Научная статья на тему 'KORXONADA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH'

KORXONADA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion menejment / innovatsiya / raqobat / barkaror innovatsion faoliyat / innovatsion salohiyat

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tursunov F.U., Umarova M.R.

Innovatsiya raqobatbardoshlikni ta’minlashning asosiy vositasi bo‘lib, bozorda korxona va tashkilotlarning barqarorligini ta’minlashga xizmat kiladi. Maqolada iqtisodiyotning innovatsiyalarga asoslangan o‘zgarishi bevosita davlat, xususiy biznes, davlat muassasalari va ilmiy hamjamiyatning innovatsion faoliyati bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Innovatsion yo‘lga o‘tishi korxona bo‘linmalarida innovatsiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni, yagona innovatsion siyosatni amalga oshirishni va bozorda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning mohiyatini tushunishni talab qiladi. Shu sababli, innovatsion faoliyatning mohiyati va mexanizmini o‘rganish mutaxassislar uchun muhim bosqich hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KORXONADA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH»

II. MENEJMENT VA MARKETING

KORXONADA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH

VA BOSHQARISH

Tursunov F.U.

SamISI, «Menejment» kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent

Umarova M.R.

SamISI magistri

Annotatsiya. Innovatsiya raqobatbardoshlikni ta'minlashning asosiy vositasi bo'lib, bozorda korxona va tashkilotlarning barqarorligini ta'minlashga xizmat kiladi. Maqolada iqtisodiyotning innovatsiyalarga asoslangan o'zgarishi bevosita davlat, xususiy biznes, davlat muassasalari va ilmiy hamjamiyatning innovatsion faoliyati bilan bog'liqligi o'rganilgan. Innovatsion yo'lga o'tishi korxona bo'linmalarida innovatsiya sohasidagi faoliyatini muvofíqlashtirishni, yagona innovatsion siyosatni amalga oshirishni va bozorda sodir bo'layotgan o'zgarishlarning mohiyatini tushunishni talab qiladi. Shu sababli, innovatsion faoliyatning mohiyati va mexanizmini o'rganish mutaxassislar uchun muhim bosqich hisoblanadi.

Kalit so'zlar: innovatsion menejment, innovatsiya, raqobat, barkaror innovatsion faoliyat, innovatsion salohiyat

Bugungi kunda korxonalarda innovatsion menejmentni takomillashtirish juda muhim omil sifatida qaralmoqda. Mavjud bozor omillarining murakkabligi va xilma-xilligi, to'yinganlik va ko'p sonli moddiy va axborot oqimlari korxonaning bozordagi mavqeiga va uning o'sish dinamikasiga ta'sir qiladi. Zamonaviy iqtisodiy munosabatlarning asosiy tendensiyalaridan biri ishlab chiqarish bozoridan haridorlar bozoriga o'tishidir. Shu munosabat bilan ishlab chiqarishni, rejalashtirish tizimini mijozlarning individual talablariga moslashtirish korxonalarda hal qiluvchi omilga aylanmoqda.

Mamlakatimizda innovatsion faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2020 yilning 19-iyunida qabul qilingan "Innavatsion faoliyat to'g'risi"dagi qonunda innovatsion faoliyatning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilangan:

• innovatsion faoliyatning erkinligi;

• innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini ta'minlash;

• innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yo'naltirilganligi;

• raqobatni rivojlantirishga ko'maklashish;

• axborotni erkin almashish;

• innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish;

• fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.

Innovatsion faoliyat aniq rejalashtirish va nazoratni talab qiladi. Innovatsiyalarni boshqarish - bu ko'plab kutilmagan hodisalarni o'z ichiga olgan ijodiy jarayondir. Har qanday iqtisodiy tizimning rivojlanishi ishlab chiqarish sohasini o'zgartiradigan innovatsion tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi. Bularga yangi turdagi uskunalar, ilg'or texnologiyalar, ularga mos keladigan mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, o'zgaruvchan motivatsiya va tadbirkorlik kiradi.

Kompaniyaning maqsadlarini aniqlash uchun innovatsion siyosatni ishlab chiqish kerak va uning asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:

> mutlaqo yangi turdagi yoki takomillashtirilgan tovarlar va xizmatlarni yaratish, shuningdek marketingni kengaytirish orqali doimiy va potensial mijozlarning mahsulotlar va xizmatlarga bo'lgan talabini oshishini ta'minlash;

> korxonaning innovatsion salohiyatini doimiy ravishda rivojlantirish va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

> texnik, iqtisodiy, ijtimoiy innovatsiyalar bir-biri bilan chambarchas bog'liq va bir-birini targ'ib qiladi.

Innovatsion menejmentning mohiyati korxonaning umumiy maqsadlariga erishishga qaratilgan boshqaruv funksiyalari va usullaridan foydalangan holda korxonaning innovatsion faoliyatini boshqarishdir.

Innovatsion menejmentning maqsadlari:

> Yangi mahsulot yoki xizmat turlarini ishlab chiqish va joriy etish;

> Mahsulotlarni modernizatsiya qilish va takomillashtirish;

> Korxona uchun an'anaviy mahsulot va xizmatlar turlarini ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirish;

> Korxonaning yanada samarali ishlashi va raqobatbardoshligini oshirish uchun sharoit yaratishdir.

Innovatsion faoliyatning shakllantirilgan xususiyatlarini hisobga olgan holda, innovatsion menejment tarkibiga quyidagilar kiradi:

• innovatsion faoliyat rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;

• yangi mahsulotlarni yaratish loyihalarini ko'rib chiqish (tahlil qilish va baholash);

• korxona bo'linmalarining innovatsiyalar sohasidagi faoliyatini muvofíqlashtirish va yagona innovatsion siyosatni amalga oshirish;

• yangi mahsulotlarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish monitoringi yuritish;

• g'oyani aniqlashdan (tanlashdan) yangi mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarishni tashkil yetishgacha bulgan jarayonda innovatsion muammolarni har tomonlama hal qilish uchun vaqtinchalik maqsadli guruhlarni yaratish.

Korxonalarning innovatsion faoliyatiga ta'sir etuvchi asosiy omillar guruhlarga ajralgan holda o'rganilganda ularni innovatsion faoliyatga to'sqinlik qiluvchi va innovatsion faoliyatni rivojlantiruvchi omillarga ajratish mumkin.

Innovatsion faoliyatga to'sqinlik qiluvchi omillar:

• innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda mablag'larning yetishmasligi;

• moddiy va ilmiy texnika bazaning yetishmasligi;

• joriy ishlab chiqarish bo'yicha qiziqishlarning ustunligi;

• zahira quvvatlarining kamligi, xodimlar statusini o'z-gartirish;

• yangi ish izlashga majbur bo'lish yangi ishni qayta rejalashtirish;

• faoliyat turini qayta dasturlash;

• omadsizlik uchun jazolanishdan qo'rqish kabi oqibatlarga olib keluvchi o'zgarishlarga qarshilik qilish;

• Innovatsion faoliyat bo'yicha qatnashchilarning qiziqishlari bilan moslashtirishning murakkabligi.

Innovatsion faoliyatni rivojlantirishda moddiy -texnik va moliyaviy zahiralarning, zarur xujalik va ilmiy-texnik infratuzilmalarning mavjudligi, mehnat jamoasida innovatsion psixologik muhitni yaratilganligi, innovatsion jarayonlarda qatnashuvchilarni ma'naviy rag'batlantirish va xodimlarning o'z-o'zini namoyon qilishi, tashkiliy tuzilmaning egiluvchanligi, boshqarishda demokratik uslubda yondashish, gorizontal axborot oqimining ustuvorligi, korrektirovkalarni o'tkazish, maqsadli ishchi guruhlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Inqirozli iqtisodiyot sharoitida korxonalarning innovatsion rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni tizimlashtirish innovatsion o'zgarishlarni amalga oshirishda eng munosib, muvozanatli va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Bozor muhitining noaniqligi o'sib borayotgan sharoitda korxonalarning innovatsion faolligi darajasini baholashda innovatsion potensialni amalga oshirish darajasini o'lchanadi. Shunga ko'ra, innovatsion potensialni amalga oshirish darajasini oshirish aniq strategik maqsad sifatida qaralishi zarur.

Innovatsion faoliyatni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini shakllantirish innovatsion jarayonga jalb qilingan barcha elementlarning ishini muvofiqlashtirish, funksiyalarning takrorlanishini bartaraf etish va innovatsion menejment tamoyillari asosida belgilangan innovatsion vazifalarning samarali bajarilishini ta'minlash imkonini beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, korxonalarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizm qat'iy rasmiylashtirilgan tuzilma emas, u vazifalarning o'zgarishi, kompaniya maqsadlarining o'zgarishi, shuningdek bozor sharoitlarining o'zgarishi va iqtisodiyotning globallashuvi tufayli sifat va miqdoriy o'zgarishlar bilan tavsiflanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Алабугин, А. А. А45 Управление инновационной деятельностью: учебное пособие / А. А. Алабугин, Н. К. Топузов, А. Е. Щелконогов. - Челябинск: Издательский центр ЮУрГУ, 2017. - 114 c.

2. Инновационный менеджмент: учебное пособие / И.Г. Салимьянова, И.Р. Валиахметов; под общей ред. д-ра экон. наук, проф. А.Г. Бездудной. 2-е изд., доп. и перераб. - СПб.: Изд-во СПбГЭУ, 2023. - 265 с.

3. Углинская В.В. Инновационный менеджмент: Учебное пособие для студентов экономических направлений подготовки индустриальный институт. -Рубцовск, 2022-39 с.

4. Фатхутдинов Р. А.Ф27 Инновационный менеджмент. Учебник, 6-е изд. — СПб.: Питер,2019 —400 с: ил. — (Серия «Учебники для вузов»)

5. Муравьева, М.В. Организация малых инновационных предприятий при бюджетных научных и образовательных учреждениях аграрного профиля: научнометод. Пособие / М. В. Муравьева. - Саратов: ИП Муравьева, 2011. - 180 с.

6. Экономика инноваций: учебник / под ред. проф. В.Я. Горфинкеля и проф. Т.Г. Попадюк. — 2-е изд., перераб. и доп. — Москва: Вузовский учебник: ИНФРА-М, 2023

7. Воротников, И. Л. и др. Организация и менеджмент инновационного агробизнеса / И. Л. Воротников. - Саратов: Наука, 2018 г.

8. Чесбро Г. Открытые инновации / Г.Чесбро. - М.: Поколение, 2020. - 336 с.

9. Нечаев, В. И. Организация инновационной деятельности в АПК В. И. Нечаев. - М.: КолоС. - 2018. - 328 с.

10. Проблемы развития инновационно-креативной экономики / под общ. Ред.О.Н. Мельникова. - М.: «Креативная экономика». - 2019. - 384 с.

11. Инновационная деятельность на предприятии АПК: краткий курс лекций для студентов 3 курса бакалавриата (направления подготовки)38.03.02. «Менеджмент» / Сост.: Л.А. Третьяк// ФГБОУ ВПО «СаратовскийГАУ». -Саратов, 2019 -55 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.