TO'G'RI TALAFFUZGA O'RGATISHDA O'YINLARDAN FOYDALANISH
Feruza Elamasovna Komila Saydaxmad qizi Muxlisa Kuchqar qizi Yuldasheva Toshpo'latova Sattarova
Ohangaron shahar 7-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun yordamchi maktab
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bola nutqining rivojlanish jarayoni, nutqni to'g'ri tarbiyalashda e'tibor qaratish zarur bo'lgan jihatlar yoritilgan. Bola nutqidagi nuqsonlarni oldini olish va erta aniqlash uchun kerakli tavsiyalar, qo'llash uchun o'yinlar berilgan.
Kalit so'zlar: Logopediya, taqlid, passiv nutq, artikulyatsiya, o'yin.
USE GAMES TO TEACH CORRECT PRONUNCIATION
ANNOTATION
This article describes the development of a child's speech and the aspects that need to be considered in the proper upbringing of speech. Here are some tips and games to help prevent and detect speech problems in children.
Keywords: Speech therapy, imitation, passive speech, articulation, play.
Har bir oilada farzandlar dunyoga kelar ekan, bu barchamizga ta'riflab bo'lmas darajada quvonch bagDishlaydi. Ayniqsa, ular ilk so'zlarini aytib, ilk qadam tashlagani har doim onaning xotirasida muhrlanib qoladi.
Keyingi yillarda O'zbekistonimizda boshqa sohalar kabi logopediya fani ham shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Nutq kamchiligi kuzatilgan bolalar uchun maxsus muassasalar soni ko'paymoqda.
Nutq kishilarning tug'ma qobiliyati emas, u asta-sekin egallanadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Inson nutq yordamida o'z fikrini, his-tuyg'ularini namoyon etadi hamda boshqalar hissiyotlarini bilib oladi. Bolalarning nutqi maromida bo'lishi uchun bosh miya po'stlogDidagi nutq markazi to'liq shakllangan bo'lishi, ularning sezgi a'zolari-eshitish, ko'rish, ta'm bilish, hid bilish, teri sezgisi yetarli darajada rivojlangan bo'lishi kerak. Nutq rivojlanishi atrof-muhit bilan bogDliq jarayon bo'lib, bolaning yangi, aniq taassurotlar olishi uning harakatlari va nutqining rivojlanishida muhim omil bo'lib hisoblanadi. Bolani juda yoshligidan boshlab atrofdagi narsalarni tanishga, ularning ovozlarini eshitib, farqlashga o'rgatib borishimiz zarur, bu bilan biz bola nutqi rivojlanishiga yordam bergan bo'lamiz.
Bola 1,5-2 yoshga yetganda atrofidagi hamma narsaga qiziqib, ularning nomini bilgisi keladi. Bu davrda bola so'zlarni mukammal, to'g'ri talaffuz eta olmaydi. Ota-
onalar bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning ichki passiv nutqini rivojlantirishga eDtibor qaratishlari lozim. Buning uchun bola aniq takrorlay olmasa ham, har bir narsa, buyum, harakat nomini to'g'ri (bola tilida emas!) talaffuz etib borish tavsiya etiladi. BaDzan bolalarning tiliga taqlid qilib, erkalatib gapiramiz va ular nutqining notoDgDri rivojlanishiga o'zimiz sababchi bo'lib qolamiz. Masalan: ashsha yeysanmi? (ovqatyeysanmi? o'rniga), uxa qilasanmi? (uxlaysanmi? o'rhiga). 3-4 yoshli bola kattalar bilan bemalol muloqotga kirishib, o'z fikrini mustaqil bayon eta oladi. Biroq, aksari bolalarda tovushlar noto'g'ri talaffuz etiladi, baDzi bolalarda esa umuman tushunarsiz bo'ladi. 4-5 yoshli bolalarning ko'pchiligida tovushlar talaffuzi to'g'ri talaffuz me'yorlariga yaqinlashgan bo'ladi. Bu yoshdagi bolalarda, asosan, talaffuzi o'xshash tovushlarni bir-biri bilan almashtirish, talaffuzi murakkab tovushlarni tashlab ketish, alohida talaffuz etilgan tovushni nutqda to'g'ri qo'llay olmaslik hollari kuzatiladi.Masalan: kitob titob; koptok-toptok; qalam - alam; sher-ser kabi. Bunday holatlarning oldini olish uchun mutaxassis logoped tavsiyasi asosida ota-ona bola talaffuz aDzolari (artikulyatsion apparat) harakatchanligini oshirish, fonematik eshitish, diqqatini rivojlantirish uchun ish olib borishi mumkin. Talaffuz a'zolari harakatchanligini oshirish uchun quyidagi kabi artikulyatsion mashqlardan foydalanishni tavsiya etish mumkin:
"Shirin murabbo" o'yini. Maqsad: Til harakatini faollashtirish.
O'yinning borishi: Bolalarga murabboni yalayotgan qizning rasmi ko'rsatiladi. Qizning yuqori va pastki labiga murabbo yopishib qoldi. Qiz murabboni tili bilan yaladi. (Til harakati bilan murabboni yalash ko'rsatiladi). So'ngra bolalar ham ushbu mashqni qaytaradilar. Logoped har bir bola mashqni qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Tishlarimizni tozalaymiz
Maqsad: Til harakatini faollashtirish.
O'yinning borishi: Bola logopedga qaragan holda o'tiradi. Bolaga rasm ko'rsatiladi. Qarang, bola qanday qilib tishlarini tozalayapti? Biz ham hozir sizlar bilan tishlarimizni tozalaymiz. Faqat cho'tka bilan emas, balki tilimiz bilan. Avval logoped til bilan tishlarini tozalashni bolalarga o'zi ko'rsatib beradi. So'ngra har bir bolani oldiga chaqirib mashqni bajarishini kuzatib boradi.Mashq bir necha marta bajartiriladi.
"Kapalaklar uchyapti" o'yini O'yinning maqsadi: To'g'ri, uzluksiz havo oqimini hosil qilishga erishish O'yinning borishi: Bola stulchaga o'tiradi. Logoped bolaga:
-Qarang-a, qanday chiroyli kapalaklar: ko'k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli kapalaklarga o'xshaydi. Ko'raylik-chi, ular ucha oladilarmi? Kapalaklarni puflaydi.
-Qarang, uchib ketishdi. Qani, sizlar ham puflab ko'ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?
Bola har bir kapalakning qarshisiga turib puflaydi.
Metodik koDrsatma: O'yinni bir necha marotaba takrorlaydi. Bunda bolalarning to'g'ri turishiga , nafas olganlarida yelkalarning ko'tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bola bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib,biron narsani puflashi kerak. Lablar bir oz oldinga chiqqan bo'lishi kerak. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan ortiq puflamasligi kerak. Davomli tanaffussiz 10 soniyadan ortiq puflash bosh aylanishini keltirib chiqarishi mumkin.
"Kimning qushchasi uzoqqa uchadi?" o'yini O'yinning borishi: Ikkita stulchaning qirralariga qushchalar qo'yiladi, stulchalar bir-biridan 30 sm uzoqlikda turishi kerak. Bola har bir stulchaning qirrasida turgan qushchalarning to'g'risiga turib puflaydi. -Qushchalar uchishdi!-deyilgach, bola shakllarni puflaydi.
Metodik koDrsatma: Bola yupqa qog'ozdan tayyorlangan qushchalarni puflaganida lunjlari shishmasligi kerak. Qirqib ipga osilgan shakllarni bir nafas chiqarishda harakatlantirish kerak. Logoped bolalarga qushchani puflaganda ketma-ket (bo'lib-bo'lib) puflash mumkin emasligini aytadi va o'zi qushchani puflab ko'rsatadi.
"Futbol" o'yini O'yinning maqsadi: To'g'ri nafas ko'nikmasini shakllantirish O'yinning borishi: Logoped bolaga shunday deydi:
-Hozir biz siz bilan futbol o'yinini o'ynaymiz. Faqat oyog'imiz bilan emas, og'zimiz bilan o'ynaymiz. Koptok o'rniga paxtadan foydalanamiz.
Stol ustiga chizg'ich darvoza yasaladi. Bolalar chuqur nafas olib, nafas chiqarish davomida paxtani puflab darvozaga kirgazadi. Logoped to'g'ri nafas olish va nafas chiqarishni kuzatib boradilar.
Bolalar lug'at boyligini oshirish uchun turli turkumga kiruvchi predmet rasmlarini nomlashni o'rgatish lozim. Buning uchun mevalar, sabzavotlar, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, kasblar, ranglar, geometrik shakllar kabi turkumga kiruvchi predmetlarni nomlash, so'zlarni bo'g'inlarga bo'lish, predmetlar belgilari haqida suhbatlashish mumkin. Bola predmet rasmlarini nomlagandan so'ng bu so'zlarni umumlashtira olishi zarur.
Savol beriladi:
- Bu nima?
- Bu olma deb to'liq va aniq j avob berishga o 'rgatiladi.
Shu kabi boshqa predmetlar nomi ham o'rgatib boriladi. Keyingi mashg'ulotlarni predmet rangi, mazasi, shakli kabilarni aniqlash va aytish bilan boyitib borish mumkin. Predmetlarni umumlashtirishga o'rgatiladi.
Masalan: Olma, behi, gilos, olxo'ri, o'rik, shaftoli mevalarga kiradi.Ular bog'da, daraxtda yetiladi.
"Qizil-oq" o'yini
O'yinning maqsadi:Eshituv idrokini rivojlantirish, so'zdagi tovushni aniqlash. O'yinni jihozlash: Bolaga 2 ta doirachalar (qizil va oq) beriladi
O'yinning borishi: Logoped,boladan diqqat bilan quloq solishini va berilgan tovush qaysi so'zda ishtirok etayotganini aniqlashni soDraydi. Agar so'zda tovush ishtirok etsa, bola qizil doirachani, agar ishtirok etmasa oq doirachani ko'tarishlari kerak.
Eslatma: Yuqorida berilgan o'yinlardagi logopedning vazifasini ota-onalar yoki boshlang'ich sinf o'qituvchilari bajarishlari mumkin.
4-5 yoshli bola mustaqil ravishda harakat tasvirlangan rasmga qarab gap tuza olishi kerak. Masalan: Aziz kitob o'qidi. Gap tuzishda boladan rasmda tasvirlangan asosiy mazmunni, yaDni gapning kim yoki nima haqida ekanligi soDraladi. Gapda so'zlarni to'g'ri tartibda joylashishini nazorat qilib turish zarur. Masalan: Komil o'qidi kitob (Komil kitobni o'qidi) kabi holatlar kuzatilmasligi lozim.
Bola nutqining rivojlanishi qo'l mayda muskullari harakatchanligi (barmoq uchlari harakatchanligi) bilan bog'liqligi bir qancha olimlar izlanishlarida isbotlangan. Logopedik ishning asosida ham qoDl mayda muskullari harakatchanligini oshirish muhim o'rin egallaydi.
Bunday mashg'ulotlarni olib borishda bolaning imkoniyatlarini inobatga olish kerak. Ularni zeriktirib qoDymaslik uchun plastilindan va loydan turli buyumlar yasash, DLegoD o'yinidan unumli foydalanish, sanoq cho'plaridan namunaga qarab shakllar yasashni ketma-ketlikda bajartiramiz. Bundan tashqari qistirg'ichlar yordamida, qopqoqchalar bilan, iplar bog'lash (shnurovka) kabi o'yinlarni aniq reja asosida qo'llash mumkin. Bu jarayonlarni bevosita logoped yoki ona kuzatib, ularning harakatlarini baholab borishi lozim.
Nutq rivojlanishi bilish jarayonlari rivoji bilan chambarchas bog'liqligini unutmang! Maktab yoshiga yetgan farzandingiz tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilsa, yozuvda harflarni teskari yozsa (oynavand yozuv), qo'shib o'qishga qiynalsa, bu fanlarni o'zlashtirishiga ham o'z taDsirini ko'rsatadi. Shunday ekan, 4 yoshga to'lgan farzandingiz nutqida kamchilik sezilsa, albatta, logoped mutaxassis ko'rigiga olib boring. O'z vaqtida aniqlangan nuqson tezda bartaraf etiladi. Har qanday nutq kamchiligi uchun alohida logopedik yondashuvlar ishlab chiqilgan bo'lib, bu logopedlar tomonidan aniq reja asosida ish olib borishga zamin yaratadi. Farzandlar kelajagi uchun biz - kattalar birdek masDulmiz!
REFERENCES
1. M.Ayupova. LogopediyaD- O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, Toshkent, 2007
2. Ahmedova Z.M., Ayupova M.Y., Xamidova M.P. Logopedik o'yinD darsligi, Toshkent, 2007
3. R. Shomahmudova, LMo'minova. □Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish. Toshkent DTuron - IqbolD 2007
4. R. Shomahmudova DTo'g'ri talaffuzga o'rgatish va nutq o'stirish. Toshkent Ilm Ziyo, 2013
5. V.Rahmonova. □Maxsus pedagogikaD □ G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2004