Научная статья на тему 'KORXONADA STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION BOSHQARUV TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH'

KORXONADA STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION BOSHQARUV TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
968
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / korxona / boshqaruv / strategik boshqaruv.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tursunov Farhod Umirzakovich

Ushbu maqolada mamlakatimizda boshqaruv tizimini takomillashtirish, korxonada strategik boshqaruv tizimini tashkil etishda innovatsion boshqaruv tamoyillaridan foydalanish imkoniyatlari yoritib berilgan va muallif tomonidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KORXONADA STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION BOSHQARUV TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH»

KORXONADA STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION BOSHQARUV TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH

Tursunov Farhod Umirzakovich

SamISI "Menejment" kafedrasi dotsent, i.f.n.

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda boshqaruv tizimini takomillashtirish, korxonada strategik boshqaruv tizimini tashkil etishda innovatsion boshqaruv tamoyillaridan foydalanish imkoniyatlari yoritib berilgan va muallif tomonidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, korxona, boshqaruv, strategik boshqaruv.

Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bog'liq bo'ladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi bo'lmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan bo'lsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam o'rin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo ko'pgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning o'zgaruvchan shart-sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham o'z echimini topmaganligini ko'rsatadiki, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog'liq.

Strategiya korxonaning muvaffaqiyatini ta'minlash uchun rahbariyat foydalanadigan tadbir-choralar majmuasidan iborat. Rahbariyat korxona biznesini qanday boshqarishni bilish uchun hamda ko'p omilli muhitda muqobil yo'nalishlardan birini to'g'ri tanlash uchun strategiyani yaratadilar. Rahbariyat foydalanishga qaror qilgan strategiya mavjud biznes o'nalishlaridan biri va biznesni yuritishni muayyan usuli tanlanganligini ko'rsatadi.

Strategik boshqaruv xolatida tashkilot atrof muhit va tashkilot hayotining sharoitlari o'zgarishidan kelib chiqqan holda kelajakda ko'zda tutish maqsadlarga erishish uchun har bir hozirgi lahzada u aynan hozirgi paytda nima strategik boshqaruvda kelajakdan turib hozirgi paytga nazar tashlanadi. Tashkilotga ma'lum kelajakni ta'minlovchi hozirgi davrdagi tashkilot harakatlari aniqlanadi va amalga oshiriladi. Bunda strategik boshqaruv uchun shu narsa ham xarakterliki, nafaqat kelajakda korxonaning ko'zda tutilgan xolati qayd qilinadi, balki shu ham strategik boshqaruvning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi, ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish imkoniyatini beruvchi atrofdagi o'zgarishlarga aks ta'sir ko'rsatish qobiliyati ishlab chiqiladi. Ikkinchidan, nostrategik boshqaruvda xarakat dasturini ishlab chiqish tashkilotning ichki imkoniyatlari va resurslari tahlilidan boshlanadi.

Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda zamonaviy strategiyalardan foydalanish milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat ko'rsatishini

ta'minlash rejimining tarkibiy qismidir. Korxonani modernizatsiyalash jarayonini rejalashtirish asosida fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash, qayta ta'mirlash va kengaytirish iqtisodiy bog'liq asosiy vazifalar hal qilinadi. Odatda u amaldagi qonuniy hujjatlar va iqtisodiy boshqaruvning me'yoriy qoidalari asosida, shuningdek, xo'jalik yuritishning u yoki bu bosqichida qabul qilinadigan hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o'tkir qilib qo'yayotganligi bois ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari bor kuch-imkoniyati va resurslaridan samarali foydalanishga e'tibor qaratmoqda. Buning uchun iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish, yangi o'zak tarmoqlarni barpo etish, tarkibiy o'zgarishlar, samarali va erkin iqtisodiyotni shakllantirish zarur.

Bugungi jahon iqtisodiyotining tobora o'zaro integratsiyalashuvi sanoat korxonalarining raqobat muhitiga moslashuvchan jihatlarini kengroq o'rganish, har tomonlama rivojlanayotgan bozor munosabatlari talablariga mos holda ishlab chiqarishni tashkil etish va samarali boshqarishni zaruratga aylantirmoqda. Tarkibiy o'zgarishlar va iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida faoliyat ko'rsatayotgan sanoat korxonalari milliy iqtisodiyotimizning bir bo'g'ini sifatida respublika iqtisodiyotiga, xalqimizning farovon turmush kechirishiga katta hissa qo'shib kelmoqda.

Xorij mamlakatlarida raqobatdosh va arzon ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni mamlakatimizga kirib kelishi mutaxassis va etakchi olimlardan respublikamizda mavjud bo'lgan sanoat korxonalarini rivojlantirish va samarali faoliyat ko'rsatishiga doir ilmiy asoslangan qirralarini ochib berishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. SHularni hisobga olib mazkur sohadagi ilmiy izlanishlarga e'tibor qaratgan holda, innovatsion jarayonlarni rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni quyidagi jadvalda keltirilgandek turkumlashimiz mumkin. CHunki mazkur omillarni har tomonlama tadqiq etish korxonalarida raqobatdosh yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga asoslangan innovatsion jarayonlarni boshqarishning samarali yo'llarini ilmiy asoslash hisobiga ish yuritish faoliyatiga ta'sir ko'rsatishi tabiiydir.

Innovatsion faoliyatga to'sqinlik qiluvchi va rivojlanishiga sharoit yaratuvchi omillarni o'rganish mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan innovatsion siyosatni olib borish bo'yicha belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan samarali strategik maqsadlarni belgilab olishga yordam beradi.

Mamlakatimizda biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyati rivojlanish darajasini yuksaltirish uchun iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashning strategik maqsadlariga mos ravishda yaqin yillar ichida zarur shartsharoitlarni yaratish lozim.

Innovatsion boshqaruvning asosiy vazifalarini amalga oshirishda alohidagi o'zaro aloqa va mantiqiy izchillik vujudga keladi. Masalan, boshqaruvning kommunikatsiya, undovchi sabablar, vakolatlarni boshqa

topshirish jarayoni kabi protsessual va sotsial - psixologik vazifalarning ahamiyati keskin oshadi. Innovatsion boshqaruvni tashkil qilish usullari orasida shaxslararo munosabatlar, guruhli dinamika qonunlariga suyanuvchi norasmiy turlar ustunlik qiladilar.

Innovatsion faoliyatga to'sqinlik qiluvchi va rivojlanishiga sharoit yaratuvchi omillarni o^ganish mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan innovatsion siyosatni olib borish bo'yicha belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan samarali strategik maqsadlarni belgilab olishga yordam beradi. Mamlakatimizda biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyati rivojlanish darajasini yuksaltirish uchun iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashning strategik maqsadlariga mos ravishda yaqin yillar ichida zarur shartsharoitlarni yaratish lozim.

Hozirda rivojlangan mamlakatlar sanoat korxonalarida innovatsion faollikni oshirishda investitsiyalarni strategik boshqarishga alohida еЧЛог qaratilgan. Natijada muayyan tarmoqlarda sanoat ishlab chiqarishining samarali amalga oshirilishi hisobiga innovatsion faollikni yanada kuchayishi kuzatilmoqda. Chunki sanoat korxonalarida innovatsion mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko'reatish ko'lamini kengayishi o'z navbatida ishlab chiqarish jarayonining yangi ko'rinishlarini joriy qilish, ish o'rinlami tashkil etish hamda tashqi aloqalarning kengayishiga sharoit yaratadi. Buni sanoati o'sib borayotgan xorij mamlakatlari tajribasida ko'rishimiz mumkin.

Innovatsiyalar asosida korxonaning barqarorligini oshirishga yondashuv belgilangan bo'lib, turli tarmoqlarga mansub bo'lgan o'zara bog'liq korxonalar guruhidagi vaziyatni tizimli ravishda ko'rib chiqishga hamda innovatsion strategiyasini optimallashtirishga imkon beradi. SHu bilan birga, klaster tuzish: tayyorgarlik ko'гish, analitik, strategik, joriy etish va istiqbolli rivojlanishni prognozlash kabi bosqichlardan o'tiladi.

Innovatsiya doimiy ravishda harakatda bo'luvchi, yangi tur mahsulot ishlab chiqaruvchi va yangilanib turuvchi iqtisodiy holatdir. Innovatsion salohiyat iqtisodiy rivojlanishni ilmiy texnikaviy yoki ishlab chiqarish jarayonini amaliy jihatdan tubdan yangilash va takomillashtirishning asosiy omili ekanligidan kelib chiqqan holda, fundamental ilmiy tadqiqotlar asosan iqtisodiyot tarmoqlarini samarali rivojlantirish bo'yicha tegishli iqtisodiy siyosatga asoslangan holda olib borishi lozim.

SHuningdek, innovatsion salohiyat yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, mavjudlarini rag'batiantirish hisobiga yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish va xizmatlarni ko^satishni tashkil etishda o'z ifodasini topadi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish, kelgusida ushbu sohadagi boshqaruv tizimini mustahkamlash, yangi tur mahsulot ishlab chiqarish va yangi texnologiyalarni yaratuvchi xodimlarni rag'batiantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga bog'liq bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik.-T.: TDIU, 2013 yil.

2. Maxmudov N.M, Xomidov S.O. O'zbekiston sanoati: rivojlanish omillari, tendensiyasi va muammolari. Monografiya.-T.: «IQTISODIYOT», 2017 yil.

3. Мутанов Г.М. Инновации: создание и развитие. - Алматы, Казах университет, 2012, -224 с.

4. Bababekova D.SH, Tursunov.B.O. Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish. Uslubiy qo'llanma.-T.:«VneshInvestProm», 2017 yil.

5. www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi xukumat portali.

6. www.stat.uz- O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy axborot sayti.

7. www.uza.uz - O'zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy axborot sayti.

8. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.