Научная статья на тему 'KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA TEJAM HODISASINING O‘RGANILISHI'

KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA TEJAM HODISASINING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
81
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tejam / qisqaruv / qisqargan formalar / 줄임말 / 준말 / 약어 va 두자어 .

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shermatova Shahnoza Abdujalol Qizi

Ushbu maqolada koreys va o‘zbek tillarida tejam hodisasining o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda koreys tili va o‘zbek tili tejam haqida so‘z boradi. Koreys tili va o‘zbek tillarida tejam hodisasining o‘rganilishi, tilshunoslarning tadqiqot ishlari, qaysi tilshunoslar o‘rganganligi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA TEJAM HODISASINING O‘RGANILISHI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

KOREYS VA O'ZBEK TILLARIDA TEJAM HODISASINING O'RGANILISHI

Shermatova Shahnoza Abdujalol qizi

Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada koreys va o'zbek tillarida tejam hodisasining o'rganilishiga bag'ishlangan bo'lib, unda koreys tili va o'zbek tili tejam haqida so'z boradi. Koreys tili va o'zbek tillarida tejam hodisasining o'rganilishi, tilshunoslarning tadqiqot ishlari, qaysi tilshunoslar o'rganganligi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: tejam, qisqaruv, qisqargan formalar, jf^l^l, ^^ va

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7608027

A STUDY OF THE PHENOMENON OF ECONOMY IN KOREAN AND UZBEK

LANGUAGES

Annotation: This article is devoted to the study of the phenomenon of economy in korean and Uzbek languages, The study of the phenomenon of economy in korean and uzbek languages, research works of linguists and who studied them are discussed.

Tildagi tejam tamoyili so'zlovchi (individ)ning ruhiy, psixofiziologik quvvatini til birliklarini qisqartirish, tushirib qoldirish orqali tejash, kommunikatsiyaga ketadigan vaqtni kamaytirish, tildagi ortiqchalikni bartaraf etish ehtiyojidan kelib chiqib, zohir bo'ladigan umumlisoniy qonuniyat. Op keling (olib keling), buyam (bu ham), qong (qoling) kabi hodisa bunga misol bo'ladi. Tejamkorlikning fonetik, morfologik ko'rinishi mavjud. Morfologik tejam asosida fonetik tejam yotadi. Yirik-irik, yigit-igit, yiroq-iroq qisqaruvi fonetik tejamga misol. Olib ber - ober, bizim - bizning, sizing - sizning kabilar morfologik qisqaruvga misol. Olib ber - ober, bizim - bizning, sizing - sizning tejalishlari - nutqiy qisqaruv.

Tejam o'z maqomiga ko'ra yo lisoniy, yo nutqiy bo'lishi mumkin. Masalan, jo'nalish kelishigi shakli dastlab [-qaru] ko'rinishida bo'lgan, bugungi kunda u qisqarib, [-ga] shakliga kelib qolgan. Bu - tejamning lisoniylashuvi. Olib ,er - ober, bizim - bizning, sizing - sizning tejalishi nutqiy qisqaruv. Chunki, masalan, sizing so'zshaklidagi (-ing) lisonda [-ning] shaklida yashaydi. Tilshunoslikda faqat nutqiy qisqaruvlarnigina tejam sifatida tan olishga moyillik kuchli.

Tejam o'z mohiyatiga ko'ra nutqiy aloqani osonlashtirishga xizmat qiladi, biroq axborot ko'lamiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. [R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva:2010:135]

Kishilik jamiyatida tilga oid bilimlar paydo bo'la boshlagan paytlarda qadimgi ajdodlarimizda til yoki tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishni aynan o'sha o'zgarishlar uyg'otgan bo'lishi mumkin. Tilning lug'at tarkibi boyishi: yangi so'zlar, iboralar, tasviriy vositalar paydo bo'lishi, "eski" so'z va formalarning unutilishi, leksik-semantik

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

differentsiatsiya, tovushlar va so'zlarning ba'zi qismlarining tushirib qoldirilishi - bularning hammasi inson avlodlari ko'z o'ngida ro'y berib turdi va ajdodlarimizda tilni ilmiy o'rganishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirdi. Ayniqsa, til sistemasining tafakkur formalaridan biri bo'lmish tushuncha bilan bog'lik bo'lgan birligi - so'zda yuz bergan struktural o'zgarishlar jamiyat a'zolari va eng qadimgi tilshunoslar e'tiboridan chetda qolmadi.

XI asrning buyuk lingvisti Maxmud Qoshg'ariy ham o'sha davrdagi turkiy qabila va elatlarning tilida so'zlarning qisqargan formalari uchrashini ko'rsatab o'tgan edi: "... turklar «u odam uyiga hadeb ketaveradigan" ma'nosida (ol ewge barag'an ol desalar, o'g'uzlar shu ma'noda ol ewge baran ol deydilar. Turklar "u odam qulini hadeb uraveradigan" ma'nosida ol er qulini urag'an ol desalar, o'g'uzlar shu gapdagi urag'an so'zini uran deb talaffuz qiladilar".

Tillarda yuz bergan o'zgarishlarning ko'lami osha borgan sari va XIX asrga kelib "ilmiy tilshunoslik" (atama V.A.Zvyaginsevniki) darajasiga ko'tarilgan til ilmiga oid ma'lumotlar ko'paygan sayin turli tillarda yuz beruvchi til birliklarining qisqarish hollarini maxsus tekshirish ehtiyoji tug'ildi va natijada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib bu haqida alohida tadqiqotlar vujudga kela boshladiO'zbek tilshunoslishda til birliklari qisqaruviga o'zbek tilining dastlabki tavsifiy, ilmiy grammatikalari yaratilgan paytlardayoq e'tibor berilgan edi. O'zbek tilida tovush tushishi natijasida so'zlar, so'z formalari va affikslarning qisqargan variantlari vujudga kelishi haqidagi qaydlar V.N. Nalivkin N.P.Ostroumov, A.Fitrat, Ye.D.Polivanov, A.N.Kononov, O.Usmon, F.Kamol, A.G'ulomov, V. V.Reshetov, F.Abdullaev, S.Mugallibov, S.A.Ferdous, A.M.Shcherbak, A.Ishaev, X.D.Doniyorov, R-K-Kungurov, S.Otamirzaeva, A.A.Maxmudov, A.Nurmonov hamda boshqa ko'plab tadqiqotchilarning asarlarida uchraydi va muammoning turli jihatlariga doir fikr-mulohazalar bildiriladi.

O'zbek tili yaruslarida namoyon bo'luvchi qisqaruv ko'rinishlari A.N.Kononovning "Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika" nomli fundamental tadqiqotida keng aks ettirilganini alohida qayd etish lozim.

V.V.Reshetovning "O'zbekskiy yazik, chast I, Vvedenie, fonetika" sarlavhasi ostida nashr etilgan kitobi o'z vaqtida tilshunosligimizning o'zbek tili fonetikasini o'rganishda erishgan jiddiy yutuqlaridan biri, deb hisoblash mumkin. Ushbu tadqiqotda o'zbek tili unlilari va undoshlariga batafsil xarakteristika berish bilan birga ularning reduksiyaga uchrashi va tushib qolishi xam adabiy til va sheva materiallarida ko'rsatib berilgan. Kitobning "Foneticheskaya struktura slova" bobida esa qisqaruv hodisasi xususida qimmatli ma'lumotlarga duch kelamiz

"Tortilgan formalar»ning vujudga kelishi sabablari xususida mulohaza yurita turib, V.V.Reshetov "qisqargan formalar tilda talaffuzni maksimal osonlashtirish va unga oz quvvat sarflashga intilish tufayli yuz beradi", deb xulosa chiqaradi. orasidagi) undoshlarning, tushishi natijasida vujudga kelgan kiskargan formalardir".

O'zbek tili fonetikasi muammolari bilan uzoq yillar shug'ullangan A.A.Maxmudovning "Slovesnoe udarenie v uzbekskom yazbike" ,"Glasnwe uzbekskogo yazbika", "Sonornwe uzbekskogo yazbika" , "Soglasnwe uzbekskogo yazbika" kabi tadqiqotlari o'zbek tili tovushlarining turli pozitsiyalardagi (so'z boshi, so'z o'rtasi, so'z oxiri) akustik- fiziologik xarakteristikasi ochib beriladi, urg'u ko'chishi bilan bog'lik fonetik hodisalar taxlil etib beriladi va xokazo. [J.Eltazarov: 2004:12]

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bugungi kunda mamlakatamizning taniqli tilshunos-olimlaridan biri D.Nurmonov o'zining dastlabki yirik tadqiqoti - nomzodlik dissertatsiyasini fonetik qisqaruvga bg'ishlagan edi. Olimning "O'zbek tilining fonetik o'zgarishlarida ekonomiya prinsiplari" mavzusida bundan 30 yil ilgari himoya bag'ishlangan dissertatsiya fikrimizga dalil bo'la oladi.

Qisqaruv xodisasining stilistik xususiyatlariga oid qaydlarni R.K.Kungurov va FAbdullaevlarning ishlarida kuzatish mumkin. Jumladan, R.Ko'ng'urov ko'plik, kelishik, egatik kategoriyalari ko'rsatkichlarining qisqartirib qo'llanishi va ba'zi hollarda ayrim kelishik, egalik affikslarining belgisiz qo'llanishi stilistik maqsadlar bilan bog'liq ekanini qayd etadi.

F.Abdullaevning "Kishi otlarini qiskartirish usullari" maqolasi bilan antroponimlar qisqaruvini stilistik planda o'rganish boshlandi. Muallif o'zbek tilida kishi otlarini qisqartirish erkalash, kichraytirish, yaqinlikni ifodalash kabi shart-sharoitlar bilan bog'liqligini ta'kidlaydi.

Shuningdek, U.Tursunov, J.Muxtorovlarning "Hozirgi o'zbek adabiy tili", mualliflar guruhining "Hozirgi o'zbek adabiy tili" kabi darsliklarida ham tovush tushishi xususida ba'zi qaydlar uchraydi.

Koreys tilida qisqartma so'zlar ikki xil nomlanadi. Bular va ^^ bo'lib,

ikkalasini orasida farq bor. barcha qisqartma so'zlar bo'lib , ^^ faqat bosh

harflardan tuzilgan qisqartma so'zlarga aytiladi. Koreys tilida qisqaruv haqida

qilingan tadqiqqotlar orasida Min-seop Woo (1974), Seung-myung Li

(1987), Cheol-ui Song (1993), Geum-hyeon Moon (^^€)(2000), Li Ji Yang

(2003), Choi Xyong Yong (2003), Chjon Xi Chan (2004), Li

Soyong )(1996), Li Chje Xyon (2005), Gimxae Yen (^^)(2007)ning

tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin. S^.^:2015:12]

Woo Min-seop (1974) ^^ (qisqartmalar) va ^^ (qisqartma) atamalarini bir

xil tushncha deb ko'rsatib , , ^^^ ^^ (keng ma'nodagi qisqartma ) va^^^ tor

ma'nodagi qisqartma) qisqartmalarga ajratgan. U qisqartmalarning turlarini beshga

1. ^ (qisqarishi) ^(sodda so'zlarni qisqarishi, ^ (qo'shma so'zlarni qisqarishi), ^^ (qo'shimchalarning qisqarishi), ^^^ ^^ (so'z oxiri qisqarishi);

2. (tushish) (undosh tovushning tushishi), tovushning tushishi );

3. (o'zgarish);

4. ^^ (qisqartma);

5. ^^^ ^^ (qisqarish va o'zgarish)ga bo'lib tushuntirgan.

Seung-myung Li (1987) qisqaruvni bo'g'in yoki shaklni qisqartirish nuqtai

nazaridan ikki bo'gindan ortiq so'zni undan kichik birlikka qisqarishi deb bo'gin qisqarishi ( ^■s.^), fonema qisqarishi qisqargan so'z (^^^)larni ajratgan.

Cheol-ui Song (^^^)(1993) qisqaruv tushunchaga aniq ta'rif bermay, mazmuni va qamrovi juda kengligi uchun uni lingvistik atam sifatida belgilash uchun qisqaruvning

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ko'lamini toraytirish kerak deb aytgan. Bunga qisqaruv bilan bog'liq tushuncha sifatida (acronym-bosh harflardan tzuligan qisqartma so'z), ^^^ (birlashish), (almashtirish)lar orasidagi farqlarni ajratib, qisqaruv va morforologiya fonologiyaning aloqasini aniqlab, qisqaruvga ta'rif berdi. Ya'ni qisqaruv bir guruhga birlashitrilishi mumkin bo'lgan so'z yoki bo'g'inlar ma'no o'zgarishiga olib kelmasdan, ikki bo'g'inni bir bo'g'inga qisqartirish natijasida hosil bo'lgan so'z shakli deb ta'riflaydi.

Li Soyong°l^^(1996) qisqaruv hodisasi yozma nuqtqqa qaraganda og'zaki nutqqa ko'p uchrashini, og'zaki nutqda u kichik fonema, bo'g'inda esa u katta komponent, so'z birikmasi bo'lishi mumkin deb aytad. Uning aytishicha qisqaruv hodisasini og'zaki hosil bo'lishini ko'p uchratishimiz mumkin. Misol uchun:

Geum-hyeon Moon (2000) koreys tilidagi og'zaki nutqdagi fonologik va

grammatik lug'atlarning xususiyatlarini og'zaki matnlardan foyalangan holda o'rganadi va oldingi tadiqiqotlarda ^^ atamasida qaraganda ^^ atamasidan ko'proq foylanadi. Lekin lug'atlarni o'rganganda sodda so'zlar, qo'shma so'zlar, yasama so'zlar, iboralar haqida ta'kidlab o'tilgani haqida, lekin qisqartma so'zlar haqida ma'lumotlar berilmaganligini aytib o'tadi.

Li Jiyang (2003) qisqartmalarni tizimlashtirish jarayonida shu paytgacha

qisqartmaga e'tibor berilmaganligi sababli ko'plab to'siqlar mavjudligini ko'rib, sodda so'z sifatida aytib, qisqartmalarni tizimli tushuntirishga harakat qilgan. Oldingi tadqiqotlarga asoslanib, qisqartmani ta'rifini " so'z yoki sintagmatik aloqani amalga oshiradigan fonologik-morfologik ifodalar natijasida yaxlit munosabat hosil qiluvchi so'z" deb ta'riflagan. Shunga asoslanib qisqartma so'zlar hodisasi jarayoni butun dunyo bo'ylab muhokama qilinib, xususiyatlari tushuntirildi.

1. Eltazarov. J. D. Tildagi tejamlilik tamoyili va qisqaruv. - S.2004.

2. R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva. Hozirgi o'zbek adabiy tili.-T.2010.

3. Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent, O'qituvchi. 1980. 4. Qudrat Musayev. Tarjima nazariyasi. -Toshkent, Fan. 2005.

4. Nurmonov A., Mahmudov N. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent, Ilm Ziyo.

5. Баёнханова, Ирода Фуркатовна (2022). ХДКМАТ АРБОБЛАРИНИНГ ТУРЛИ ТИЛДАГИ МУЛОКОТ ОДОБИНИ ИФОДАЛОВЧИ МАКОЛЛАР ^А^ИДАГИ ФИКРЛАРИ (УЗБЕК ВА КОРЕЙС ТИЛЛАРИ МИСОЛИДА).. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 555-565.

6. ^^ ^ ^

Щ^. 44. 20154 84.

44-4,

^4-4^4 44- $4, 4^4- 44(^4)

Adabiyotlar ro'yxati (References)

2010.

JOl R\A L-RESEA RCHS. COM

I

1C7

FEBRUARY, 2022

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

7. ^^.2011.

8. Ирода Фуркатовна Баёнханова (2022). КОРЕЙС ВА УЗБЕК ТИЛИДАГИ ПАРЕМИОЛОГИК БИРЛИКЛАРНИНГ ^ИЁСЛАБ УРГАНИШИ. Scientific progress, 3 (3), 265-269.

9. Eshimova, Sharofat Kenjaboyevna (2022). KOREYS BADIIY ADABIYOTIDA PERSONIFIKATSIYANING IFODALANISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 356-364.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.