YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)
BOLALARDA NUTQNING TOLIQ RIVOJLANMAGANLIGI
N.L. Boltayeva1, G.Q. Qamarova2
Maqolada bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligi to'g'risida ma'lumot berilgan.
Kalitso'zlar: nutq, nuqson, talaffu z, psixoorganik belgi, boshqa psixopatologik belgi.
Nutq — murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo'lib o'sishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo'lib, atrofdagilarga taqlid etish yo'li bilan rivojlanib boradi. Og'zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog'langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko'p jihatdan talaffuzga bog'liq. Bola nutqining o'sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina harakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o'z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so'zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So'z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega
Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so'zning o'zaro aloqada bo'lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi.
Nutqning birlamchi rivojlanmaganligi eshitish, intellekt nuqsonlari va boshqa tashqi omillar ta'siriga bog'liq bo'lmay, o'zining mustaqil kelib chiqishiga ega. Biroq, hozirga qadar umum qabul qilingan ta'rif mavjud bo'lmay, uning mohiyati va mexanizmi haqidagi tasavvurlar xilma-xil. Etiopatogenetik nuqtai nazardan nutqi rivojlanmagan bolalar turli xildagi guruhlarni tashkil etadi. Ba'zi vaziyatlarda mazkur holat ko'pincha genetik tabiatga ega bo'lgan konstitusional xarakterga ega. Odatda bunday bolalardagi nuqsonning klinik manzarasi jiddiy psixopatologik belgilarga, ayniqsa psixoorganik belgilarga ega bo'lmaydi. Boshqa bir holatlarda zararlanish belgilari, ya'ni psixoorganik va boshqa psixopatologik belgilar yorqin namoyon bo'ladi.
Nutqning toliq rivojlanmaganligi turli darajalarda namoyon bo'ladi. Nutqiy rivojlanishning I darajasi - umum qo'llaniladigan nutqning mavjud emasligi, jumlali nutqning (nutqsiz bolalar) mavjud emasligi bilan tavsiflanadi. Mazkur darajadagi bolalar muloqot uchun sodda so'zlardan, tovushlarga bo'lgan taqlid, maishiy mazmundagi alohida ot va fe'llardan, sodda gap bo'laklaridan foydalanib, ularning tovush tarkibi noaniq va turg'un emas. Bola o'z "bayoni"ni mimika va imo-ishora bilan mustahkamlaydi. Mazkur bolalar uchun muloqot jarayonidagi nutqiy izlanishga bo'lgan katta tashabbuskorlik va o'z nutqiga bo'lgan tanqidiy munosabat xarakterli. Nutqiy rivojlanishning II darajasida - imo-ishora va sodda so'zlardan tashqari, buzilgan bo'lsada biroq doimiy umumqo'llaniladigan so'zlar paydo bo'ladi. Bir vaqtning o'zida ba'zi grammatik shakllar farqlana boradi. Biroq mazkur jarayon turg'un bo'lmagan xarakterga ega bo'lib, nutqning qo'pol rivojlanmaganligi mazkur bolalarda yorqin ifodalanadi. Bolalar bayonlari odatda kambag'al bo'lib, bola idrok etayotgan predmet va harakatlarni sanab o'tish bilan chegaralanadi. Maxsus korreksion ta'lim ta'sirida bolalar nutqiy rivojlanishning yangi III darajasiga o'tadilar. Mazkur daraja leksik-grammatik va fonetik-fonematik rivojlanmaganlik elementlariga ega bo'lgan keng jumlali nutqning mavjudligi bilan xarakterlanadi, bu esa bolalarning atrofdagilar bilan nutqiy muloqotini kengaytirish imkonini beradi. Mazkur darajadagi bolalar atrofdagilar bilan muloqotga faqatgina ota-onalari, tarbiyachilar, ular nutqiga tegishli izohlarni kiritishga qodir kishilar ishtirokidagina kirishadilar.
Erkin muloqot juda murakkab kechadi. Bolalar to'g'ri talaffuz eta olgan tovushlar mustaqil nutqda yetarlicha aniq jaranglamaydi. Tovushlarning differensiatsiyalashmagan talaffuzi xarakterli bo'lib, bunda bir tovush bir vaqtning
1 Boltayeva Nafisa Latipovna - Shofirkon tuman 6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi (Buxoro, O'zbekiston).
2Qamarova Gullola Qosimovna - Shofirkon tuman 6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi (Buxoro, O'zbekiston).
Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
o'zida mazkur fonetik guruhga mansub ikki yoki bir necha tovushlar bilan almashtiriladi.
Bolaning talaffuz imkoniyatlari, turli bo'g'in tizimiga ega so'zlarni takrorlash imkoniyatlari yaxshilanadi. Bolalar ularning hayotiy tajribalaridan yaxshi tanish bo'lgan predmetlar, harakat, belgilar, sifat va holatlarni nomlashda qiynalmaydilar. Ular o'z oilalari haqida onsonlikcha so'zlab bera oladilar, qisqa hikoyani tuza oladilar. Og'zaki nutqiy muloqotda bolalar ular uchun qiyin bo'lgan so'zlar va iboralarni chetlab o'tishga harakat qiladilar. Bolalar keng jumlali nutqdan foydalanishlariga qaramay ular o'zlarining normal nutqga ega tengdoshlpariga qaraganda gaplarni mustaqi tuzishda katta qiyinchiliklarni sezadilar. Nutqiy rivojlanishning III darajasiga ega bolalarda tovushlar talaffuzidagi barcha nuqsonlar kuzatiladi (sigmatizm, rotatsizm, lambdatsizm).
Logopedik ishlar davomida ko'pgina bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligini bartaraf etish imkoni mavjud, lekin ba'zi holatlarda mazkur jarayon yetarlicha samarali kechmagan, bu esa nutqiy rivojlanishning IV darajasini ajratishni talab etdi. T.B.Filicheva nutqiy rivojlanishning IV darajasini quyidagicha ta'riflagan -nutqning leksik-grammatik va fonetik-fonematik rivojlanmaganligining yorqin tarzda ifodalanmagan elementlariga ega keng jumlali nutq.
Nutqi toliq rivojlanmagan bolalar uchun mo'ljallangan logopedik guruhlarga nutqning leksik-grammatik tomonlarining buzilishlariga ega, nutqiy rivojlanishning turli darajalariga ega bolalar qabul qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta- maxsus ta'lim muassasalari uchun darslik. T.:, "Istiqlol", 2006 y.
2. Dergunskaya V.A., Koshkina A.A., O'yinlar - maktabgacha tarbiyachilar bilan tajriba: O'quv-uslubiy yordam - Moskva, Ustoz ta'limi markazi, 2013 - 64 p.
3. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.
© N.L. Boltayeva, G.Q. Qamarova, 2022.