Научная статья на тему 'SANOAT KORXONALARIDA PЕRSОNALNI BОSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISОDIY MЕХANIZMINI TAKОMILLASHTIRISH'

SANOAT KORXONALARIDA PЕRSОNALNI BОSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISОDIY MЕХANIZMINI TAKОMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
персонал / тизимлилик / tashkiliy-iqtisоdiy mехanizm / bоshqaruv tizimlari / bоshqaruv tuzilmalari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdullayev Mirzohid G‘Ayiberdiyevich

Ushbu maqolada sanoat korxonalarida personalni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, uning ahamiyati va korxona personalini boshqarishdagi o‘rni yoritilgan. Korxona personalini boshqarishda foydalaniladigan yetti guruh tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SANOAT KORXONALARIDA PЕRSОNALNI BОSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISОDIY MЕХANIZMINI TAKОMILLASHTIRISH»

SANOAT KORXONALARIDA PERSONALNI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Abdullayev Mirzohid G'ayiberdiyevich

Andijon davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi katta o'qituvchisi, iqtisodiyot fanlari bo'yicha

falsafa doktori (PhD) +99890 525 46 99, mirzo1972@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.11027484

Annotatsiya. Ushbu maqolada sanoat korxonalarida personalni boshqarishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, uning ahamiyati va korxona personalini boshqarishdagi o'rni yoritilgan. Korxona personalini boshqarishda foydalaniladigan yetti guruh tamoyillari ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: персонал, тизимлилик, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, boshqaruv tizimlari, boshqaruv tuzilmalari.

Аннотация. В данной статье описано совершенствование организационно-экономического механизма управления персоналом на промышленных предприятиях, его значение и роль в управлении персоналом предприятия. Показаны принципы семи групп, используемые при управлении персоналом предприятия.

Ключевые слова: персонал, система, организационно-экономический механизм, системы управления, структуры управления.

Annotation. This article describes the improvement of the organizational and economic mechanism of personnel management in industrial enterprises, its importance and role in personnel management of the enterprise. The principles of the seven groups used in the management of the personnel of the enterprise are shown.

Key words: персонал, система, организационно-экономический механизм, системы управления, структуры управления.

Korxona personalini boshqarish mexanizmini takomillashtirish masalalari keng tomonlama bo'lib, tizimli-maqsadli yondashuvni, raqobatbardoshlikni ta'minlashning tahliliy usullariga hamda tashkiliy-iqtisodiy usullarni ishlab chiqishga e'tibor qaratishni talab etadi. Bu esa korxonani yanada rivojlantirish yuzasidan boshqarish, texnikaviy va texnologik tadbir-choralarni o'zida umumlashtirgan personalni boshqarishni qo'llab-quvvatlashning yagona tashkiliy-iqtisodiy mexanizmidir.

"Ilmiy adabiyotlarda tizim deganda umumiy xususiyatlarga ega bo'lgan va aniq maqsadga erishish uchun birlashtirilgan o'zaro bog'liq elementlar majmuasi tushuniladi"1. Tizimlilik - bu barcha aloqalar, elementlar, funktsiyalar va boshqaruv muammolari bir butun sifatida ko'rib chiqiladigan yondashuvdir. Tizimlarni tanlash beshta asosiy omil asosida amalga oshiriladi, ularga ko'ra tizim: "umumiy maqsadga ega; uning ichki tuzilishini tashkil etuvchi bir-biriga bog'langan elementlardan iborat; ichki elementlar bilan bir qatorda uning cheklovlarini tashkil etuvchi tashqi muhitga ega; uning ishlashini ta'minlash uchun ma'lum resurslarga ega; boshqaruv markazi boshchiligida uning ko'zlangan maqsad sari harakatlanishini ta'minlaydi"2

1Едрснкина Э.В. Качсствс как фактор псвышсния KoHKypeHTOcnoco6HocTH //Интернет. http://www.marketing.spb.ru/confy9/42.htm.

2 O'sha joyda 107-112 bet.

Korxona pеrsоnalini bоshqarish yuzasidan tashkiliy-iqtisоdiy mехanizm va shu mexanizmga to'g'ri keladigan texnikaviy, boshqarish bo'yicha texnologik tadbir-choralarni maqsadga muvofiq belgilab olish asosida bir butun tamoyillar tizimi yaratilishi kerak, bunga erishish uchun quyida keltirilgan 7 ta guruh tamoyillarilardan foydalanish ko'zlangan maqsadga olib keladi3.

1. Tizim ko'lamidagi tamoyillar: personalni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining alohida qismlari korxonaning hamma funktsional bo'limlariga moslashtirilishi zarur bo'lgan komplekslilik tamoyili; tizimli tahlil uslubiyatiga tayanishi lozim bo'lgan tizimlilik tamoyili; doimiy, yani personalni boshqarish strategiyasi bo'yicha ish doimiy ravishda olib borilishi kerak, uning tarkibiy omillaridagi sakrashlar shaklidagi o'zgarishlarni kuzatib borish kerak; boshqaruv tanlovi korxonada qabul qilingan qiymat tizimidan kelib chiqadigan optimallik tamoyilini aks ettiruvchi mezonga asoslanishi kerak bo'lgan optimallik tamoyili; tashkiliy-iqtisodiy mexanizm personalni boshqarish strategiyasi va taktikasini shakllantirishga, ularning tanlovini asoslashi va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishga ko'mak beruvchi konstruktivlik tamoyili.

2. Rivojlanishni boshqarish tamoyillari: tizimlarni rivojlantirish tamoyillari; modellashtirish tamoyillari; boshqaruv qarorlarini qabul qilish tamoyillari; o'z-o'zini tashkil etish tamoyili; sinergiya tamoyili. Personalni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini to'la tasvirlash maqsadida o'zini-o'zi tashkillashtirishga asoslangan usuldan foydalanilsa va o'zini-o'zi tashkillashtirishning eng muhim nazariyasi sifatida sinergetikaning muhim tamoyillarini qo'llashga ahamiyat berish zarur.

3. Strategik tamoyillar (sa'y-harakatlarni jamlash, tavakkalchiliklar balansi, sherikchilik).

4. Boshqaruv jarayoni ishtirokchilarining xabardorligi va yetarliligi tamoyili.

5. Korxona personalini boshqarish jarayonining hayot tsiklining amalga oshirilishi va dinamikasi ustidan doimiy monitoring va nazoratni ta'minlaydigan doimiy monitoringni qo'llash tamoyili.

6. Korxona personalini boshqarish strategiyalarini diversifikatsiya qilishni ta'minlash va qo'llab-quvvatlashda doimiy monitoring qilish va muqobil boshqaruv strategiyalarini tayyorlash tamoyili.

7. O'zgaruvchan bozor muhitiga nisbatan personalni boshqarish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini moslashtirishga imkon beradigan teskari aloqa tamoyili. Mazkur tamoyildan foydalanish korxonada zaruriy tashkiliy, tarkibiy, resurs o'zgartirishlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Personalni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqishda unga ko'p o'lchovli ijtimoiy tizim sifatida yondashish kerak. Bu mexanizm tashqi (bozor, ekologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarni o'z ichiga olgan) muhit bilan boshqaruv strategiyalari asosida korxonaning o'zaro ta'sirini ta'minlaydigan mexanizm sifatida yaratilishi kerak.

Biz taklif qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm quyida keltirilgan tarkibiy qismlarni o'zining ichiga oladi: rivojlanishning raqobatbardosh strategiyalarini belgilab olish; xodimlarni boshqarish va mehnatni rag'batlantirish tizimida tub islohotlar o'tkazish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini hamda korxonalarning raqobatbardoshligini yuksaltirish, sifatni boshqarish tizimlarini qo'llash; ishlab chiqarishni rejalashtirish va diversifikatsiyalashga tizimli yondashish; korxonaning ichki va tashqi siyosatida hamma bo'limlar va boshqaruv jarayonlarining bir

3 O'sha joyda 66-69 bet.

butunligiga erishish; buxgalteriya hisobi va tahlili tizimini yangidan tashkillashtirish; marketing xizmatini rivojlantirish va kuchaytirish; investitsiyalash va innovatsion jarayonlarni jonlantirish, tashqi investitsiyalarni kiritish; axborot bilan ta'minlashni rivojlantirish asosida xodimlarni boshqarishni yaxshilash; moliyaviy boshqarish sifatini yaxshilash; moliyaviy va ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishga mo'ljallangan tadbir-choralar ishlab chiqish; korxonani modernizatsiyalash hamda texnikaviy va texnologik tomondan jihozlash, zamonaviy texnologik jarayonlardan foydalanish.

Personalni boshqarishning ushbu tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining barcha tarkibiy qismlari o'zaro bog'langan va shu bilan ma'lum bir yaxlitlikni tashkil etuvchi yagona tamoyil bilan birlashtirilgan. Bu narsa korxonaning ichki bozordagi raqobatbardoshligini va barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Tarkibiy qismlarning har biriga alohida tizim sifatida qarash kerak. Taklif etilayotgan personalni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi har bir elementining asosiy tarkibiy qismlarini va ularning tuzilishini o'rganib chiqamiz.

1. Raqobatga chidamli taraqqiyot strategiyalarini belgilab olish. Korxonani taraqqiy ettirishning oqilona qo'llanilgan raqobat strategiyasi korxonaning o'zgarishlarga mosligi, o'garuvchanligi hamda reaksiyasini oshiradigan tadbir-choralar ko'lamini aniqroq belgilash imkoniyatini yaratadi. Bozor munosabatlari davrida va korxonaning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish muhim ahamiyatga ega. "Aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida keng manevr strategiyalarini amalga oshirish imkoniyati biznesning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi"4.

Aynan shu yondashuv Andijon viloyati sanoat korxonalari uchun uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tanlash uchun asos bo'lishi kerak, xususan: ishlab chiqarish jarayonining barcha texnologik sikli mobaynida xarajatlarni eng past ko'rsatkichga keltirish; dunyo sifat talablariga mos keladigan mahsulotlarni barpo etish va ishlab chiqarish, zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, strategik boshqaruv hududlarini kengaytirish. Tanlangan strategiya va rivojlanish maqsadlarini hisobga olgan holda, Andijon viloyati sanoat korxonalari missiyasini quyidagicha belgilash mumkin: intellektual va texnik imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga yengil sanoat mahsulotlarining yetakchi ishlab chiqaruvchisi sifatida ichki va tashqi bozor ehtiyojlarini qondirish; personalning salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak kasbiy mehnat asosida jamiyat farovonligining barqaror o'sishini ta'minlash.

2. Korxonaning tashqi va ichki siyosatida barcha bo'g'inlar va boshqaruv jarayonlarining harakat birligiga erishish. Yengil sanoat korxonalarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularda korxona ichidagi boshqaruvni qayta tashkil etish yagona xususiyatga ega bo'lishi mumkin emas va ularning har birida tarkibiy o'zgartirishlar yo'nalishlarini tanlashga tabaqalashtirilgan yondashuv zarurligini nazarda tutadi.

"Mahalliy korxonalarning ishlash tajribasi shuni ko'rsatadiki, samarali mulkdorni shakllantirish nuqtai nazaridan xususiylashtirish jarayonida jamoaviy boshqaruv tamoyillarini saqlab qolish, ya'ni jamoaviy mulkka o'tish eng maqsadga muvofiqdir. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, korxonalarni o'z xodimlarining mulkiga o'tkazish ko'plab mamlakatlarda davlat darajasida qo'llab-quvvatlanadi, qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi, imtiyozli kreditlar bilan

4Воронов А.А. К оценке уровня конкурентоспособности машиностроительных предприятий. //Машиностроитель. - 2000. - №12. С. - 27-29.

rag'batlantiriladi va xorijiy ekspertlar ta'kidlaganidek, o'rta va yirik korxonalar uchun xususiy mulkchilikning samarali shakli hisoblanadi"5.

Turli tuman taraqqiyot strategiyalari sezilarli farqlanadigan boshqaruv tizimlari va tuzilmalarini talab etadi. Ularning shakllanishi esa korxona taraqqiyotining tegishli tashkiliy uslubi asosida oldindan belgilanishi mumkin. Boshqaruv adabiyotlarida tashkiliy hatti-harakatlarning bosqichma-bosqich va tadbirkorlik uslublari tavsiflanadi. Tashkilot xulq-atvorining bosqichma-bosqich uslubi tashkilot ichida ham, tashqi muhit bilan munosabatlarda ham an'anaviy hatti-harakatlardan chetlanishlarni minimallashtirishga qaratilgan. O'zgarishlar qabul qilinmaydi, ular cheklangan yoki minimallashtirilgan bo'ladi. "Tadbirkorlik uslubi o'zgarishlarga boshqacha munosabatni talab qiladi. Ushbu uslubdagi korxonalar erishilgan holatni doimiy ravishda o'zgartirish tarafdori bo'lib, o'zgarishlar orqali o'sish imkoniyatlarini tadbirkorlik bilan izlaydilar"6.

Andijon viloyati sanoat korxonalarida ushbu mexanizmni amalda qo'llash bo'yicha amaliy qadamlar sifatida personalni boshqarishning quyidagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etiladi: ishlab chiqarishni boshqarishni tubdan qayta tashkil etish, korxonalar ichidagi boshqaruvning markazlashmagan tuzilmasini yaratish va tadbiq qilish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bo'yicha texnologik asosda ixtisoslashtirilgan mustaqil ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish; yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini iqtisodiy mustaqillikka ega bo'lgan hamda o'zining joriy natijalari uchun, shuningdek, jamiyatning kelgusidagi salohiyatini taraqqiy ettirishga ma'sul bo'lgan foyda markazlariga aylantirish.

3. Personalni boshqarish va mehnatni rag'batlantirish tizimini takomillashtirish. Personalni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini joriy etish orqali mehnat jamoasi bozor munosabatlari sharoitida korxonaning boshqaruv tizimi va faoliyatida tub o'zgarishlarni zudlik bilan o'zgartirish zarurligini anglab yetishini va idrok etishini ta'minlash zarur. Shu munosabat bilan raqobatbardosh boshqaruv strategiyasi negizida personalni boshqarish va mehnatning yangi usullariga o'qitish va o'qitish tizimini tubdan qayta tashkil etishni ustuvor vazifa qilib qo'yish zarur.

4. Mahsulotlar va korxonalarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, sifat menejmenti tizimlarini joriy etish va ularni sertifikatlash. Korxona personalini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mahsulot sifatini boshqarishning tubdan yangi strategiyasini shakllantirishi kerak, bu esa ushbu muammoni hal qilishda kompleks yondashuv asosida savdo bozorlarida raqobatdosh ustunliklarga erishishning ustuvor yo'llarini topishga imkon beradi.

5. Diversifikatsiya va ishlab chiqarishni rejalashtirishga kompleks yondashuv. Ushbu tarkibiy qismning tuzilishi korxonaning iqtisodiy va boshqa bo'linmalari faoliyatining o'ziga xos yo'nalishlarini ajratib turadi. Bunda bozorning doimiy o'zgaruvchan sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishga tizimli yondashish, ya'ni, ishlab chiqarish dasturlarini yangilash va mahsulot turlarini yangilash; mahsulot tannarxini pasaytirish, moddiy va inson resurslaridan, moliyaviy mablag'lardan foydalanishning prognoz, yillik va operativ rejalarini shakllantirish; xo'jalik amaliyotida korxonaning raqobatbardoshligini oshirish va uning zararsiz va barqaror faoliyatini ta'minlash muammolarini hal qilishga hissa qo'shadigan rejalashtirish va tahliliy ishlarni takomillashtirishning zamonaviy usullaridan biznesni

5MecKoH М., Альберт М., Хeдoури Ф. Осшвы мeнeджмeнта. М.: Дeлo.1998. Мильгрсм Д.А. Овднка KoHKypeHTocnoco6Hocra экoнoмичeскиx тexнoлoгий //Мар^тит- в Рoссии и за рубeжoм. - 1999. - №2. -44-57.

6 Идвчук С.М. KoHKypeHTocnoco6HocTb прoдукции на m^obom pbiHKe. М.:2000.

rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish, funktsional xarajatlarni tahlil qilish va boshqa vositalardan faol foydalanish muhim ahamiyatga ega.

6. Buxgalteriya hisobi va xarajatlar tahlili tizimini qayta tashkil etish. Buning amalga oshirilishi ishlab chiqarish tannarxini boshqarishning sifat jihatidan yangi darajasini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxini shakllantirishni ta'minlaydi va shu bilan korxonaning raqobatbardoshligini oshirish va sotish hajmini oshirishga buxgalteriya hisobi va tahlil tizimining ijobiy ta'sirini kuchaytiradi.

KORXONADA PERSONALNI BOSHOARISHNING TASHKILIY-IOTISODIY MEXANIZMI

Raqobatga chidamli taraqqiyot strategiyalarini belgilab olish: xarajat afzalligi; diversifikatsiya; farqlash va boshqalar.

Korxonaning tashqi va ichki siyosatida barcha bo'g'inlar va

boshqaruv jarayonlari harakatlaiiniiig birligiga erishish: mulkiy munosabatlami isloh qilish;

boshqamvning tadbirkorlik turini joriy etish; tashkiliy-

iqtisodiy boshqaruv xizmatini qayta qurish va boshqalar.

Korxonani texnik va texnologik qayta jihozlash va

modemizatsiya qilish, progressiv texnologik jarayonlarni joriy etish

Xodimlarni boshqarish va mehnatni rag'batlantirish tizimini takomillashtirish: kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini qayta tashkil etish; mehnatni rag'batlantirish mexanizmini takomillashtirish; ij odiy faoliyat uchun sharoit yaratish; mehnatni rag 'batlantirishning noan'anaviy usullarini joriy etish va boshqalar.

Xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilish tizimini qayta tashkil etish:

Buxgalteriya xizmatini bozor munosabatlari talablarini hisobga olgan holda qayta qurish; xorijiy

xarajatlarni hisobga olish tizimining

zamonaviy usullarini amaliyotga j oriy etish va boshqalar.

Ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish

Mahsulotlar va

korxonalarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, sifat menejmenti tizimlarini va ularni sertifikatlashtirishni joriy etish:

MDH bozoriga eksport yo'nalishi; sifat menejmenti tizimlarini joriy etish (ISO 9000); yangi mahsulotlarni yaratish; sifat sertifikati

Marketing yo'nalishini takomillashtirish, marketing xizmatini kuchaytirish: marketing bo'limiga

strategik muhim boshqaruv funktsiyalarini taqsimlash; marketing sohasidagi

mutaxassislar tomonidan marketing xizmatini sotib olish; marketing xizmatini zarur texnik va uslubiy vositalar bilan ta'minlash

Ishlab chiqarishni

diversifikatsiya qilish va rejalashtirishga kompleks yondashuv:

ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqish va mahsulot turlarini yangilash; ishlab chiqarish tannarxini va resurs xarajatlarini kamaytirish bo'yicha istiqbolli yillik va operatsion rejalarni

shakllantirish; zamonaviy usullardan foydalanish

Investitsion va innovatsion

faoliyatni faollashtirish, tashqi investitsiyalarni jalb

qilish

Korxonaning raqobatbardosh-ligini boshqarishni axborot bilan ta'minlashni

takomillashtirish: boshqaruv, rejalashtirish, tartibga solish va xarajatlarni hisobga olishning oxirigacha integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish va boshqalar.

Korxonaning moliyaviy

boshqaruvini takomillashtirish: sifat va raqobatbardoshlikni oshirish masalalari kontekstida korxonaning moliyaviy

siyosatini ishlab chiqish; moliyaviy rejalashtirish va pul oqimlarini nazorat qilish tizimini takomillashtirish, moliyaviy resurslar oqimini boshqarish; korxonaning

moliyaviy holatini baholash va tahlil qilishning uslubiy yondashuvlarini takomillashtirish va boshqalar.

Andijon viloyati sanoat korxonalarida personalni raqamli boshqarish tizimining kontseptual sxemasi

1-rasm. Sanoat korxonalarida personalni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi7.

7 muallif ishlanmasi

7. Korxonaning moliyaviy boshqaruvini takomillashtirish.

8. Investitsiyalash jarayonini va innovatsion faoliyatni jonlantirish, tashqi investitsiyalarni olib kirish.

9. Korxona personalini boshqarishni ma'lumot bilan ta'minlashni yaxshilash. Andijon viloyati sanoat korxonalari sharoitlariga nisbatan ushbu blokning xodimlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: amalda personalni boshqarishning raqamlashtirilgan tizimini qo'llash; raqamli axborot texnologiyalarini va zamonaviy aloqa vositalarini joriy etish; korxonaning barcha bo'limlarining muhandislik-xo'jalik faoliyatida avtomatlashtirilgan ish o'rnini yaratish; korxona ichidagi personalni boshqarishni axborot bilan ta'minlashni texnik ta'minlash.

10. Korxonani texnikaviy va texnologik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash, eng so'nggi texnologik yangiliklardan foydalanish.

11. Ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni oqilona ishlatishga yo'naltirilgan tadbir-choralar ishlab chiqish. Bugungi kunda mahsulot tannarxini pasaytirish va korxonaning ishlab chiqarish, unson va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish Andijon viloyati sanoat korxonalarini rivojlantirishning strategik yo'nalishi hisoblanadi.

12. Andijon viloyati sanoat korxonalarida personalni raqamli boshqarish tizimining kontseptual sxemasini tizimidan amaliyotda foydalanish.

Shunday qilib, korxona personalini boshqarishn bo'yicha yuqorida ko'rsatilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining asosiy sxemasi Andijon viloyatining sanoat korxonalarida amalga oshirilgan kompleks harakatlar majmui bo'lib, quyidagilarga imkon beradi: boshqaruv tizimini zamon talablariga mos ravishda qayta qurish; korxonaga tegishli bo'lgan ichki resurslardan oqilona foydalanish; barcha bo'limlarda raqobatbardoshlikka erishishni shakllantirish; korxonaning bozordagi mavqeini uning raqobatbardoshligini oshirish asosida mustahkamlash. Mazkur sxema o'zida korxonaning raqobatbardoshligi ta'minlashning hamma iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa yo'llarini o'ta aniq darajada har tomonlama aks ettirmaydi. Lekin, Andijon viloyatining yengil sanoat korxonalarida o'tkazilgan tajribadan ko'rish mumkinki, ushbu tuzilma harakatlarni birlashtirish va salohiyatni aniqlovchi omillarni monitoring qilish uchun korxona ma'muriyatiga tashkiliy-iqtisodiy yordam berishning barcha tarkibiy qismlarini bir-biri bilan bog'lash usullarini maqsadga muvofiq va tizimli qidirishga imkon beradi.

Ushbu tadbir-choralarni qo'llash asosida korxonaning tashqi muhitdagi raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini oshirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. AÖAynnaeß М.Е. CaHoaT KopxoHanapMAa nepcoHanHM бoшкapишни тaкoмиллaштириш // «Таълим тизимидa ижтимoий-гyмaнитap фaнлap» илмий-мeтoдoлoгик Ba илмий услубий журтали. Тoшкeнт 2020. Maxcyc coh. ISSN 2181-7286 2020 №-^6pb - AeKa6pb. 158-163 6e^

2. Абдyллaeв М.Е. Андижoн вилoяти eHran caнoaт кopxoнaлapидa пepcoнaлдaн фoйдaлaниш caмapaдopлиги тax,лили // "Iqtisodiyot: tahillar va prognozlar" илмий журтали. № 3 (19) Июль-Ceнтябpь, 2022 йил. 76-86 бeтлap. ISSN 2181-0567, ISSN 2181-1830.

3. Abdullayev M. Analysis of the efficiency of the use of personnel at light industry enterprises in andijan region. // Хиндиешн. Novateur Publications JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. ISSN: 2581-4230. iyul, 2022 yil. 86-94 бeт.

4. Abdullayev M. Analysis of Factors Affecting the Efficiency of Personnel Management // Иотания. Spanish journal of innovation and integrity (SJII). Table of Content - Volume В (Jul 2022). В7-94 бет.

5. Едpeнкина Э.В. Kачecтвo как факт^ пoвышeния кoнкypeнтocпocoбнocти //Иш^нет. -http://www.marketing.spb.ru/confy9/42.htm.

6. Вopoнoв A.A. К oцeнкe ypoBra кoнкypeнтocпocoбнocти машинocтpoитeльныx ^ед^нятей. //Mашинocтpoитeль. - 2000. - №12. С. - 27-29.

7. Mecкoн M., Aльбepт M., Хeдoypи Ф. OraoBbi менеджмента. M.: Дeлo.1998. Mильгpoм Д.А. Oцeнка кoнкypeнтocпocoбнocти экoнoмичecкиx тexнoлoгий //Mаpкeтинг в Poccии и за pyбeжoм. - 1999. - №2. -44-57.

В. Иoвчyк C.M. Koнкypeнтocпocoбнocть пpoдyкции на миpoвoм pынкe. M.:2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.