Научная статья на тему '“LISON UT-TAYR” VA “MANTIQ UT-TAYR” DOSTONLARIDA MAJOZIY ISHQ TALQINI'

“LISON UT-TAYR” VA “MANTIQ UT-TAYR” DOSTONLARIDA MAJOZIY ISHQ TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

13
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Solik / vahdad ulvujud / fano / baqo / maqom / suluk / ishq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xulkar Otabek Qizi Ishkulova, Rasulova Rayxon

Ushbu maqolada “Mantiq ut-tayr” va “Lison ut-tayr” dostonlaridagi tasavvufiy ishq ya‟ni ilohiy ishq talqini haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“LISON UT-TAYR” VA “MANTIQ UT-TAYR” DOSTONLARIDA MAJOZIY ISHQ TALQINI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Chirchiq davlat pedagogika universiteti_Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

"LISON UT-TAYR" VA "MANTIQ UT-TAYR" DOSTONLARIDA MAJOZIY

ISHQ TALQINI

Xulkar Otabek qizi Ishkulova

CHDPU talabasi Ilmiy rahbar: Rasulova Rayxon O'zbek adabiyoti kafedrasi p.f.f.d.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Mantiq ut-tayr" va "Lison ut-tayr" dostonlaridagi tasavvufiy ishq ya'ni ilohiy ishq talqini haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Solik, vahdad ul- vujud, fano, baqo, maqom, suluk, ishq.

Ramziy- allegorik qissa va hikoyatlarning tarixiy ildizi miloddan avvalgi davrlarga borib taqalsa-da musulmon Sharqi mumtoz adabiyotida qushlar sayri bilan bog'liq ilk asar sifatida Ibn Sinoning " Tayr qissasi" ya'ni "Qush qissasi" risolasi e'tirof etiladi. Bu qissada qushlar ovchidan qochib podsho huzuriga borganlari hikoya qilinadi. Bu risolaga raddiya tarzida yozilgan Abu Hamid G'azzolining "Risolat at- tayr" ya'ni "Qushlar risolasi" asarida syujet va kompozitsiyasi asosan saqlanib qolgani haqida asar g'oyasida keskin o'zgarish yuz beradi. Uning qissaida Ibn Sinoning qissasidagi qushlar podshohning yoniga ovchilardan qochib emas podshohni o'zi istab ya'ni podshohning ishqida uning o'zini talab qilib oliy dargohga boradilar. Mazkur mavzu yozma adabiyotda ilk bor Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari orqali yaxlit va mukammal syujetga ega bo'lgan badiiy doston holga keltirildi. Unda syujet chiziqlari qayta ishlanishi bilan birga asarga tolib qushlar va yetakchi qush- Hudhud obrazi kiritiladi. Qushlar podshosi nomi Simrug' tarzida o'zgartiriladi va ko'pgina hikoyatlar qo'shiladi. Natijada asar hikoyat ichida hikoyat yo'nalishdagi ramziy -allegorik doston tarzda ko'tariladi. "Lison ut-tayr" murakkab irfoniy doston bo'lib, unda Navoiy majoziy obrazlar va ularning ramziy sarguzashtlari orqali obyektiv borliq va mohiyat haqidagi qarashlarni bayon etadi, shu bilan birga dostonlar real hayot lavhalari, kishilarning xatti-harakati va e'tibordagi ijobiy va salbiy xususiyatlari ham tasvirlangan. Har to'rttala dostonda ham ilohiy ishq yashirin tarzda kelgan. Ovchilardan qochgan qushlar ham, podshohni o'zlari ishlab kelgan qushlar ham, Semrug' ni izlab borgan qushlar obrazida ham tasavvufiy ish yoritilib berilgan.

April 23-24, 2024

415

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Chirchiq davlat pedagogika universiteti_Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Tasavvuf, so'fiylik- islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo'llovchi ta'limotdir. Tasavvuf so'zning o'zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Xaldulning fikri haqiqatga yaqin deb tarif etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" ' -" jun", "po'stin "so'zidan olingan bo'lishi kerak, zero qadimdan tarki dunyo qilgan zohirlar jundan to'qilgan po'stin kiyim yurishni odat qilganlar. Bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzida o'zlarida namoyon etganlar deydi. Tasavvuf insoniyat yaratgan ma'naviy ruhiy kashfiyotlardan biri bo'lgan murakkab ta'limotdir. Tasavvufni lo'nda qilib ilohiy muhabbat haqidagi ilm deyish mumkin. Shuning uchun ikki tasavvufiy ilohiy muhabbatni egallash Allohning sifat va ismlari orqali uning zotini bilish, tanishni talab qilar ekan. Buni aql va nazariy tasavvufiy bilimlar bilan emas, balki , yashirin bir ichki tuyg'u botiniy ya'ni yashirin tarz vositasida amalga oshirish mumkin deb ta'lim beradi. Solikdan ma'lum bosqichlarni bosib o'tishini talab etiladi lekin bu bosqichlar ichida ishq, tavhid, fono muhim ahamiyat kasb etadi. Ishq vodiysida oshiq haqqa yetishish uchun yonib kuyishi kerak. Fariddidin Attorning "Mantiq ut-tayr" va Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonlarida ham talab vodiysidan so'ng ishq vodiysi kelgan. Ishq vodiysida jon vidolik vapoqlik talab qilinadi. Solik ishq shulasi ichida samandardik yonib kul bo'lib yana kuldan qayta tirilishi, oshiqlik, fidoiylik va sadoqatni hayot tarziga aylantirmog'i lozim. Ammo bu muhabbat namoyish qilinmasdan , jondan aziz sir -siyosatga aylanmog'i lozim. Tasavvuf ta'limotiga ko'ra, bu dunyo Haqning tajallisi -Allohning jilolanishidir. Shu ma'noda inson ham o'zidagi mana shu zarrani kashf etishi, buning uchun esa juda uzun va mashaqqatli yo'lni bosib o'tmog'i kerak. "Mantiq ut-tayr" da ishq vodiysi yigirma bir baytni tashkil etsa , "Lison ut-tayr" da esa yigirma besh baytni tashkil etadi. "Mantiq ut-tayr" va "Lison ut-tayr" dostonlarida ilohiy ishq nihoyat darajada yorqin badiiy talqin qilingan. Bu ikki dostonda ham ilohiy jamolni bilish va uni tanishga intilishda ilohiy ishq asosiy kuch ekanligi o'z badiiy ifodasini topgan. Tasavvuf ta'limotida ilohiy ishq solik ma'naviy kamolotining eng yuqori bosqichi uchun dominant vazifasini o'taydi. Ishq oshiqni baqo olamiga olib boruvchi olov, Ishq solik shavqu zavqi, mashahadasini tezlashtiruvchi kuch. Qalbda ish olovi qanchalik kuchli bo'lsa soliq haqqa yetishmoq pog'onalardan shuncha oson ko'tarila boradi. Attor o'zining dostonida ishqaning mohiyatini olti hikoyat orqali ochib berishga urinadi. Alisher Navoiy ishqni ochib berish uchun faqat bittagina hikoyatdan foydalangan. Tasavvuf ahli orasida "Kimki oshiq bo'lsa u ishqini pinhon tutib, shu yo'da jonini qurbon qilsa, darhaqiqat shahid ketibdur" mazmundagi hadisga muvofiq ushbu vodiysi tavsiri uchun Navoiy arab

April 23-24, 2024

416

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti_

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

tilshunos olimi johiyat davridagi xalq dostonlari va she'rlarini to'plovchisi Asma'yi bilan bog'liq hikoyani keltiradi. Hikoyatga ko'ra Asma'iy hajga ketayotib bir chashma boshida yozib ketilgan toshni ko'radi. Toshda shunday deb yozilgan edi: "Ey Hijoz ahli! Bir sirning chorasini topsangiz: agar kishi ishqini mubtalo bo'lib ishq uning sabr-u qarordan judo etgan bo'lsa, nima qilsin?" Asma'iy qo'liga qalam olib yozuv tagiga shunday so'zlarni bitadi: "Kimki bu halokatli yo'lga kirgan bo'lsa, undan qo'rqmasin" Bu so'zlarni yozib bo'lib Asma'iy yana yo'lda davom etadi. Ertasiga yana shu joyga kelib qarasa toshda yangi yozuv paydo bo'lgan ekan: "Agar oshiq pok bo'lsa-yu ishqini yashirin saqlasa, lekin muhabbat sifatidan toqatda toq bo'lib, vaslga ihtiyoj sezsa, buning ilojini topmasa, nima qilsin?" Asma'iy bu so'zlarni o'qib qalam bilan shunday deb yozadi qo'yadi: "Agar o'sha dardli inson nasihatlarimdan o'z maqsadiga erishmagan bo'lsa, o'lsin va ishq o'tidan o'zini xolos qilsin!" Oradan bir kun o'tib oshiqning javobini bilish uchun o'sha joyga kelgan Asma'iy chashma yonida boshini toshga urib-o'zini halok etgan bir kishini ko'radi. Asma'iy bu halokatdan azoblanib halok bo'lgan oshiq uchun matam tutadi va marosimni shahidlar rasmiga muvofiq kafanlanmasdan kiyimi bilan qabrga quyadi. Ushbu hikoyatdan oshiqning asosiy maslagi ishq yo'lida jismdan voz kechish va yor uchun o'lmak afzal degan xulosa kelib chiqadi. Bu ikki dostonda ham ishq mavzusi keng ochin berilgan. Tasavvufiy ishqning qandayligi aslida bu dunyo o'tginchi dunyo ekanligi yoritilib berilgan. Dostonning ikkalasida ham baqo olamini anglashda olam mohiyatini ochishda asosiy qurol bo'lgan ishq go'zal badiiy talqin qilingan. Chinakam soliq bu -oshiq soliqdir.

REFERENCES

1. "Navoiyshunoslik" Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov-Toshkent: Akademnashr, 2020- yil. 576 bet,

2. Attor Shayx Fariduddin. "Mantiq ut-tayr" ( J. Komilov tarjimasi)._ Toshkent. Fan, 2006- yil,

3. Navoiy "Lison ut-tayr" . To'la asarlar to'plami. Yigirma jildlik. O'n to'rtinchi jild. _ Toshkent. Fan , 1996 - yil.

4. Turor Usmon "Tasavvuf tarixi" ( Nodirjon Hasan tarjimasi) _Toshkent. Istiqlol. 1999-yil

5. Internet sahifalari.

417

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.