Научная статья на тему 'NUTQ KAMCHILIGIGA EGA 2-3 SINF O‘QUVCHILARINI O‘QISH MALAKASINI TEKSHIRISH'

NUTQ KAMCHILIGIGA EGA 2-3 SINF O‘QUVCHILARINI O‘QISH MALAKASINI TEKSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
54
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
nutq kamchiligiga ega o‘quvchilar / diagnostika / korreksiya / harf / tovush / shaxsiy sifatlar / nutqiy faoliyat / o‘qish texnikasi / savodxonlik / anamnez / eksperiment.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Niyozova Lutfiya Xudayberganovna, Baxadirova Zulfizar Azimbayevna

Maqolada o‘qish malakasining rivojlanmaganligi bo‘yicha olimlarning fikrlari, nutq kamchiligiga ega o‘quvchilarni o‘qish malakasini tekshirish usullari, ularni savodga o‘rgatish va nutqini tekshirish jarayonida qo‘llanilgan topshiriqlarning afzalliklari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan o‘qish malakasini tekshirish natijalari va tahlili ko‘rib chiqilgan, raqamli jadvallarda aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NUTQ KAMCHILIGIGA EGA 2-3 SINF O‘QUVCHILARINI O‘QISH MALAKASINI TEKSHIRISH»

NUTQ KAMCHILIGIGA EGA 2-3 SINF O'QUVCHILARINI O'QISH MALAKASINI

TEKSHIRISH

1Niyozova Lutfiya Xudayberganovna 2Baxadirova Zulfizar Azimbayevna

1Chirchiq shahar 11-umumiy o'rta ta'lim maktabi logopedi 2T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi, Xalqaro Nordik universiteti mustaqil tadqiqotchisi, pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10115198

Annotatsiya. Maqolada o'qish malakasining rivojlanmaganligi bo'yicha olimlarning fikrlari, nutq kamchiligiga ega o'quvchilarni o'qish malakasini tekshirish usullari, ularni savodga o'rgatish va nutqini tekshirish jarayonida qo'llanilgan topshiriqlarning afzalliklari, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'tkazilgan o'qish malakasini tekshirish natijalari va tahlili ko'rib chiqilgan, raqamli jadvallarda aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: nutq kamchiligiga ega o'quvchilar, diagnostika, korreksiya, harf, tovush, shaxsiy sifatlar, nutqiy faoliyat, o'qish texnikasi, savodxonlik, anamnez, eksperiment.

Аннотация. В статье рассматриваются методы тестирования навыков чтения для учащихся с речевыми нарушениями; проблемы обучения грамоте учащихся с речевым недоразвитиями; преимущества заданий, исползуемых в протсессе проверки речи учащихся мнения ученых о недоразвитии навыков чтения, методы проверки навыков чтения учащихся с нарушениями речи; преимущества заданий, исползуемых в протсессе проверки речи учащихся с нарушениями речи, требования к подготовленности в области образования в обучение учащихся родному языку и грамоте чтения.

Ключевые слова: учащиеся с нарушением речи, диагностика, коррекция, буква, звук, личностные качества, речевая деятельность, техника чтения, грамотность, анамнез, эксперимент.

Disleksiyani bartaraf etishda topshiriqlarni to'g'ri tanlash uchun asosiy vazifa bu bolaning barcha shaxsiy sifatlarida namoyon bo'luvchi nutqiy qobiliyatini inobatga olgan holda nutqiy faoliyatini to'g'ri tashxislash muhim ahamiyatga. "Boshlang'ich ta'lim bo'yicha yangi tahrirdagi Davlat ta'lim standarti"ga ko'ra boshlang'ich ta'lim bosqichida o'quvchilarning ona tili va o'qish savodxonligi ta'limi sohasi bo'yicha tayyorlik darajasiga qo'yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi:

a) o'qish texnikasi;

b) o'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash;

v) fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.

O'qish texnikasi bolaning savodxonlik, yozma nutq belgilarini talaffuzda ifodalash ko'nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o'quvchining notanish bo'lgan matnni ifodali o'qiy olish ko'nikmasi aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko'rsatkich sifatida ifodali o'qish tezligi, ya'ni berilgan matndan bir daqiqada nechta so'z o'qiy olish ko'rsatkichi belgilangan. Sinfdan-sinfga o'tishda, miqdoriy ko'rsatkichdagi belgilar soni oshishi bilan birga, berilgan matnni o'qishdagi talablar ham bolaning yoshiga monand ravishda ortib boradi [1,6 b.].

Nutq buzilishiga ega bolalarga savod o'rgatishning turli davrlarida disleksiyaning turlari -xotira, fazoviy tasavvur, optik xarakterdagi qiyinchiliklar kuzatiladi. Shu bilan bunday bolalarda lug'atning boy emasligi, so'z o'zgartirish jarayonining zaif rivojlanganligi, gap va matnning tuzilishini o'zlashtirishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bularning barchasi o'quvchining o'qish

malakalari shakllanishining texnik tomoniga ta'sir etib, o'qish texnikasini o'zlashtirish jarayonining uzoq muddatga cho'zilishiga olib keladi hamda uzluksiz holda bog'langan o'qigan so'zini, so'z birikmalarini, gaplarni, matnni tushunishida aks etadi. Shuning uchun bunday bolalarda diagnostika hamda korreksiya ishlari bir vaqtning o'zida bir necha yo'nalishda olib boriladi [1, 21 b.]. Bu ishni olib borishdan avval logoped bolaning nutqini tekshirishi, bolaning umumiy rivojlanishi haqidagi anamnezni yig'ishi lozim. Shu bilan birga o'quvchining ilk o'qish va yozuv malakalari o'rganiladi. Anamnezni to'plash jarayonida bolaning ilk nutqiy malakalarini anglaganligiga e'tibor qaratiladi, chunki bular keyingi bosqichda o'qish malakalariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Anamnezni to'plashda ota-onalarga beriladigan anketa savollari quyidagilardan iborat:

1. Siz farzandingizni o'qishga tayyorgarlik jarayonini necha yoshdan boshlagansiz? (1 yoshgacha davrdagi bola bilan muloqot: kichik she'rlarni o'rgatish, sanoqlarni o'rganish, nutq va harakat birligi, rasmlarni kuzatish, kitob o'qish, teleko'rsatuvlarni ko'rish, uydagi jihozlar haqidagi savollarga javob berish.)

2. Bolaning yoqtirgan she'ri, qo'shig'i, kitobi bormi (yoqtirgan kitobiga tez-tez qaytadimi, o'zi mustaqil ko'rib chiqadimi, yoki kattalar ko'magidan foydalanadimi)?

3. Bola ko'proq nimani yoqtiradi - kitob, kino, multfilm ko'rishnimi yoki ertak, hikoya, she'r tinglashnimi?

4. Ota-onalar bola bilan ko'rgani (kitob, rasm, filmlar) va eshitganlari (ertak, hikoya) haqida suhbat o'tkazishadimi?

5. Bolada o'qishga bo'lgan qiziqish necha yoshda paydo bo'lgan, kattalardek o'qishga taqlid jarayoni kuzatilganmi?

6. Bola maktabgacha davri qanday o'tgan MTTga borganmi, savodga o'rgatilganmi, kim tomonidan va qancha muddat davomida?

7. Maktabga kelgan vaqtida o'qishni bilganmi?

8. Bolaning somatik holati (kasal bo'lish davri va muntazamligi).

9. Birinchi sinfning birinchi ikki oyligi davrida va o'quv yili davrida necha soat dars qoldirgan.

Bolaning ilk rivojlanish davri to'g'risidagi to'plangan ma'lumotlar asosida mutaxassis bolaning nutqiy imkoniyatlari, nutqiy holati hamda bolaga tegishli ko'rgazmalarni tanlash bo'yicha xulosaga ega bo'ladi (ko'rgazmadan, AKTdan og'zaki va hokazo). Bolaning o'qishga qiziqish davri uning ruhiy holatining tayyorligini baholaydi. Bola katta bo'lgan muhit uy - buva, buvi, ota-ona; maxsus MTT (maktabgacha ta'lim tashkiloti), yoki MTT ekanligi mutaxassisga bolaning nutqiga ta'sir ko'rsatgan omillar haqida tassavurni beradi. Bolaning somatik holatini inobatga olgan holda mutaxassis bola bilan korreksion rivojlantiruvchi ishni tashkil etadi va o'quvchining o'qish malakalarini tekshirishga o'tadi.

Shartli ravishda diagnostik-korreksion ish rejalashtiruvchi va tashkillashtiruvchi bosqichlarni qamrab oladi. Birinchi davrda bular ikki bosqichda tavsiya etiladi [1, 6]. Birinchi suhbat va muloqot jarayoni o'ta muhim sanaladi, shuning uchun tekshirish jarayonida topshiriqni tushuntirib, namuna shaklidagi javoblar bilan ko'maklashib, xushmuomalalik bilan yondashib, bolani keyingi jarayonlarga jalb etish nazarda tutiladi. Birinchi qadamlardan boshlab bolaning qabul qilish, topshiriqni oxiriga yetkazish holatlari o'rganiladi.

Yuqoridagi ko'rsatmalarni inobatga olgan holda tajriba-sinov ishlarini 2023-yil sentabrda Andijon shahrining 30-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-sinflarining 89 nafar o'quvchilari,

3-sinf o'quvchilarining 49 nafar o'quvchilari, hamda 35-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-sinflarining 150 nafar o'quvchilari va 3-sinflarining 100 nafar o'quvchilarining o'qish texnikasini tekshirdik. Shu bilan birga 30-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6 nafar boshlang'ich sinf o'qituvchilari, 35-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10 nafar boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilan anketa so'rovnomalari o'tkazildi. Diagnostika jarayoni darsdan tashqari soatlarda yoki darslar orasidagi tanaffuslarda individual ravishda o'tkazildi. Ish paytida hech qanday qiyinchiliklar bo'lmadi. Bolalar bajonidil aloqa o'rnatdilar, osongina muloqotga kirishdilar.

O'qish texnikasini tekshirish jarayonida o'quvchilarning bo'g'inlarni, so'zlarni va matnlarni o'qishlari, matnni tushunish darajasi DTS asosida tekshirildi va 4 balli tizimda baholandi. DTS ga ko'ra 2-sinf o'quvchisi bir daqiqada 35-40 ta so'zni o'qishi, 3-sinf o'quvchisi esa bir daqiqada 45-50 ta so'z o'qiy olishi lozim [3, B.47 ].

Tadqiqot jarayonida o'quvchilarda disleksiyani erta aniqlash, o'qish malakalarini o'zlashtirish psixologiyasi va kichik maktab yoshidagi bolalarda bu jarayonning afzalliklari inobatga olindi. O'qishda bola ruxiyatining turli mexanizmlari ishtirok etadi. O'qish jarayonida ko'ruv diqqati va harflarni tanish va farqlash orqali amalga oshiriladi. Buning asosida esa harfning tovush orqali ifodalanishi, shu orqali so'zning tovushlardagi talaffuzi va o'qish jarayoni amalga oshiriladi. Yakuniy jarayon so'zning tovushli shakli orqali mazmuni va o'quvchining o'qiganini tushunishiga erishiladi.

Tekshirish natijalari bo'yicha 89 nafar o'quvchidan 12 nafar o'quvchi vazifalarni bajarish jarayonida yuqori ko'rsatkichlarni ko'rsata oldi, 46 nafar o'quvchi vazifalarni bajarishda ko'pgina xatolarga yo'l qo'yib past ko'rsatkichni ko'rsatdilar. O'quvchilardagi barcha nutqiy kamchiliklar turli darajalarda ifodalandi 22 nafar o'quvchilarda nutqning to'liq rivojlanmaganligi 3-darajasi, 19 nafar o'quvchida fonetik-fonematik nutqning rivojlanmaganligi, ko'pchilik o'quvchilarda bog'langan nutqning rivojlanmaganligi aniqlandi. Tekshirish natijalarini tahlil qilish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarida disleksiya tez-tez uchraydigan holat ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijasida o'quvchilarning fonematik eshituv qobiliyati, artikulyatsion motorika, so'z hosil qilish, so'zning tovush-bo'g'inli tarkibi jarayoni shakllanishining o'ziga xos xususiyatlarini aniqladik. Berilgan topshiriqlarni oson bajara olgan o'quvchilardan farqli ravishda og'zaki nutqi rivojlanmagan o'quvchilar ko'pgina xatolarga yo'l qo'ydilar, savollarga javob berishda, so'zlarning, gaplarning talaffuzida qiynaldilar. O'qish buzilishi bo'lgan bolalarda me'yorda rivojlanayotgan o'quvchilardan farqli ravishda o'qish jarayoni shakllanishining o'ziga xos xususiyatlari, o'qish tezligining sekin shakllanishi, o'qishni tushunishning buzilishi kiradi. O'qishning buzilishi boshlang'ich sinf o'quvchilari tomonidan to'g'ri, ifodali va mazmunli o'qish ko'nikmalarini o'zlashtirishga ta'sir qiladi.

Olingan ma'lumotlardan o'quvchilarda o'qish malakalari past ko'rsatkichda ekanligi aniqlandi. O'qishning buzilishi kichik yoshdagi o'quvchilar tomonidan to'g'ri, ifodali va mazmunli o'qish ko'nikmalarini o'zlashtirishga ta'sir qiladi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida biz ilgari surgan gipoteza tasdiqlandi. O'qish jarayonining buzilishi mexanizmlarini hisobga olgan holda tanlangan diagnostika ishlari boshlang'ich maktab o'quvchilarida disleksiyani aniqlashga yordam berdi. Olingan tekshirish natijalari tadqiqotning keyingi bosqichidagi ishlar ko'lamini belgilaydi, rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda yo'nalish belgilashga xizmat qiladi.

Volkova L.S. "disleksiya - bu yuqori aqliy funksiyalarning shakllanishining (buzilishi) yo'qligi va takroriy doimiy xatolarda namoyon bo'lishi natijasida o'qish jarayonining qisman o'ziga xos buzilishi" [4, B. 14] deb ta'rif bergan. Shunday ekan biz o'quvchining yuqori aqliy

funksiyalarini shakllantirishga doir mashqlardan samarali ravishda foydalanishimiz korreksion ish mazmunini belgilab beradi. Hozirgi kunda ijtimoiy muhit bola rivojlanishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Axborot-kommunikatsiya vositalarining rivojlanganligi, insonlarning ularga ruju qo'yishi, bolalarning virtual hayotga kirib ketishi va harakatli o'yinlarni o'ynamayotganligi aqliy funksiyalarning shakllanishiga to'sqinlik qilmoqda. Biz o'tkazgan tekshiruv va so'rovnomalarda juda past va past ko'rsatkichni ko'rsatgan o'quchilarda aniqlangan bo'shliqlardan kelib chiqqan holda, korreksion rivojlantiruvchi ta'limga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqish lozim.

REFERENCES

1. Иваненко С.Ф. Формирования навыков чтения у детей при тяжёлых нарушениях чтения 1987.

2. "Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar diagnostikasi" - Т.: Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, 2019.

3. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standarti. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi. - Т. - B. 47.

4. Волкова Л.С. Нарушения письменной речи: Дислексия.Дисграфия. 2013. 68 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.