Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1146-1150
"MANTIQ UT-TAYR" VA "LISON UT-TAYR" DOSTONLARIDA
ISHQ TALQINI
Shahnoza Abdimuminovna Qahhorova
Qarshi davlat universiteti dotsenti [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada "Mantiq ut-tayr" va "Lison ut-tayr" dostonlarida ilohiy ishqning badiiy talqini haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: solik, maqom, suluk, ishq, fano, baqo, vahdat ul-vujud.
POETIC INTERPRETATION OF DIVINE LOVE (ISHQ) IN THE EPIC "MANTIQ UT-TAYR" AND "LISON UT-TAYR"
ABSTRACT
In the article It is conceived about the interpretation of the divine love in the epic poems of "Mantiq ut-tayr" and "Lison ut-tayr".
Keywords: tax, status, leech, love, death, eternity, unity.
KIRISH
Tasavvuf insoniyat yaratgan ma'naviy-ruhiy kashfiyotlardan biri bo'lgan murakkab ta'limotdir. Tasavvufni lo'nda qilib ilohiy muhabbat haqidagi ilm deyish mumkin. Chunki tasavvuf ilohiy ma'rifatni egallash, Allohning sifat va ismlari orqali Uning zotini bilish va tanishni talab qilar ekan, buni aql va nazariy tafakkuriy bilimlar bilan emas, balki yashirin bir ichki tuyg'u, botiniy basirat, ya'ni muhabbat vositasida amalga oshirish mumkin, deb ta'lim beradi[1:48]
Solikdan ma'lum bosqichlarni bosib o'tishi talab etiladi. Lekin bu bosqichlar ichida ishq, tavhid, fano muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr" va Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonlarida tasavvufning muayyan mavzulari, shu jumladan, ilohiy ishq nihoyat darajada yorqin badiiy talqin qilingan.
Tasavvuf ta'limotida ilohiy ishq solik ma'naviy kamolotining eng yuqori
bosqichi fano uchun dominant vazifasini o'taydi. Ishq oshiqni baqo olamiga olib
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1146 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1146-1150
boruvchi olov, Ishq solik shavqu zavqi, mushohada-mukoshifasini tezlastiruvchi kuch. Qalbda ishq olovi qanchalik kuchli bo'lsa, solik haqqa yetishmoq pog'onalaridan shuncha oson ko'tarila boradi.
"Mantiq ut-tayr" va "Lison ut-tayr" dostonlari ilohiy jamolni bilish va uni tanishga intilishda ilohiy ishq asosiy kuch ekanligi o'z badiiy ifodasini topgan. Ikki dostonda ham talab vodiysidan so'ng ikkinchi bo'lib ishq vodiysi ta'rifi beriladi. "Mantiqu-t-tayr" dostonida ishq ta'rifi yigirma bir bayt, "Lisonu-t-tayr"da yigirma besh bayt maqolatdan tashkil topgan. Ikki dostonda ham ishqning mohiyati aniq ifodalab berilgan. Attor ishq vodiysi ta'rifini "Gar nasibing ersa g'aybdin senga ko'z, sen ko'rarsen qaydin ermish ishqu so'z"deb ifoda etadi. Ya'ni: Agar kishida g'ayb olamini ko'rish fazilati ato etilsa, asl ishq ana shudir. Navoiy ishqning talqinini "Ishq o'tig'a oshiqi pok o'rtanur, barqdin ondoqki xoshok o'rtanur" ishq o'tida pok oshiqning o'rtanishi xirmonga chaqmoq tushgandek kuydirib yuboradi deb ta'riflaydi.
Attor ishqning mohiyatini olti hikoyat orqali ochib berishga urinadi. Birinchi hikoyat bir kishi Faqoiydan "ishq nima?" degan savoliga quyidagicha javob oladi: Dedi: ishq ul, yuz jahon molingni, bas, Bir qadah sharbatga etgaysen evaz... Tushmaguncha boshiga savdoyu sir, Kimsa bilmas ishq nadir, savdo nadir. [2:295] Ikkinchi hikoyat Majnunning Laylini ko'rish uchun qo'y terisini yopinib borib ko'rgach ishqdan behush bo'lgani, unga kiyim-bosh bermoqchi bo'lishganda Majnun rad etib:
Ishq kerak aqlu xiradni haydasin, Dil sifotingni mubaddal aylasin. Bo 'Imagay oshiqda o 'zga fikr-uy Jon tikarsen unga, o 'zga gapni qo 'y. Qo 'y qadam, joning sarafro 'z ersa ul, Bu o'yinmas balki jonbozlik erur. [2:296] deb javob qaytargani haqida
Uchinchi hikoyat bir faqirning Ayozga oshiq bo'lgani va Ayozning unga e'tibor ham qilmagani. Buni ko'rgan Sulton Mahmud gadoga shoh bilan tenglashmoqni istaysanmi? Deb aytganda gado hech qachon men shoh bilan tenglasha olmayman. Nima qilay aql bu yerga kelma desa ham ishq meni bu yo'lga boshlayveradi deb javob berganligi haqida.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1146-1150
To'rtinchi hikoyat bir arabning Ajam yurtiga borib guzarni sayr etib yurganda bir qalandarxona uning etiborini tortadi. U yerga yaqinlashganda "ichkari kir" degan ovoz ehitiladi. Qalandarxonaga kirganda unga may quyqasi ichirishadi. U bir ichishda mast bo'lib qoladi. U hamma oltin kumushlarini sochib hech vaqosiz qoladi. Arab yurtiga qaytganda yaqinlari ajamga borish xayrsiz bo'ldi deb aytishadi. U arab butunlay yo'qlikka botgandi, uning yodida faqat "kir ichkari"degan so'z qolgandi. Hikoyat oxirida ushbu misralar keltiriladi: Yo 'lga kir yo bosh olib ket bir tomon, Jonga qo 'sh joningniyu o't bir tomon. Jon ila etsang qabul asrori ishq, Jon berib, boshingni et darkori ishq. Benavo qolsang yana, jondin nari, Senga qolgan so'z bo 'l ur: kir ichkari... [2:301]
Beshinchi hikoyat bir oshiq yigit mashuqasining og'ir dardga chalinib darddan qiynalib o'limi yaqinlashib borardi. Bu xabarni eshitgan oshiq qo'liga pichoq bilan mashuqasini o'ldirishga otlanadi. Odamlar unga o'likni o'ldirib nima qilasan deganlarida oshiq ularga:
Jonki ketsa o 'rtadin, bejon bo 'lur, Xilvat aylar, maxrami jonon bo 'lur. Xilvat etsa, yo 'Ida bir dayyor yo 'q, Ikki olam yoru bir ag 'yor yo'q. Kimki bu xilvatga topsa yo 'l dame, Ko 'rmagay ul axli xilvatda g'ame. [2:302] Oltinchi hikoyat Xalilullohning o'lim vaqti kelib uning jonini olishga Azroil keladi. Xalilullohning Azroil jon berishdan bosh tortib, faqat jon ato etgan uni qaytarib olishga haqli deb aytgani haqida.
Alisher Navoiy ishq bobida faqat bitta hikoyat keltiradi. Asmaiy hajga ketayotganda bir gulzorda chashma yoniga hordiq chiqarayotganda chashma boshida bir toshga yozilgan xatni ko'radi."Ey ahli Hijoz, chorasin oning chu bilgaysiz bu roz. Kimsa bo'lsa ishq zori naylasun? Bo'lmasa sabru qarori naylasun?" [3:206] deb yozilgan edi. Asmaiy qo'liga qalam olib, bu xat ostiga bunday yozdi: "Kim bu varta ichra istar poklik, Qilmasun fosh etkoli beboklik" [3:206]. Asmaiy ertasiga kelib qarasa, o'sha kotib yana quyidagilarni yozib qo'yibdi.
«Kim agar ul oshiqi ozurda jon,
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1146-1150
Bo „Isa poku tutsa ishqin ham nihon,
Lek ul shavqu muhabbat shiddati, Tez o „lub, toq o „Isa oning toqati,
Vasl bo „Isa ehtiyoji naylasun, Topmasa bu ish iloji naylasun?» [3:207]
Asmaiy bu sirni ko'rgandan keyin, sehrli qalami bilan shunday yozdi:
« Ul notavoni dardmand,
Kim anga ishq ichra yozdim bo „yla pand.
Topmasa ul pand birla ixtisos, O „lsunu ishq o „tidin bo „lsun xalos» [3:207]
Berahm nasihatchi yana chashma yoniga kelib, oshiq javobini bilmoqchi bo'ldi. Qarasaki :
Boshin ul tosh uzra ul yanglig „ urub, Kim ikisin bir-biridin sindurub.
Chashma suvin qoni aylab lolagun, Suv sari tosh ustidin boshi nigun. [3:208] Har ikki dostonda ham ishqning badiiy talqini orqali uning mohiyati bir-biriga muvofiq keladi. Biroq ishqni yoritishdagi talqinlar farqlidir. Attor olti hikoyat orqali mavzuni ochib berishga urinadi. Navoiy bir hikoyat keltirib mohiyatni aniq ko'rsatadi. Ayniqsa hikoyat oxirida:
Foniyo, ishq ichra foniy bo „yla bo „l, Bo „lmasa sabru shikebing, bo „yla o„l.
Kimga bu o „lmak nasib etsa xudo, Yuz tuman jon bo „yla o„lmakka fido,- [3:208] deb yakunlashi ishq dardiga mubtalo bo'lgan solik vaslga yetishmoq uchun shu kabi foniy bo'lish yo'li ana shunday bo'lishini takidlab yakunlaydi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1146-1150
Dostonning ikkalasida ham baqo olamini anglashda, olam mohiyatini ochishda asosiy qurol bo'lgan ishq go'zal badiiy talqin qilingan. Chinakam solik — bu oshiq solikdir.
REFERENCES
1. Комилов Н. Тасаввуф. -Тошкент: Ёзувчи, 1996.
2. Attor, Shayx Fariduddin. Mantiq ut-tayr (J.Kamol tarjimasi). - T.: Fan, 2006.
3. Navoiy, Alisher. Lison ut-tayr/ Navoiy, Alisher. To'la asarlar to'plami. Yigirma jildlik. O'n ikkinchi jild. - T.: Fan, 1996.
4. Turor Usmon. Tasavvuf tarixi (Nodirxon Hasan tarjimasi). - T.: Istiqlol, 1999.