ESHITISHDA NUQSONI BOLGAN (KAR) O'QUVCHILARGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA USULLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA TOVUSHLAR TALAFFUZI MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH 1Po'latxo'jayeva Malika Rustamovna 2Ergashova M.T
1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsent v.b 2TDPU Logopediya
yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10115239
Annotatsiya. Boshlang'ich sinf каг o'quvchilarga mibbiy-pedagogik usullardan samarali foydalanishda nafas, ovoz, tovushlar talaffuzi malakalarini shakllantirish.
Kalit so'zlar: Neyrofiziologiya, apatik, adinamik, giperdinamika, giperpatik, affekt, vegetativ simptomlar, markaziy nerv sistemasi.
Аннотация. Эффективные методы навиков формирования
звукопроизношения, дыхательные и голосовые упражнения для учеников первого класса с глухотой на индивидуальных занятиях.
Ключевые слова: Нейрофизиология, апатия, адинамия, гипердинамика, гиперпатия, аффект, вегетативные симптомы.
Abstract. Effective methods of sound-proof formation skills, respiratory and voice exercises for first-class pupils with deafness on individual occupations.
Keywords: Neverfiology, apathy, adamamia, hypersidine, hypipetic, affective, vegetative symptoms, central nervous systems.
Tibbiy-pedagogik usullardan samarali foydalanishda boshlang'ich sinf kar o'quvchilarga nafas, ovoz, tovushlar talaffuzi malakalarini shakllantirish jarayonida yaakka mashg'ulotlarда -talaffuzga o'rgatish ishlarini tashkil etishning asosiy shakli sifatida sanaladi (tayyorlov 5-sinflar). Nutqiy materialni idrok qilishning asosiy usuli eshituv orqalidir. Yakka mashg'ulotlar davomida nutqiy materialni besh marta takrorlaganda ham eshitib idrok qila olmasalar unda o'quvchilarga eshituv, ko'ruv taklif qilinadi, keyin esa faqat eshitib idrok qilishga beriladi, shuning uchun eshituv, ko'ruv idrok yordamchi qo'llanma sifatida foydaliniladi. Individual mashg'ulotlarda nutqning daktil formasi faqatgina o'quvchi so'z tarkibini ayta olmay qolgandagina ishlatiladi. Nafas, ovoz va tovushlarni qo'yishda asosan 3 usuldan foydalaniladi.
1-usul. Taqlid usuli . O'quvchi o'qituvchi namoyish qilayotgan tovush, bo'g'in, so'zlarni ko'ruv, eshituv, teri taktil analizatorlari yordamida idrok qiladi va takrorlaydi.
Taqlid quyidagicha namoyon etiladi:
A) Eshitish asosida taqlid qilish: bunda o'quvchi o'qituvchining ekran ortida talaffuz qilgan tovush, bo'g'in va so'zlarni eshitib, eshitganlarini to'g'ri talaffuz qilishga harakat qiladi.
B) Ko'rish asosida taqlid qilish. O'quvchi o'qituvchining nutq a'zolari, tilning xolatini ko'rib, masalan tilning xolati, xuddi shunday artikulyatsiya xolatini yuzaga keltirishga urinadi.
V) Eshitib ko'rish asosida taqlid qilish. O'quvchi ham eshitib , ham o'qituvchining nutq a'zolarini ko'rib unga ergashib takrorlaydi. (oyna oldida ovoz kuchaytirish apparati yordamida mashg'ulot o'tkazish).
G) Eshitib ko'rib, taktil - tebranish his etish va taqlid qilish: bunda o'quvchi o'qituvchining nutq a'zolari faoliyatini ko'radi, talaffuz elementlarini eshitadi va teri - taktil sezgilariyordamida ham talaffuz elementlarini idrok qiladi (masalan: v tovushi talaffuzida og'izdan chiqayotgan havo
oqimini qo'lining orqasida sezadi hamda qo'lini o'qituvchining tomog'iga qo'yib tebranishni sezadi).
2-usul. Mexanik usul. Bunda o'qituvchi o'quvchining u yoki bu nutq a'zolariga mexanik ta'sir etib zarur holat yoki harakatni yuzaga keltiradi. Bunda o'qituvchi shpatel, zond yoki o'quvchining barmog'i bilan nutq a'zolarining holatini kerakli ko'rinish yoki harakatga keltiradi. Masalan: k tovushini t tovushidan qo'yadi. Mexanik usuldan foydalanib bir qancha mashqlar o'tkazilganidan keyin o'quvchining ongida kinestetik ta'sir izlari saqlanib qoladi va o'quvchi mexanik usulsiz kinestetik va eshituv nazoratiga tayangan holda bu tovushni takrorlashga harakat qiladi.
3-usul. Aralash usuli bu usul birinchi va ikkinchi usulni uyg'unlashuvidan hosil bo'ladi. O'quvchi o'qituvchining nutq a'zolarining harakatlanishini ko'rib, o'z nutq a'zolarini harakatlantiradi. Lekin buni aniq bajara olmaydi. Bunda o'qituvchi unga yordam beradi: Masalan: O' tovushini aytayotib o'quvchi keraklicha lablarini cho'za olmaydi, natijada O' A ga o'xshab qoladi. Bunda o'qituvchi ikki barmog'i bilan o'quvchining ikki lunjini ezadi va lablarining cho'chchayishiga yordam beradi, O' tovushi xosil bo'ladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda to'g'ri talaffuzni shakllantirish ularga ta'lim tarbiya berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki og'zaki nutq muomala vositasi sifatida insonlar hayotida muhim o'rin tutadi. Talaffuzni shakllantirishning dastlabki bosqichi nutqiy nafas ustida ishlashdir. Kar bolalarda talaffuz ko'nikmalarini shakllantirish, nutqiy apparatni u yoki bu usul orqali talab etilgan ishni chiqarish zaruriyati bilan bog'langandir. Karlarda nafas, ovoz va tovushni qo'yishda 3 ta asosiy usuldan foydalanish kerak:
Birinchi usul taqlid ga asoslanadi. O'quvchi bor analizatorlari orqali o'qituvchi namoyish qilganini qabul qiladi va qaytaradi. Taqlid quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
a) eshitish asosida- o'qituvchi ekran orqasida gapirayotganini (tovush, bo'g'in, so'z yoki bir qator bo'g'inlar qatorini "pa-pa-pa" yoki " papapa") o'quvchi eshitadi va eshitganini to'g'ri talaffuz etishga harakat qiladi.
b) ko'rish asosida - o'quvchi o'qituvchining og'ziga (ayrim sh,i, r tovushlarini artikulyatsiyasida tilning holatiga e'tibor bilan qaraydi va xuddi shunday qilib qaytarishga harakat qiladi.
v) eshituv-ko'ruv asosida - o'quvchi bir vaqtning o'zida o'qituvchining artikulyatsiyasi-ni ko'radi va (oyna orqali) eshitadi (ovoz kuchaytiruvchi apparat bilan oyna orqali mashq qiladi).
g) eshitish va ko'rish orqali qabul qilish bilan bog'langan holda taktil - vibratsion asosda o'quvchi o'qituvchining labiga qaraydi. Masalan, "v" tovushini artikulyatsiyasida o'quvchi o'z qo'lini og'ziga yaqinlashtiradi va og'izdan chiqayotgan havo oqimini sezadi, keyin qo'lini bo'yinning hiqildoq sohasiga qo'yiladi va bola ovoz (un) paychalari-ning vibratsiyani seza oladilar.
Taqlid qilishning hamma bosqichlarida talaffuzni korreksiyalashda va u yoki bu talaffuz ko'nikmalarini dastlabki shakllantirishda qo'llaniladi. Ko'rib chiqilgan usulda ovoz va tovushni qo'yish turli xil ko'rsatmali vositalardan amalga oshirila-di. Bu ovoz kuchaytiruvchi apparat, shuningdek, talaffuz ustida vibrayion va ko'rish nazoratiga mo'ljallangan apparat va oyna bo'lishi mumkin.
Ikkinchi usus - mexanik usuli. Bunda o'qituvchi nutqiy organning unisi yoki bunisiga ta' sir qilib, uni passiv harakatga yoki bir holatga keltiradi. Qorin devorga qo'l bilan bosish orqali yoki
agarda bola falset (eng baland, ingichka erkak ovozi) ovoziga moyilligi bo'lsa, bunda hiqildoqqa qo'l bilan yengil bosish orqali nafas ustida ish amalga oshiriladi.
Ikkinchi usul orqali tovushni hosil qilish quyidagicha: o'quvchiga u yoki bu tovush-ni aytish taklif etiladi. Shu paytning o'zida o'qituvchi qo'l, shpatel yoki zond orqali o'quvchining nutqiy organlar holatini o'zgartirad va ularni passiv harakatga kel-tiradi. Qo'yilishi kerak bo'lgan tovush hosil bo'ladi. ("k" tov. "t"dan, "x"tov. "s"dan, "sh" tov. "s" dan, "sh" tov. "s" dan yoki "r"dan).
O'quvchi o'zi bilmagan holda harakatlarni bajarishi bu usulning xususiyati hisoblanadi. Masalan, "ta" bo'g'inini o'qituvchi talabiga muvofiq talaffuz qilishga harakat qiladi. Shunda o'qituvchi shpatel yoki qo'l barmoqlari yordamida bolalning tilini bosish orqali "ka" bo'g'inini hosil qiladi. Bir qator mashg'ulotlardan so'ng, kar bolaning miya qobig'ida kinestetik o'zgarishlari paydo bo'ladi. Bu o'quvchining nutqiy organlar yangi harakatni va holatni belgilaydi, bu esa o'quvchi uchun qanchalik eshitu qoldig'i bo'lgan tovushni mustaqil o'zi ishlab chiqishga yordam beradi.
Uchinchi usul- aralash usuli. Bu usul birinchi va ikkinchi usulning birga olib bo-rilishidir. O'quvchi o'qituchi taklifi asosida u yoki nutqiy orgnalar harakatini ish-lab chiqaradi, lekin bu aniq emas. O'qituvchi talab qilinayotgan tovushni to'g'ri talaffuz qilishga yordam beradi. "O" tovushini qo'yishda, masalan, bola labini yetarli darajada oldinga chiqarolmaydi("o" , "a" tovushga yaqin talaffuz qilinadi). Shunda o'qituvchi katta va ko'rsatkich barmoqlari yordamida bolalaning yuziga qo'yib bosadi va lablar oldinga qarab chiqariladi.
Eshitishida nuqsoni bo'lganbola odatda to'liq yoki deyarli to'liq nonutqiy nafasga ega bo'ladilar.
6-sinfdan boshlab og'zaki nutqning eshituv, ko'ruv idrokini mashq qildirib boriladi. Bu keyinchalik nutqiy materialni eshituv idrokiga o'rgatadi. Mashg'ulot davomida o'quvchilar o'tgan yillardagidek nutqiy materialni eshitib tushunishga farqlashga taqqoslashga o'rganadilar.
6-10 sinflarda asosiy nutqiy eshituvni rivojlantiruvchi ishni matnlar tashkil etadi. O'quvchilar tomonidan eshituv, ko'ruv orqali idrok qilinadi, keyinchalik esa nutqiy materiallarni faqatgina eshitib idrok qilishga urganadilar. Indiidual mashg'ulotlarda bu sinflarda nutqning daktil formasidan umuman foydalanilmaydi. Nutqiy materialni idrok qilishga qiynalganlarida yozma nutkdan foydalaniladilar. Tayyorlov sinflarda birinchi chorakda barcha individual mashg'ulotlar o'quvchilarda talaffuz malakasini shakllantirishga qaratiladi. Ta'limning bu davrida ular ovoz kuchaytirish apparatidan foydalanishni o'rganadilar. Har bir individual mashg'ulot vaqti barcha sinflarda bo'linib chiqiladi: darsning bir qismi eshitish idrokini rivojlantirish uchun, ikkinchisi talaffuz ta'limiga o'rgatishga ajratiladi. Talaffuzga urgatish ta'limi jarayonida nutkiy materialni fakatgina eshitib idrok kilishga urgatish mashklari xam utkaziladi: o'quvchilar eshitganlarini tug'ri va notug'riligini farqlashga, tovushlarni so'zlarda va bug'inlarda ajratishga, eshituvga tayanib namunani tug'ri tasvirlashga o'rganadilar.
3-sinfdan boshlab individual mashg'ulotlar bir gurux (2 ta) o'quvchilar bilan bir vaqtning o'zida olib boriladi.
Darsning borishi davomida o'quvchilar faqat eshituv yoki eshituv, ko'ruv orqali idrok qilingan topshiriqlarni bajaradilar, savollarga javob beradilar, matnlarni eshituv, ko'ruv yoki eshituv idrokiga tayangan xolda o'rganadilar ,eshitib diktant yozishga o'rganadilar.O'quvchilarning maktab ta'limining boshidan oxirigacha doimo talaffuz tomonidan yangi va notanish bo'lgan nutqiy materialni eshitib idrok qilishga o'rgatib boriladi.
Tayyorlov sinf - ishning birinchi bosqichi, so'zning tovush tuzilishi ustida olib boriladi. Bu bosqichda bolalardan 17 ta asosiy tovushlarni aniq talaffuz qilinadi, biroq tovushlarni boshqa tovushlar bilan almashtirish (tovushlarni oldindan qisqartirilgan tizimi bo'yicha) mumkin.
O'qitishda so'z va jumlalar ustidagi ish bilan birga ovoz va nutqiy nafas ishlari ham kiritiladi. Bular ya'ni: normal tembrni ishlatish, ovozni normal kuchi va ba-landligi, so'zlashuv urg'ularga ko'ra ovoz kuchining o'zgarishi, biron-bir so'z, jumla hosil qilinadigan 4-5 ta bo'g'inni (bir nafasda) qo'shib aytish kiradi.
Ishning ikkinchi bosqichi, (1-2- sinf) so'zning tovush tarkibidan asta-sekin so'zni ishlab chiqilishini aniqlashda va oldindan qilingan tovushlar almashinishni yo'qo-tishdan iborat.
Shunday qilib, talaffuzga o'qitish dasturi quyidagi bo'limlarga bo'linadi:
1. Nutqiy nafas. Ishning tarkibi- o'quvchilardan nafasdan to'g'ri foydlanish mala-kalarni bitta nafasda so'z va qisqa jumlalarni ishlab chiqish, shuningdek jumlalar-ni sintagmalarga bo'lish malakalarini qayta ishlab chiqishni shakllantirishdan ibo-rat.
2. Ovoz. Ishning tarkibi - normal tembrni qo'pol o'zgarishlarsiz ovozdan normal kuch va balandlikdan foydalanish ko'nikmalarini shaklantirish.
3. Tovushlar va ularni o'qilishi. Ishning tarkibi - ona tilidagi hamma tovushlarni gapira olish va so'zlarda ularni o'qiy olish malakalarini shaklantirish. Bunda kar o'quvchilar tovushlar tarkibini o'zlashtirishda aniq bir ketma - ketlik kuza-tiladi.
4. So'z ustidagi ish:
a) so'zlashuv urg'usi; b) orfoepik qoidalarni o'z ichiga oladi. Bu ish o'quvchilarda so'zlarni bog'lab, to-vush tarkibini saqlab, urg'ularga e'tibor berib, shuningdek, ona tiliga xos orfoepik qoidalarga rioya qilib, to'g'ri talaffuz qilishni shakllantirishni ko'zda tutadi.
5. Jumlalar ustidagi ish:
a) logik urg'u; b) orfoepik qoidalar; v) nutq tempini o'z ichiga oladi. Ishning tarkibi -o'quvchilarda jumlalarni normal tempda bir -biriga bog'lab ( 1ta nafas chiqarishda yoki sintagmalarga bo'lib ), urg'ularga e'tibor berib ishlab chiqish malakalarini shakllantirishdan iborat.
REFERENCES
1. Fayzieva U.Yu. Nutq o'stirish. O'quv qo'llanma. - T.: O'qituvchi, 2001.
2. Fayzieva U. Maktabgacha yoshdagi eshitishida muammosi bo'lgan bolalar ta'limi. - T.: Ilm ziyo, 2006.