Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA XORIJIY TIL O‘RGATISH MUAMMOLARI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA XORIJIY TIL O‘RGATISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
312
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„quv faoliyati / verballik / faoliyat / neyrofiziologik sabablar / o„quv masalalari / bilim olish / motiv. / learning activity / verbal / activity / neurophysiological causes / learning problems / learning / motive.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayyora Nabijon Qizi Xamidova, Sherzod Vahobjonovich Usmanov, Kibrio Ergashevna Burieva

Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishida ta‟limning ta‟sirida jiddiy o„zgarishlar yuz berishining va bu ularning o„zlarini anglashda duch keladigan ayrim masalalari yoritilgan va xorijiy tillarni o „rganishda duch keladigan ayrim muammolar va ularni hal qilish uchun ayrim uslubiy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN YOUNG SCHOOL-AGE CHILDREN

The article describes the significant changes in the impact of education on the mental development of young school-age children, and some of the problems they face in understanding themselves, and some problems they face in learning foreign languages and some methodological recommendations for solving them.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA XORIJIY TIL O‘RGATISH MUAMMOLARI»

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA XORIJIY TIL O'RGATISH MUAMMOLARI

Sayyora Nabijon qizi Xamidova

Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti "Pedagogika vapsixologiya"fakulteti magistranti. sayyoraxamidova1993@gmail. com

Sherzod Vahobjonovich Usmanov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya" fakulteti magistranti usmonovs404@gmail. com

Kibrio Ergashevna Burieva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya" fakulteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishida ta'limning ta'sirida jiddiy o'zgarishlar yuz berishining va bu ularning o'zlarini anglashda duch keladigan ayrim masalalari yoritilgan va xorijiy tillarni o „rganishda duch keladigan ayrim muammolar va ularni hal qilish uchun ayrim uslubiy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlari: o'quv faoliyati, verballik, faoliyat, neyrofiziologik sabablar, o'quv masalalari, bilim olish, motiv.

PROBLEMS OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN YOUNG SCHOOL-AGE CHILDREN

ABSTRACT

The article describes the significant changes in the impact of education on the mental development of young school-age children, and some of the problems they face in understanding themselves, and some problems they face in learning foreign languages and some methodological recommendations for solving them.

Keywords: learning activity, verbal, activity, neurophysiological causes, learning problems, learning, motive.

KIRISH

Hozirgi kunda dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o'z ona tilidan tashqari yana bir necha boshqa xorijiy tillarni o'rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi kunda tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash yaxshi samara berishini ko'rsatmoqda. Yurtimizda ham ushbu masalaga jiddiy e'tibor qaratilmoqda, xorijiy tillarni o'qitishda xususan ingliz tilini o'qitishda dunyoning yetakchi tashkilot va universitetlar hamkorligida yangicha yondashuv asosida dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu maqolada chet tillarini xususan, ingliz tilini k ichik maktab yoshidagi bolalarga o'rgatish yuzasidan fikrlar yoritilgan.

Har qanday bola alohida shaxs individ hisoblanadi, tabiiyki ulardagi rivojlanish bosqichlari ham bir biridan farq qiladi. Psixologlarning fikricha bolani erta yoshdan gapirishga majbur qilish yoki uni tengdoshlariga qiyoslab rivojlantirishga harakat qilish ko'p hollarda aks ta'sirini beradi va yaxshi bo'lmagan natijalarga olib keladi. Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o'rgatishda psixologo-pedagogik xususiyatlarni, ya'ni ularning qiziquvchanliklarini va serhafsalaliklarini inobatga olish lozim. Shuningdek, bolalar uzoq muddat davomida o'z diqqatlarini bir turdagi faoliyatga qarata olmasliklarini yodda tutish zarur. Ota-ona o'z farzandini har tomonlama yetuk bo'lishini istaydi va ko'p xollarda bolaning psixologik va fiziologik tayyorligini xisobga olmasdan unga turli fanlardan yuklamalar berishga, til o'rgatishga yoki sport mashg'ulotlariga jalb qilishga xarakat qiladilar. Aksar xolatlarda ota-onalar kutilgan natijaga erisha olmagach, bolaga tanbeh berish yoki tengdoshlariga qiyoslash orqali bolaga ta'sir o'tkazishga xarakat qiladilar. Ammo bu ikki urinish ham bolaning o'rganishga bo'lgan rag'batini susaytiradi va atrofdagi narsalarga bo'lgan qiziqishini so'nishiga sababchi bo'lib qoladi. Bunday ko' ngilsiz holatlarni oldini olishda ota-ona va ustozlarning roli beqiyosdir. Bolaning erkin fikrlashga o'rgatish, undagi qiziquvchanlikni va atrofni o'rganishga bo'lgan rag'batni kuchaytirish, bolaning tasavvurini boyitish, ijodkorligini yuzaga chiqarishni eng oson va maqbul yo'li bu o'yindir. Bolalar o'ynashganda ular o'z g'oyalarini amaliyotga tatbiq qiladilar, farazlarni sinovdan o'tkazadilar, zaruriy ko'nikmalarni egallaydilar, o'z tasavvurlaridan foydalanishadi va o'zlarining dunyolarini kashf etishadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyati bo'lgan o'qish shu yoshdagi bolalar psixikasi rivojidagi o'zgarishlarni belgilab beradi. Maktab ta'limi o'quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o'rnini o'zgartiradi. Uning vazifasi o'qishdan, bilim olish, ko'nikma va malakalarni egallash, o'zlashtirishdan iborat bo'lib qoladi.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning o'quv faoliyatlari murakkab bo'lgan ko'p darajali motivlar tizimi bilan boshqariladi. O'quv faoliyati motivlari o'quvchilar

nima uchun o'qiyotganlarini ko'rsatib beradi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu motivlar atrofdagilar orasida yangi mavqeni egallash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan va baholaniladigan faoliyat bilan bog'liq bo'lgan motivlardir.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Maktabga birinchi bor kelgan bola o'z faoliyatining tub mohiyati va vazifasini to'la tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb biladi. Kattalarning ko'rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg'ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o'z ahamiyatini yo'qota boradi va bola o'qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Bu holatda bola aqliy mehnat ko'nikmasiga ega bo'lmasa uning o'qishdan ko'ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi, o'qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta'limning o'yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma'lumotlar berishi, amalda ko'rsatib isbotlab berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak.

O'g'il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o'zgarishlarda farqlanish mavjud bo'lib, qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o'g'il bolalardan oldinga o'tib oladilar. Qiz bolalarning maktabdagi o'qish muvaffaqiyati samaradorligi ularda lingvistik qobiliyatlarining rivojlanganligiga bog'liq hisoblanadi. Maktab ta'limi esa ko'proq verballikka asoslangan. Professor B.R.Qodirov tadqiqotlarida ta'kidlanishicha, o'g'il bolalarda aniq fanlarga nisbatan layoqatlar ko'proq rivojlangan bo'lib, ko'rish-fazoviy intellekt baland hisoblansa, qiz bolalarda nutq malakalari ko'proq rivojlangan bo'lib, tafakkur egiluvchanligi balandbo'ladi.

Birinchi sinfning oxirlariga borib ko'pchilik o'quvchilar o'z maktab majburiyatlariga ma'suliyatsizlik bilan qaray boshlaydilar. Bu bir qancha sabablar bilan bog'liq. 1) Bola endi o'quvchi bo'ldi, o'quvchi bo'lish istagi qondirildi. Bu maqomni ushlab turish uchun hech narsa qilmasa ham bo'ladi. 2) O'quvchining ijtimoiy mavqei maktabda ularga beriladigan o'quv faoliyati mazmuni bilan belgilanmaydi. Bu holat boshlang'ich sinf o'qituvchisidan ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha usullarda yondashish zaruriyatini taqazo etadi.

Boshlang'ich sinf ta'limi mazmuni o'quvchining bilimlarni egallashga qiziqishi, o'z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog'liqdir. Bu his o'qituvchining rag'batlantirishi bilan yuzaga keladi va o'quvchida samaraliroq ishlash mayli, istak va ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada paydo bo'lgan faxrlanish, o'z kuchiga ishonch hislari bilimlarni

o'zlashtirish va malakalarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o'qitish jarayoni, o'quv faoliyatining asosiy komponetlari: o'quv masalalari, o'quv vaziyatlari, o'quv harakatlari, nazorat qilish va

baholash bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay b o'lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. O'quvchining o'quv faoliyatini o'zlashtirishi o'quv masalalari tizimini yechish jarayonida amalga oshiriladi O'qishning boshida kichik maktab yoshidagi o'quvchilar mustaqil ravishda o'quv masalalarini qo'yish va yechishni bilmaydilar. Bu vazifani boshida o'qituvchi bajaradi. Asta-sekinlik bilan o'quvchilarning o'zlari ham o'quv masalalarini qo'yish va yechish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalarni egallay boshlaydilar. Bu mustaqil o'quv faoliyati shakllanishining muhim bosqichidir. O'quv masalalarini ajratib olish boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ma'lum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham har bir darsning so'ngida o'qituvchi o'quvchilari aniq bir topshiriqlarni bajarishning ma'nosini qanday tushunganliklarini aniqlash uchun vaqt ajratishi kerak. "Biz bugun darsda nimalarni o'rgandik?" tarzidagi savol bolalarga shunchaki daftarda chiziqchalarni chizib, doirachalarni bo'yashni emas, balki sanashni, qo'shishni yoki ayirishni o'rganganlarini tushunishlarida yordam beradi. Agar bola o'quv harakatlarini noto'g'ri bajarsa, bu uning o'quv harakatlarini nazorat va baholash bilan bog'liq harakatlarni bilmasligi yoki ularni yaxshi egallamaganligidan dalolat beradi. Bolaning mustaqil ravishda bajargan harakatlari natijalarinini o'z xatti-harakatlarining xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o'z-o'zini nazorat etish layoqati ma'lum darajada shakllanganidan dalolat beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza yuritishning va bu uslubdan o'quv jarayonida foydalanishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o'z yechimini asoslab berish aqliy sifatlarni o'sishiga xizmat qilib, kishi o'z mulohazalari va xatti-harakatini tahlil etishi va anglashini rivojlantiradi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda aqliy va o'quv materialini o'zlashtirish imkoniyatlari ancha yuqori hisoblanadi. To'g'ri tashkil etilgan ta'limda bu yoshdagi bolalar o'rta maktab dasturida ko'rsatilgan bilimlarga nisbatan ko'proq bilimlarni tushunishlari va o'zlashtirishlari mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar o'quv faoliyatining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, shu davrdan boshlab o'quv materialini o'zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko'zga tashlanadi.

Kichik maktab yoshida past o'zlashtirish sabablari va o'qishidagi qiyinchiliklar quyidagilar bilan bog'liqdir:

1 ) neyrofiziologik sabablar;

2) bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi;

3) erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi;

4) motivatsion sohalarining yetarli rivojlanmaganligi;

5) oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar;

6) maktab ta'limi va tarbiyasidagi kamchiliklar;

7) o'zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar;

8) shaxs xususiyatlaridagi og'ishishlar.

Kichik maktab yoshidagi bolalar o'qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha shaxsiy, bilish, motivatsion, hissiy va irodaviy sohalarida aks etadi. Bu qiyinchiliklar o'zaro bir-biri bilan bog'liq. Bir qiyinchilikni bartaraf etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari boshlang'ich sinflarda xorijiy tilida nutqni tinglab tushunishdagi quyidagi qiyinchiliklar mavjud:

1. Tilga oid shakliy qiyinchiliklar. Ma'nosi har xil, tovush shakli esa o'xshash so'zlarni (omofonlarni) yoki chet til fe'lining majhul darajasini tinglash va tushunish murakkablik kasb etadi. Omofon va majhul fe'l bir qarashda tanishga o'xshaydi, biroq audiotekstning mazmunini payqashda xiyla qiyinchilik vijudga keltiradi.

2. Mazmunga doir qiyinchiliklar. Olinayotgan axborot qamrovidagi nima, qaerda, kim bilan, qachon bo'lishi kabi dalillarni idrok etish bobida yoki ular orasidagi bog'lanishni ilg'ab olish, shuningdek, umumiy g'oyaga taalluqli qiyinchiliklar mavjuddir.

3.Nutqiy idrok qilishning shart-sharoitidagi qiyinchiliklar. Bulardan nutq tezligi, ohangi va mexanik yozilgan audiotekstning murakkabligini eslatish kifoya. Shu bilan birga audiotekstni bir marta idrok etish, notanish odamni tinglash, ovozdagi o'ziga xoslik kabilar ham tushunishda g'ov bo'lishi tabiiy.

4. Nutq shakliga oid qiyinchiliklar. Dialog nutqda javob qaytarish, monologni tinglashda esa uzun jumlalarni eshitish xotirasida saqlash o'quvchi uchun muayyan qiyinchilik keltirib chiqaradi.

5. Tilshunoslik nuqtai nazaridan sodir bo'ladigan qiyinchiliklar. Ularni lisoniy — leksik, grammatik va fonetik qiyinchilik deb ataladi. Leksikada juft tushunchalar (mas. dunyo tomonlarini ifodalovchi so'zlar), ko'p ma'nolilik (polisemiya), turg'un birikmalardagi so'z ma'nosi, yordamchi so'zlar, grammatik jihatdan ona tilida yo'q hodisalar yoki fonetik tarafdan so'zning yozuvda va talaffuzda keskin tafovuti, urg'u va ohangning o'xshamasligi tegishli qiyinchiliklarga sabab bo'ladi.

6. Audiomatn tuzilishiga oid qiyinchiliklar. Audiotekstning tuzilishi (kompozitsion-mazmuniy strukturasi) ham qiyinchiliklarga olib kelishi aniqlangan. Chunki bayon etilayotgan axborotni ilg'ab olishga uning bevosita daxli bor. Gapning yoki abzasning bir-biriga mantiqan «yopishishi», kontekstning og'zaki yoki chuqurligi, notanish leksik birliklar ishtiroki va qator o'xshash kompoziksion-mazmuniy holatlar audiotekstning tushunilish darajasini belgilovchi omillardir.

Tovush-harf munosabatiga oid qiyinchiliklar

• tovush bilan harf miqdorining mos kelmasligi (chet tilda bir tovushga ikkita (digraf) va uch (ba'zan undan ham ko'p) harf to'g'ri keladi, ona tilida, «ng»dan tashqari, bu hodisa yo'q);

• harfning turlicha o'qilishi. Chet tildagi undosh (mas. «s») o'rniga qarab, har xil tovushni ifodalaydi;

• harflarning bir nechasi bitta tovushni ifodalashi (mas. (k) tovushini s, k, q harflari orqali belgilanishi);

• ba'zi harflar chet tilda o'qilmaydi (shartli «soqov» harf deyiladi).

Imloni o'rgatish mezonlari 1. Fonetik mezon: so'z yozilishi ifodalayotgan tovushga mos keladi (ing. ren; isp. dama; nem. kurz; fr. trou);

2. Morfologik mezon: fonetik holatiga qaramay suzning ma'no ifodalovchi qismi (old qo'shimcha, o'zak, so'ffiks) yozilishida o'zgarishsiz qoladi (mas. nem. Nand so'zida oxirgi harf (t) o'qilsa-da, yozilishi o'zgarmaydi);

3. An'anaviy (tarixiy) mezon: fonetik va morfologik imlo qoidasiga buysunmaydi, tarixan qabul qilingan tarzda yozilaveradi (ingl. door; nem. vier; fr. aube);

4. Ideografiya mezoni: aytilishda bir xil (omofon) so'zlar yozilishda o'zgacha qiyofaga ega boladi (ing. here— hear; nem. Satie—Seite; fr. tant— temps).

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida xorijiy til o'rganish faoliyatining hamma elementlari shakllantirilganligi va mustaqil bajara olinishi yetakchi faoliyat sifatidagi o'qish o'z vazifasini bajarganligini anglatadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning xorijiy til o'rganish faoliyati o'z tarkibiga quyidagilarni kiritadi:

- masalalar yechimlarining umumiy yo'llarini mustaqil ravishda topish ko'nikmalari:

-o'quv vazifalarini ajrata olish topish va o'zlashtirish;

-o'zini va o'zfaoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qila olish;

-faoliyatda o'zini-o'zi boshqara olish;

- mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish;

-umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foydalana olish;

-yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bo'lish.

Lekin afsuski maktab amaliyotida aksariyat hollarda birinchi o'ringa kichik maktab yoshidagi bolalarni xorijiy tildan foydalanish amaliy ko'nikmalarga, o'qish, yozish, sanash malakalariga o'rgatish muammosi turadi. Shuning uchun xorijiy tilni o'rgatishda amaliy o'yin texnologiyalaridan foydalanish, dars samaradorligini oshiradi.

Bolalarning maktabda qanday o'qishi, yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko'p jihatdan oila muxuti, mahalla e'tibori hamda maktabgacha ta'lim muassasasidagi tarbiyaga bog'liq. Maqolada berilgan ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha axborotning 70 foizini yoshlik davrida olishi aynan bola shaxsining rivojlanishida nechog'li muhimligidan dalolat beradi.

Demak aynan bolalarning ilk yoshida organgan bilimi ajdodlarimiz aytganidek "toshga bitilishi " bejiz emas ekan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan xolda xorijiy tillarni ham bolalarga erta yoshida o'rgatish til ko'nikma va malakalarining oson o'zlashtirishiga sabab bo'lar ekan. Ayniqsa ushbu bilim, ko'nikma, malakalar turli o'yin va ta'limiy faoliyatlar orqlali singdirib borilsa, bola xoirijiy tillarni o'z ona tilisi kabi tabiiy tarzda rivojlantirib boradi. Ta'limiy o'yinlar bolada nafaqat bilim ko'nikma, malakalarni shakllantiradi balki shu bilan birga u bolani jismonan sog'lom rivojlanishini ta'minlaydi, ruhan tetiklashtiradi, o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi hamda atrofdagilar bilan ijtmoiy munosabatlarni shakllantirishga katta ko'mak beradi.

XULOSA

Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang'ich sinf o'quv faoliyatining asosiy vazifasi - bu o'quvchilarni "o'qish" ga, bilim olishga o'rgatishdir. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishida ta'limning ta'sirida jiddiy o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar ularni hayotlarining ma'suliyatli davri bo'lmish o'smirlik davriga o'tish uchun tayyorlaydi.

REFERENCES

1. Avlaev, O. U. (2020). THE ROLE OF SOCIAL INTELLIGENCE IN PERSONAL DEVELOPMENT. In Association with Novateur Publication India's A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 692-698.

2. Djuraeva, S. N. (2018). Specifity and Features of Application Modern Innovative Technologies Training to Higher Education. Eastern European Scientific Journal, 4, 136-139.

3. Jorayeva, O. N., & Juraeva, S. N. (2020). STRATEGIES FOR USING ALTERNATIVE ASSESSMENT METHODS IN LANGUAGE AND LITERATURE CLASSES. International Journal of Innovations in Engineering,Research and Technology (IJIERT), 141-146.

4. Jo'rayeva, S. N., & Jumayev, S. Q. (2021). PSIXOLOGLARNING ETIKET TAMOYILLARI. O „zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti axborotnomasi, 7(13), 95-101.

5. JO'RAYEVA, S., & SHAMSHETOVA, A. (2021). KURSANTLARDA KASBIY KOMPETENTLIK VA KREATIVLIKNI SHAKLLLANTIRISH MEXANIZMLARI. "XALQ TA 'LIMI" ilmiy-metodik jurnali, 6, 52-54.

6. JO'RAYEVA, S., TURSUNOV, B., & JUMAYEV, S. (2021). ZAMONAVIY TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOG IMIJINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI. "XALQ TA 'LIMI" ilmiy-metodik jurnali, 6, 14-16.

7. JUREVA, S. N., & MAMARADJABOVA, B. A. (2020). THE DEGREE TO WHICH A PERSON FEELS HAPPY IN THE FAMILY. JOURNAL OF CRITICAL REVIEWS, 7(5), 1873-1875.

8. Zhu'raeva, S. N. (2020). INTERPRETATION OF IMAGE IN MODERN SCIENTIFIC RESEARCH. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 8(11), 257-267.

9. Авлаев, О. У. (2021). ТАЛАБА ЁШЛАР КАМОЛОТИДА МАСЪУЛИЯТНИНГ УРНИ. Eurasian Education, Science and Innovation Journal, 5, 67-72.

10. Авлаев, О. У. (2021). ТАЛАБАЛАР КАМОЛОТИДА ИЖТИМОИЙ ИНТЕЛЛЕКТНИНГ ГЕНДЕР ФАР^ЛАРИ. "PSIXOLOGIYA " ILMIY JURNAL, 3441.

11. Авлаев, О. У. (2021). ДАРБИЙ ТАЪЛИМИ ТИЗИМИДА КАСБИЙ ДАРАКАТ КУНИКМАЛАРИНИ УРГАТИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ. PSIXOLOGIK XIZMAT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to'plami, 87-90.

12. Жураева, С. Н., Турсунов, Б. С., & ^аландарова, Г. (2021). ОИЛАДА ТУРЛИ МАНИПУЛЯЦИЯ ДОЛАТЛАРИНИНГ НАМОЁН БУЛИШИ. ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯДА ИННОВАЦИЯЛАР, 4(4), 62-66.

13. Рашидов, А. А., & Жураева, С. Н. (2021). ЧЕТ ТИЛИДА НУЩНИ ТИНГЛАБ ТУШУНИШДАГИ ^ИЙИНЧИЛИКЛАР. HARBIY YETAKCHINING SHAKLLANISHIDA XORIJIY TILLARNI BILISHNING ROLI" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 10-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.