Научная статья на тему 'Musiqa madaniyati darsining mazmuni va tuzilishining pedagogik va psixologik xususiyatlari'

Musiqa madaniyati darsining mazmuni va tuzilishining pedagogik va psixologik xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
139
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
musiqa madaniyati / faoliyat turlari / nazariya / xor ijrochiligi / oktava / dramaturgiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nargiza Narimanovna Allayarova

Mazkur maqolada umumiy o’rta ta’limda “Musiqa madaniyati” fanining mazmuni va dars faoliyati tuzilishining pedagogik va psixologik jihatlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Musiqa madaniyati darsining mazmuni va tuzilishining pedagogik va psixologik xususiyatlari»

Musiqa madaniyati darsining mazmuni va tuzilishining pedagogik va psixologik xususiyatlari

Nargiza Narimanovna Allayarova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'limda "Musiqa madaniyati" fanining mazmuni va dars faoliyati tuzilishining pedagogik va psixologik jihatlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, faoliyat turlari, nazariya, xor ijrochiligi, oktava, dramaturgiya

Pedagogical and psychological features of the content and structure of the music culture lesson

Nargiza Narimanovna Allayarova Urganch State University

Abstract: In this article, there are opinions about the pedagogical and psychological aspects of the content of the subject "Music culture" and the structure of the lesson in general secondary education.

Keywords: music culture, types of activities, theory, choral performance, octave, dramaturgy

Umumiy o'rta ta'limning dastlabki sinf o'quvchilarining psixo-fiziologik xarakterga binoan, ma'lum darajada, o'quvchilarning diqqat-e'tibori, nutqi va xotirasi to'liq rivojlanmagan bo'ladi. Ushbu sababli o'quvchilar serharakat va o'yinga moyil bo'ladilar. Bolalarning ovoz apparatlari to'liq rivojlanmaganlik sababli, zaif va nozik, ovoz pardalari esa kuchsiz holatda kuzatiladi. O'quvchilarning ovoz kuchi va tembri bo'yicha o'g'il bolalar va qiz bolalarda deyarli farq ko'rinmaydi. Shu sababli, ularda tovush faltset tipida hosil bo'ladi. 1-sinf o'quvchilarining ovoz diapozoni - do1 . lya1; do1- do2.

Ma'lum o'quvchilarning ovozlari normal holatda bo'lsa-da, ular to'g'ri kuylash pardalariga tusholmaydilar. Sababi shundaki, o'quvchilarda musiqa eshitish a'zosi bilan tovush hosil qilish apparati orasida o'zaro farq qilishini sezish bo'yicha umumiy muvozanat rivojlanmagan bo'ladi. Shu bois, bolalarning musiqiy o'quv qobiliyatlari har xil bo'ladi. Shularni hisobga olgan holda, bolalarning musiqiy qobiliyatlarini sinchiklab o'rganib, ularni differentsional guruhlarga bo'lib, joylariga o'tkazish

lozim. Negagi har bir musiqa madaniyati dars jarayonida bolalarning badiiy zavq olish, qo'shiq o'rganish bilan, shuningdek, nutqi, ijodiy fikrlash qobiliyati, musiqiy bilimi shakillana boradi.

1. Darsni musiqaviy umumlashtiruvi metodi.

2. Tashkil qilinadigan darslarga oldindan bog'lanib tashkil etish va ilgari o'tilganlarga qaytish metodi.

3. Dars mazmunini emotsional dramaturgiyasi metodi.

4. Dars jarayonining pedagogik jihatdan kuzatilishi va o'rganilgan bilimlar darajasining baholanish metodi.

1. Darsning musiqaviy umumlashtirish metodi. Ushbu metod yetakchi metodlardan biri hisoblanib, o'quvchilarni musiqa idroki, kreativ badiiy fikrlash qobiliyatini shakillantirishga yo'naltirilgan:

❖ O'qituvchi darsda hal qilinishi lozim bo'lgan aniq vazifalarni vujudga keltiradi;

❖ O'qituvchi va o'quvchi o'zaro hamkorlikda muammoni yechadi.

❖ O'quvchilar tomonidan yakuniy xulosalar chiqariladi.

2. Oldinga «yugurib o'tish» metodi. Ushbu metod ya'ni ilgari o'rgatilingan materialdan foydalanib, o'quvchilarni yangi material o'rganishiga tayyorligini smash va undan oldin egallagan bilimlarga tayanish uchun qo'llanadilar.

3. Emotsional dramaturgiya metodi. Ushbu metod bilan darsning mantiqiy yaxlitligiga erishish mumkin. Bunda musiqa darslarining chorak mavzusi asosida dars rejasi uchun ma'lum asarlar tanlanadi. Tanlab olingan mavzular ham maqsadga muvofiq bo'lib, darsning emotsional dramaturniyasi, boshlanishi va yakunlanishiga bog'liqdir. Pedagog darsni ijrochilik mahorati, so'z ustaligi bilan qiziqarli qilib o'tishi kerak va o'quvchilarni darsga faol qiziqtirib, ya'ni avjiga erishishi lozim. Musiqa madaniyati o'qituvchisi ta'limda musiqa darsidan tashqari badiiy kechalar, konsertlar, uchrashuvlar o'tkazishni lozim.

Birinchi sinfda musiqa darslari ta'limotining poydevori qo'yiladi. Shuning uchun avvalo 1-sinfda boshlab ularni darsga aktiv qiziktirish, musiqani idrok eta bilish, musiqiy kobiliyatlarini rivojlantirish, musiqa savodini o'qituvchi bolalarni sevishi, darsga yaxshi tayyorgarlik ko'rishi, barcha metod va printsiplardan to'g'ri foydalana olish, so'z chiroyli, mayin, bolalar ovoziga moslab kuylar mazmunini ochib berish lozim. 1-sinf o'quvchilari psixologik-fiziologik xarakteriga ko'ra ma'lum darajada xotirasi to'liq rivojlanmagan, dikkat e'tibori ovoz apparatlari to'la shakllanmaganligi sababli, ovoz pardalari nozik, kuchsiz buladi. Bu yoshdagi bolalar san'at bilan bolalar bog'chasida, televidenie radio, qo'g'irchoq teatri va multfiltmlar orqali tanish bo'ladilar. Repertuarga kiritilgan musiqa asarlari ushbu xususiyatlarni nazarga olgan holda, asarning mazmuni va mavzusi jixatidan turli-xil bo'lishi lozim. Ushbu musiqa asarlarini his-tuyg'ularini ifodalash bilan birga kundalik turmushni va

tabiatni aks ettirishi kerak. Pedagog bolalarni hayotiy tajribalariga asoslangan holda xar bir musiqa asosida ma'lum his-tuyg'u va fikrlarini aks ettirishi haqida tushuntirishi lozim. Dastlabki darslardanoq musiqa asarlarini o'z-o'zidan paydo bo'lmasligi va kimningdir katta ijodiy mehnati samarasi ekanligi haqida suhbat tashkil etadi.

Dars mazmunini xayot bilan bog'lashda bolalarning taasurotlari va tajribalarini boyitib borilishi asosida musiqaning eng oddiy qonuniyatlari haqida bilim doiralari kengaytirilib boriladi. Dastlabki sinfda o'quvchilar musiqa haqida quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari lozim. O'quvchilarning diqqat e'tibori musiqaning ifoda vositalari - kuy, registri temp, janr, ladlarga jalb qilinadi. Kuylash aytish qoidalariga doir bilimlar chapak va cholg'u asboblarida chalish qoidalari, musiqaga mos xarakatlar qo'shiklar janri xarakteri va tuzilishiga doir bilimlar xakida ma'lumotga ega bulishlari kerak. Musiqa ijodkori-kompozitor, ijrochi, tinglovchi haqida qisqacha bayon qilishi lozim. Keyingi sinflarda ushbu bilimlar nisbiy tushunchadan aniq fikrga aylanadi.

Shunday qilib 1 - sinf bolalar musiqaning xarakteri va obrazlari haqida umumlashma bilim va nisbiy tuShunchalarga ega bo'ladilar, bu shartli ravishda notaga bo'lgan davrga ataladi. Qo'shiq haqida o'qituvchining qisqacha kirish so'zi (mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlar, hayotiy ahamiyatlar va boshqalarni hikoya, suhbat yuli bilan qisqacha bayon etish): qo'shiqni ijro etib yoki gramm yozuvida eshittirish; suhbat yuli bilan qo'shikning musiqa xarakteri, uning ifoda vositalari va mazmuni aniqlash xamda ayrim ijro uslublarini belgilash qo'shiqni musiqali jumlalarga bo'lib o'rgatish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash; qo'shikni ijro etish va qo'shikni ijro etish va qo'shik xakidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o'tkazish, ya'ni umumlashtirish. Birinchi sinfda yil mavzusi: ''Biz musiqani sevamiz'' chorak mavzulari esa:

I - chorak: "Biz yoqtirgan kuy va qo'shiqlar".

II - chorak: "Musiqali o'yinlar, raqs va qo'shiqlar. "

III chorak: "Xushnavo cholg'ularimiz"

IV- chorak: "Xushnavo cholg'ularimiz"

Musiqa darslari beshta faoliyat asosida o'tiladi:

1. Xor bo'lib kuylash.

2. Musiqa savodi.

3. Musiqa tinglash.

4. Musiqa xarakteriga mos xarakatlarni bajarish.

5. Bolalar cholgu asboblarida jur bulish.

Musiqa madaniyati dasturi asosida rejalashtirilgan ko'rgazmali qurollar bilan birga musiqa o'qitishning taqqoslash, og'zaki amaliy, metodlaridan foydalangan holda, darsda o'quvchilarning e'tiborini o'ziga jalb qilib, musiqali o'yinlar o'ynab,

musiqaga mos qadam tashlash, raqs elementlari, mayin ifodali qilib kuylash, chapak chalish bilan metodik talablar asosida tashkil etiladi.

Ikkinchi sinfda musiqa o'qitishning mazmuni va metodikasi.

Ikkinchi sinf o'quvchilari o'zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga ko'ra 1-sinf o'quvchilariga o'xshash bo'ladi. Bolalarning diqqat e'tibori turg'unligi ham yaxshi rivojlanmagan bo'ladi.

Negaki o'quvchilar o'yin bilan bog'liq bo'lgan narsalarga ko'proq qiziqadilar. Ovoz apparatlarining nozik, mo'rtligi, to'la shakllanmaganligi sababli ovozlari faltset tipida yangraydi. Ovoz diapazoni Do1 dan Do2 gacha buladi. Vokal-xor ishiga e'tibor kuchayadi. Musiqa ritmi, nutqi, kuy, temp, dinamika, o'lchov haqidagi ma'lumotlar, ko'nikma va malakalar konkret nazariy bilimga aylanadi. Musiqa darsini mustaxkam o'zlashtirishda 1-sinfda olingan bilimlarga tayanish zarur. Shuning uchun musiqa o'qitishda uzviylik-sistemalik printsipiga amal qilish zarur.

Musika tinglash musika faoliyatlarining yetakchisi xisoblanadi. Zero darsda jarayonida foydalaniladigan barcha musiqa materiallari asosan eshitib o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. 2-sinf tematikasida darsning badiiy kompozitsiyasi vujudga keladi. Darsning kulminatsion nuqtasi bolalarda aktiv qizikish uyg'otadi. Badiiy emotsional kechinmalarni paydo qiladi. Shu orqali darsning emotsional dramaturgiyasiga erishish mumkin. O'qituvchi darsni ishonchli dalillar yordamida, ko'rgazmali qurollar, texnika vositalari yordamida o'tishi kerak. Dars rejasini tuzganda ijodiy yondoshmog'i, yaxshi tayyorgarlik ko'rib pyxta ishlab chiqishi zarur. O'quvchilar musiqani chuqur idrok etishi uchun faoliyat turlaridan foydalaniladi:

1) Xor bo'lib kuylash aytish.

2) Chapak va urma cholg'u asboblarida musiqaga ritmikjo'r bulish;

3) Musiqa xarakteri va obrazlarini harakatlarda ifodalash.

O'quvchilarni muttasil qo'l xarakatlariga o'rgatib borish zarur: "Diqqat", "auf", "ijroni boshlash", "ijroni tugatish" kabi zarur dirijyorlik choralariga amal qilib kuylash kerak. Kuylash vaqtida o'zini tuta bilishni eslatib utish kerak. 2-sinfda bolalar malakalarining oshib borishi fiziologik o'sish munosabati bilan ovoz kuchi, diapazoni tembri o'zgarib borishi ma'lum tizim asosida olib borishni talab etadi. Musiqa savodida quyidagi bilim va malakalar shakllanib borib, amalda bajarilishi zarur:

1) Kuylarni ritmiksxemalarini bo'g'inli so'zlar bilan, kuylash (lya, do, do, mi).

2) Kuchli va kuchsiz hissalarni aniqlash va ularni his etib kuylash;

3) CHapak va cholg'u asboblarida chalib kuyga ritmik jo'r bo'lishi

4) Marsh va raqs xarakterini harakatlarda ifodalash;

5) Lad haqidagi bilimlarni mustahkamlash;

2-sinfda lad hissi tarbiyasi ancha ravshanlashadi. Asar xarakterini belgilash bilan birga marsh qo'shiq va kuylarning major va minor uchtovushliklarini aniq bilib olish

bilan belgilanadi. 2-sinf o'quvchilarini ovoziga ham diqqat bilan e'tibor berish zarur. Baqirib, kuchanib kuylash aytishga yo'l qo'ymaslik kerak. Ovozlarida kamchilik sezilsa darhol doktorga borishni aytish lozim. Shunday qilib, 2-sinf o'quvchilari musiqani tuzilishi va nota savodiga doir mazkur boshlang'ich bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar, xor bo'lib kuylashda o'zini tutish, qo'shik mazmuniga mos emotsional kechinmalarni his etish, tinglangan asarlar yuzasidan suhbatlarda qatnashish, hikoya tuzish, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, musiqa ritmiga cholg'u asboblarida jo'r bulish kabi ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar. Shunday qilib, ikkinchi sinfda yil mavzusi: "Musiqa nimani ifodalaydi va tasvirlaydi?".

1 chorak mavzusi: "Yakkanavozlik, jo'rnavozlik va jo'rsozlik"

2 chorak mavzusi: "Yakkanavozlik va yakkaxonlik cholg'u va xonandalar dasturlari".

3 chorak mavzusi: "Kuy nima? Kuyda nima ifodalanadi";

4 chorak mavzusi: "Musikani ifoda vositalari".

O'qituvchi dars rejasini ushbu mavzular asosida tuzib, ularni bir biri bilan uzviy bog'lab olib borishi kerak. Har bir qo'shiq ma'lum pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni ko'zda tutib tanlanadi. Qo'shiqlarni tanlashda davomiylik, izchillik, ilmiylik va oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilinadi. Unda har bir yangi qo'shiq oldingisidan hosil yetilgan vokal-xor malakalarini mustahkamlaydi va ularni rivojlantiradi. Qo'shiq diapazoni o'quvchilar ovoziga mosligi, badiiy g'oyaviy mazmuni yil, chorak mavzulari, yil fasllari, bayramlari, o'quvchilar yoshiga mos bo'lishi kerak. Qo'shiqlarni quyidagi talablarga ko'ra tanlash tavsiya etiladi.

❖ Qo'shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati, siyosiy-g'oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va xarakterining o'quvchilar yoshiga mosligi.

❖ Qo'shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi, bolalarning lug'at boyligiga mosligi va ularning nutqini o'stirish uchun xizmat qilishi.

❖ Qo'shiq ohangi, uningxarakteri (xushchaqchaq, quvnoq, marsh, mungli), lad va tessiturasi, ovoz diapazoni o'quvchilar yoshiga mos bo'lishi.

❖ Qo'shiqning badiiy xususiyati va ifodaviyligi, bolalar idrokiga mosligi, garmonik tuzilishi va ohangdoshligi.

❖ Qo'shiqning shakli, necha qismdan iboratliligi (1, 2 qisrnli yoki kuplet shaklida tuzilganligi), naqarotning mavjudligi.

Qo'shiqni tanishtirishda o'qituvchi qisqa, mazmunli, obrazli, qiziqarli hikoya qilib beradi. Qo'shiq mazmunidagi axloq-odob, tabiat, ona Vatan, mehr-muhabbat haqidagi g'oyalarni bolalar ongiga singdirib, ularda qiziqish uyg'otadi. So'ngra, qo'shiqni ifodali qilib, mayin ovozda ijro etib beradi. Qo'shiq mazmuniga mos tasviriy san'at suratlaridan yoki biror ko'rgazmali vositadan foydalanish kerak. O'quvchilar bilan qo'shiq mazmuniga va tuzilishiga xos savol-javoblar qilib, qo'shiqni musiqiy jumlalarga bo'lib o'rgatadi. So'ngra qo'shiq mazmuniga mos

musiqiy-ritmik harakatlar bilan o'rgata boshlaydi. Matn va ohang talaffuzining aniqligi ma'lum me'yorga tushgandan so'ng, qo'shiqning badiiy ijrosiga yerishiladi. Qo'shiqni vaqti-vaqti bilan takrorlab kuylab turish lozim, aks holda uning matni o'quvchilar xotirasidan ko'tariladi va unga nisbatan qiziqish susayadi. Har bir darsda, ayniqsa, yangi qo'shiqni o'rgatishdan oldin, ilgari o'rgatilgan qo'shiqni takrorlab turish, bolalar ijrosidagi ayrim nuqsonlarni tuzatib borishga yordam beradi. Bolalar toliqmasligi uchun qo'shiq o'rgatish shakllari o'zgarti-rib turiladi. Masalan: guruhlarga bo'lib o'rgatish, yakkaxon va xor jo'rligida yoki musiqiy harakatlar yordamida amalga oshirilib, bolalar ovoziga dam beriladi. Qo'shiq mukammal o'rgatilgandan so'ng, ularning qiziqishi yanada ortadi. Shuningdek, dars shakllarini (noan'anaviy darslar) o'zgartirib turish ham o'quvchilar zerikishining oldini olib, qiziqishini kuchaytiradi. O'quv yili davomida o'quvchilarga 12-14 ta qo'shiq o'rgatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.M.Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent "O'zbekiston" - 2017 y.

2. Sh.M.Mirziyoev Erkin va faravon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. "O'zbekiston" NMIU, 2016y.

3. Sh.Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini tahminlash - yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. "O'zbekiston" NMIU, 2016 y.

4. Abralova M. va boshqalar. Musiqa. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma.

2- sinf. - T.: "G'. G'ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi", 2008.

5. Abralova M. va boshqalar. Musiqa. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma.

3- sinf. - T.: "G'. G'ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi", 2008.

6. Akbarov I.A. Musiqa lug'ati. -T.: "O'qituvchi", 1997.

7. Begmatov S. va boshqalar. Musiqa. 6-sinf uchun darslik. - T.: "G'. G'ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi", 2008.

8. Ibrohimov O. va boshqalar. Musiqa. 7-sinf uchun darslik. - T.: "G'. G'ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi", 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.