Научная статья на тему 'IJROCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH HUSUSIDA'

IJROCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH HUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
125
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
cholg‘u ijrochiligi / kuy / nola / usul (ritm) / o‘lchov / artikulyatsiya / jo‘rnavoz / musiqiy shakl / fraza

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mashxurbek Maribovich Xolmatov

Ushbu maqolada cholg‘u ijrochiligiga tegishli bo‘lgan ayrim jihatlar va ijrochilik mahoratini o‘stirishga yordam beruvchi omillar, xususan yosh ijrochini tarbiyalashda pedagog nimalarga ahamiyat berishi lozimligi hususida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJROCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH HUSUSIDA»

IJROCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH

HUSUSIDA

Mashxurbek Maribovich Xolmatov Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada cholg'u ijrochiligiga tegishli bo'lgan ayrim jihatlar va ijrochilik mahoratini o'stirishga yordam beruvchi omillar, xususan yosh ijrochini tarbiyalashda pedagog nimalarga ahamiyat berishi lozimligi hususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: cholg'u ijrochiligi, kuy, nola, usul (ritm), o'lchov, artikulyatsiya, jo'rnavoz, musiqiy shakl, fraza

ON BUILDING AND DEVELOPING EXECUTIVE ABILITY

Mashkhurbek Maribovich Kholmatov UzNMAI named after Yunus Rajabi

Abstract: This article discusses some aspects related to musical performance and factors that help to develop performance skills, in particular, what the pedagogue should pay attention to when training a young performer.

Keywords: instrumental performance, melody, melody, method (rhythm), measure, articulation, accompaniment, musical form, phrase

Qayd etish joizki, cholg'ular, cholg'u musiqasi hamda ijrochiligi azal-azaldan bir-birini to'ldirib, rivojlanishiga va takomillashishiga zamin yaralib kelgan. Ijrochilik mezonining rivoji cholg'ular ko'lamini kengaytirish, imkoniyatlarini oshirish uchun xizmat qilgan. O'zbek an'anaviy cholg'ularining tarixiy shakllanishi ham bir qator xalq milliy an'analari negizida qaror topgan. kasbiy musiqaning ijodiyoti va uning rivoji aynan cholg'ular bilan chambarchas bog'liqligini qayd etib o'tish lozimdir. Chunonchi, mumtoz ijodiyot cholg'ularning mukammallik xususiyatlarini namoyish etibgina qolmay, ularning rivojiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib kelgan. Shu bois, cholg'ular va cholg'u musiqasi an'analari o'zining shakllanish davri, ya'ni qadim zamonlardan xalq musiqa madaniyatining asosiy omillaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

Bugungi kunda o'zbek milliy cholg'u ijrochiligini yanada rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh avlod, xususan yosh, cholg'u ijrochiligi yo'nalishiga mehr qo'ygan talaba va o'quvchilarga ijrochilik sir sinoatlarini o'rgatish biz soha vakillari, ustoz va murabbiylarning oldida turgan eng dolzarb vazifadir. Shu munosabat bilan ushbu

maqolamizda ham cholg'u ijrochiligiga tegishli bo'lgan ayrim jihatlar va ijrochilik mahoratini o'stirishga yordam beruvchi omillar, xususan yosh ijrochini tarbiyalashda pedagog nimalarga ahamiyat berishi lozimligi hususida so'z yuritiladi.

"Iste'dodni dastlabki musiqiy qirralarini namayon qilish uchun talabalarni guruhlari bilan har xil sinovlar, musiqiy musobaqalar o'tkazgan holda eng iqtidorlilarini va qobiliyatlilarini tanlashga imkon yaratish zarur hisoblanadi. Ushbu tanlovda ularga o'zini erkin tutish, qo'shiq aytish va raqs tushishdan tortinmaydigan muhit yaratilsagina talaba o'ziga tanish bo'lgan asarni bexato kuylashi, yoki she'rni yoddan ifodali o'qishi mumkin va bu katta ahamiyatga ega. Shundan keyin talaba tomonidan berilgan kuy yoki tanish qo'shiqni boshqa pardada kuylatib uning ovozidagi parda tozaligi va tovush oraliqlari (intervallar, ayniqsa tersiya, kvarta va h.k.)ning tozaligini aniqlash mumkin. Garmonik eshitishini esa bir vaqtning o'zida bir nechta tovushni (interval, akkord) chalib nechtaligini aniq aytgandan keyin, ularni alohida kuylatib ko'rish zarur. Musiqiy xotirasini sinash uchun bolaga ikki, to'rt takt hajmdagi kuyni cholg'u asbobida chalib berib, kuylash so'raladi"1.

Ritmni his etish, dinamika, frazirovka

Musiqiy ifoda vositalariga tovush hosil qilish va uning akustik asoslari. Musiqiy tovush, sozning tozaligi (intonatsiya), tovush tusi (tembr), nola (vibrato), usul (ritm), o'lchov, sur'at, agogika, artikulyatsiya, dinamik belgi va boshqalar kiradi.

Tovushni ifodali, go'zal qiluvchi omillar uchta bo'lib, shulardan biri intonatsiya (lotincha - baland, yuqori) dir. Uning sofligiga erishish uchun avvalo sozandaning cholg'u asbobi sifatli ishlangan va chalinib tajribadan o'tgan bo'lishi kerak. Bundan tashqari tovushning sof chiqishi ijrochining mahoratiga va kayfiyatiga ham bog'liq.

Eng asosiysi sozandaning o'zi ijro davomida cholg'u asbobining har bir asosiy pardalari sozini doimo eshitib nazorat qilgan holda muvofiqlashtirib toza va sof tovush hosil qilishi juda muhim ahamiyatga ega.

Tovush tembri (tembr fr. - tovush bo'yog'i, tusi, xarakteri) tovush sifatining muhim omillaridan bo'lib, har bir inson ovozi va cholg'u asbobi tovushiga xos xususiyatdir. Tovush tembri va chiroyining xilma-xil bo'lishida oberton-garmonik (inson qulog'i ilg'amaydigan ichki ohangdosh) tovushlar tarkibi juda katta ahamiyatga ega. Ya'ni obertonlar tarkibidagi tovushlardan qaysi biri jaranglamasa tovush tembri - go'zalligiga ham shuncha putur yetadi.

Vibrato - to'lqinlatish, tovush nolasi, tovush sifatini boyituvchi omillardan bo'lib, u tovushga o'ziga xos joziba baxsh etadi va go'yo uni qizdirib, jonlantiradi. Bunda tovushning bir parda doirasida chorak va nimchorak pardalarga ko'tarilish hamda pasayish harakatlari kuzatiladi.

1 O'ktamjon Rasulov. Cholg'u ijrochiligi. Toshkent. 2020.

Tovush kuchi esa tebranish harakatinig kengligi va kuchiga bog'liq. Ya'ni tovush hosil qiluvchi membrananing tebranish miqyosi - amplitudasi qancha keng va kuchli bo'lsa tovush ham shuncha kuchayadi.

Dinamik o'zgarishlarni uch asosiy guruhga taqsimlash mumkin:

a) turg'un, ya'ni o'zgarmaydigan;

b) asta-sekin o'zgaruvchan, pog'onama-pog'ona kuchayib yoki pasayib boruvchi turlari mavjud: kuchsizdan (pastdan): pp-p-mp-mf-f-ff kuchliga va aksincha kuchlidan ff-f-mf-mp-p-pp kuchsizga susayib boruvchi;

v) qarama-qarshi - tafovutli p-f, pp - va unga aloqador urg'ular tovush kuchini oshirish va pasaytirish belgilari sifatida asar mohiyatini ochishda xizmat qiladi.

Ikkinchi guruh ijrochilik texnikasiga aloqador bo'lib unga barmoqlar harakati, ijrochilik nafasi kabi omillar kiradi. Umummusiqiy ifoda vositalari usul (ritm), o'lchov, sur'at, agogika, artikulyatsiya, kuy, motiv, fraza, jumla, davriya, kulminatsiya, avj va boshqalardan tashkil topadi. Bularni to'liq ravishda musiqa nazariyasi, musiqiy shakllar tahlili va garmoniya fanlari o'rganadi.

Ijroni jo 'rnavoz bilan uyg'unlantirish

Pedagog talabada jo'rnavoz bilan uyg'unlashgan holda cholg'uda to'g'ri chalishi, malakasi mustahkam o'zlashtirilgunga qadar uning ko'rsatmalariga qay darajada amal qilinayotganini diqqat bilan kuzatib borish lozim.

Ijrochi qiyinchiliksiz, dinamik jihatdan bir tekis tovush chiqara olishi va intonatsion xatolarga yo'1 qo'ymasligi uchun dastlabki mashqlar qisqaroq tovush va kichik fraza-qismlardan iborat bo'lishi lozim. Ijrochilik nafasi davomli tovushlardan iborat material asosida nafas chiqarishni asta-sekin oshirish bilan rivojlantirib boriladi. Cholg'u ijrochisi qanchalik taraqqiy etgan bo'lsa, uning ijrodagi nozikliklarga mosligi va tovush sifatlarida shunchalik yorqin namoyon bo'lib, tiniq va xilma-xil bo'ladi.

Shtrixlar, tovushlarni bir-biriga bog 'lash yo 'llari

Ifodali ijro uchun zarur bo'lgan turli shtrixlarning barchasiga o'zining har xil xarakterlari tovush chiqaradigan vositani - kuy aksentiga qarab birdan qattiq chalish bilan erishiladi. Tovush xarakteriga qarab ijrochi u yoki bu uslubdan foydalaniladi.

Mashg'ulotlar olib borilishining dastlabki bosqichlarida o'quvchini faqat texnik ko'nikmalarni o'zlashtirishga majburlash bilan cheklanish yaramaydi. Texnik ko'nikmalarni o'zlashtirishi jarayonida, o'quvchining ovoz imkoniyati, yoshiga mos keladigan bolalar qo'shiqlarini hirgoyi qilish yoki xalq o'yinlari va kuylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Agar o'quvchi ushbu qo'shiqlarni cholg'uda chalishga harakat qilib, ularning aniq notalarini topib chalib harakat qilishi e'tiborga loyiqdir. O'qituvchi shogirdining bunday harakatlarini qo'llab-quvvatlashi lozim.

Mashg'ulotlar turlarini xilma-xil qilib, tez-tez o'zgartirib turilishi o'quvchining tez toliqib va zerikib qolmasligini ta'minlaydi.

Demak dars davomida o'quvchida ijrochilikning texnik ko'nikmalarni hosil qilinishi jarayonida uning tabiiy imkoniyatlariga asoslangan holda, unda ijodiy erkinlikka erishishiga yordam berish lozim.

Har bir bolaning ta'sirchan ekanini hisobga olib, darsda berilgan mashqlarni mukammal o'zlashtirishni talab etish bilan bir qatorda, uning erishgan kichik yutuqlarini ham e'tiborga olib, uni qo'llash va maqtash, kelajakda mohir sozanda bo'lib etishishiga umid uyg'otib ilhomlantirish o'zining ijobiy samarasini beradi. O'quvchining darsda olgan saboqlarini yanada mukammal o'zlashtirishga bo'lgan harakatlarini yanada jadallashtiradi.

O'qituvchi o'quvchiga texnik ko'nikmalarni to'g'ri, mukammal va qunt bilan o'zlashtirilishi uni kelajakda mohir ijrochi sifatida yetishishi uchun muhim zamin yaratishini aniq va qiziqarli dalillar asosida tushuntirib berishi lozim. O'quvchi tanbur chalishni avvaliga asosan ustoziga taqlid qilib ijro etish yo'li orqali o'zlashtira boshlaydi. Shu sababli o'qituvchi mashg'ulotni amaliy ijrochiligi, ko'rsatmalari asosida olib borishi zarurdir.

O'qituvchining o'zi asar ijro etilishini amalda ko'rsatib berishi va ba'zida shogirdi ijro etayotgan vaqtda uning qo'lidan ushlab birgalikda kamonni to'g'ri tortishga, yoki dastaga barmog'ini to'g'ri qo'yib boshlashiga ham ma'lum darajada ko'maklashishi lozim. Bu esa o'z navbatida o'quvchida ijro ko'nikmalari tezroq hosil bo'lishiga yordam beradi.

O'qituvchi dars jarayonida o'quvchiga uyida mustaqil tayyorlab kelishi lozim bo'lgan mashqlarni qanday bajarishi hamda uning oldiga qanday talablar qo'yilayotganini tushuntirib berishi lozim. Shundagina o'quvchi uy vazifasini sifatli bajara olishi mumkin.

Dars jarayonida o'quvchi uyida tayyorlab kelgan mashqlarni ijro etayotib xatolarga yo'l qo'ygan taqdirda ham, o'qituvchi uning ijrosini to'xtatmay, oxirigacha eshitishi lozim. Faqat shundan so'nggina ustoz shogirdining mashqlar ijrosida yo'l qo'ygan xatolarini bir boshidan tuzatishga kirishishi lozim. Aks holda, ya'ni o'qituvchi shogirdining tayyorlab kelgan mashqni ijro etayotganida xatoga yo'l qo'ygan zahotidagina uni to'xtatib xatolarni to'g'irlashga kirisha boshlansa, o'quvchining kayfiyati va ijodiy ilhomini so'ndiradi. Buning natijasida ijro jarayonida xato qilishdan cho'chib, o'z erkinligini yo'qotgan o'quvchida asar ijrosi jarayonida ikkilanish paydo bo'ladi, o'ziga ishonch yo'qoladi. Shuning uchun o'qituvchi har bir o'quvchining iqtidori, qobiliyati, musiqiy asarni tushuna olish imkoniyatlarini anglab olishga harakat qilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'ktamjon Rasulov. Cholg'u ijrochiligi. Toshkent. 2020.

2. Rozaxon Haydarova. An'anaviy cholg'u ijrochiligi (chang): o'quv qo'llanma Toshkent: "Musiqa", 2021, 168 b;

3. ABROR ZUFAROV. "Asil ohangni izlab...". O'zbekiston mumtoz musiqasi. http://musicuzbekistan.com/index_uz.htm .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.