Научная статья на тему 'KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA TESTLARDAN FOYDALANISH'

KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA TESTLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
62
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kredit-modul tizimi / baholash / nazorat turlari / joriy nazorat / oraliq nazorat / yakuniy nazorat / test / test turlari / testlarning afzalliklari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D.F.Hamroqulova, G.R.Muxamedova

Bugungi kunda Oliy ta’lim muassalari talabalari kredit-modul tizimi asosida tahsil olmoqda. Bu tizimdan dunyoning rivojlangan, yuqori tajribaga ega bo‘lgan davlatlari foydalanishadi. Maqolada bu kredit-modul tizimi sharoitida talabalar bilimini baholashda joriy, oraliq, yakuniy kabi nazorat turlarida test topshiriqlaridan foydalanish xususida va umuman testlarning kelib chiqishi, turlari va afzalliklari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA TESTLARDAN FOYDALANISH»

KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA TESTLARDAN FOYDALANISH 1D.F.Hamroqulova, 2G.R.Muxamedova

1TDPU 2-kurs magistranti 2Ilmiy rahbari, TDPU "Umumiy matematika" kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10801687

Annotatsiya. Bugungi kunda Oliy ta'lim muassalari talabalari kredit-modul tizimi asosida tahsil olmoqda. Bu tizimdan dunyoning rivojlangan, yuqori tajribaga ega bo'lgan davlatlari foydalanishadi. Maqolada bu kredit-modul tizimi sharoitida talabalar bilimini baholashda joriy, oraliq, yakuniy kabi nazorat turlarida test topshiriqlaridan foydalanish xususida va umuman testlarning kelib chiqishi, turlari va afzalliklari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Kredit-modul tizimi, baholash, nazorat turlari, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat, test, test turlari, testlarning afzalliklari.

Аннотация. На сегодняшний день студенты высших учебных заведений нашей страны учатся по кредитно-модульной системе. Развитые страны мира с большим опытом используют данную систему. В статье говорится об использовании тестов, их происхождении, видах и преимуществах при оценке знаний студентов в этой системе в текущем, промежуточном и итоговом видах контроля.

Ключевые слова: Кредитно-модульная система, оценивание, виды контроля, текущий контроль, промежуточный контроль, итоговый контроль, тест, виды тестирования, преимущества использования теста.

Abstract. To date, students of higher education institutions in our country study on the basis of the credit-module system. Developed countries of the world with high experience use this system. The article talks about the use of tests, their origin, types and advantages in the evaluation of students' knowledge in this system in the current, intermediate, and final control types.

Keywords: Credit-module system, assessment, control types, current control, intermediate control, final control, test, test types, advantages of using the test.

Hozirgi zamonda yurtimizda turli sohalarda jahonning ilg'or davlatlari qatoriga qo'shilish, ular bilan raqobatlasha oladigan darajaga chiqish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarga qaratilayotgan e'tiborni ularni bilimli, barkamol avlod qilib tarbiyalash, dunyodagi yoshlar bilan raqabotlasha oladigan darajaga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida aytib o'tish maqsadga muvofiqdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da oliy ta'lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o'qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o'quv rejalarida amaliy ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar ulushini oshirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berilgan[1].

Shunga ko'ra "Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori qabul qilindi[2]. Bu qarorga asosan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha OTM lari bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazildi.

Kredit-modul tizimi o'zi nima? Uning qanday afzalliklari bor?

Kredit-modul tizimi — ta'limni tashkil etish jarayoni bo'lib, o'qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o'lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi:

• talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash;

• talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

— o'quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

— bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash;

— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;

— talabalarga o'zlarining o'quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;

— ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olishningulushini oshirish;

— ta'lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo'yilgan talabdan kelib chiqib o'zgartirish mumkinligi.

Kredit-modul tizimning oliy ta'limga joriy qilinishi o'qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta'minlash, korrupsiyaga barham berish, ta'lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o'qib, o'rganib, o'z ustida ishlashiga zamin yaratadi.

Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning amaldagidan ko'ra ancha mukammal o'lchov birligini olib kiradi. Bu o'lchov birligi orqali biz talabalarning bilim darajasi, malaka ko'nikmalari, mustaqil ishlash qobiliyatlarini o'lchaymiz. Bu tizimda talabalarni baholashda o'quv yuklamasi auditoriya soatlari va mustaqil ta'lim topshiriqlarini o'z ichiga oladi. Bu o'lchovlarni adolatli amalga oshirish, talabalar bilimini shaffof baholash kredit-modul tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Talabalarning auditoriya soatlarini baholash 3 bosqichda amalga oshiriladi, ya'ni joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazoratlar orqali.

Bugungi kunda oliy ta'lim kredit-modul tizimida talabalarning bilim va ko'nikmalarini oqilona, xolis nazorat qilish, qisqa vaqtda katta sondagi talabalarning bilimini baholash dolzarb hisoblanadi. Ta'lim muassasalarida talabalarning bilim va ko'nikmalarini ko'p bosqichli nazorat qilishning turli tizimlaridan foydalanish joriy oraliq va yakuniy nazoratning turli xil o'zaro bog'liq vositalarini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazishni talab qiladi. Mana shunday nazorat usullaridan biri test metodi hisoblanadi.

Pedagogik testlardan foydalanish metodikasi qariyb bir asrdan ortiq vaqt davomida rivojlanib va takomillashib keldi. Endi u quruq raqamlardangina iborat bo'lmay, insonning u yoki bu sohadagi bilimlari va tajribasi, mahorati va ko'nikmalari haqida ma'lumot beruvchi tezkor va qulay usulga aylandi.

Xo'sh, test o'zi nima? U ta'lim sohasiga qanday kirib keldi va uning qanday afzalliklari

bor?

Test (ing. test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qo'llaniladigan qisqa standart mashqlar. Ijtimoiy amaliyotda test odamning qanday kasb-hunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layoqati yoki layoqatsizligini, iste'dodli yoki aqli zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qo'llaniladi. Uning yordamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, to'plangan amaliy ma'lumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik ko'rsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib tahlil qilinadi.

Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822 - 1911) ishlab chiqqan (1883). "Test" terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860 - 1944) qo'llagan (1890). U testlar yordamida tanaga ta'sir etuvchi qo'zg'atuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga ta'sir o'tkazishda hosil bo'luvchi og'riq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniqlash mumkin, deb hisobladi.

Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T.Simon insonning aqliy o'sishi va iste'dodi darajalarini o'lchash imkoniyati borligi g'oyasini olg'a surganidan keyin aqiy testlar nazariyasi keng yoyildi. Miqdoriy ma'lumotlarni statistika metodikalari yordamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877 - 1955) insonlarning aqliy qobiliyatlarini uzluksiz 50 yil davomida o'rgangan.

Hozirgi davrda testlar quyidagi turlarga ajratiladi:

S maqsadga erishuv testlari (bilimlarni o'lchashga qaratilgan);

S aqliy testlar (zehn, aql-idroq, aql-zakovat, iste'dodni aniqlashga yo'naltirilgan);

S ijodiyot testlari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy mo'ljal testlari (o'quv yoki kasbiy bilimlar va topshiriqlarni qaysi ko'nikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali o'lchash mumkinligi);

S shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni o'lchashga aloqador);

S proyeksiyaviy testlar (tashqi ta'sirsiz shaxs o'zini o'zi oshkor qilishiga mo'ljallangan) va boshqalar.

Testlarning umumiy maqsadi - butun ta'lim jarayonini takomillashtirish bo'lsa, har bir test o'z navbatida xususiy maqsadni ko'zlab tuzilishi va o'tkazilishi kerak. Dunyoda shu paytgacha qo'llab kelinayotgan testlarning aksariyati bilim, ko'nikma, malakalarni baholash hamda nazorat qilish uchun yaratiladi.

Talabalar bilimini sinashning an'anaviy usulidan pedagogik testga o'tish, asosan test nazoratini mavjud o'quv jarayoniga kiritish yo'li bilan amalga oshiriladi. Uning mohiyati o'qitish maqsadlarini yo'lga qo'yish, o'quv jarayonini tashkil qilish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Talim sohasida o'qitilayotgan har bir mavzu bo'yicha talabalarning o'zlashtirish darajasi asosiy xato va kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlab, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ko'rish muhimdir. Kundalik nazorat joriy tekshirish bo'lib, u kundalik o'qitilayotgan bilimlarni o'z vaqtida o'zlashtirishni nazorat qilib boradi. Kundalik nazorat talabani mustaqil dars tayyorlash, o'qitilayotgan mavzularni muntazam, puxta o'zlashtirib borishga, ta'lim jarayoniga ijodiy yondashishga undab talabadagi iqtidor ko'rsatkichlarini yuzaga chiqarishga va takomillashishiga sabab bo'ladi.

Bundan ko'zda tutilgan maqsad talabaning asosiy qanuniyatlar, tushunchalar va mavzularni qanday o'zlashtirayotganini o'z vaqtida baholashdir. Talabalar bilimini kunda nazorat qilib borish va ulardan xato va kamchiliklarni aniqlashning eng muqobil usullaridan biri testlardan foydalanishdir. Ta'limiy testlardan o'quv jarayonida foydalanish talabaning fikrlash qobiliyatini kengaytiradi.

Talabalar bilimini baholashda kredit-modul tizimi orqali reyting baholashga o'tish talabalar bilimining sifat ko'rsatkicharini haqqoniy, aniq va adolatli ballar bilan baholash talabalarning o'zlashtirishini doimiy nazorat qilish bilan ularning o'z ustida butun o'quv yili davomida muztazam va faol ravishda ishlashni jonlantirish, ularning o'qishga qiziqishini va

mustaqil ishlash samaradorligini oshirishga, o'qituvchilarda esa o'z pedagogik burchiga nisbatan bo'lgan mas'uliyatini oshirishga qaratilgan.

Reyting nazoratining mohiyati shundan iboratki, fanlar bo'yicha talabalarning o'zlashtirishini 3 xil yo'l bilan nazorat qilinadi:

- Joriy(kundalik) nazorat;

- Oraliq nazorat;

- Yakuniy nazorat.

Joriy(kundalik) nazoratning asosiy maqsadi kundalik o'qitilayotgan darslarning talabalar tominidan qay darajada o'zlashtirayotganligini muntazam ravishda nazorat qilishdan iboratdir. U reyting tizimining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Bunday nazorat talabaning mustaqil dars tayyorlash, o'qitilgan mavzularni puxta o'zlashtirib borishga, ta'lim jarayoniga ijodiy yondashishga undab, o'quvchidagi iqtidor ko'rsatkichlarini yuzaga chiqarishga va takomillashtirishga sababchi bo'ladi.

Joriy nazoratning asosiy maqsadi - talabalarning asosiy qonuniyatlar, tushunchalar va mavzuni qanday o'zlashtirayotganini o'z vaqtida baholashdan iborat.

Oraliq nazorat o'tilayotgan fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga olgan bo'lib, yoki qism bo'yicha talabalarning bilimini aniqlash va baholash demakdir.

Yakuniy nazorat o'quv rejasi bo'yicha bir semester uchun ajratilgan mavzular o'tib bo'lgandan so'ng, talabalarni bu mavzular bo'yicha o'zlashtirish darajasini baholash uchun o'tkazilgan nazorat turidir.

Bu nazorat turlarini pedagogik test orqali tashkil qilish talabalarning bilim, ko'nikma, malakalarini aniq baholashga, vaqtdan unumli foydalanishga va baholash jarayonining obyektiv amalga oshirilishiga, subyektivizimga yo'l qo'yilmasligiga imkon yaratadi. Test topshiriqlari o'qituvchi va talaba o'rtasidagi hamkorlik sharoitida o'quv natijalarini nazorat qilish tizimini takomillashtirish orqali ta'lim sifatini oshirishning istiqbolli yo'nalishlarini ochib beradi. An'anaviy va pedagogik test nazorat usullarining asosli, maqsadli kombinatsiyasi o'quv jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshiradi.

Ta'lim jarayonida test topshiriqlaridan mutaxassislik yo'nalishlaridan qat'iy nazar barcha fanlarda foydalanish mumkin. Ayniqsa, matematika mutaxassisligi yo'nalishida algebra va sonlar nazariyasi, sonli sistemalar, matematik analiz, geometriya kabi fanlardan test topshiriqlari orqali baholash talabalar uchun olgan bilimlarini to'liq ko'rsatish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan bir qatorda bu o'qituvchidan ham juda katta mehnat, bilim talab qiladi. Chunki, bu fanlardan test topshiriqlari tuzish jarayonida test topshiriqlarining har bir turidan foydalanish, talabalarning fan yuzasidan olgan nazariy bilimlarini aniqlaydigan, olgan bilimlarini misol va masalalarda qo'llay olish ko'nikmasi shakllanganligini ko'rsatadigan test topshiriqlarini tuzish pedagogdan yuksak mahorat va mehnat talab qiladi.

Hozirgi kunda odatdagi testlarga qaraganda nostandart testlardan foydalanishning samarasi judayam yuqori. Quyidagi testlarni shular jumlasiga kiritishimiz mumkin: bilishga, tushunishga, xulosa qilishga, tahlil qilishga, bilimlarni amalda qo'llashga doir testlar.

Mana shunday test topshiriqlaridan namunalar:

1. Quyidagi berilgan sonlarning oxirgi raqami qaysi qatorda berilgan?

1 333 A 7

2 5757 B 6

3 20162016 C 3

2. Quyidagi berilgan mulohazalarning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlang.

№ Mulohaza To'g'ri Noto'g'ri

1 15 sonini har qanday natural darajaga ko'tarib 7 ga bo'lganda 1 qoldiq qoladi

2 Ketma-ket ikki natural son kvadratlari yig'indisini 4 ga bo'lganda 3 qoldiq qoladi

3 n3 —n son 3 ga bo'linadi

4 Ketma-ket joylashgan beshta butun sonlar kvadratlarining yig'indisi to'la kvadrat bo'ladi

3. Agar m = 1968 bo'lsa, quyidagilarni toping.

т(т)

S(m)

S(m)

Umuman olganda test topshiriqlari, nostandart testlari haqidagi mulohazalarni yana davom ettirish mumkin va bu mavzu ko'plab tadqiqotlarni taqozo etadi.

Ta'lim jarayonida bunday test topshiriqlarini tuzish va baholash jarayonida qo'llash ham pedagogning ham talabaning o'z ustida muntazam ravishda ishlashiga, kamroq vaqt ichida ko'plab talabalar bilimini nazorat qilishga, talabalarning fanni qanday darajada o'zlashtirganligini aniqlashga va ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni.

2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to'g'risida"gi 824-son qarori.

3. Usmonov B.Sh., Xabibullaev R.A. Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O'quv qo'llanma.-Toshkent, TKTI 2020.

4. Shodmonova Sh.S. Pedagogik testologiya. Uslubiy qo'llanma, Toshkent 2020.

5. Hojiyev J., Faynleyb A.S. Algebra va sonlar nazariyasi. Darslik, Toshkent - "O'zbekiston" -2001, 168-171 bet.

6. Сикорская Г.А. Алгебра и теория чисел. Учебное пособие, Оренбург 2017 стр. 190-198.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.