Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA YUQORI LAB VA TANGLAYNING TUG‘MA KEMTIGI BО‘LGAN BOLALARDA NUTQ BUZILISHLARINI OLDINI OLISH'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA YUQORI LAB VA TANGLAYNING TUG‘MA KEMTIGI BО‘LGAN BOLALARDA NUTQ BUZILISHLARINI OLDINI OLISH Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
54
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
rinolaliya / nutqiy nuqson / korreksiya / yoriq / ontogenez / tanglay / artikulyatsiya / nutq / ovoz / nafas / diagnostika / korreksiya

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Shokirova Shaxnoza Dilmurodovna

Ushbu maqolada yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi bо‘lgan bolalarda nutq buzilishlarini oldini olish, ilk yoshdagi bolalarga ablitatsion yordam ko‘rsatish usullari, yo‘llari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA YUQORI LAB VA TANGLAYNING TUG‘MA KEMTIGI BО‘LGAN BOLALARDA NUTQ BUZILISHLARINI OLDINI OLISH»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA YUQORI LAB VA TANGLAYNING TUG'MA KEMTIGI BO'LGAN BOLALARDA NUTQ BUZILISHLARINI OLDINI

OLISH

Shokirova Shaxnoza Dilmurodovna

Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, PhD, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10680077

Annotatsiya. Ushbu maqolada yuqori lab va tanglayning tug'ma kemtigi bo'lgan bolalarda nutq buzilishlarini oldini olish, ilk yoshdagi bolalarga ablitatsion yordam ko'rsatish usullari, yo'llari keltirilgan.

Kalit so'zlar: rinolaliya, nutqiy nuqson, korreksiya, yoriq, ontogenez, tanglay, artikulyatsiya, nutq, ovoz, nafas, diagnostika, korreksiya

Nutqiy nuqsonni to'g'ri tashxislash va unga samarali ta'sir ko'rsatish, uni bartaraf etishning eng ratsional hamda tejamkor usullarini tanlay olish uchun nutqiy nuqson xarakterini, uning chuqurlik holatini, darajasini, nutqiy tizimning aynan qanday tarkibiy qismlari (komponentlari) buzilganligini aniqlay ola bilish muhim.

Tanglay yoriqliklari bo'lgan bolalarning nutqiy rivojlanishini belgilovchi muhim omillardan biri bu tanglayni qayta tiklash bo'yicha operatsiya tashkil etilgan yosh va jarrohlik rejimi (davolash usuli) hisoblanadi. Korreksion-pedagogik ishning maqsadi esa, bolaning statsionar holatda bo'lgan vaqti mobaynidagi ovqatlanish va uyqu bilan bog'liq shartli reflekslarni (ko'nikmalarni) saqlab qolishdir. Hosil bo'lgan malaka va ko'nikmalarni nafaqat saqlab qolish, balki rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega.

Korreksion ishni to'g'ri tashkil etish uchun bola nutqini o'z vaqtida zamonaviy va batafsil o'rganish lozim. Tanglay yoriqligi bilan tug'ilgan bolada rinolaliyaning og'ir nuqsonlari hosil bo'lishi uchun yetarli darajada asos bor. Biroq zamonaviy tibbiy va pédagogie chora-tadbirlar bu nuqsonni qisman yoki to'liq oldini olishi mumkin.

Tug'ma lab va tanglay yoriqligi bo'lgan bolalarning nutqiy rivojlanishida ularning ota-onalari sezilarli yordam ko'rsatishi mumkin, buning uchun bolalarning ota-onasiga ayni buzilish va bola bilan tashkil etiladigan korreksion ishning o'ziga xos xususiyatlari haqida kerakli bilimlar beriladi. Ota-onalarning kundalik vazifasi - bolaning to'liq nutqiy rivojlanishiga yordam berishdir. Ota-onalar o'zlashtirilgan bilimlarni bola bilan uy sharoitida ham mustahkamlab borsalar, korreksion ishning samarasi yanada oshadi. Uyda tashkil etiladigan mashg'ulotlar tez-tez olib borilishi kerak (kuniga 5 - 7 marta) biroq ularning davomiyligi qisqa bo'lishi lozim (10 - 15 daqiqa) [1, 97-b], bu mashg'ulotlarni atrofdagi predmetlar va ko'rgazmali materiallardan foydalangan holda o'yin shaklida tashkil etish maqsadga muvofiq. Bolaning nutqiy rivojlaishining tezligi oiladagi munosabatlarning xususiyati va kattalar bilan muloqot qilishning o'ziga xosligiga bog'liq. Emotsional omil katta ahamiyatga ega, shuning uchun ham bolada faqatgina ijobiy emotsiyalarni shakllantirish maqsadga muvofiq.

Nutq nuqsonining oldini olishga yordam beruvchi bir qancha pedagogik vositalar mavjud. Erta yoshda (1 yoshgacha) bolani uning til uchi iloji boricha alveolalarga yaqin turishiga turtki beruvchi holatda yotqizish kerak. Bolani qorin bilan yoki yon tomonlama yotqizish bunga imkon beradi.

8 - 10 oylikda bolada gugulash yuzaga keladi. Bola tovush birikmalarini talaffuz qila boshlaydi (gu-gu-gu, i-i-i, ta-ta va hokazo). Bu paytda bola ma'lum darajada unga qaratilgan nutqni tushuna boshlaydi. U ko'zlari yoki barmoqlari yordamida masalan, buvisi, soat, oyisi va

hokazolar qayerdaligini ko'rsata boshlaydi yoki tovushlar yordamida bolaning qanday yig'lashini (a-a-a), bobosining qanday xurrak otishini (x-x-x) ko'rsatib berishi mumkin.

Aynan shu davrda tanglay yoriqligi nuqsonlarini bartaraf etishni boshlash lozim.

Bolada rivojlangan taqlid refleksidan foydalanish mumkin - avval so'rish, keyin (1 yoshdan keyin) bevosita mashqlar yordamida nutqiy nafas ustida ishlash mumkin. Bu paytga qadar tovushlarga taqlid qilishga oid o'yinlarni o'ynash mumkin, bunda kattalar bolaning e'tiborini turli ranglarga bo'yalgan paxta bo'lagi yordamida nutqiy nafas chiqarishga qaratishi mumkin.

O'yin davomida bola masalan, kuchukchaning isib ketgandagi nafas olishi kabi holatlarga taqlid qilishi mumkin. Bolaga bunda a-a-a tovushlarini pichirlab nafas chiqarish paytida talaffuz qilish lozimligi eslatiladi. Biz qo'llarimizni qanday isitamiz? (qo'llarimizga x-x-x deya iliq nafas puflab ko'rsatamiz). Asta-sekinlik bilan bolaning til uchini oldinga siljitib og'iz orqali nafas olishga o'rgatish uchun boshqa bir qator mashqlarni ham o'ylab topish mumkin.

Oddiy nafas mashqlari hamda o'yinlardan asta-sekinlik bilan unli va undosh tovushlarni talaffuz qilishda og'iz orqali nafas chiqarish, bu jarayonga ovozni qo'shish va har bir tovushga ma'lum bir mazmunni biriktirish kabi ishlarga o'tiladi. Masalan boladan qizcha qanday yig'layotganini ko'rsatishni so'rash mumkin (a-a-a). Bunda havo oqimining og'iz orqali chiqarilishini doimiy ravishda nazorat qilib boorish kerak. Tilning uchi a tovushini talaffuz qilganda pastki kesuvchi tishlarga tegib turishi zarur.

Yuz mushaklari xotirjam. Bu holatga boshlang'ich bosqichlarda barcha unli tovushlarni talaffuz qilish mobaynida rioya qilish kerak.

Bunday mashqlarning bir qanchasini keltirib o'tamiz: Olovni qanday o'chiramiz? (f); Parovoz qanday signal chaladi? (u); Paroxod qanday signal chaladi? (i); Sen qanchalik kattasan? (o); Shamol qanday shovqin solidi? (v); Tishimizning orasidan qanday qilib nafas chiqaramiz? (s); Ari qanday ovoz chiqarib uchadi? (z); Qo'ng'iz qanday qilib g'o'ng'illaydi? (j) (til uchi sh tovushidagi singari yuqoriga ko'tariladi); Muzlagan qo'llarimizni qanday qilib isitamiz? (x) [2, 68-b],

Talaffuzning to'g'riligini paxta bo'lagini og'izga yaqin keltirib yoki qog'oz bo'lagining titrashini kuzatib nazorat qilishimiz mumkin. Chunki ular bola to'g'ri talaffuz qilganida "qo'rqib, qaltirashadi".

Tovushlar va so'zlarni talaffuz qilishda og'izning ochilishiga bolaning e'tiborni qaratish zarur (tanglay yoriqligi bo'lgan bolalarda og'zini ochmay turib gapirishga moyillik bo'ladi).

Mustaqil nutqni shakllantirishda bolaning e'tiborini og'iz orqali nafas chiqarishga qaratish lozim, bunda bola tushunishi uchun logoped og'iz orqali nafas chiqarib gapirishi o'z nutqida bo'rttirib namoyon etadi. Agar erta yoshda nutq buzilishlarining oldi olinmasa, operatsiya davriga kelib nutq nuqsoni nisbatan turg'un bo'lib qoladi va uni normallashtirish uchun yanada ko'proq logopedik ish talab etiladi.

Ochiq rinolaliyada ham operatsiyagacha, ham operatsiyadan keyin logopedik ishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Logopedik ishning asosiy sharti nutqiy apparatning sog'lom qismlarini iloji boricha faollashtirishdir.

Metodika asosi - fizioloik nafasni asta-sekinlik bilan nutqiy diafragmal nafasga o'zgartirish (og'iz orqali nafas chiqarish ko'nikmasini shakllantirish bilan birga). Bunda tilning og'iz b o'shlig'ida to'g'ri joylashishiga alohida e'tibor beriladi.

Ish jarayonida barcha tovushlar qaytadan shakllantiriladi, ularning artikulyatsiyasi qat'iy belgilangan mashqlar asosida hosil qilinadi. Bu mashqlar tizimida nutq apparati mushaklarini o'zaro fiziologik ta'sirini ta'minlash asosiy o'rin kasb etadi.

Tovushlarning ketma-ketligi tovushning artikulyatsion bazasi tayyorligi bilan belgilanadi (tayanch tovushlardan foydalanish bilan birga). Bu ketma-ketlik artikulyatsion apparatning avval yuqori qismida, keyin o'rta qismida to'g'ri nutqiy nafas va motorikani rivojlantirishga yordam beradi.

To'g'ri talaffuz ustida ishlashda bolalarda o'zining nutqini eshitib nazorat qilishni bosqichma-bosqich shakllantirishga e'tibor qaratish muhimdir: avvaliga logoped bolani tovush jaranglashini nazorat qilmasligiga harakat qiladi va uni bu jarayondan maksimal ravishda chalg'itadi, tovushlarning mustahkamlanishi mobaynida ularni eshitib ongli nazorat qilish ko'nikmasidan foydalaniladi.

Operatsiyagacha bo'lgan ishda tovush talaffuzini shakllantirishdan tashqari shaxs korreksiyasiga ham ahamiyat beriladi. Barcha logopedik ish ko'rgazmalilik, bolalarda ijobiy emotsiyalar asosida tashkil etilishi lozim.

Uranoplastikadan keyin bemorlar bilan tashkil etiladigan ish operatsiya davriga qadar bo'lgan tayyorgarlik darajasi va operatsiya natijasiga asoslanadi. Logopedning operatsiyadan keyingi faoliyati hosil qilingan tovush talaffuzi ko'nikmalarini yangi sharoitda mustahkamlashga qaratiladi [3, 66-b].

Uranoplastikadan keyin bemorning diqqati o'z nutqini eshitib nazorat qilishga qaratiladi. Nutqda hattoki sezilmas burun tusi kuzatilganda operatsiyadan keying ish xuddi operatsiyaga qadar tashkil etilgan ish singari to'liq olib boriladi.

Tug'ma yoriqliklar kuzatilganda tibbiy va pedagogik vositalar yordamida nutqiy nuqsonning oldi olinadi. Pedagogik profilaktikaning maqsadi - bolaning diqqatini artikulyatsiyaga qaratish va maxsus mashqlar yordamida tilning og'iz bo'shlig'idagi nuqsonli holatini to'g'rilab, og'iz orqali nuqiy nafas chiqarishni hosil qilishdir.

Shunday qilib, o'z vaqtida profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish ikkilamchi buzilishlarning oldini olishga va bolada to'g'ri nutqni shakllantirishga hamda uning jamiyatga ruhiy moslashishiga yoram beradi. Agar barcha mutaxassislarning faoliyati yagona tizim sifatida tashkil etilsa, yuqori samaraga erishish mumkin bo'ladi.

REFERENCES

1. Балакирева A.C. Лoгoпедия. Ринoлалия. MocKBa: Секачев, 2011.

2. Muminova L.R., Shokirova SH.D. Logopediya: Ochiq rinolaliyada korreksion-logopedik ish (tekshirish va bartaraf etish usullari). «Lesson press» nashriyoti: T.: 2022. 144 bet.

3. Shokirova Sh.D. Rinolaliyali bolalar nutqining intonatsion ifodaliligini tekshirish algoritmi. T.: Bola va zamon jurnali, 2021. 3-son, 65-68 betlar.

4. Shokirova Sh.D. Yuqori lab va tanglayning tug'ma kemtiklarida rezonans buzilishlarini korreksiyalash. T.: Bola va zamon jurnali, 2022. 4-son, 70-72 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.