Научная статья на тему 'Logopediyada duduqlanishni bartaraf etishda qо‘llanadigan texnologiyalar'

Logopediyada duduqlanishni bartaraf etishda qо‘llanadigan texnologiyalar Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
29
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Tafakkur manzili
Ключевые слова
duduqlanish / korreksion ish

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Abidova Nilufar Zakirovna

ushbu maqolada duduqlanish nutq kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llaniladigan texnologiyalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Logopediyada duduqlanishni bartaraf etishda qо‘llanadigan texnologiyalar»

Logopediyada duduqlanishni bartaraf etishda qo'llanadigan texnologiyalar

Annotasiya: ushbu maqolada duduqlanish nutq kamchiligi bo'lgan bolalar bilan duduqlanishni bartaraf etishda qo'llaniladigan texnologiyalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: duduqlanish, korreksion ish bosqichlari, o'quvchilar, bo'shashtiruvchi mashqlar.

Duduqlanish muammosi turli soha vakkillari uchin xal etilmagan dolzarb mavzu bo'lib, hozirgi kungacha to'liq o'z yechimini topmagan. Duduqlanish nutq kamchiligining erta bolalaik yoshida ortib borayotgani sababli zamon talablariga ko'ra zamonaviy korreksion bartaraf etish texnologiyalarini ishlab chiqishga ehtiyojning ortib borishi bilan tavsiflanadi. Neyropsixolog olim A.V.Semyonovichning tadqiqotlari me'yor chegarasining pasayishini qayd etadi, uning so'zlariga ko'ra, hozirgi kunda tug'ilayotgan bolalar o'n yil avvalgi tengdoshlariga qaraganda har yili somatik ravishda zaiflashib bormoqda bu esa tabiiyki bolalarni bolalaik davrida turli kasalliklarga chalinishiga zamin yaratadi.

Duduqlanishni bartaraf etishda qo'llanadigan texnologiyalar o'quvchilarni ijtimoiylashuvi va erkin ravon nutqda muloqot qilishlari uchun qo'llanadigan ta'lim shakllari, usullari va texnologiyalaridan foydalanishni o'z ichiga oladi. Ushbu texnologiyalardan foydalangan holda, o'qituvchi logoped duduqlanuvchi o'quvchilardagi nutqning ravonligidagi kamchiliklarni bartaraf etishda o'quvchilar uchun belgilangan korreksion bartaraf etish dasturini yetarli darajada to'liq o'zlashtirilishini ta'minlashga yordam beradi.

"O'ziga ishonch" texnologiyasi duduqlanadigan o'quvchilarda o'ziga va nutqiga bo'lgan ishonchni orttirishga qaratilgan psixoterapiya usulidir.

"O'ziga ishonch" texnologiyasi yordamida o'quvchilar logoped bilan birgalikda korreksiyalovchi ish jarayanodi psixoterapiya usullarining elementlarini keng qo'llagan holda o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishga o'rgandi. O'quvchiga ta'sir etish psixoterapiyaning muhim usullaridan hisoblanib, o'quvchini bu holatdan tuzalib ketishiga ishontirish va bunda o'z organizmining kuchiga ishonchini mustahkamlashga qaratilgan.

O'quvchilarda o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish quyidagi vazifalarni o'z ichiga oldi:

- o'z qo'rquvlarini rasmini chizish va uni o'z tasavvuriga tayangan holda ijobiy tomonga o'zgartirish;

- turli materiallardan o'zi xoxlagan qahramonini yaratish va uni yuz qiyofasini ifodalash;

- ravon nutqda so'zlashish uchun harakat qilgan ertak qahramonlarining hayoti tasvirlangan ertaklarni tinglash;

- o'zi yoqtirgan ertak qahramoning obraziga kirish va uni ijro etishga o'rgatish;

"O'ziga ishonch" texnologiyasi bosqichlari o'quvchilarda hali sodir bo'lmagan

vaziyatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalash, hayajonni yengish, o'z hulqi va o'zgalarning hatti-harakatlariga nisbatan tog'ri qaror qabul qilish, turli vaziyatlarda o'ziga

Abidova Nilufar Zakirovna ALFRAGANUS universiteti o'qituvchisi

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI WÊ*

JIFactor: 8.2

ishonish, xavotirni bartaraf etish, depressiya, stress va ularning oqibatlarini bartaraf etishni qamrab oladi.

"Enerjayzer" texnologiyasi yordamida artikulyatsion va yuz mushaklari: pastki jag', lablar, yonoqlar, tildagi tortishishlar va taranglikni olib tashlash va bo'shatishdir. Barcha mashqlarni 4 blokga bo'lish mumkin: pastki jag'ni bo'shatish uchun mashqlar, lablar uchun mashqlar, til uchun mashqlar, yuz mushaklari uchun mashqlar. Mushaklardagi tortishishlar va qisqarishlarning turiga va joylashishiga qarab, mashqlar bloklari tanlandi. Kuchli kuchlanishdan so'ng mushaklarning reflektor bo'shashi sodir bo'ladi. Har bir mashq, albatta, qo'llar, kaftlar yoki barmoqlarning ma'lum harakatlari bilan birga keladi va ritmik qofiyalar yoki sanash bilan birga bajariladi. Masalan, lablar uchun mashqlar:

a) "Tabassum - naycha". I tovushini artikulyatsion holatini ovozsiz uzoq muddat saqlab turish "tabassum" va shu vaqtni o'zida logoped bilan birgalikda bola o'ng qo'li barmoqlarini birma-bir yopib musht holatiga keltiradi chap qo'l barmoqlari esa bu vaqtda musht holatida turadi.

Lablarni xuddi u tovushi talaffuzidagi "naycha" holatiga keltirish- o'ng qo'l barmoqlarida musht holatini ushlab turish va chap qo'l barmoqlarini birma-bir yopib musht holatiga keltirish.

b) artikulyatsiya tartibini o'zgartirish. a, u, i tovushlarining tovushsiz talaffuzi har bir artikulyatsiya usuli barmoqlarning ma'lum bir pozitsiyasi bilan birga bajariladi.

"A" - tovushi talaffuzi kabi og'iz katta ochiladi va yetakchi qo'lning barmoqlari siqilib faqat bosh barmoq va ko'rsatkich barmoq tik holatda ochiq bo'lib ko'rsatkich barmoq bilan o'g'z ko'rsatiladi.

"U" - tovushi tallaffuzi kabi lablar nay holatida bo'lib, bosh barmoq va ko'rsatkich barmoq naycha shaklida bir-biriga yaqinlashadi va bu tovushni talaffuz qilishda lablarning holatini taqlid qiladi.

"I" - tovushi tallaffo'zi kabi lablar kulgu holatida bo'lib, bosh barmoq va ko'rsatkich barmoq gorizontal ravishda keng ochilib, katta tabassumni ko'rsatadi.

Unlilar ketma-ketligini almashtirish yordamida artikulyatsiya tartibi va barmoqlarning harakatlari bir-biriga mos kelishiga ishonch hosil qilamiz. Ushbu mashqni bajarish tezligi duduqlanishning motor malakalarining tabiatiga ko'ra individual ravishda tanlanadi va asta-sekin maksimal darajaga murakkablashtirib boriladi.

v) "Havo shari" mashqi yordamida o'quvchilar yonoqlarini qattiq ishiradi va shu holatda ushlab turadi. Bu vaqtda bir qo'lning barmoqlari birin-ketin yopiladi. Ikkinchisi esa musht holatida turadi.

Mimik mushakar uchun mashqlar quydagicha bajariladi.

a) pastki qovoq uchun mashqlar. O'rta barmoqlar bilan biz ko'zlarning ichki burchaklarini va ko'rsatkich markazlarini qisib qo'yamiz. O'quvchilar pastki qo'voqni yengil titrashini sezib, ko'zlarini qisib qo'yadi. Bu holat bir soniya ushlab turiladi va barmoqlarni olmasdan bo'shashtiriladi. 10 ta dinamik mashqdan so'ng barmoq uchlari bilan yengil urish bilan pastki qovoqlar bo'shashtiriladi.

b) yuqori qovoqlar uchun mashqlar. Ko'rsatkich barmoqlari bilan qovoq markazlarini, qoshlar o'sishi boshlanishining o'rta nuqtalari qisib qo'yiladi. Ko'zlar 1 soniya davomida qattiq siqib, qo'yib yuboriladi. Bu holat 10-15 marta takrorlanadi. So'ng ko'z atrofidagi mushaklar barmoq uchlari bilan yengil urib, bo'shashtiriladi.

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI Bffi

JIFactor: 8.2

v) peshona mushaklari uchun mashqlar. Ko'rsatkich barmoqlar bilan qosh chizig'i bo'ylab peshona mushaklari bosiladi, bu vaqtda barmoqlar pastga qarab tortilishi qoshlar esa tepaga ko'tarilishi kerak. Bu mashqlar 10-15 marta 20-30 soniyagacha barmoqlar bilan peshonani ushlab turib bajariladi. So'ng barmoq uchlari bilan peshona silanib, mushaklar bo'shashtiriladi.

"Nutq va harakat ritmi klasteri" texnologiyasi yordamida artikulyasion mashqlarini barmoq mashqlari bilan birgalikda bajarilishi miya yarim sharlarida yangi motor yo'nalishlari ishlab chiqishga yordam beradi. Shuningdek, baland ovozda ritmik hisoblash yordamida nutqning ichki ritmini tarbiyalash imkonini beradi. Duduqlanish vaqtida nutqning sur'at-ritm va ravonligini tiklashda aynan shu narsa birinchi o'rinda turadi.

Barmoq mashqlari maxsus ortopedik gilamchalar yordamida o'tkaziladi. Bunda qo'l harakatlari va nutq ritmining aniq mos kelishini kuzatish juda muhimdir. Qarsak chalish, taqillatish (bir vaqtning o'zida ikkita kaftni gilamchaga urish) bilan amalga oshiriladi.

"Sehrli tush" texnologiyasi bo'shashtiruvchi mashqlar bilan birgalikda autogen mashqlar ham o'tkazildi. Bunda o'quvchilarga tushunarli bo'lgan she'rlar yordamida bo'shashganlik hissi o'quvchilarda tarbiyalanadi. O'quvchilar mashqlar davomida ko'zlari yumilgan, yotgan holatda she'rni tinglashadi. Logoped yoqimli va sokin ohangda she'rni o'qiy boshladi.

Kipriklarim charchagan,

Ko'zlarim dam olmoqchi.

Shirin tushlar ichida,

Tinch uxlab, dam olmoqchi.

Keyinchalik mushaklarni bo'shashtiruvchi mashqlar mashg'ulot boshlanishidan oldin o'quvchilarni ongiga bo'shashganlik hissiyotini singdirish maqsadida logoped bilan birgalikda talaffuz qilgan holda bajariladi.

O'quvchilar logoped bilan birgalikda: "So'zla shoshmasdan aniq, ravon gap doim, suvdek tiniq", she'rlarini aytish jarayonida asta sekin tanada bo'shashganlik hamda so'zlash mobaynida shoshmasdan ravon gapirish ko'nikmasini tarbiyalaydi.

"Uzoq muddatli fonatsion nutqiy nafasni shakllantirish " texnologiyasi. Adabiyotlar tahlili inson uchun eng qulay nafas bu diafragmal nutqiy nafas ekanini isbotladi. Diafragmal nutqiy nafasni shakllantirish vazifasi ravon nutqni tarbiyalashning boshlang'ich birinchi nuqtasidir. O'quvchilar diafragmal nutqiy nafas olishga o'rgatilayotganida yarim ochiq og'iz orqali tez, silliq va xotirjam nafas olib, bo'shashgan lablar orqali nafas chiqardi.

Diafragamal nafasni qo'yishda logoped o'quvchilarga "a" unlisini talaffuz qilgandek og'izni yengil ochishni va og'izdan nafas olish va davomli chiqarishni o'rgatdi. Diafragmal nutqiy nafas o'rgatilgandan keyin nafasni unli tovushlar talaffuzi undosh yumshoq "h" tovushini unlilarga qo'shib talaffuz qilish (ha,ho,hu,hi) bilan qo'l va barmoqlarning o'zgaruvchan imo-ishoralari yordamida unlilarni 4 yo'nalishda yuqoriga, pastga, yon tomonlarga ochgan holda bo'ginlar me'yordagi ovozda qo'shiq qilib kuylandi.

Diafragmal nutqiy nafas mashqlari avval yotgan holatda so'ngra o'tirgan va turgan holatlarda mustahkamlanadi. Ilk mashg'ulotlarda nafas olish va chiqarish nisbati teng bo'lib, keyinchalik nafas chiqarish nisbati asta-sekin 6 soniyagacha oshirib boriladi. Bu nafas mashqlari o'quvchilarda ichki psixo-emotsional holatni uyg'unlashtirishga, asab tizimini tinchlantirishga imkon beradi. Nafas mashqlari vaqtida logoped nafas chiqarish malakasini sonlarni ovoz chiqarib asta sanashi yordamida amalga oshiriladi. O'quvchilarda

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI Igiíjs

JIFactor: 8.2

olib boriladigan nafas mashqlari avval 4:4 nisbatda olinib, keyinchalik u 4:6 va 4:8 nisbatgacha oshiriladi

O'quvchilarda uzoq muddatli fonatsion nutqiy nafasni shakllantirish uchun ikki yoki uchta unli tovushni talaffuz qilishda nafasni og'izdan olib davomli chiqarishga o'rgatiladi. O'quvchilarga unli tovushlarni uzoq va ravon talaffuz qilishlari uchun ikkala qo'l harakatlarini bir vaqtning o'zida tovushlar ohangi bilan birlashadi, bu o'quvchilarda talaffuz qilinayotgan tovushlar qatorlarining ritmi va tezligini belgilab beradi. Nutqiy nafasni shakllantirishda o'quvchilar gilamchlar ustida yurgan holda nafas chiqarish vaqtida turli bo'g'inlarni talaffuz qildi. O'quvchilarning oyoq harakatlari va qo'l harakatlari talaffuz qilinayotgan bo'g'inlar ritmiga mos bo'lib ular "ha-ho-hu-hi" bo'g'ini talaffuzida koptokni tepaga, yonga, pastga uloqtirayotgandek qo'l harakatlarini bajardi, "sa-so-su-si" bo'g'ini talaffuzida o'quvchilar yomg'ir tomchilariga taqlid qilgan holda barmoqlarini yerga qarata silkitish harakatlarini bajardi, "ma-mo-mu-mi" bo'g'ini talaffuzida esa o'quvchilar sigirning ovoziga taqlid qilib, emaklashdi.

O'quvchilarda nutqiy nafasni shakllantirish jarayonida so'zlardagi unli tovushlarni yumshoq ohangda talaffuz qilishi uchun so'z namunalari berildi. O'quvchilar bu ko'nikmani o'zlashtirgandan so'ng, nafas chiqarayotganda so'zlar zanjirini talaffuz qilishga o'rgandi. Talaffuz jarayonida o'quvchilar ikkala qo'l harakatlarini bajardi. O'quvchilar uzun va murakkab jumlalarni semantik segmentlarga ajratgan holda, qo'shimcha nafas olish uchun pauza qilishni o'rgandi.

Nafasni shakllantirish bo'yicha ishlar korreksion logopedik ishning butun kursi davomida olib borildi.

"Oltin baliq" texnologiyasi. O'quvchilarga mashg'ulot jarayonida logoped bilan birgalikda rasmli kartochkalarda tasvirlangan unli tovushlar bilan boshlanadigan predmetlarni nomlashda ko'rsatkich barmoqni ilmoq holatiga keltirib olib, og'iz bo'shlig'iga yaqinlashtirgan holda unli tovushlarni qiyinchiliksiz talaffuz qilishi uchun bu unli tovushlarni qarmoqning ilmog'iga ilintirgan holda ohista urg'uli talaffuz qilish ko'nikmalari shakllantirildi. Dastlab o'quvchilarga faqatgina bitta so'zni barmoq harakatlari bilan talaffuz qilish ko'nikmasi, keyinchalik esa unli tovushdan boshlanadigan va unli tovushga tugaydigan so'zlar qatorini talaffuz qilish, so'z brikmasi hamda iboralarni talaffuz qilish ko'nikmasi tarbiyalandi. O'quvchilar unli tovushlar bilan boshlangan so'zlarni talaffuz qilishlarida asosiy diqqatni so'zni oxiridagi unli bilan keyingi so'z boshidagi unli tovushlar talaffuzi bir-biriga uyg'un holda to'xtashlarsiz talaffuz qilishlari talab etildi.

O'quvchilarga berilgan so'zlar qatori va iboralar quyidagi tartibda berildi:

- archa, uka, arava, akula, olma, olxo'ri;

- ana archa, aka-uka, olma-olcha, olxo'rini olma;

- Ozoda olma, olcha, olxo'rini yedi;

- Ali Ozodaning akasi, Vali esa ukasi.

"Nutq - tana harakati integratsiyasi" texnologiyasi. Tana harakatlarini muvofiqlashtirish va ravon nutqni rivojlantirishni amalga oshirish jarayonida logoritmik tana harakatlarining elementlari nutqiy material ritmi bilan hamohang bo'lishi o'quvchilarni nutqsiz ritmni idrok etishga, ikki miya yarim sharlarining muvofiqlashishiga va yangi ravon nutqni mukammal o'zlashtirishga imkon berdi. O'quvchilar logoped taqdim qilgan nutqiy materialni qo'l va oyoqning harakatlari bilan birga ravon nutqda gapirishga o'rgandi.

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI WÊ*

JIFactor: 8.2

"Vaziyatli mashqlar" texnologiyasi yordamida o'quvchilarda nutqiy mashqlarni bajarishda turli vaziyatlarda nutq xususiyatlarining o'zgarishi bilan bog'liqdir. Uning asosiy belgisi nutq stimulining mavjudligi, nutq reaksiyasini keltirib chiqaruvchi vaziyatdir. O'quvchilar uchun yaratilgan turli nutqiy vaziyatlar o'quvchilarda tez fikrlash, kerakli so'zni toppish, vaziyatga nisbatan munosabat bildirish, mustaqil savol berish, noverbal muloqot qilish ko'nikmalaridan foydalanishga o'rgandi. "Vaziyatli nutqiy mashqlar" nutqdan foydalanish qobiliyatini rivojlantiradi. Vaziyatli mashqlar asosan tasavvur, tavsiya, muhit, qulaylik, xayrixohlik, dalda yordamida amalga oshiriladi.

Vaziyatli mashqlar yordamida o'quvchilar logoped bergan nutqiy materialni nafaqat tanib olishlari mumkin balki turli vaziyatlarda ularni farqlash, shuningdek, ulardan nutq jarayonida foydalanish qonuniyatlarini o'rganishlari mumkin. Bu o'quvchilarda nutqni boshlash, ma'lumotlarini taqdim etishga yordam beradigan til vositalaridan to'g'ri foydalana olishni tarbiyalaydi.

Duduqlanadigan o'quvchilar bilan vaziyatli nutqni rivojlantirish ishlarida, birinchi navbatda, qisqa iboralar talaffuzi bo'lib, unli tovush bilan boshlanadigan so'zlardan tarkib topdi. Bir tomondan, bu nutqiy nafasni shakllantirish bo'yicha ishlarning davomi bo'lsa, boshqa tomondan mustaqil og'zaki nutqni o'rgatish bo'yicha ishlarning boshlanishi edi. O'quvchilar logoped bilan birgalikda yangi ravon nutqda so'zlarni takrorladi. Logoped o'quvchilarga unli tovush bilan boshlanadigan so'zlarni rasmli kartochkalar yordamida namoyish qildi, bunda rasmning old tarafiga talaffuz qilinishi lozim bo'lgan unli tovush katta qilib yoziladi, orqa tarafiga esa shu tovush bilan boshlanuvchi predmet aks ettiriladi. O'quvchi og'zidan yengil nafas olgan holda rasmli kartochkadagi tasvirlangan "A" unli tovushini uzoqroq talaffuz qiladi, logoped o'quvchida nafas miqdorining kamayib borayotganini his qilgan holda rasmli kartochkani orqa qismini o'giradi va tasvirlangan rasm ko'rsatadi. O'quvchi bu jarayonda rasmni old qismidagi unli tovushni davomli talaffuz qilish hamda berkitilgan rasmni qo'shib nomlaydi. Bu jarayon bolada qiziqish va ravon urg'uli nutqda so'zlash hissini kuchaytiradi. Logoped o'quvchilarga unlilarni me'yordagi ovozda ravon urg'uli nutqda talaffuz qilishni va so'zdagi urg'u birinchi unli tovushga tushayotgani sababli unu cho'zib talaffuz qilishini ta'kidlab o'tdi. Keyinchalik o'quvchilar logoped bergan savollarga avval bir so'z bilan, so'ng to'liq javob berishni o'rgandi.

Agar o'quvchilar tomonidan talaffuz qilinishi lozim bo'lgan ibora uzun va murakkab bo'lsa, o'quvchilar qo'shimcha nafas olgan holda gapni semantik segmentlarga bo'lib so'zlashishga o'rgandi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, o'quvchilar bilan ishlashda logoritmik harakatlar ishlatilgan. O'quvchilar bilan so'zlar va iboralarni talaffuz qilishda asosiy e'tibor ikkala qo'lning bir vaqtni o'zida harakatlanishi nutqiy materialini talaffuz qilish bilan birlashtirildi.

Nutqiy materialni qo'l harakatlari yordamida mustahkamlash duduqlanadigan o'quvchilarga xos bo'lgan tezlashgan nutqning sur'atini sun'iy ravishda sekinlashtirishga yordam berdi.

Ishning dastlabki bosqichlarida javob berish uchun barcha so'zlarni o'z ichiga olgan savollar ishlatilgan. Keyinchalik savollar murakkablashtirilib o'quvchining mustaqil tarzda javoblarini keng ma'noli uzun gaplarda aytilishini talab qildi. Korreksiyalovchi-logopedik ishda nafaqat savollarga javob berish, balki o'quvchilarning mustaqil ravishda savol berish qobiliyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi.

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI Bffi

JIFactor: 8.2

O'quvchilar mashg'ulot davomida bir-biriga his-hayajonni qo'zgatuvchi savollar berish qobiliyatini rivojlantirish usuli ham faol ishlatildi. "Agar men sehrgar bo'lib qolsam, seni qaysi hayvonga aylantiraman va nima uchun?". O'quvchilar savolni javobini topish uchun kerakli ma'lumotlarni so'rab, boshlovchiga savol beradi. Dastlabki bosqichlarida o'quvchilarga savollarning mantiqiy ketma-ketligini yaratishga yordam beradigan qo'llab-quvvatlovchi sxemalar ishlatilgan. Keyinchalik bunday mashqlar vizual yordamisiz amalga oshirildi.

Nutqning prosodik tomonini me'yorlashtirish texnologiyasi. Korreksiyalovchi ish jarayonida o'quvchilarda gapning ma'no qismi syntagm va ohangni his qilish ko'nikmalari shakllantirildi. O'quvchilar ohangning asosiy turlarini (savol, buyruq, undov, hayajon) yetkazish ko'nikmalariga ega bo'lishdi. Dastlabki mashg'ulotlar faqat imo-ishora va yuz ifodasi yordamida amalga oshirilb, keyinchalik ovoz qo'shila boshladi.

Logoped o'quvchilarga his-hayajon qo'shilgan nutqda kichkina qizcha qo'g'irchog'ini uxlayotganini a-a-a-a-a (erkalash ohanginida) va birdan shamol ko'tarilib qizchani qo'g'irchog'ni uchirib ketdi a-a-a-a-a (qo'rquv ohangida), qizcha juda ham achchiqlanib yig'lab yubordi u-u-u-u-u (arazlash ohangida), qizchani ko'rgan dugonasi uni holatiga achinib unga yangi qo'g'irchoq sovg'a qildi. Qizcha xursandligidan baqirib yubordi o-o-o-o-o (asta-sekin balandlab boruvchi ovozda).

Ovozli mashqlar qo'l harakatlari bilan birga hamohang bajariladi. Bu ovoz balandligi o'zgarishini yaxshiroq nazorat qilish imkonini berdi. Olingan intonatsiya qobiliyatlari asta -sekin bo'g'inlar, so'zlar, iboralar va o'z-o'zidan mustaqil nutqqa kiritildi.

Nutqning prosodik tomonini rivojlantirishning tarkibiy qismi o'quvchilarni mantiqiy urg'udan foydalanishga o'rgatish edi. O'quvchilar, birinchi navbatda, nutq modeliga taqlid qilib, so'ngra logopedni savoliga mos ravishda bo'yalgan syujet rasmiga e'tibor qaratib, semantik jihatdan muhim so'zni ajratib ko'rsatishga o'rgatildi.

Duduqlanadigan o'quvchilar nutqida tortishishlar natijasida sintagm to'xtashlar ma'no bilan emas, balki nutq oqimini to'xtatadigan tutilishlar bilan kechadi. Bu esa o'z -o'zidan duduqlanadigan o'quvchilar bilan mantiqiy urg'uli to'xtash jarayoni ustida ishlash zarurligini tushuntiradi. She'rlar yordamida mustahkamlangan to'xtashlar davomida birinchi qator talaffuzi yakunida nutqiy nafasni tugashiga mos keladi.

O'quvchilar uchun tanlangan she'rlar xorey, yamb va daktilni o'z ichiga olishi kerak.

Xorey she'rlarda urg'u birinchi bo'ginga tushadi.

Ayiq asal yaladi,

Asta-asta yumalab.

O'rmonda o't qaladi.

Yamb she'rlarida urg'u oxirgi bo'ginga tushadi.

Biz turdik, turdik, turdik,

Qo'llarimizni yuvdik,

O'rikzor va tutzorda

Sakrab, sakrab ovundik.

Daktil she'rlarda imo-ishoralar bilan she'rlar aytiladi.

Chol bilan bir kun kampir

Qurishdi katta tandir.

Kampir xamir qoribdi.

Chol tandirni yoqibdi.

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI шш

JIFactor: 8.2

Yopishdi shirmoy kulcha

Pishibdi kun botguncha.

Duduqlanadigan o'quvchilar bilan o'qish ishlari avval so'zlarni to'gri bo'ginlarga bo'lish song uni qo'l harakatlari bilan o'qib berish va so'ngra tushunganlarini qayta hikoya qilishni o'z ichiga oladi. Dastlab bolalar ikki yoki uch bo'g'inli so'zlarni to'g'ri bo'lish va o'qish, keyinchalik ular gaplarni bo'g'inlarga bo'lib, qo'l harakatlari bilan birgalikda gapirishga o'rganadi.

Har bir ibora yoki murakkab jumlaning bir qismi bitta nafasda o'qiladi va ohang qo'shilgan holda unlilarni aniq talaffuzi bilan birgalikda talaffuz qilinadi.

Bolalarga sintagmalarning ohang dizayni namunasi berildi, ular keyinchalik murakkablashtirib boriladi. Mantiqiy to'xtash ko'nikmasini shakllantirish bo'yicha keyingi ishlar o'quvchilarni qayta hikoya qilish, izchil hikoyalar tuzish, mustaqil nutq jarayonida amalga oshirildi.

"Yo'llar" texnologiyasi. Duduqlanishni bartaraf etishda asosiy vazifalardan biri nutqning ravonligini shakllantirishdir. Nutqning ravonligiga erishishda yangi nutq dasturini yaratish uchun boshlang'ich nuqta bo'lib xizmat qiladi. O'quvchiga qanday qilib duduqlanmasdan so'zlashish mumkinligi va yangi "ravon nutqqa o'tish" imkoniyati paydo bo'lganda, biz o'quvchidan ravon nutqni talab qila olmaymiz, chunki o'quvchida tez so'zlashish, to'xtab qolish, tutilish shakllanib bo'lgan. Ammo o'quvchilarda o'z nutqini ongli nazorat qilishni ongsizlikka o'tishi uchun ravon nutqni yo'llar texnologiyasi yordamida mustahkamlash kerak. Logoped o'quvchiga qanday so'zlashish kerakligini tushuntirish juda oson, ammo o'quvchi bu ravon nutqdan har qanday nutq shakklarida foydalanishi juda qiyin. Yo'llar texnologiyasi yordamida logoped duduqlanuvchi o'quvchilarga berilgan nutqiy materialni qog'ozga uzun yo'llar chizishi bilan birga nutqning ravonligiga erishdi. Bu texnologiya o'quvchilarda nutqning ravonligini his qilishiga, nafas davomiyligini ta'minlashga, unli va undosh tovushlarni kuchlanishsiz talaffuz qilishga, xotirjamlikka o'rgatdi.

"Yo'llar" texnologiyasi yordamida o'quvchilar murakkab gap va qayta hikoya qilish jarayonida qo'shimcha nafas olish hissini tarbiyalash maqsadida o'quvchilarga yo'l chitidagi bekatlarda to'xtash va yana yo'lni davvom ettirishga o'rgandi. Bu, o'z navbatida, o'quvchilarda nutq jarayonida nutqiy nafasni to'g'ri taqsimlanishiga erishishga yordam beradi. O'quvchilar uchun dastlabki davrda chizish yoqimli his bag'ishlydi, keyinchalik ular yo'llar chizishdan voz kechishadi va avtomatik tarzda qog'ozga chizmagan holatda ham chiroyli va ravon nutqda so'zlashish qobiliyatiga ega bo'lishdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Аюшва М.Ю. Преoдoление фoнетикo-фoнематическoй недoстагoчнoсти у детей-узбегав старшего дoшкoльнoгo Bo3pacTa: автoреферат дис. кандидата педагогических наук. 13.00.03 / mock. пед. roc. ун-т. - Мoсква, 1992. - 16 с.

2. Барабагов Р.Е. Осшвы лoгoпедии: афазия, заикание, ришлалия. Учебнoе шшбие для студентoв / R.: VDM Publishing, 2019. - 69 с. ISBN 978-620-2-32094-8

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Беглoва.О.A. Кoммуникативнo-речевые технoлoгии в системе устранения заикания у пoдрoсткoв и взрoслых. МИР специальшй педагoгики и

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI шш

JIFactor: 8.2

психологии. Научно-практический альманах. Выпуск 7 - М.: ЛОГОМАГ, 2017. Стр. 5

4. Беглова О.А. Коррекция психофизических проявлений в структуре заикания подростков и взрослых средствами танцевально-двигательных техник. 13.00.03 - коррекционная педагогика. Диссертация на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. 2009.

5. Белякова Л.И., Дьякова Е.А. Третий международный конгресс по проблеме заикания // Дефектология. - 2001. № 1. - С. 75-76.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.