Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDAGI BOLALARDA XOR IJROCHILIGI KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDAGI BOLALARDA XOR IJROCHILIGI KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
389
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xor / bolalar xori / MTT / bog‘cha / ovoz shakllanishi. / choir / children's choir / MTT / kindergarten / voice formation.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O'. Shokarimov

Musiqa tarbiyasi – insonning jamiyat musiqa madaniyatiga aralashish jarayonidir. Musiqa tarbiyasi tizmi umumiy va maxsus musiqa pedagogikasi metodlar bolalar va o‘smirlarni musiqaga oshmo qilishning asosiy shakllari – musiqa adabiyotlari bilan tanishish(musiqa asarlarini tinglash) ijrochilikning turli shakllarida (masalan xor bo‘lib kuylash), musiqali o‘yinlar, musiqa haqidagi kitoblar va ma’ruzlarda kabi majmualarga asoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF CHORAL PERFORMANCE SKILLS IN CHILDREN IN THE SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATION

Music education is the process of involving a person in the musical culture of society. The system of music education, general and special music pedagogy, methods the main forms of introducing children and adolescents to music familiarization with musical literature (listening to musical works), various forms of performance (for example, singing in a choir), musical games, books about music and complexes as in lectures.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDAGI BOLALARDA XOR IJROCHILIGI KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDAGI BOLALARDA XOR IJROCHILIGI KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH Shokarimov O'.I.

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo. 7433430 Annotatsiya. Musiqa tarbiyasi - insonning jamiyat musiqa madaniyatiga aralashish jarayonidir. Musiqa tarbiyasi tizmi umumiy va maxsus musiqa pedagogikasi metodlar - bolalar va o'smirlarni musiqaga oshmo qilishning asosiy shakllari - musiqa adabiyotlari bilan tanishish(musiqa asarlarini tinglash) ijrochilikning turli shakllarida (masalan xor bo'lib kuylash), musiqali o'yinlar, musiqa haqidagi kitoblar va ma'ruzlarda kabi majmualarga asoslanadi.

Kalit so'zlar: xor, bolalar xori, MTT, bog'cha, ovoz shakllanishi.

ФОРМИРОВАНИЕ ХОРОВОГО ИСПОЛНИТЕЛЬСКОГО МАСТЕРСТВА У ДЕТЕЙ В СИСТЕМЕ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. Музыкальное образование - это процесс вовлечения человека в музыкальную культуру общества. Система музыкального образования, общая и специальная музыкальная педагогика, методы - основные формы приобщения детей и подростков к музыке - ознакомление с музыкальной литературой (прослушивание музыкальных произведений), различные формы исполнительства (например, пение в хоре), музыкальные игры, книги о музыке и на комплексах как на лекциях.

Ключевые слова: хор, детский хор, МТТ, детский сад, голосообразование.

FORMATION OF CHORAL PERFORMANCE SKILLS IN CHILDREN IN THE SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATION Abstract. Music education is the process of involving a person in the musical culture of society. The system of music education, general and special music pedagogy, methods - the main forms of introducing children and adolescents to music - familiarization with musical literature (listening to musical works), various forms of performance (for example, singing in a choir), musical games, books about music and complexes as in lectures.

Keywords: choir, children's choir, MTT, kindergarten, voice formation.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ilk musiqiy ta'lim jarayonlarini o'rgatish juda muhimdir. Ular qalbida go'zallikni xis qilish, Vatanga muhabbat, milliy g'ururni shakllantirish, bolaning ichki dunyosini boyitish, hamda estetik didini shakllantirish kabi xususiyatlarni musiqa orqali amalga oshirish mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan musiqa mashg'ulotlari badiiy va g'oyaviy mazmuni bilan bolalarni dunyo qarashini kengaytiradi. Bola qo'shiq aytishi orqali tabiat hodisalari, jonivorlar bilan tanishadi, milliy qadriyat, urf-odat va an'analarning mohiyatini anglab boradi. Yoshga qarab guruhga bo'lingan tarbiyalanuvchilarga imkoniyatini hisobga olgan holda musiqiy bilim beriladi. Mashg'ulot tarbiyachisi bolaga o'zbek musiqa merosi, folklor, xalq kuylari va qo'shiqlarini kuylashni, raqsga tushish, musiqa asboblarining ko'rinishi va ijro etilishini yoshiga qarab belgilaydi va o'rgatadi. Lirik, mungli va sho'x raqs harakatlarini bajarish bolada havas va shaxdam yurish xislatlarini shakllantiradi. Bolalarning raqs harakatlariga vals, marsh, polka, vazmin, birga sakrash, o'ng-chap oyoqda maroq va viqor bilan yurish kiradi. Bola dutor, shaqildoq, qayroq, nog'ora, doira va boshqa musiqa asboblarini bilishi uning musiqiy bilim va ijro mahoratini oshiradi. Musiqaning nozik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sirlari, jozibali jarangi, jo'shqin va sokin eshitilishi, ritm tuzuklari orqali chiroyli harakatlar birligi bolaning ichki hissiyotini boyitadi.

Maktabgacha bo'lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi, hamda bolalikning eng go'zal va esda qoladigan damlarini o'z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog'chasi va umumiy o'rta ta'lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o'qitiladi. Shuning uchun bu o'quv fanini o'qitish nazariyasi hamda metodikasini o'zlashtirishni hozirgi kunda o'ta ahamiyatli va muhim faoliyatdir.

Hozirgi kun talabi - maktabgacha ta'lim muassasalari oldiga musiqiy-estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo'yadi:

- bolalarni tabiat go'zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;

- estetik did va hissiyotni shakllantirish;

- hayotda go'zallik tushunchasini to'liqligicha anglashni o'rgatish;

- bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;

- bolalarda go'zallikni o'z hayotlariga, o'z faoliyatlariga olib kirishni o'rgatish va hokazo.

Kichik va o'rta yoshdagi bolalar uchun musiqani tinglash va musiqa kuylash qanchalik zavqli ekanligi ma'lum holatdir. Chunki, har bir harakat - musiqa kuylash yoki jo'r bo'lish bolalarda jonli qiziqish uyg'otibgina qolmay, ularda quvnoqlik, shodlik hissiyotlarini vujudga keltiradi. Bolalarda estetik zavq va tafakkur uchqunlarini paydo qiladi. Shu bois, ularga mos musiqalarni tanlab, aqlini an'ana va zamon ruhiyatidan saboq beruvchi ohanglardan tuzilgan qo'shiqlarni tavsiya etish juda muhimdir. Bolalar o'z milliy musiqa ohanglarini qalblariga qanchalik chuqur muhrlasalar, shunchalik ularning rivoji asosli va to'g'ri bo'lishiga imkon yaratiladi. Bu yoshda bolalar hali musiqiy janrni idroklay olmasalarda, o'qituvchi ularni tarbiyalashda bir qator tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan omillarni nazarda tutishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu bois bolalarning ijrosi uchun tanlab olinadigan repertuarda quyidagilarga e'tibor berish tavsiya etiladi: 1. Ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda:

- milliy ohanglar asosidagi asarlar;

- milliy ohanglarga asoslangan zamonaviy qo'shiqlar;

- bolalar xarakteriga xos va tushunishi oson bo'lgan qo'shiq tanlash;

- bola tafakkurini faollashtiruvchi qo'shiqlar.

2. Mavzu yo'nalishi:

- tabiat va hayvonot haqidagi qo'shiqlar;

- hajviy va savol-javob ohanggidagi qo'shiqlar;

- vatanparvarlik qo'shiqlari;

- baxtli bolalik va boshqalar

Boshlang'ich ta'lim jarayoni 3-4 yoshdagi bolalardan boshlanadi. Odatda, bu yoshdagi bolalar o'yinqaroq, sho'x hamda qiziqqon bo'ladilar. O'qituvchi tomonidan bajariladigan ilk vazifa bolada qo'shiq aytishga bo'lgan qiziqishni uyg'otishdan iborat. Bu jarayonda qilinadigan ishlar:

a) bolalarga tushunarli tilda musiqa haqida tushuncha berish;

b) musiqani kuylash va uni bolaning ongigacha yetkazish;

v) musiqani cholg'uda chalish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

g) musiqiy ovozlar vositasida parrandalar, hayvonlarning obrazini tasvirlab ko'rsatish;

d) tovushlarning turli, baland-past, yo'g'on-ingichka, kuchli va kuchsizligini misollar bilan ko'rsatib berish;

e) qo'shiqlarning so'z bilan aytilishi, she'rning shoir tomonidan yozilishi, musiqaning esa nota bilan ifodalanishi haqida tushuncha berish;

j) musiqiy cholg'ular bilan tanishtirib borish: rubob, dutor, doira, surnay, karnay, g'ijjak, chang, nay, fortepiano, skripka, truba, klarnet va hokazo.

Ilk mashg'ulotlar majmuaviy darslardan tashkil topishi kerak. Ya'ni, nafas olish va uni ovoz bilan chiqarish, har xil o'yinlar bilan chalg'itish, qo'shiqni ohanggiga qiziqtirish, so'zini yodlatish va hokazo. Mashg'ulot davomida bola o'z gavdasini qanday tutishi, qo'l va oyoqlarni shunga mos harakatlantirishiga e'tibor berish kerak. Bu harakatlar musiqa jo'rligida chapak chalishdan boshlanadi. Qo'llarni havoga ko'tarib aylantirish, barmoqlarni turlicha harakatlantirish, oyoqlarni musiqa usuliga xos yerga urish kabi harakatlar bola uchun juda muhim va qiziqarlidir. Bolalar bilan mashg'ulot o'tkazish jarayonida yana bir narsa, ya'ni bolalarning tez toliqishlari, charchashlariga e'tiborliroq bo'lish taqozo etiladi. Xususan, amaliy mashg'ulotdan so'ng musiqani tinglash va boshqa holatlarga xos bilim berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Demak, musiqiy mashg'ulotlar davomida jimlikni saqlash, musiqani diqqat bilan tinglash, qo'shiq kuylaganda gavdani tik tutish va shunga mos harakat qilish talab etiladi.

Bolalardan tashkil topgan vokal guruh qatnashchilariga qo'shiq o'rgatishdan avval, ular bilan birgalikda turli mashqlar bajarib, fortepiano orqali ovoz sozlanadi. Bolalarga qo'shiq o'rgatilayotganda ovoz sozlash mashqlariga ko'proq ahamiyat beriladi. Ovoz sozlash mashqlari yangicha usulda o'tiladi, ya'ni notalar o'rniga so'zlar qo'yib, ushbu so'zlar musiqiy shaklda kuylanadi. Bunda bolalarning musiqiy talaffuzi rivojlanadi. Ovoz sozlash mashqlari ko'pincha bolalarga mos bo'lgan tez aytishlar musiqaga solinadi va rahbarning ko'magida ularga ayttiriladi. Masalan:

Mon bog' - cha - ga bo - ra - man o'y - nab, quv - nab

Bolalar ashula aytayotganlarida shoshmasdan nafas olinib, yelkalarni to'g'ri tutish lozimligi, so'z o'rtasida nafas olish mumkin emasligi o'rgatiladi. Nafas olish mashqlari ham so'zlar bilan o'rgatiladi. Nafas tezda chiqarilib, qo'shiq ijro etilsa, tovushlarning sifati hiralashadi. Shu farqni sezgan bolalar tovushi chiroyli, mayin chiqishi uchun doim to'g'ri nafas olishlariga intiladilar. Shunday qo'shiqlar ham uchraydiki, ular kichik jumlalarga bo'lish tavsiya etilmaydi. Bunday holatda bu asarni xorda ko'pchilik ijro etganda zanjirsimon nafasdan foydalanish mumkin.

Masalan:

S.Abramovaning "Qo'g'irchog'im" qo'shig'i (N.Ro'zimuhammedov she'ri).

Qo' g'ir. cho girado'm bo_ g'im. Qo' g'ir-cho-g'imdo'm-bo-g'im a-ql-li gim op-po-g'iin Bundan tashqari bolalarning nafas olish texnikasini to'g'ri yo'lga qo'yish uchun bolalarga

shar puflash mashqlari bajarilsa, yaxshi natijalar beradi. Bolalarning ovoz diapazonini rivojlantirishda ham ovoz sozlash mashqlari bajariladi. Masalan:

Bolalarning yuqori notalarni aniq talaffuz qila olmasligi boshlang'ich guruhlarda uchraydigan hol. Bolalarga uyda mustaqil ravishda qo'shiq o'rganish va aytishga ruxsat berilmaydi, sababi, bola qo'shiqni noto'g'ri aytib o'rgansa, doimo noto'g'ri aytadigan bo'lib qoladi. Boshlang'ich va o'rta guruhlarda ko'proq hayvonlarga taqlid qilib ovozlar sozlansa maqsadga tezroq erishiladi. Ovoz sozlash mashqlari tugagandan so'ng qo'shiqning matni tahlil qilinadi. Qo'shiq matnini yozgan shoir, musiqani bastalagan bastakor haqida ma'lumot beriladi. Bolalarning boshlang'ich guruhlari uchun quyidagi talablar qo'yiladi:

- ovoz sozlash mashqlar soni 3-4 tadan oshmasligi lozim;

- ovoz baland diapazonga asta-sekin ko'tariladi;

- musiqiy asarlarning diapazoni kvinta oralig'ida bo'lishi, seksta intervalidan oshmasligi lozim;

- qo'shiq tonalligi va metro-ritmik jihatlari oddiy va ravon bo'lishi talab etiladi.

Kuy harakatlari ham bosqichma-bosqich, sakramalarsiz tuzilishi, ohang esa sodda va tez yodda qoladigan bo'lishi lozim. Kuyga joziba beruvchi sinkopalar ishlatish ham yaxshi natij alarga olib keladi.

REFERENCES

1. Baxriddinova N.A. «Bolalarning musikiy tarbiyasida ba'zibir tendensiyalar». «^рмонично pa3BKroe поколение-условие стабильного pa3Bmra Р.УЗ.» «Узбекский таучно-исслeдовaтeльский институт пeдaгогичeскиx HayK имени Т.Н. Кaриниязовa» Т.2015

2. Mansurova G.Sh. "Qo'shiq - do'stdir barchaga (yoxud maktablarda xor jamoalari tuzish muammomi?)". Xalq ta'limi jurnali 2013/6

3. Baxriddinova A. "O'zbekistonda bolalar xor madaniyati" Toshkent 2002 y

4. Shokarimov, U. (2022). KOMPOZITOR BOLALARGA. Science and innovation, 1(C7), 315-317.

5. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING DAVRIY BOSQICHLARI. Science and innovation, 1(C7), 310-314.

6. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA BOLALAR QO 'SHIQLARI. Science and innovation, 1(C7), 322-327

7. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING RIVOJLANISHI. Science and innovation, 1(C7), 307-309.

8. Shokarimov, U. (2022). "AVESTO" KITOBIDA XOR IJROCHILIGIGA OID AYRIM MA'LUMOTLAR. Science and innovation, 1(C7), 318-321.

Ba -rra - lia kuy-lay

miz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.