Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA O‘QITISH USULLARI VA TAVSIYALAR'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA O‘QITISH USULLARI VA TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6340
362
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
preschool educational institutions / general education school / teaching method / art and culture / school music science / methodical recommendations

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Iqlas Erkinovich Xojanov

Bu maqolada berilgan metodik tavsiyalar va musiqiy material maktabgacha ta’lim muassasalari bolalar bog‘chalarida bo‘lajak musiqa rahbarlarining zamon talablari asosida musiqiy mashg‘ulotlami olib borishiga qaratilgan. Maqolada ilmiy, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar majmuasi bilan tanishtirib, ularda uslubiy ko‘nikma hamda malakalarni tarkib toptirishda yaqindan yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA O‘QITISH USULLARI VA TAVSIYALAR»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA MUSIQA O'QITISH

USULLARI VA TAVSIYALAR

Iqlas Erkinovich Xojanov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Bu maqolada berilgan metodik tavsiyalar va musiqiy material maktabgacha ta'lim muassasalari - bolalar bog'chalarida bo'lajak musiqa rahbarlarining zamon talablari asosida musiqiy mashg'ulotlami olib borishiga qaratilgan. Maqolada ilmiy, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar majmuasi bilan tanishtirib, ularda uslubiy ko'nikma hamda malakalarni tarkib toptirishda yaqindan yordam beradi.

Kalit so'zlar: preschool educational institutions, general education school, teaching method, art and culture, school music science, methodical recommendations

MUSIC TEACHING METHODS AND RECOMMENDATIONS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Iklas Erkinovich Khojanov Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Methodological recommendations and musical material given in this article are aimed at conducting musical training of future music leaders in preschool educational institutions - kindergartens based on the requirements of the time. the article introduces the complex of scientific, scientific-theoretical and practical knowledge, and closely helps in finding methodological skills and professional content in them.

Keywords: national school, general education school, bakshi, jirov, ala Moynak school, teaching method, art and culture, school music

Maktabgacha ta'lim - uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichi ekan, demak, ta'lim tizimini yanada rivojlantirishni aynan maktabgacha ta'limdan boshlash lozimligi ko'p bora uqtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"1 gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari yangidan rekonstruksiya qilindi, xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlari qurildi, zamonaviy

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.05.2019 yildagi 391-son VTZyws^^M1 463

jihozlar bilan ta'minlandi, ta'lim-tarbiya berish jarayoni jadallashdi, yangi o'quv dasturlari ishlab chiqildi, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jalb qilish samaradorligi oshirildi. Buning hammasi kelajak avlodning yaxshi ta'lim tarbiya olishi uchun.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning musiqiy didini shakllantirishda musiqani ongli ravishda idrok etish ko'zda tutiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy tarbiyaviy ishlar bolalarda bog'cha yoshidan boshlab olijanob fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Bolalar bog'chalarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar yosh avlodni ma'naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo'lib voyaga yetishishida xizmat qiladi. Musiqa mashg'ulotlari jarayonida kichkintoylar hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradilar. Ular yoshiga mos musiqiy asarlar tarbiyalanuvchilarda unutilmas taassurotlar qoldiradi, ma'naviy dunyosini boyitadi. Bolalar bog'chasida amalga oshiriladigan mehnat, hisob, atrofimizdagi olam kabi konkret mashg'ulotlarda bolalarning abstrakt flkrlash, mantiqiy xotira kuchi kabi qobiliyatlari o'sib borsa, musiqa mashg'ulotlarida obrazli flkrlashi, nutq madaniyati, musiqiy uquvi, go'zallikni his eta olish qobiliyati rivojlanib boradi.

Turli uslublardan foydalanib o'tkaziladigan har bir musiqiy mashg'ulot kichkintoylarda badiiy nafosat zavqini uyg'otadi, musiqaga qiziqishini o'stiradi. Musiqa mashg'ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish bugungi kun bo'lajak musiqa rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalarni musiqa mashg'ulotlarini o'qtishga doir metodik tavsiyalar, mashg'ulotlaming reja namunalari, bog'chalarda o'tkaziladigan ertaliklar, bayramlar, tadbirlar senariylari batafsil yoritilgan ushbu usuldan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin, deb o'ylaymiz.

Kichkintoylaming musiqiy uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat:

- musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati);

- tembr uquvi (musiqiy tovushlami bir-biridan farq qilish);

- ritm tuyg'usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash). Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy mashg'ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi.

Bolalar bog'chalarida olib boriladigan musiqa ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- kichkintoylami musiqaga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish;

- musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg'ulami hosil qilish yo'li bilan ulaming musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish;

- bolalami musiqa tinglash, qo'shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarnii bajarish, bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish;

- bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo'shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o'rgatish va odatlantirish;

- musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish;

- musiqa mashg'ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlami o'yin va raqs shaklida ifoda etishga o'rgatish;

- musiqa mashg'ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg'u sozlarimiz jo'rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlami bajarishga o'rgatish;

- musiqa mashg'ulotlari mazmunini bog'cha hayoti bilan bog'lash, bog'chada o'tkaziladigan tadbirlarda o'rganilgan kuy va qo'shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish.

Musiqa mashg'ulotlarida bola hayotni, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bog'chada musiqiy tarbiya ishlari badiiy adabiyot va tasviriy san'at bilan uzviy ravishda bog'langan holda amalga oshiriladi. Turli metodlardan foydalanib o'tkaziladigan musiqa mashg'uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg'otadi, ularning his-tuyg'ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati va nuqtini o'stiradi. Bundan tashqari musiqiy o'yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg'usi, chaqqonlik va harakatchanik malakalarini shakllantirib, qomatning to'g'ri o'sishiga yordam beradi. Bu bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta'lim, tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog'cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. "Musiqa rahbari tomonidan yaxshi tashkil etilgan musiqiy tarbiya bolalami barkamol inson bo'lib yetishishlariga ijobiy ta'sir etadi. Bu ishda bolalar bog'chasi pedagogik jamoasining ishtiroki va faolligi juda muhimdir"2.

Bolalar bog'chalarida musiqa mashg'ulotlarini o'tkazishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad, kichkintoylar qalbida nafosatga mehr uyg'otish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishdir. Mashg'ulotlar jarayonida bolalarda milliy musiqa ohanglari yordamida zaruriy bilim va ko'nikmalar tarkib toptiriladi. Bu mashg'ulotlardagi har bir faoliyat turi bolalarning musiqiy didini rivojlantiradi.

Musiqiy mashg'ulotlar oldiga qo'yilgan har qanday maqsad va vazifalarni amalga oshirish, avvalo, musiqa rahbarining pedagogik tayyorgarligiga bog'liq.

2 G. Sharipova , SH. Yakubova. Maktabgacha ta'lim muas sasalarida musiqa 0 'qitish metodikasi o'quv qo'llanma. Toshkent - 2007

Musiqiy mashg'ulotlar bog'chada o'tiladigan boshqa mashg'ulotlardan ancha farq qiladi va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:

- musiqa mashg'ulotlari musiqa savodi va ijrochilikka doir bir necha faoliyat turlaridan (qo'shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlami bajarish, musiqa savodi, bolalar musiqa cholg'u asboblarida jo'r bo'lish) tashkil topadi;

- bu mashg'ulotlar boshqa mashg'ulotlardan o'zining ifoda vositalari, ya'ni "tili" bilan farq qiladi. Tasviriy san'at ranglar bilan, adabiyot so'z bilan, musiqa esa tovushlar orqali vujudga keladigan ohanglar vositasida insonga ta'sir etadi;

- musiqa mashg'ulotlari bolalarning ruhiyatiga, emotsiyasiga faol ta'sir ko'rsatib, ularni quvontiradi, ijodiy kechinmalar hosil qilib, ma'naviy ozuqa beradi;

- musiqa mashg'ulotlari jismoniy tarbiya, rasm, odobnoma, atrofimizdagi olam kabi mashg'ulotlar bilan chambarchas bog'liqdir. Musiqiy mashg'ulotlami olib borishda musiqa rahbari kichkintoylaming yoshi va qiziqishlarini e'tiborga olishi lozim. Mashg'ulotning tuzilishi o'quv materiallarining mazmunidan kelib chiqishi kerak. Bunda asarlaming ta'lim, tarbiyaviy ahamiyati, badiiy saviyasi, bolalar yoshiga mosligining hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Musiqa mashg'ulotlarining tuzilishi quyidagi faoliyat turlaridan iborat:

1. Musiqiy-ritmik harakatlami bajarish.

2. Musiqa tinglash.

3. Musiqa savodi.

4. Qo'shiq kuylash.

5. Bolalar musiqa cholg'u asboblarida jo'r bo'lish.

Endi har bir faoliyat turiga qisqacha to'xtalib o'tamiz:

- musiqiy-ritmik harakatlar. Milliy ruhni o'zida aks ettirgan xalq qo'shiqlari, laparlari bolalarning olamni badiiy his etishlariga, zavqlanishlariga yordam beradi. Musiqiy obrazlarga muvofiq turh xarakterdagi harakat va raqslarni, turli obrazlarni tasvirlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ritmik harakatlar musiqiy qobiliyatni shakllantirish va rivojlantirishda juda muhimdir. Musiqiy-ritmik harakatlar bolalar ruhiyatiga musiqiy asaming mazmuni va kayfiyatini singdiradi, bu bolalarning jismoniy sog'lom bo'lishlariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi;

- musiqa tinglash - har bir bolaning musiqa tinglash madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola, avvalo, musiqani idrok etib, so'ngra unga mos harakatlarni bajaradi;

- musiqa savodi. Musiqa mashg'ulotlarida bolalar qo'shiq kuylash, musiqa tingiash bilan birga qo'shiqlar, musiqiy asarlarning tuzilishi, tempi, xarakteri, ladi, kuyi, ritmi, tovush balandligini ham ongli ravishda anglashlari lozim. Bu ulaming aqliy salohiyati, musiqiy uquvi, xotirasi, nutqi, ongi va bilimini oshiradi;

- qo'shiq kuylash. Qo'shiq kuylash jarayonida bolalaming nutqi, musiqiy uquvi, musiqiy qobiliyati, xotirasi rivojlanadi. Jamoa bo'lib qo'shiq kuylash bolalami

do'stlikka chorlaydi, ulaming o'zaro hurmat, tabiatga va Ona-Vatanga muhabbat kabi tuyg'ularini tarbiyalaydi;

- bolalar musiqiy cholg'u asboblarida jo'r bo'lish - musiqa mashg'ulotlarida eng qiziqarli, barcha bolalar sevib qatnashadigan faoliyat turidir. Bolalar musiqa cholg'u asboblari orqali jonh ijro har qanday bolani o'ziga jalb etadi. Ularning musiqaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi, ritm tuyg'usi, musiqiy uquvi, xotirasini mustahkamlaydi. Kichkintoylarda ajablanish, zavqlanish, hayratlanish, quvonish kabi ruhiy holatlami vujudga keltiradi.

Musiqa mashg'ulotlarining tarbiyaviv vuzifa va maqsadlar Musiqa mashg'ulotlarining ta'limiy vazifo va maqsadlari

Bolalarda harakat uyg'unligini oshirish, ritmga mos qadam tashlash, yengil yugurish, oyoq to'pillatish va qo'llar bilan m&shqlar bajarishga o'rgatish. Bolalaming musiqiy-ritmik ko'nikmalarini rivojlantirish.

Asarni mazmuniga ko'ra qismlarga ajrata olish hamda harakatda ifodalash malakalarini oshirish Musiqa ohangini his etish va musiqa tingiash madaniyatini shakllantirish.

Quvnoq va g'amgin musiqa ohanglarini farqlashga, ketmaket tovushlami kuylashga o'rgatish. Bolalarda musiqani his etish, kuylash va tingiash qobiliyatlarini rivojlantirish

Davr bilan hamohang, faslga mos qo'shiqlami kuylashga o'rgatish. Musiqa jo'rligida ovozning sof va jarangdorligini rivojlantirish.

O'zbekxalq raqs elemenUarini musiqa jo'rligida o'rgatish va ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalash. Raqs san'atiga bo'lgan qiziqishni oshirish.

Bolalami milliy cholg u asboblari bilan tanishtirish. Zarbli va torii asboblarda ijroga o'rgatish. O'zbek milliy cholg'ulariga bo'lgan qiziqishlarini oshirish

O'yin davomida harakat ijodkorligini oshirish. Bolalar faolligi hamda jamoaviyligini oshirish

Musiqa mashg'ulotlari kichik guruhda - 15-20; o'rta guruhda - 20-25; katta guruhda -25-30;

tayyorlov guruhida - 30-35 daqiqa davomida olib boriladi. Bu mashg'ulotlar o'quv mazmunidan kelib chiqib, dastur asosida tuzilishi lozim. Bunda musiqiy asarlarning badiiy mazmuni, bolalar yoshiga mosligi, il g'or pedagogik texnologiyalardan foydalanilganligi hisohga olinadi.

bolalar bog'chalarida qo'shiq kuylashni o'rgatishga doir metodik tavsiyalar: Qo'shiq kuylash musiqa mashg'ulotining asosini tashkil etadi. Har bir qo'shiq ma'lum pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni ko'zda tutib tanlanadi. Qo'shiqlarni ma'lum bir tizimga solishda oddiydan murakkabga qarab borishga rioya qilish kerak. Qo'shiqlarni quyidagi talablarga muvofiq tanlash tavsiya etiladi:

- tarbiyaviy ahamiyati, g'oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va xarakteri;

- qo'shiq matnini yod olish osonligi, badiiy yuksakligi va bolalarning lug'at boyligiga mosligi;

- ohangning xarakteri, intonatsiya ifodasi, kuyning o'lchovi, tessiturasi va diapazonining bolalar ovoziga mosligi;

- qo'shiqning musiqa cholg'u asboblari (fortepiano) jo'rligi uchun klaviri: badiiy xususiyati va ifodaviyligi, bolalar yoshiga mosligi;

- qo'shiqning shakli, necha nahorat, qismdan iboratligi (bir, ikki qismli yoki ko'plik shaklida tuzilganligi), nahoratning mavjudligi.

Yalla, lapar, alla kabi qoraqalpoq xalq qo'shiqlari, shuningdek, terma qo'shiqlar milly musiqiy- ritmik harakatlari bilan o'rgatiladi. Musiqa rahbari qo'shiqlarni bolalarga yoqimli ovozda ifodali aytib berib tanishtiradi. Mazmunini obrazli, qiziqarli tarzda bolalar ongiga yetkazlishiga harakat qiladi. Bunda u ko'rgazmali qurollar, musiqiy-ritmik harakatlardan foydalanadi. Qo'shiq mazmuni va xarakterini bolalar yaxshi anglab olganlaridan so'ng o'rgatishga kirishadi. Bolalar toliqib qolmasliklari uchun qo'shiq o'rgatish uslubi vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turiladi. Bolalar qo'shiqni stulchalarga suyanib o'tirgan holda kuylaydilar. Bu paytda ular qomatlarini to'g'ri tutishlari lozim. Stulchalar bolalarning bo'ylariga mos bo'lishi kerak, ya'ni suyanadigan qismiga yengil tayanib turish mumkin bo'lsin. Qo'shiq kuylanayotganda qo'llar tizzaga qo'yilgan bo'lishi shart. Qo'shiq mazmuniga mos musiqiy-ritmik harakatlami bajarish bolalarning ko'krak qafasi va nafas yo'llarini yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Qo'shiq kuylash engil va oson amalga oshirilishi tufayli bolalar diqqatini tez jalb etadi. Musiqa ijrochiligida ovoz eng qulay vositadir, chunki qo'shiq kuylashni turli sharoitlarda tez va oson tashkil etish mumkin. Musiqiy taibiya ishi to'g'ri yo'lga qo'yilgandan so'ng bolalarga ulaming yoshi va ovoziga mos qo'shiqlarni kuylatish natijasida tarbiyalanuvchilarning ovoz apparati yaxshi rivojlanadi.

Qo'shiq repertuarini tanlashda bolalarning quyidagi ovoz diapazoni qoidalariga rioya etish tavsiya etiladi:

- ikki-uch yoshli guruhlarda ovoz diapazoni mi1-lya1;

- uch-to'rt yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re1-lya1;

- to'rt-besh yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re1-si1;

- besh-olti yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re1-do1;

- olti-yetti yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re1-re2.

Barcha guruh bolalari uchun (fa1-si1) engil primar registr hisoblanadi. Shuning uchun kichik diapazonli qo'shiqlar, turli vokal-xor mashqlarini ko'pincha mazkur registrda kuylatish maqsadga muvofiqdir. Bu bolalarda musiqiy qobiliyatning har tomonlama rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Qo'shiq kuylash jarayonida bolaning fikrlash qobiliyati, nutqi, idroki o'sadi. Bolalar ovozini asrab tarbiyalashning zarur shartlaridan biri qo'shiqlarni ularning yoshiga va ovoz diapazoniga qat'iy rioya etib tanlashdan iboratdir.

Musiqa tinglashga doir metodik tavsiyalar: Insonlarda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan shakllanadi. MTM larda bolalar musiqa tinglash ko'nikmalariga ega bo'lib boradilar. Musiqashunos olimlar bolalarni musiqiy tarbiyalashda musiqa tinglash faoliyatiga alohida e'tibor bermoqdalar. Musiqa mashg'ulotlarida bolalarning musiqa tinglash ko'nikmasini shakllantirish uchun quyidagi vazifalami amalga oshirish lozim:

- bolalarni yoshiga mos xalq, mumtoz va zamonaviy musiqa namunaiari bilan tanishtirish;

- bolalarning musiqiy asarlarda tasvir etilgan badiiylikni his qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish;

- musiqa haqidagi boshlang'ich ma'lumot (asar nomi, bastakor va shoirlarning nom)larini, asar mazmunini ko'rgazmali qurollar yordamida ochib berish;

- tinglagan asariga baho bera olish, uning xarakteri, janrini aniqlashga o'rgatish;

- tinglagan asariga mos rasmlar chizish, hikoyalar tuzish, musiqiy-ritmik harakatlar bajarishni o'rgatish. Musiqa tinglash uchun tavsiya etilgan va repertuarga kiritilgan musiqiy asarlar musiqiy obrazlar orqali bolalarda jonajon vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e'zozlash, hamjihatlik, rahm-shafqat kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan. Bu tarbiyaviy maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa haqida boshlang'ich ma'lumotlar berish bolalarni o'rganilgan asarlar nomini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarini farqlash hamda asarlarga ma'lum ma'noda baho bera olishga o'rgatadi. Bolalar diqqati uncha barqaror bo'lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan musiqiy asarlarni idrok etishga qodir bo'ladilar. Kichkintoylar, ayniqsa, so'zli asar (qo'shiq)larni yaxshi idrok etadilar, chunki so'z va ohang birlgi musiqiy asar mazmuning oson idrok etishga yordam beradi. Xususan, musiqa rahbari kuy-qo'shiqlarni ijro etganda uning tanish ovozi va ifodali intonatsiyasi, mimikasi va ishoralari bolalarni maftun etadi. Shu vaqtda bolalarda musiqa ohanglari orqali hosil bo'lgan zavqlanish, quvonish, ajablanish kabi holatlarni kuzatish mumkin. Yangi musiqiy asar bilan tanishtirishda musiqa rahbarining jonli, ifodali ijrosi va qisqa, qiziqarli kirish so'zi katta rol o'ynaydi. Bolalar musiqiy asarning mazmunini bilib olganlaridan so'ng ularda o'z taassurotlarini hikoya qilib berishga ishtiyoq paydo bo'ladi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Qodirov V., Quronov M. va boshqalar. Baxtli bola ma'naviyati. - T.: Sano-snandart. 2018.

2. Kodirov V. Didaktik o'yinlarning bolalarni mustaqil fikrlashga yo'naltirishdagi metodik imkoniyatlari. AnDU Ilmiy xabarnomasi, 2020-yil, 1-son.

3. Qodirova F. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur, 2019

4. Kodirov V. Didaktik o'yinlarning bolalarni mustaqil fikrlashga yo'naltirishdagi metodik imkoniyatlari. AnDU Ilmiy xabarnomasi, 2020-yil, 1-son.

6. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha talim pedagogikasi. - T.: Ilm ziyo.

2006

7. N.M.Kayumova. "Maktabgacha pedagogika" -T. TDPU, 2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.