Научная статья на тему 'LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABALARNI O‘QITISH USULLARI VA METODLARI'

LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABALARNI O‘QITISH USULLARI VA METODLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / laboratoriya / bola / nuqson / nutq / pedagog / inklyuziv / metod / ko‘rish / eshitish / gapirish / talaffuz.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Qaraxonova L.M, Tursinboyeva H.O

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tizimida imkoniyati cheklangan pedagogika oliy ta’limdagi talabalarning laboratoriya sharoitida ta’lim olishi, laboratoriya sharoitida inklyuziv ta’limini tashkil etishning maqsad va vazifalari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABALARNI O‘QITISH USULLARI VA METODLARI»

LABORATORIYA MASHG'ULOTLARIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN TALABALARNI O'QITISH USULLARI VA

METODLARI

1L.M. Qaraxonova, 2H.O. Tursinboyeva

1O'zPFITI, "Tabiiy fanlarni o'qitish texnologiyalari" bo'limi mudiri, p.f.f.d.(PhD) katta ilmiy

xodim, 2O'zPFITI 1-bosqich tayanch daktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11183298

Annatotsiya. Ushbumaqoladainklyuziv ta'lim tizimidaimkoniyati cheklanganpedagogika oliy ta'limdagi talabalarning laboratoriya sharoitida ta'lim olishi, laboratoriya sharoitida inklyuziv ta'limini tashkiletishningmaqsadva vazifalari haqida so 'z boradi.

Kalit so 'zlar: ta'lim, tarbiya, laboratoriya, bola, nuqson, nutq, pedagog, inklyuziv, metod, ko 'rish, eshitish, gapirish, talaffuz.

Inklyuziv ta'lim nogiron bolalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta'lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko'zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Inklyuziv ta'lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda emas, balki sog'lom bolalar o'qiydigan umumta'lim maktablarida ham ta'lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e'tirof etadi. Buning uchun esa maktab ham, o'qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta'lim tizimiga tayyor bo'lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o'qishga imkon omillari shu ta'lim talablariga to'la javob berishi kerak. Ba'zan tengdoshlarimiz, maktabdoshlarimiz orasida yoki mahallada imkoniyati cheklangan bolalarni ko'rib qolsak, tushunib-tushunmasdan uni ajratib qo'yishga, u bilan muloqot qilmaslikka harakat qilamiz. Bu noto'g'ri, aslida ular bilan o'rtoq bo'lib, bir jamoa bo'lib yashasak, ularning baxtli hayot kechirishlariga hissa qo'shishimiz mumkin, zero jamiyatimizda hamma insonlar baxtli bo'lishga haqlidirlar.

Zamonaviy o'qituvchini shakllantirishi, har bir o'qituvchi o'z ustida muntazam ishlab, malakasini oshirib, o'z tajribalarini o'quvchilar ta'lim- tarbiyasiga qaratishi lozim. Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi ta'limni boshlash imkoniyatiga ega bo'lgan barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni umumta'lim jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta'lim alohida yordamga muhtoj bolalarga ta'lim olishni taqdim etishi bilan katta ahamiyatga ega. Bu ana shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta'lim tizimiga kiritishni bildiradi. Ushbu jarayon o'zining quyidagi huquqiy, ijtimoiy asoslariga ega bo'lmog'i zarur. Ya'ni:

- Har bir bola ta'lim olish uchun asosiy huquqga ega va kerakli darajada bilim olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak;

- Har bir bola o'z xosliklariga, qiziqishlariga, qobiliyat va o'quv ehtiyojga ega;

- Ta'lim yuzasidan alohida ehtiyojga ega bo'lgan ommaviy maktablarda o'qish imkoniyatiga ega bo'lishlari, bu yerda ularning ehtiyojlarini qondirish maqsadga yo'naltirilgan pedagogik metodlar asosida sharoit yaratish zarur;

- Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar bilan bir xil sharoitda o'qishlari va kamol topishlari zarur;

-Inklyuziv sinflar o'quvchilar va pedagoglarga jamiyatga va maktabga yangicha qarashni rivojlantirish orqali jamiyatning eng yaxshi a'zolari bo'lishlari uchun yordam berishga yo'naltirilishi zarur;

- Inklyuziv ta'lim umumta'lim maktablari o'quvchilari, direktorlari, ota-onalar va maxsus pedagoglarni bitta guruhda hamkorlik qilishlarini talab qiladi.

Ko'p hollarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-onalari o'z bolalarining ta'limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari haqida noto'g'ri tushunchaga ega bo'lganlari natijasida bu bolalarga to'g'ri ta'lim berishni talab qilmaydilar.

Davlatimizda bu ta'limga alohida e'tibor so'ngi yillarda ayniqsa samarali natija bermoqda. Buning yaqqol misoli sifatida "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-4860, 13.10.2020 yil). Qaror bilan 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.

Hozirda nogiron bolalarni normal rivojlanayotgan o'quvchilar bilan teng ravishda o'qitish tajribasi faol shakllantirilmoqda. Ushbu turdagi ta'lim amaliyoti har bir o'quvchining individualligini qabul qilish g'oyasiga asoslanadi, shuning uchun jarayon nogiron bolaning ehtiyojlarini qondiradigan tarzda tashkil etilishi kerak.

Pedagogika oliy ta'limda ham boshqa oliygohlar singari imkoniyati cheklangan talabalar oz bo'lsa ham tahsil olishadi. An'anaviy laboratoriya mashg'ulotlarida esa o'qituvchi bevosita o'zi rahbarligi ostida suhbat olib boradi, ya'ni talabalarga dars davomida bevosita o'g'zaki maslahatlar berib boradi, o'quv jarayonini o'qituvchining o'zi tuzgan reja asosida amalga oshiradi, o'quv faoliyati yuzaki nazorat qilib boriladi, o'quv jarayonida faqat og'zaki so'rov metodlaridan foydalaniladi. Bu usul esa nafaqat imkoniyati cheklangan talabalar uchun tushunarsiz bo'lib qolmadan balki, imkoniyati cheklanmagan talabalar uchun ham juda zerikarli bo'lib qolgan. Shuning uchun yaratilayotgan laboratoriya ish daftari orqali talabalar o'z-o'zini o'zi baholash uchun ko'p tanlovli topshiriqlar, o'quv faoliyati esa laboratoriya ish daftari orqali nazorat qilinadi, barcha talabalar o'quv maqsadini mustaqil mustaqil amalga oshiradi, o'quv jarayonini mustaqil rejalash, nazorat qilish va tashkil qilishni o'rganadi.

Talaba ish daftari - o'quv metodik ta'minotning asosini tashkil etadi. Unda talabaning o'z faoliyatini o'zi boshqarib borishi, o'z bilimini o'zi baholash uchun zarur bo'lgan tavsiyalar keltiriladi. Talaba ish daftarida laboratoriya mashg'uloti mavzusini shaklan mustaqil, mazmunan o'zaro uzviy bog'langan bir necha laboratoriya ishlariga ajratib o'rganish tavsiya etiladi. O'qituvchi laboratoriya ish daftari orqali yozma maslahatlar beradi, bu esa eshitish qobiliyatida nuqsoni bor talabalarga qulayliklar bera oladi. Agar talabada savol tug'ilsa ham yozma ravishda talaba ish daftariga yozib qoldiriladi va buni o'qituvchi ish daftarini tekshirayotgan paytda javob berib ketadi va shu orqali eshitish qobiliyatida nuqsoni bor talabalar boshqa eshitish qobiliyatida nuqsoni yo'q talabalar singari mavzuni to'liq o'zlashtirishga muvofiq bo'ladi.

Laboratoriya darslarida taqdim etilayotgan laboratoriya ish daftaridagi rasmlar, ulardagi topshiriqlar, testlar, sxemalar, ma'lumot jadvallari eshitish qobiliyati buzilgan talaba-o'quvchilar uchun ham mos keladi. To'g'ri darsni o'z qulog'i bilan eshitmagan holdayam, bu laboratoriya ish daftarida ko'rsatilgan rasmlar, mavzuga oid nazariy ma'lumotlar, ko'p tanlovli testlar, topshiriqlar, mavzuga oid videolar orqali imkoniyati cheklangan talaba imkoniyati cheklanmagan talabalar singari mavzuni to'liq tushunishga yordam bera oladi.

Laboratoriya ish daftarida ko'zi ochiz talabalar uchun audio darsliklar ham bo'ladi, bu audio darsliklar ssilka orqali kiriladi, buni albatta ko'zi ochiz talaba o'zi uddalay olamaydi, tabiiyki buni hamkorlikda ya'ni imkoniyati cheklanmagan boshqa bir talaba yordamida amalga

oshiriladi. Audio darsliklarni ko'zi ochiz talabalar uyda yoki bo'sh vaqtida eshitib, laboratoriya mashg'ulotlarini qay darajada bajarilish tartibi, savollar kiritilgan bo'ladi.

Shunday qilib xulosa o'rnida shuni takidlash joizki, inklyuziv ta'lim - bu alohida ta'limga muhtoj talabalar-o'quvchilarni o'qitish jarayonining yangi texnologiyalar asosida amalga oshirish hisoblanadi. Aslini olganda laboratoriya ishlarini bajarish hamma uchun ham qiyinchilik tug'diradi. Inklyuziv ta'lim sharoitida laboratoriya o'quv fani mashg'ulotlarini bajarish alohida e'tibor va o'quv jarayonini puxta o'ylangan holda tashkil etishni talab qiladi. Darhaqiqat, nogiron bolalarning aksariyati laboratoriya ishlarini o'rganishda qiyinchiliklarga duch keladi: kognitiv jarayonlarning yetishmasligi, eshitish qobiliyatining buzilishi, nutqning buzilishi, aqliy zaiflik -bular o'z navbatida o'rganish jarayonini sezilarli darajada murakkablashtiradigan omillardir. Ammo bir narsani tan olish kerakki, zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda barchaga birdek sifatli ta'lim berish murakkablashib bormoqda. Ana shu jarayonda, birinchi navbatda nogiron bolalar uchun ta'lim maqsadi yuqori ta'lim darajasiga erishish emas, balki psixofizik to'siqlarni bartaraf etish va sog'lom insonlar orasida yashash imkoniyatini berishdir. Bu borada o'qituvchi, psixolog va ota-onalarning hamkorlikda ish olib borishlari uzoq vaqt davomida mutlaqo imkonsiz bo'lib tuyulgan yuqoridagi imkoniyatlarni amalga oshirishga yordam beradi.

ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-sonli qarori.

2. Torsunova O.V. Korreksionnaya napravlennost urokov angliyskogo yazika dlya detey s ogranichennimi vozmojnostyami zdorovya (Elektronniy resurs). - Rejimdostupa:http: // www.metod - kopilka.ru/ctatya- na- temu-korrekcionnaya - napravlennosturokov-angliyskogo- yazika-dlya- detey-s-ogranichennimi- vozmozhnostyami- zdorovya59609.html (15.10.2016)

3. Муминова, Л. Р. Концепция инклюзивного образования в Узбекистане: материалы II Междунар. науч.- практ. конф. «Инклюзивное образование: проблемы, поиск путей решения». - Душанбе, 2013. - С. 17-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.