Научная статья на тему 'KREATIV MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI TA’LIMIY LOYIHALASH METODI ASOSIDA TASHKIL ETISH'

KREATIV MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI TA’LIMIY LOYIHALASH METODI ASOSIDA TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mizamova Hulkar Muhiddinovna

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish va talab kuchayib bormoqda. Ta’lim sifatini yuqori darajada bo‘lishiga bevosita ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha soha mutaxassislarning turlicha qarashlari mavjud. Jumladan, musiqa rahbarlarining bilimi va mahorati, ularning kompetentligi va kreativligi, ta’lim jarayonining moddiy-texnik ta’minoti, yakuniy natijalarning doimiy tahlili va shu kabi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Mazkur omillar musiqa mashg‘ulotlari olib borish strategiyasining ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlari bilan bog‘liq qismlarida o‘z aksini topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREATIV MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI TA’LIMIY LOYIHALASH METODI ASOSIDA TASHKIL ETISH»

KREATIV MUSIQA MASHG'ULOTLARINI TA'LIMIY LOYIHALASH METODI ASOSIDA TASHKIL ETISH

Mizamova Hulkar Muhiddinovna

MTTDMQTMOI "Maktabgacha va musiqiy ta'lim" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11257137

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish va talab kuchayib bormoqda.

Ta'lim sifatini yuqori darajada bo'lishiga bevosita ta'sir etuvchi omillar bo'yicha soha mutaxassislarning turlicha qarashlari mavjud. Jumladan, musiqa rahbarlarining bilimi va mahorati, ularning kompetentligi va kreativligi, ta'lim jarayonining moddiy-texnik ta'minoti, yakuniy natijalarning doimiy tahlili va shu kabi ko'pgina omillarga bog'liq. Mazkur omillar musiqa mashg'ulotlari olib borish strategiyasining ta'limiy va tarbiyaviy jarayonlari bilan bog'liq qismlarida o'z aksini topadi.

Musiqa tarbiyasi bolaning kognitiv qobiliyatlari, til ko'nikmalari, hissiy rivojlanishi va ijodkorligini yaxshilashga yordam beradi. Musiqa, shuningdek, jamoaviy ish, muloqot va hamkorlikni rivojlantirish orqali bolaning ijtimoiy ko'nikmalarini yaxshilashga yordam beradi. Har bir musiqa mashg'uloti aniq mavzuga, maqsad va vazifalarga, ta'limga oid vositalardan samarali foydalanishning o'ziga xos texnologiyasiga tayangan holda olib borilishi lozim. Ta'lim texnologiyasi bolalarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda, bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Ta'lim texnologiyasi - ta'lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo'yishdan, natijalarni shakllantirishdan, ta'limiy vositalarni tanlash va strukturalashtirishdan, ta'lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini loyihalashtirishni o'z ichiga oladi.

Ta'limiy loyihani tatbiq etishning tashkilik-pedagogik shartlari quyida keltirilgan (2.1.1-rasmga qarang).

Kreativ uslubda jihojlangan musiqa zali

Kreativ musiqa mashg'uloti

Pedagoglar va ota-onalar bilan

o'rnatilgan tizimli hamkorlik ishlari

Kreativ metodlarni amalda qo'llay oladigan kreativ musiqa rahbari

2.1.1-rasm. Kreativ musiqa mashg'uloti olib borishning pedagogik shart-sharoitlari

Ta'limiy loyihaning tarkibiga kiruvchi xorijiy va kreativ metodlar: "Evritmika" (katta va maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun), "Solmizatsiya" (maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun), "Yetakchilarga ergash" (barcha guruhlar uchun), "Sayrdagi saboqlar" (barcha guruhlar uchun), "Yulduzcha" (maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun), "Tanlov erkinligi" (katta va maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun), "Do'stlashuv", "Kim qaysi qahramon?" (kichik va katta guruh tarbiyalanuvchilari uchun), "Sirli sandiq" (kichik va katta guruh tarbiyalanuvchilari uchun), "Musiqiy charxpalak" (kichik va katta guruh tarbiyalanuvchilari uchun), "Forte-Piano" (maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun), "Men va mening oilam" (barcha guruhlar uchun), "Beshqarsak" (maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun), "Ritmli so'zlar" (maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun, "Musiqagramma" (o'rta, katta, maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun, "Qo'llar xori" (barcha guruhlar tarbiyalanuvchilari uchun).

Ta'limiy loyihaning didaktik ta'minoti uchun kreativ musiqa rahbarining har bir mashg'ulot mazmuniga mos tarqatma materiallari va bolalarning qiziqishlarini orttirish maqsadida "Sirli sandiq" nomli qutichasi bo'lishi maqsadga muvofiq.

"Sirli sandiq" nomli qutichasining ichida musiqa mashg'ulotini samarali tashkil etish uchun lozim bo'lgan turli resurslar, ta'limiy vositalar o'rin oladi.

Musiqiy zina", nafas mashqi uchun parrakchalar, "Gul hidlash", "Ritmli so'zlar", "Ritmli yo'lakchalar", "Ritmli qo'llar", shovqinli cholg'ular to'plami, bolalar uchun o'zbek xalq cholg'ulari to'plami, shovqinli cholg'ular (yog'och qoshiqchalar, yog'och tayoqchalar, buben, tamburen, marakas, qo'ng'iroqchalar, kastonetto) to'plami, turli ovoz chiqaruvchi mahsulotlar, "Notalar olami", "Musiqiy ifoda vositalari", "Musiqiy charxpalak", "Musiqiy triada" kabi kerakli mahsulotlar yasash va to'plash bo'yicha amaliy ishlar bajariladi.

Ta'lim loyihasining natijalarini aniqlash usullari: ish hujjatlarini o'z vaqtida qayd etib borish; bolalarning davlat talablari asosida rivojlanish bosqichlarini kuzatish; fotoreportaj; mashg'ulotlar videoyozuvlari.

Loyihani amalga oshirish natijalarini sarhisob qilish shakllari (dasturning ta'lim natijalarini taqdim etish): ochiq eshiklar kuni; ijodiy bellashuvlar; bayram ertaliklari, konsertlar.

Turli yosh kesimidagi tarbiyalanuvchilarining yillik o'quv tarbiyaviy faoliyati ushbu ta'limiy loyiha asosida olib borilsa, ularning ijodiy rivojlanishi dinamikasi oshadi va bolalarning asosiy tayanch kompetensiyalari shakllanishiga erishiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-sonli qarori https://lex.uz/ru/docs/-5179335?ONDATE=05.04.2022

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori https://lex.uz/docs/4327235

3. Асафьев Б.В. Музыкальная форма как процесс. Кн. 1 и 2. Л.: Музыка, 1971.

4. Ветлугина H.A., N.A., Кенеман А.В. Теория и методика музыкального воспитания в детском саду. - М.: Просвешение, 1983. - 255 с.

5. Valiyeva F.R. Uzluksiz ta'lim tizimi sharq olimlari nigohida. // Kasb-hunar ta'limi jurnali. №3-son. 2019-yil

6. Mavlonov N.Sh, G'afforov F.H, G'afforov L.H, Ummataliyev Z.A, Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari, O'quv qullanma. 2021-yil 9-fevral

7. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish: mavjud holat va muammolar. "Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarda ta'lim-tarbiya jarayonining dolzarb masalalari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 10-iyun 2021 yil Toshkent shaxri. 6-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.