMIY TIPDAGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA BOLALAR NUTQINI TUZATISHDA SIFATLI LOGOPEDIK XIZMAT. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (1)

4. Vachkov I.V. Peri terapiyasi. Psixologik ertak orqali ongni rivojlantirish. - M: Os-89, 2007.144 b.

5. Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta- maxsus ta'lim muassasalari uchun darslik. T.:, "Istiqlol", 2006 y.

6. Dergunskaya V.A., Koshkina A.A., O'yinlar - maktabgacha tarbiyachilar bilan tajriba: O'quv-uslubiy yordam - Moskva, Ustoz ta'limi markazi, 2013 - 64 p.

7. Grebenshchikova L.G. Marionet terapiyasining tamoyillari. Qo'g'irchoqlar galereyasi. -Sankt-Peterburg: Nutq, 2007. - 80 p.

8. Zinkevich-Evstigneeva T.D. Ertaklar bilan ishlash shakllari va usullari. - Sankt-Peterburg: Nutq, 2008. - 240 b.

9. Zinkevich-Evstigneeva T.D. Peri terapiyasi asoslari.

10. https://nsportal.ru/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.