Научная статья на тему 'RAQS SAN’ATIDA INKLYUZIV TA’LIM'

RAQS SAN’ATIDA INKLYUZIV TA’LIM Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
49
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
nogiron / inklyuziv ta’lim / san’at / madaniyat / jarayon / faoliyat / pedagogik texnologiya / metod

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nasiba Erkinovna Abraykulova

Ushbu maqolada muallif tomonidan raqs san’atida inklyuziv ta’lim, ushbu sohada bugungi kunda olib borilayotgan ishlar, uchrayotgan muammolar haqida sо‘z yuritilgan va yechimi sifatida takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQS SAN’ATIDA INKLYUZIV TA’LIM»

RAQS SAN'ATIDA INKLYUZIV TA'LIM

Nasiba Erkinovna Abraykulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif tomonidan raqs san'atida inklyuziv ta'lim, ushbu sohada bugungi kunda olib borilayotgan ishlar, uchrayotgan muammolar haqida so'z yuritilgan va yechimi sifatida takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: nogiron, inklyuziv ta'lim, san'at, madaniyat, jarayon, faoliyat, pedagogik texnologiya, metod.

INCLUSIVE EDUCATION IN THE ART OF DANCE

Nasiba Erkinovna Abraykulova Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the author talks about inclusive education in the art of dance, the work carried out in this area to date, the problems that have arisen, and offers suggestions as a solution.

Keywords: disabled person, inclusive education, art, culture, process, activity, pedagogical technology, method.

Boshqa ta'lim tizimi qatorida madaniyat va san'at ta'lim muassasalarida ham inklyuziv ta'lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda. Barchaga ma'lum-ki, inklyuziv ta'lim nosog'lom bolalar barcha sog'lom bolalarda bo'lgani kabi shart-sharoiti bir xil bo'lgan ta'lim muassasalarida ta'lim olishini anglatadi.

Bugungi kunda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qilish bilan bog'liq muammolarni hal etish masalalariga davlatimiz tomonidan yanada ko'proq e'tibor qaratila boshlandi. Prezidentning 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son Qarori qabul qilinganligi va ushbu qarorda inklyuziv ta'limni bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo'yilganligi fikrimizning isbotidir. Unda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim muassasalariga kelishi uchun to'siqsiz muhit yaratish, qulay sharoitlar yaratish, pedagog kadrlar tayyorlash, o'quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan1[1]. Imkoniyati cheklangan talabalar ham sog'lom talabalarga berilgan

1Prezident Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son Qarori.

I icclT^^^^H 858 http://oac.dsmi-qf.uz

e'tibor, ularga yaratilgan sharoitlarda o'qishga haqli. Ayniqsa raqs san'atiga ishtyoqi baland bo'lgan talabalar ehtiyojini qondirish alohida e'tibor talab qiladi.

O'z tajribamdan kelib chiqib aytisam, madaniyat va san'at ta'lim yo'nalishlarida ko'rish qobiliyatida muammosi bor talabalar toifasi bilan alohida ishlab raqs san'ati ta'limini amalga oshirish mumkin. Ammo, bunga o'qituvchilar ham ruhan tayyor bo'lishlari lozim. Chunki, ular o'qituvchini tez ilg'aydi va tushunadi. Sog'lom talabalar bilan bir guruhda o'qiydigan imkoniyati cheklangan talabalar eshitishga, ko'rishga va tushunishga boshqalardan ko'ra ko'proq kuch sarflashi kerak bo'ladi. Shu narsalarni o'qituvchilar to'g'ri qabul qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo'lga qo'ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo ularning o'zilari tayyor bo'lishi kerak. Imkoniyati cheklangan talabaga dars o'tmagan o'qituvchi guruhida shunday talabalar bo'lsa, u dastlab talaba dilini tushunmasligi, uning qiyin o'zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun o'qituvchilarni imkoniyati cheklangan talabalar bilan ham ishlashga o'rgatish lozim.

Ko'rish qobiliyatida muammosi bor talabalar bilan ishlashni nazarda tutgan holda raqsdagi mashqlarni o'zgarmas narsa deb tushunilmaslik kerak. Aslida har bir mashq o'ziga tegishli kichik maqsadni ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirishda esa tegishli sharoit uchun eng ma'qul deb topilgan yo'llar, usullar, vositalardan foydalanish ko'zda tutiladi. Demak, mashqlarda belgilangan maqsadni o'zgartirmagan holda uni to'liq amalga oshirishni ta'minlovchi, o'zaro farq qiluvchi har turli yo'llar, usullar, vositalar qo'llanilishi mumkin. Masalan, pedagogik texnologiyaning so'zlash jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatida turli vositalardan foydalaniladi. O'qituvchi so'zlash orqali motivatsiya beradi. Tushuntirish orqali axborot va raqs san'ati bo'yicha bilim beradi, o'z mahoratini ishga solib munozaraga kirishadi. O'quvchi esa o'qituvchini tinglash orqali motivatsiya oladi, eshitish jarayonida diqqatini jamlaydi. O'zlashtirish orqali hotirasini mustahkamlaydi va munozaraga kirishadi, so'zlash orqali irodasi mustahkamlanadi.

"O'qituvchi va o'quvchi faoliyati pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni hisoblanadi. O'quv-tarbiya mashg'ulotlari o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi pedagogik muloqot ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu muloqot davomida ularning har biri ma'lum faoliyat turlarini amalga oshiradilar."2[2, 8-b.] Bundan ko'rinib turibdiki, o'qituvchi uchun so'zlash-tushuntirish, topshiriqlar berish- rahbarlik qilish, nazorat qilish - mustaqil bilim olish va fikrlashni o'rgatishdan iborat. O'quvchi uchun esa diqqatni jamlagan holda tinglash-tushunish, kuzatish- o'zlashtirish, topshiriqni bajarish orqali mustaqil bilim olishni va fikrlashni o'rganishdan iborat. Xulosa shu-ki, o'qituvchi rahbarligida o'quvchi o'zi bilim oladi, o'rganadi, o'zlashtiradi, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini egallaydi. Raqs san'ati ta'limida ham o'qituvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar so'zlash, mashq qildirish, vazifa berish va nazorat qilishdan iborat.

2Pedagogik texnologiyalar asoslari. J.G'.Yo'ldoshev, S.A.Usmonov. 2005 yil. 8-bet

I ícclT^^^^H 859 http://oac.dsmi-qf.uz

Bunda o'qituvchi gapirib tushuntiradi, harakatlarni qo'li bilan ushlab o'zi bilan mashq qildiradi, talabaning mustaqil bajargan mashqlarini tekshirib, kamchiligini to'g'irlaydi va mustahkamlaydi. Bu yerda pedagogik texnologiya asosan psixologik vositalarga, jumladan, o'qituvchi mahorati, malakasi, o'quvchining iste'dodi, irodasiga bog'liqligiga e'tibor qaratish lozim.

Inklyuziv ta'lim uchun to'siqlarga yo'l qo'yilmasligi kerak. Masalan: "Ashula va raqs" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Raqs san'ati asoslari" fani ma'ruza va seminar shaklda o'qitiladi. Mazkur yo'nalishda o'qiydigan ko'rish qobiliyatida muammolari bor talabalar ushbu fanda faol qatnashadilar, o'zaro fikr almashadi. Ammo, "Raqs", "O'zbek xalq raqslarini sahnalashtirish" kabi fanlar amaliy mashg'ulot shaklida o'qitiladigan fan bo'lganligi sababli birmuncha to'siqlarga duch keladilar. Raqsni o'qitishning sog'lom talabalardan farqli tomonlari shundaki, ularni toliqtirib qo'ymaslik uchun 10-15 daqiqa mashg'ulot olib boriladi. Raqsdagi holatlar, harakatlar haqida tasavvur hosil qilishlari uchun ularning qo'llarini ushlagan holda (to'g'riga, yon tomon va yuqoriga ko'tarib) harakatlanish doirasining asosiy nuqtalari belgilab beriladi. Ushbu asosiy nuqtalarni o'zlashtirib olganlaridan so'ng holatlar va harakatlarning ijrosi ustida ishlanadi.

Bundan tashqari, o'qituvchilarning ovozli tarzda mavzularni tushuntirishining o'zi talabalarning o'zlashtirishi uchun yetarli bo'lmaydi. Chunki biror yangi mavzu boshlashdan oldin undagi tushunchalar obdon tushuntirilib, o'quvchilarda tasavvur paydo bo'lgach, keyin u haqida ma'lumot beriladi. Ma'lumotni qabul qilganini savol-javob qilish orqali tekshirib ko'rilgach harakatlarni o'rganishga o'tiladi.

Talabaning inklyuziv muhitda boshqalardan o'zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Zaif ko'ruvchi va umuman ko'rish qobiliyati bo'lmagan talaba o'qituvchining sog'lom talabalar bilan bo'lgan muloqotini, bajarayotgan mashqlarni takrorlayoganida aytiladigan ma'lumotlarini eshitib o'tiradi. Natijada u ham boshqalar kabi harakatlanishni, raqsga tushishni hohlaydi. Uning bunday holatida ko'zga tashlanadigan kamchiliklariga sabr bilan yondoshih, o'zini chetga tortib o'z qobig'iga o'ralib olishiga, raqsni o'rganishga qiziqishi so'nishga yo'l qo'ymaslik kerak. U ruhan boshqa tengdoshlari bilan yaqin bo'la olishiga sharoit yaratish kerak. Bu kabi talabalarga o'qituvchi alohida yondashishi kerak bo'ladi.

Ko'zi ojiz talabalarni raqs san'atini o'qishida nimalar qiynamoqda? Imkoniyati cheklangan talabalar oddiy talabalarga qaraganda ko'proq e'tiborga muhtoj bo'ladilar. Ko'zi ojizlar va zaif ko'ruvchi talabalar uchun ularning har biriga individual yondashiladi. Sog'lom talabalarga qaraganda, ko'rish bilan muammosi bor talabalarning harakatlanish tezligi past bo'ladi. Ular eshitish va eslab qolish asosida o'qiydi. Bu esa talabadan energiya talab qiladi. Ba'zi ota-onalar nogironligi bo'lgan bolasini raqs fanidan mashg'ulotlarga qatnashishini hohlamaydilar. Sog'lom

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

tengdoshlari kabi raqsga tusha olmasligidan ko'ngli cho'kib qoladi deb o'ylaydilar. Bundan tashqari, ba'zi insonlar "Senga raqs faniga kirish shart emas" degan fikrni miyasiga singdirishga harakat qiladilar. Ammo bunday tartib talabalar huquqlariga zid deb o'ylayman. Chunki barcha talabalar ta'lim turini va fanni tanlash huquqiga ega. Shuningdek, bu masalada biz jamiyatimizning ongini o'zgartirishimiz kerak, chunki sog'lom insonlar imkoniyati cheklangan talabalarga past nazar yoki achinish hissi bilan qaramasliklari kerak. Aksincha, ular o'zlarini sog'lom talabalar kabi erkin his qilishlariga ko'maklashish zarur.

Davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar hamda soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan bir qancha ishlarga qaramasdan bu borada ham muammolar mavjud.Raqs san'ati ta'limida pedagogika fanlariga oid dasturlarda va darsliklarda inklyuziv ta'limga e'tibor qaratilmagani, shuningdek, bo'lajak pedagog-xoreograflarning alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar jalb qilingan ta'lim muassasalarida amaliyot o'tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan talabalarga raqs san'atini o'qitishga mo'ljallangan zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar ishlab chiqilmagan.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida uchun pedagog-xoreograf ta'lim yo'nalishi uchun "raqs san'ati uchun inklyuziv ta'lim" dasturlarini ishlab chiqish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar jalb qilingan ta'lim muassasalarida pedagog-xoreograf ta'lim yo'nalishi talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish, alohida ta'limga ehtiyoji bo'lganlarga raqs san'atini tanishuv mashg'uloti shaklida o'qitish mumkinligi haqida targibot ishlarini olib borish hamda ularga nogironlik turlari va yoshini hisobga olgan holda raqs san'atini o'qitishga mo'ljallangan zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar ishlab chiqish zarur. Ushbu takliflarni amalga oshirish uchun bu borada katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar, olimlar jalb etilishi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Prezident Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son Qarori.

2. Yo'ldoshev J.G', Usmonov S.A. Pedagogik texnologiyalar asoslari.2005-yil.8-

bet.

861

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.