Научная статья на тему 'YURIDIK TEXNIKUMLARDA KREDIT-MODUL TIZIMINI JORIY ETISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI'

YURIDIK TEXNIKUMLARDA KREDIT-MODUL TIZIMINI JORIY ETISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
128
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kredit–modul tizimi / akademik mobillik / modul / modulli o’qitish texnologiyasi / kredit / kredit o’qitish texnologiyasi / kredit to’plash / GPA / o’qish yuklamasi. / Credit-module system / academic mobility / module / modular teaching technology / credit / credit teaching technology / credit accumulation / GPA / study load

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Isroilov, Asilbek Fozilovich

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligining yuridik texnikumlarida talimning kredit-modul tizimini qo’llash nazariyalari va ularning ahamiyati tahlil etilgan bo’lib, unda kreditmodul tizimining mazmun va mohiyati, ustuvor tomonlari, va yuridik texnikumlarni bu tizimga o’tkazishda bajariladigan ishlar hamda bu xususda muallifning tavsiya va fikrlari ilmiy asoslab ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES OF INTRODUCTION OF CREDIT-MODULE SYSTEM IN LAW SCHOOL

This article analyzes the theories of application of credit-module system of education in law colleges of the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan and their importance, including the content and essence of credit-module system, priorities, and the transition of legal colleges to this system. the work to be done and the author's recommendations and opinions in this regard are presented on a scientific basis.

Текст научной работы на тему «YURIDIK TEXNIKUMLARDA KREDIT-MODUL TIZIMINI JORIY ETISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YURIDIK TEXNIKUMLARDA KREDIT-MODUL TIZIMINI JORIY ETISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Isroilov Asilbek Fozilovich

Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i

E-mail: asl_bek90@mail. ru +99890-029-00-88, ORCID ID 0000-0002-5332-790X

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligining yuridik texnikumlarida talimning kredit-modul tizimini qo'llash nazariyalari va ularning ahamiyati tahlil etilgan bo 'lib, unda kredit - modul tizimining mazmun va mohiyati, ustuvor tomonlari, va yuridik texnikumlarni bu tizimga o 'tkazishda bajariladigan ishlar hamda bu xususda muallifning tavsiya va fikrlari ilmiy asoslab ko 'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Kredit-modul tizimi, akademik mobillik, modul, modulli o'qitish texnologiyasi, kredit, kredit o'qitish texnologiyasi, kredit to'plash, GPA, o'qish yuklamasi.

ОСОБЕННОСТИ ВНЕДРЕНИЯ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЫ

В данной статье анализируются теории применения кредитно-модульной системы обучения в юридических техникумах Министерства юстиции Республики Узбекистан и их значение, в том числе содержание и сущность кредитно-модульной системы, приоритеты и работа по переход к этой системе, а рекомендаци и мнения автора по этому поводу представлены на научной основе.

Ключевые слова: Кредитно-модульная система, академическая мобильность, модуль, модульная технология обучения, кредит, кредитная технология обучения, накопление кредитов, средний балл успеваемости, учебная нагрузка.

PECULIARITIES OF INTRODUCTION OF CREDIT-MODULE SYSTEM IN

LAW SCHOOL

ABSTRACT

This article analyzes the theories of application of credit-module system of education in law colleges of the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan and

В ЮРИДИЧЕСКИХ ТЕХНИКУМАХ АННОТAЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

their importance, including the content and essence of credit-module system, priorities, and the transition of legal colleges to this system. the work to be done and the author's recommendations and opinions in this regard are presented on a scientific basis.

Keywords: Credit-module system, academic mobility, module, modular teaching technology, credit, credit teaching technology, credit accumulation, GPA, study load.

KIRISH

Taklif etilayogan bu maqola, rivojlangan davlatlar eksperimentlari asosida O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligining yuridik texnikumlarida kredit-modul tizimini joriy etish o'ziga xos jihatlari va aynan yuridik sohalarni o'qitishga bu tizimni tadbiq etish masalalarini yoritishga qaratilgan.

Birinchi navbatda, biz muhokama qilinadigan tushunchalarni ochib berishimiz lozim. Zero, o'rta asrlarda yashab o'tgan ingiliz faylasufi Frensis Bekon shunday degan edi: kuchli nizolarni bartaraf etishning asosiy kaliti, muammodagi har bir terminologiyani mantiqan to'g'ri tahlil etishdir. Ularni qolganlarga to'laligicha tushuntirib bera olish esa, muammoni oldindan hal etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kredit - ta'lim olish natijalariga ko'ra o'quvchi tomonidan muayyan fan bo'yicha o'zlashtirilgan o'quv yuklamasining o'lchov birligi.

Akademik mobillik - yuridik texnikum o'quvchilarining muayyan vaqt mobaynida respublika hududida yuridik texnikumga yoki xorijiy davlatdagi boshqa bir ta'lim muassasasiga o'qish maqsadida borishi.1

Kredit-modul tizimi - mustaqil ta'lim olishga qaratilgan va individuallik asosida bilimni ijodiy o'zlashtirish, o'quv jarayonini qat'iy belgilangan holda ta'lim yo'lini tanlash va kredit holida bilim hajmini belgilovchi tizimdir. Bu tizim hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida umumiy yo'lga qo'yilgan, vaqt sinovlarida o'zini yetarlicha oqlagan va bir biridan farq qiluvchi, lekin bir - birini o'zaro to'ldiruvchi ikkita - modul va kredit o'qitish texnologiyalarini birlashishidan hosil bo'lgan.

O'quvchining shaxsiy ta'lim trayektoriyasi - o'quvchi tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar to'plash va hohlagan kompetensiyalar yig'indisiga ega bo'lish imkoniyatini beradigan yo'nalish (marshrut). Ta'lim

1 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta'limning kredit-modul tizimida o'quv jarayonini tashkil etish tartibi to'g'risidagi Nizom 4-band

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

trayektoriyasi institusional hujjatlar va yo'qirnomalar yordamida tuzilishi hamda turli ta'lim trayektoriyalari natijada bir xil malaka olishga olib kelishi mumkin.

Modul - alohida o'quv fani (yoki uning qismi) bo'lib, o'zida tegishli bilim hamda kasbiy jihatlarga doir ma'lumotlarni qamrab oladi. O'qitishning modul tizimi o'quvchining fan dasturini o'rganishi natijasida shakllanadigan bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, o'quvchilarning bilim saviyasi va o'zlashtirish darajasining davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun oraliq va yakuniy nazorat turlari o'tkaziladi.

Modulli o'qitish - tartibli o'qitish demakdir. Bunda o'quv materiali bitta o'quv mashg'uloti hajmida, o'quv predmetining biror mavzusi yoki biror bo'limi darajasida, ba'zan esa o'quv fanining yirik tarkibiy qismida, ya'ni, bloklar tarzida ham o'qitish mumkin, deydi Toshkent davlat yuridik universitetining o'quv uslubiy boshqarma boshlig'i Ixtiyor Jo'rayev. - Modullar, birinchi navbatda, ta'lim mazmuniga daxldor tushunchalar, qoidalar, nazariyalar, qonunlar va ular orasidagi umumiy bog'lanishni ifodalovchi qonuniyatlarni tushuntirishga samarali xizmat qiladi. Modulli ta'limda pedagog tinglovchining o'zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. O'quvchi esa, yo'naltirilgan obyekti tomon mustaqil ta'lim olishga qaratilinadi.

Akademik kredit tizimi esa, o'quvchining texnikumda samarali bilim olishini aniqlab beradigan standartlashtirilgan baholash tizimidir. Kredit - o'quvchi tomonidan tegishli o'quv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soatlar) dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega. Yuridik texnikumlar kredit tarkibi, har bir modul bo'yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va umuman o'qish davrini tamomlash uchun o'quvchi tomonidan to'planishi lozim bo'lgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil belgilaydi. Akademik kredit tizimining o'ziga xos tomonlaridan yana biri, xalqaro umumta'lim standartlariga mos kelishi va ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni qabul qilish muammolari, jahon tendentsiyalarini hisobga olgan universal ta'lim dasturlarini mutanosibligidir. O'quvchilarda xorijiy davlatlar universitet ta'lim darajasiga erkin kirish imkoniyatlari vujudga keladi, bakalavr va magistratura bitiruvchilarini barcha davlatda ishga joylashish huquqlari paydo bo'ladi.

GPA (Grade Point Average) - ta'lim oluvchining dastur bo'yicha o'zlashtirilgan ballari o'rtacha qiymati bo'lib, o'quvchini kursdan kursga o'tishi GPA ko'rsatgichiga qarab belgilanadi.

Yuridik texnikumlar o 'qitish amaliyotida kredit - modul tizimini joriy etish nima uchun kerak?

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bu savolimizga O'zbekiston ta'lim muassasalari faoliyatida hozirgacha amalda qo'llanilib kelinayotgan an'anaviy tizimimizning ko'zga ko'rinadigan kamchiliklarini ko'rsatish orqali javob topamiz.

- O'zbekiston ta'lim muassasalari faoliyatida hozirgacha amalda qo'llanilib kelinayotgan an'anaviy tizim hozirgi tezkor axborot asri talablarini bajara olmasligi;

- O'zbekiston ta'lim muassasalarida o'quvchilar asosan, tinglovchi bo'lib qolayotganligi, natijada amaliyotning sustligidan yetishib chiqqan kadrlarning sohalarda yaxshi natijalar bera olmayotganligi;

- Baholash tizimidagi bo'shliqlarning ko'pligi, va buning natijasida baholash jarayonlarida korrupsiyaning ildiz otishi;

- O'quvchining novatorligi sustligi. Ya'ni, bu tizimda o'quvchiga vazifa beriladi, o'quvchi esa uni bajaradi va shu orqali baho oladi. O'quvchining ijodiy, mustaqil ishlarga kam urg'u beriladi;

- Eng muhimi, bu tizimning jahonning rivojlangan ta'lim tizimlariga mos emasligi. Bu esa, ular bilan raqobatga tayyor emasligimizga asosiy sabab bo'lmoqda.

Bunday sharoitda biz, yuridik texnikumlar faoliyatini kuchli isloh etish, ulardan yetishib chiqayotgan kadrlarni jahonning nufuzli huquqshunoslari qatoriga kiritish, jahon standartlariga to'laligicha mos keluvchi sifatli ta'limni amalga oshirish uchun dunyo tajribasiga asoslangan Yevropa modeli (Europian Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) kredit- modul tizimini tanladi.

Xo'sh, bu borada yuridik texnikumlar ta'lim tizimida qanday ishlar amalga oshirildi?

Masalan, 2016-2017 - o'quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar o'qitishning modul tizimi asosida ta'lim olayotgan bo'lsa, 2019-yil 8-oktabrdagi O'zbekiston Respublikasining Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmonida oliy ta'lim muassasalarining o'quv rejalarini kredit - modul tizimiga o'tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimiga o'tkazish masalalari vazifa qilib qo'yildi. Hozir bizda ta'limning 40 foizigacha mustaqil ta'lim uchun ajratilgan bo'lsa, konsepsiyaga ko'ra, bu ko'rsatkich 2030- yilgacha 60 foizgacha yetkazilinad. Shundan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdaig 858-son "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o'qishni tashkil qilish choralari to'g'risida" gi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qarori qabul qilindi. 2021-yil 10-iyun 359-son "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qilindi.

Endi, maqolamizning asosiy mazmun - mohiyatini ochib beruvchi savolni qo'ymoqchiman.

Aynan, huquqshunoslik sohalarini o 'qitishda bu tizimni tadbiq etish nima uchun kerak?

Hammamizga ma'lumki, huquqshunoslik sohalarini o'rgatuvchi fanlar kuchli mantiqiy fikr va tafakkurni talab etadi. Bu fanlarni o'qitish esa, boshqa soha fanlarini o'qitishga nisbatan murakkabroq jarayon. Bu fanlarni o'qitish va o'rganish uchun yuridik texnikumlarda kredit - modul tizimini tadbiq etish ta'lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, huquqshunoslikni amaliyotga qo'llash uchun zamin yaratadi.

Kredit - modul tizimiga o'tish yuridik sohasidagi o'quvchilarga qanday imtiyozlar beradi:

Birinchidan, akademik mobillik - o'quvchilar kreditlarini saqlagan holda, istalgan mos texnikumga o'qishni qiyinchiliksiz ko'chirib o'tishlari mumkin bo'ladi. Masalan mamlakatimizda 14 yuridik texnikum mavjud. Shundan kelib chiqib o'quvchilar xoh, viloyat texnikumi, xoh, o'zi istagan yana boshqa texnikum bo'lishining ahamiyati yo'q. Faqat, o'quvchi to'plagan krediti ko'chirib o'tish kerditiga yetsa bo'lgani.

Ikkinchidan, o'quvchilarga o'qituvchini tanlash erkinligi beriladi. Bu orqali, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida akademik muloqot ta'minlanadi.

Uchinchidan, o'quvchilar o'z istaklaridan kelib chiqqan holda, fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Albatta, bu o'rinda majburiy o'rganilishi lozim bo'lgan (mutaxassis) fanlar ham bor, ammo o'quvchi mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi. huquqshunoslik sohasidagi o'quvchilar uchun bu ayni muddao. Sababi, ular mutaxassis fanlarini mukammal o'rganishlari uchun bu ularga yetarlicha vaqt beradi.

To'rtinchidan, o'quvchilarga ta'lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va qo'yiladigan baholarning oshkoraligini ta'minlash yo'lga qo'yiladi. Bu esa, o'z-o'zidan ta'lim tizimidagi korrupsiyani barham topishini ta'minlaydi.

Amaldagi o'qitish tizimidan farqli o'laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari hamda o'quvchining shaxsiy dars jadvali bo'ladi.Yuridik texnikumlarda o'quvchi bir o'quv semestrida 30 kredit, bir o'quv yilida 60 kredit to'plash kerak. Semestr davomida o'quvchi tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kreditlar hajmi o'quv rejasida ko'rsatilgan majburiy va tanlov fanlarni o'z ichiga oladi. O'quvchi o'zining shaxsiy ta'lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semester uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o'zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida o'quv rejasidagi majburiy fanlar bo'lishi shart. Agar o'quvchi yetarlicha kreditni yig'a olmasa o'qishdan haydalmaydi yoki kursdan kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig'olmasa, o'sha fanning o'zidan qayta o'qish va qayta imtihon bo'ladi, xolos. Qayta o'qish - bu birinchi darsdan to oxirgi darsgacha o'tilgan ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. Qayta o'qish pullik. Uning kredit summasi kontrakt summasidan kelib chiqib hisoblanadi. O'rta maxsus professional ma'lumot olinganligi to'g'risidagi diplom esa, belgilangan kreditlar yig'ilgandan so'ng yakuniy imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o'quvchilarga beriladi. Semestr yakunida o'quvchilar bahosining 100 ballik tizimda oraliq va yakuniy nazorat imtixonlari natijasiga ko'ra qo'yadi. Ya'ni, bir semestr davomida oraliq 40 ball, yakuniy nazorat 60 ball ko'rinishida baholanadi. Mutaxassislar fikricha, kreditlarni yig'ish uchun o'quvchilardan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o'z bilim saviyasini namoyon etish talab etiladi

Yuridik texnikumlarni kredit - modul tizimida o'qitishda qanday ishlarni amalga oshirish kerak? (Tavsiyalarim).

• Ta'lim jadalligini ta'minlash maqsadida chet el OTM lari amaliyotidan kelib chiqqan holda, o'qitish sistematik dasturini ishlab chiqish.

• Kredit-modul tizimining eng katta afzalliklaridan biri - fanlarni asosli ravishda o'rta bo'g'in kasblariga mos ravishda o'qitish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Misol uchun, yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar davlat ijrochisi, sudya yordamchisi, devonxona mudiri, arxiv mudiri, yuristkonsult yordamchisi, FHDYO inspektori, xodimlar bo'yicha inspektor, notarial idora kotibi, davlat xizmatlari markazi mutaxassisi, advokat yordamchisi kabi lavozimlarda ishlashlari mumkin. Demak yuridik texnikumlarda o'qitiladigan fanlarni ham aynan shu kasblarga mos ravishda tanlash kerak.

• O'quvchirga berilgan mustaqil ish, uyga vazifa va amaliy topshiriqlari uchun, TDYU tomonidan maxsus platforma yaratilinishini ta'minlash.

Bu platforma o'quvchilar, vazifalarni berilgan tartibda yuklab boradilar, o'qituvchiga esa uni og'zaki himoya qiladilar. Bunda o'quvchining reyting ko'rsatkichi ham online, ham o'qituvchi tomonidan deadline belgilanib boriladi. O'z vaqtida mustaqil ish va uyga vazifalarni platformaga yuklamagan o'quvchilar baholanmaydi. Bu tizimda qayta topshirish degan gap yo'q. Faqat qayta o'qish mumkin. Huquqshunoslik sohasidagi o'quvchilar uchun har semestr oxirida o'quv

559

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dasturlariga (silabus) mos ravishda tuzilgan nazariy savollari, mantiqiy savollar, kazuslar ishlab chiqish va ular asosida o'quvchilarni bilimlarini mustahkamlashni tashkil etish.

Bu, o'quvchilarimiz bilim saviyasini davlat ta'lim standartlariga javob bera olishini ta'minlaydi.

• Keng bazali kutubxona resurslarini ham bosma, ham elektron shakllari bilan barcha yuridik texnikumlarni ta'minlash. Albatta, o'quvchilarimizning bunday tizimga moslashishlari uchun yetarlicha vaqt kerak. Ularni bunga tayyorlash avvalo, pedagog ustozlarning vazifasi. Shuning uchun bunday sistemani shakllantirish uchun, avvalo, yuridik texnukimlarni professional va yetuk malakali ustozlar bilan ta'minash lozim.

Shu bilan birga ta'lim kredit - modul tizimi o'quv jarayonini tashkil qilish tamoyillarini takomillashtirish, o'quvchilarni bilimini nazorat qilish, yuridik texnikumlarning o'qituvchi - professorlar tarkibini moddiy rag'batlantirish va mehnat haqqini yaxshilash tamoyillarini ko'rib chiqishni talab etadi. Maqola oxirida shuni xulosa qilib aytish mumkinki, kredit-modul tizimi eng optimal ta'lim tizimi hisoblanib kam kuch sarflab ko'p natija keltiradigan ta'lim tizimidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi qonuni" (yangi tahriri) 2020-yil 23-sentabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-apreldagi PF-5987-son "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5349-son Farmoni.

4. Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 10-iyundagi 359-son Qarori

5. Vazrilar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son Qarori

6. O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 1-martdagi 4-mh-son buyrug'i.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.