Научная статья на тему 'BOLALARDAGI NUTQIY RIVOJLANISHNING BUZILISHLARI'

BOLALARDAGI NUTQIY RIVOJLANISHNING BUZILISHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1797
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
nutq / nutqiy rivojlanish / leksik-grammatik / fonetik-fonematik / muloqot.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sh.M. Imomova, G.B. Bahodirova

Maqolada bolalardagi nutqiy rivojlanishning buzilishlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDAGI NUTQIY RIVOJLANISHNING BUZILISHLARI»

YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)

BOLALARDAGI NUTQIY RIVOJLANISHNING BUZILISHLARI

Sh.M. Imomova1, G.B. Bahodirova2

Maqolada bolalardagi nutqiy rivojlanishning buzilishlari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: nutq, nutqiy rivojlanish, leksik-grammatik, fonetik-fonematik, muloqot.

Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. N. deganda uning og'zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo'lishidagi jarayonlar, ya'ni so'zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.

Nutqning faol ishtiroki tufayli inson tevarak - atrof, borliq haqida ma'lumotlarga ega bo'ladi. Shu bilan birga nutq bolaning rivojlanishida, uning ta'lim tarbiya olishida asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Bolalarda eng ko'p uchraydigan nuqsonlardan biri nutqning to'liq rivojlanmasligidir. Bunday nutq kamchiligiga uchragan bolalar nutqi o'ziga xosligi bilan boshqa nutq kamchiliklardan farq qiladi.

Etiopatogenetik nuqtai nazardan nutqi rivojlanmagan bolalar turli xildagi guruhlarni tashkil etadi. Ba'zi vaziyatlarda mazkur holat ko'pincha genetik tabiatga ega bo'lgan konstitusional xarakterga ega. Odatda bunday bolalardagi nuqsonning klinik manzarasi jiddiy psixopatologik belgilarga, ayniqsa psixoorganik belgilarga ega bo'lmaydi. Boshqa bir holatlarda zararlanish belgilari, ya'ni psixoorganik va boshqa psixopatologik belgilar yorqin namoyon boladi.

T.B.Filicheva nutqiy rivojlanishning IV darajasini ta'riflab bergan. Nutqiy rivojlanishning I darajasi - umum qo'llaniladigan nutqning mavjud emasligi, jumlali nutqning (nutqsiz bolalar) mavjud emasligi bilan tavsiflanadi. Mazkur darajadagi bolalar muloqot uchun sodda so'zlardan, tovushlarga bo'lgan taqlid, maishiy mazmundagi alohida ot va fe'llardan, sodda gap bo'laklaridan foydalanib, ularning tovush tarkibi noaniq va turg'un emas. Bola o'z "bayoni"ni mimika va imo-ishora bilan mustahkamlaydi. Mazkur bolalar uchun muloqot jarayonidagi nutqiy izlanishga bo'lgan katta tashabbuskorlik va o'z nutqiga bo'lgan tanqidiy munosabat xarakterli. Nutqiy rivojlanishning II darajasida - imo-ishora va sodda so'zlardan tashqari, buzilgan bo'lsada biroq doimiy umumqo'llaniladigan so'zlar paydo bo'ladi. Bir vaqtning o'zida ba'zi grammatik shakllar farqlana boradi. Biroq mazkur jarayon turg'un bo'lmagan xarakterga ega bo'lib, nutqning qo'pol rivojlanmaganligi mazkur bolalarda yorqin ifodalanadi. Bolalar bayonlari odatda kambag'al bo'lib, bola idrok etayotgan predmet va harakatlarni sanab o'tish bilan chegaralanadi. Maxsus korreksion ta'lim ta'sirida bolalar nutqiy rivojlanishning yangi III darajasiga o'tadilar. Mazkur daraja leksik-grammatik va fonetik-fonematik rivojlanmaganlik elementlariga ega bo'lgan keng jumlali nutqning mavjudligi bilan xarakterlanadi, bu esa bolalarning atrofdagilar bilan nutqiy muloqotini kengaytirish imkonini beradi.

Mazkur darajadagi bolalar atrofdagilar bilan muloqotga faqatgina ota-onalari, tarbiyachilar, ular nutqiga tegishli izohlarni kiritishga qodir kishilar ishtirokidagina kirishadilar.

Erkin muloqot juda murakkab kechadi. Bolalar to'g'ri talaffuz eta olgan tovushlar mustaqil nutqda yetarlicha aniq jaranglamaydi. Tovushlarning differensiatsiyalashmagan talaffuzi xarakterli bo'lib, bunda bir tovush bir vaqtning o'zida mazkur fonetik guruhga mansub ikki yoki bir necha tovushlar bilan almashtiriladi. Endilikda mazkur bosqichda bolalar nutqning barcha qismlaridan foydalanadilar, sodda grammatik shaklllarni to'g'ri qo'llaydilar, sodda yigMq va sodda yoyiq gaplarni qurishga harakat qiladilar.

Bolaning talaffuz imkoniyatlari, turli bo'gMn tizimiga ega so'zlarni takrorlash imkoniyatlari yaxshilanadi. Bolalar ularning hayotiy tajribalaridan yaxshi tanish

1Imomova Shahodat Mahmudovna - Shofirkon tuman 6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti logopedi (Buxoro, O'zbekiston).

2Bahodirova Gulchehra Bahodirovna - Shofirkon tuman 6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi (Buxoro, O'zbekiston).

Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)

bo'lgan predmetlar, harakat, belgilar, sifat va holatlarni nomlashda qiynalmaydilar. Ular o'z oilalari haqida onsonlikcha so'zlab bera oladilar, qisqa hikoyani tuza oladilar. Og'zaki nutqiy muloqotda bolalar ular uchun qiyin bo'lgan so'zlar va iboralarni chetlab o'tishga harakat qiladilar. Bolalar keng jumlali nutqdan foydalanishlariga qaramay ular o'zlarining normal nutqga ega tengdoshlariga qaraganda gaplarni mustaqi tuzishda katta qiyinchiliklarni sezadilar.

Nutqiy rivojlanishning III darajasiga ega bolalarda tovushlar talaffuzidagi barcha nuqsonlar kuzatiladi (sigmatizm, rotatsizm, lambdatsizm).

Logopedik ishlar davomida ko'pgina bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligini bartaraf etish imkoni mavjud, lekin ba'zi holatlarda mazkur jarayon yetarlicha samarali kechmagan, bu esa nutqiy rivojlanishning IV darajasini ajratishni talab etdi.

T.B.Filicheva nutqiy rivojlanishning IV darajasini quyidagicha ta'riflagan -nutqning leksik-grammatik va fonetik-fonematik rivojlanmaganligining yorqin tarzda ifodalanmagan elementlariga ega keng jumlali nutq.

Nutqi toliq rivojlanmagan bolalar uchun mo'ljallangan logopedik guruhlarga nutqning leksik-grammatik tomonlarining buzilishlariga ega, nutqiy rivojlanishning turli darajalariga ega bolalar qabul qilinadi.

Zamonaviy tadqiqot ma'lumotlarini umumlashtirish natijasida nutqiy dezontogenezning ba'zi umumiy va o'ziga xos qonuniyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Adabiyot manbalarini tahlil etar ekanmiz, nutqning rivojlanmaganligi so'zning tibbiy ma'nosida mustaqil nozologik birlikni ifodalamaydi degan xulosaga keldik Bu mexanizmi, belgisi, tizimi, og'irligiga ko'ra turli-tuman bo'lgan guruhlar yig'indisidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta- maxsus ta'lim muassasalari uchun darslik. T.:, "Istiqlol", 2006 y.

2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.

© Sh.M. Imomova, G.B. Bahodirova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.