INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
INGLIZ TILIDA TALAFFUZNI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI Jumayeva Mukarrama Bekzod qizi
Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Mahmudova Madina Shuhrat qizi
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7027100
Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tilida talaffuz va talaffuz ko 'nikmalarini shakllantirish tamoyillari borasida ma 'lumotlar keltirib o 'tilgan.
Kalit so'zlar: fonetik birlik, o'xshash, yaqin, o'xshamaydigan talaffuz, tovush, til, tovushni ovoz chiqarib aytish, yolg 'iz, so 'zda va jumlada aytish va eshitish.
ПРИНЦИПЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОИЗНОШЕНИЯ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ
Аннотация. В данной статье представлена информация о принципах формирования произношения и навыков произношения в английском языке.
Ключевые слова: фонетическая единица, сходное, близкое, разнородное произношение, звук, язык, произношение звука, говорение и слышание отдельно, в словах и предложениях.
PRINCIPLES OF FORMATION OF PRONUNCIATION IN ENGLISH
Abstract. This article provides information on the principles of the formation of pronunciation and pronunciation skills in English.
Keywords: phonetic unit, similar, close, heterogeneous pronunciation, sound, language, sound pronunciation, speaking and hearing separately, in words and sentences.
KIRISH
Talaffuz birligini yolg'iz, so'zda yoki gapda taqdim etish usullari muammosini xolisona hal qilish talaffuz ko'nikmasini shakllantirishda muhimdir. Talaffuzni o'rgatish chog'ida ko'p narsa o'quvchilarni talaffuz birligi bilan tanishtirish tushunchasining metodik izohini bilishga bog'liq. Tanishtirish deganda, fonetik birlikni muallimning aytishi va o'quvchilarning eshitishi tushuniladi. Ushbu usullarning o'ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. O'zbek maktablarida chet tildagi talaffuzni o'rgatishda muallim umumiydan xususiyga qarab faoliyat yuritishi, o'quvchi esa xususiydan umumiyga o'tishi tajribada isbotlangan optimal metodik yo'ldir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Chet tilida talffuzni taqdim etish usullari uchta: yolg'iz, so'zda va jumlada aytish va eshitish. Talaffuzni o'rgatish usullari tovushning oson/qiyinlik darajasi bilan bog'liq. Chunonchi, o'quvchi ona tilisi (yoki til tajribasi) nuqtayi nazaridan o'xshash, yaqin, o'xshamaydigan birliklarni farqlash mumkin. Yolg'iz aytiladigan unli va undoshlar o'ta qiyin, so'zda aytiladigan unli, undosh fonetik hodisalar o'rtacha qiyinlikda bo'lib, jumlada aytiladigan unli va undoshlar oson fonetik birliklarni tashkil etadi. Qiyin hisoblanadigan yangi tovush talaffuzining o'rgatilishi quyidagi ta'limiy bosqichlardan o'tadi.
1. Muallim ijrosida nutq namunasining aytilishi va o'quvchilar tomonidan eshitish bosqichi. O'quvchilar diqqati jumla mazmunini va undagi yangi so'zning ma'nosini tushunib olishga qaratiladi. Yangi tovushni muallim, avvalo, jumlada, so'ngra so'zda aytadi, o'quvchilar tinglab idrok etishadi.
2. Fonetik birlikning sintetik (yaxlit) tarzda idrok etishdan analitik (qismlarga bo'lib) tinglashga o'tiladi. Muallim so'zdagi yangi tovushni ajratib aytadi hamda uning artikulatsiyasini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
lo'nda qilib tushuntirib beradi, ya'ni qisqa qoida-ko'rsatmani bayon etadi. (Talaffuzga doir qoida haqida quyida ma'lumot beriladi.) Muallim ko'rsatmasiga binoan o'quvchilar nutq organlarini mazkur tovushni aytishga tayyorlaydilar. Muallimning talaffuzi va tushuntirishlari bunga ko'maklashadi. Ikkinchi bosqich tovushni ovoz chiqarib aytishga tayyorgarlik uni ichki nutqda aytishni ta'minlaydi.
3. Eshitib idrok etish va ichda aytishdan ovoz chiqarib talaffuz qilishga o'tish bosqichi. Yangi tovush namunasini muallim aytib ko'rsatadi, o'quvchilar birgalikda va yakka-yakka bo'lib takrorlaydilar. Shunday qilib, tahlil va taqlid yo'li bilan yangi tovushning yolg'iz holdagi talaffuzi o'rganiladi.
4. Yangi tovushni boshqalari bilan biriktirib aytish bosqichi. Tovush o'rganilgan tovushlar bilan birikmalarda aytiladi. Imkon boricha unli va undosh birikmalari mashq qilinadi.
5. Yangi tovush so'zda aytiladi. Muallimdan ibrat olib, o'quvchilar xor va yakka-yakka bo'lib talaffuz etadilar. Mabodo so'zda ikkita yangi tovush bo'lsa, ulardan eng avval puxta o'zlashtiriladi, so'ngra ikkinchisi aytiladi (qiyinchiliklarni tarqatib berish mezoniga amal qilinadi). Oxirida so'z talaffuz qilinadi. Bu bosqich tovushning ma'no anglatish xususiyati (fonema)ni o'rgatishga bag'ishlanadi.
6. Endi yangi tovush jumla tarkibida talaffuz etiladi. Muallim boshlaydi, o'quvchilar taqliddan qaytaradilar. So'zning tovush va ma'no ifodasi bevosita jumlada shakllanadi. Bu bosqichda jumlalarni aytish axborot almashish darajasida mashq qilish demakdir.
7. Yangi o'zlashtirilgan tovushni mustahkamlash bosqichi. Turli talaffuz sharoitida, ya'ni kichik va katta kontekstda, shuningdek, yolg'iz, so'zda va gapda o'rganilayotgan tovush erkin qo' llanadi.
8. O'quvchilar til tajribasida mavjud tovushlar bilan yangi tovushni chalkashtirmasliklari uchun mashqlar bajarish lozim (ona tili va ikkinchi til tovushi bilan qiyoslash va ilgari o'zlashtirilgan chet tildagi tovushlar bilan solishtirish kabilar). Qiyoslash va solishtirish yolg'iz, so'zda va jumlada aytiladigan tovushlar asosida mashq qilinadi. Ushbu yakuniy bosqichda ham muallim rahnamoligida mashqlar bajariladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Tavsiya etilgan yangi tovush talaffuzini o'rgatishning sakkiz bosqichli taqdimot pallasini quyida inglizcha [w] fonetik birligi orqali namoyish etiladi.
Muallim What is your name? jumlasini aytadi. Mashqda what so'zini bir necha bor takror talaffuz qiladi. Jumla mazmuni va so'z ma'nosi ochilgandan keyin, ushbu so'zdagi yangi tovushni bir necha bor ajratib aytadi. Muallim talaffuzida tovush namunasini tinglash orqali o'quvchilarda tovushning dastlabki eshitish tasavvuri paydo bo'ladi.
MUHOKAMA
Retseptiv shakllantiruvchi mashqlar. Boshlang'ich davrda chet tildagi nutqni eshitish qobiliyatini o'stirishga katta e'tibor beriladi. Tovushlarning farqiga borishning ahamiyati metodikada ishonchli dalillar bilan isbotlangan. Maxsus eshitish mashqini bajarmasdan o'quvchilar o'z talaffuz xatolarini seza olmaydilar. Shuning uchun ham eshitish qobiliyati pastligi talaffuzda yo'l qo'yiladigan xatolarning sabablaridan sanaladi.
Reproduktiv shakllantiruvchi mashqlar. Chet tildagi nutqiy birliklarning dastlabki talaffuz qilish ko'nikmalarini shakllantirishga mo'ljallanadi. XULOSA
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Takomillashtiruvchi mashqlar. Og'zaki yoki yozma nutqni rivojlantirish jarayonida bunday mashqlar talaffuz ko'nikmasining avtomatlashuvi uchun mo'ljallanadi. Tovushni taqdim etish va mashq qilish (mustahkamlash) bilangina kifoyalanish yetarli emas, shuningdek, qo'llanilish bosqichidan ham o'tkazish kerak.
REFERENCES
1. Hoshimov O.H, Yokubov I.YA. Ingliz tili oqitish metodikasi.- Toshkent 2003 y.
2. J.J. Jalolov. Chet til o'qitish metodikasi: chet tillar oliy o'quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. Toshkent: O'qituvchi, 2012. - 432 b.
3. Jalolov J. Chet tilini o'qitish metodikasi. - Toshkent. -O'qituvchi nashriyoti- 1996 y.
4. Mukarrama Bekzodovna Jumayeva (2021). INTERACTIVE METHODS USED IN PRIMARY SCHOOLS. Scientific progress, 2 (4), 881-885.