KOREYS VA OZBEK TILLARIDA METAFORANING LISONIY
TAHLILI MASALASI Haydarov Jasur Baxodirovich O'zbekiston davlar jahon tillari universiteti koreys tili fani o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10863751
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 17th March 2024 Accepted: 19th March 2024 Published: 23rd March 2024 KEYWORDS
koreys
metafora,
tafakkur.
tili, leksikologiya, ma'no ko'chishi, til,
Koreys leksikologiyasi va uslubshunosligida ancha mukammal ishlanishi lozim bo'lgan masalalardan biri metafora hisoblanadi. Predmetlar orasidagi umumiy o'xshashlikka asoslangan holda ma'no ko'chirish metafora bo'lib, bunda asosiy (bosh) belgi narsa va hodisalar orasidagi qaysi bir tomon bilan o'xshashlikdir.
Metafora qadimdan o'rganila boshlangan, bu masaladagi nazariy qarashlar metaforani—nutq bezagi deb tushunishdan inson tafakkurining muhim mexanizmlaridan biri sifatida tushunish tomon o'zgarib borgan. Xususan, ijodiy individuallikka e'tiborning kuchayishi bilan poeziyada metaforaning ahamiyati ham ortib borgan, unga til va tafakkur bilan bog'liq hodisa sifatida qarala boshlangan.
Metafora atamasi hozirda o'xshashlik asosida ko'chma ma'noda qo'llangan bitta so'zni, matnning bir bo'lagida ifodalanuvchi obrazni, ba'zan esa butun boshli asarni ham anglatadi. Ya'ni keng ma'noda metafora poeziyada (umuman san'at) dagi bir narsa-hodisa mohiyatini ikkinchi narsa- hodisa orqali ochish, fikrni obrazli va bavosita ifodalashning har qanday shaklini anglatadi.
Metafora badiiy tafakkurning asosiy mexanizmi bo'lib, badiiy asarning barcha sathlarida (tildan boshlab kompozitsion qurilishigacha) kuzatiladi. Shunga ko'ra, o'rganilish ko'lamidan qat'i nazar (muayyan asar, alohida san'atkor ijodi, u yoki bu adabiy yo'nalish, maktab avlod va b.), metaforani tizim sifatida o'rganish talab etiladi. Metafora aslida nomi yo'q bo'lgan narsa-tasavvurlarga nom berish, ularni atashning eng muhim vositalaridan biridir. Ammo bu vositadan foydalanish faqat ana shu ehtiyojgagina bog'liq emasligini, u inson tabiatidagi obrazli ifodaga o'chlik bilan aloqadorligini, nomi bor narsalarni ham metaforik yo'l bilan ifodalashga insonda ichki bir tabiiy intilish mavjudligini mutaxassislar alohida ta'kidlaydilar. Har qanday lingvistik hodisa kabi metafora ham lisoniy asosga ega. Sememaaga mohiyatan mos bo'lgan semalarning turlicha yaqinlashuvi sababli yangi-yangi ma'noga egadek tuyuluvchi nutqiy so'z aslida yagona lisoniy mohiyatlidir. Ana shu mohiyatning yuzaga chiqish imkoniyatlari -o'xashashlik, aloqadorlik kabilar orqali yangi ko'rinish kasb eta oladi.
Metafora ana shu imkoniyatlardan bittasi - obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi o'xshashlikning lisoniy akti bo'lmish mutanosib semalar asosida bir narsaning nomi ikkinchi bir narsa nomi o'rnida qo'llanilishidir. Metafora - ko'p qirrali jarayon. Shuning uchun ham
uning tasnifi bir necha jihatni qamrab olishi shubhasiz. Metafora va so'z yasalishi orasidagi farq aynan semantik strukturada yotadi. Ya'ni metafora so'z semema strukturasini o'zgartira olmaydi, so'z metaforik qo'llanganda uning semalari to'lig'icha saqlanib qoladi, faqat ayrim semalar yorqinlashsa, ayrimlari xiralashadi. So'z yasalishi esa so'z semema strukturasini butunlay yangilaydi. Tashqi jihatlardan so'z yasalishi va metafora bir-biriga juda o'xshaydi. Chunki har ikkalasi ham nomlashni nazarda tutadi. Ko'p ma'nolilik, metonimiya, o'xshatish va so'z yasalishi metafora bilan lisoniy sistem munosabatda turadi. So'z semema strukturasidagi o'zgarish nisbatiga ko'ra ko'p ma'nolilik, metonimiya, metafora bitta gruppani tashkil etib, bir tomondan so'z semema strukturasida hech qanday o'zgarishga yo'l qo'ymaydigan o'xshatish, ikkinchi tomondan so'z semema strukturasining o'zgarishini nazarda tutadigan so'z yasalishiga oppozitsiyada turadi. Ammo so'z yasalishi munosabati jihatidan ular bir xil pozitsiya egallaydi. Metonimiya va metafora so'z yasalishiga bir xil munosabatda va oppozitsiyada turadi. Ularning ikkalasi ham muayyan semalarning yorqinlashuvini nazarda tutib, mustaqil semalarning ajrala borish jarayonini aks ettiruvchi ko'p ma'nolilik so'z yasalishiga yaqin turadi. Bu sistema a'zolarining munosabat tizimi, bizningcha, ana shu xilda bo'ladi.
Metaforaga o'xshab ketadigan bir nechta hodisalar (kinoya, bilvosita nutq, simvol, yolg'on va boshqalar) mavjudki, ular yuqoridagi hodisalarga nisbatan metaforadan lisoniy mohiyatiga ko'ra ancha farq qiladi. Biroq ular uslubiy va nutqiy imkoniyatlariga ko'ra metaforaga yaqin keladi hamda shu tufayli ba'zan metafora bilan chalkashtirish hollari uchraydi. Bu hodisalar aslida bir sistemaga birlashadi va so'z yasalishi, ko'p ma'nolilik, metafora, metonimiya tizimi bilan oppozitiv munosabatga kirishadi. Metafora o'xshash, shuning uchun ayrim holatlarda metafora deb talqin qilinuvchi ko'plab yondosh hodisalar shaklan va uslubiy, vazifasiga ko'ra yaqin kelsa-da, mohiyatan metaforadan farq qiladi. Masalan, ko'p ma'nolilik mustaqil semalarning umumiy sema (yoki semalar) vositasida bitta so'z doirasida bog'lanib qolishi natijasi bo'lib, unga haqiqatan ham metafora asos bo'lgan bo'lishi mumkin. Metaforik va ko'p ma'noli so'z ikki farqli hodisa bo'lib, tur-jins munosabatida turmaydi. Nom ko'chishining alohida bir turi sifatida baholanuvchi funksiyadoshlik mohiyatiga nazar tashlash uni aslida metaforaning o'zi ekanligini ko'rsatadi. Bizga ma'lumki, metafora o'xshashlikni nazarda tutadi, o'xshashlik qay asosda (shaklan, tabiatan, vazifasiga ko'ra) bo'lishi ahamiyatsiz. Shuning uchun biz funksiyadoshlikni metafora ko'rinishlaridan biri sifatida baholadik. Metonimiya (uning ko'rinishlaridan biri bo'lgan sindekdoxa) metaforaga ancha yaqin keladi. Farq shundaki, metafora o'xshashlikni, metonimiya bog'liqlikni nazarda tutadi. O'xshashlik va bog'liqlik farqi metafora va metonimiya yana bir farqni yuzaga keltiradi: bog'liqlik obyektiv ravishda haqiqatan mavjud, o'xshashlik esa obyektiv ham, subyektiv ham bo'la oladi. Demak, metonimiya metaforaga nisbatan obyektivroqdir. O'xshatish va metafora munosabati metafora nazariyasining eng munozarali masalalaridandir. Ular bir-biriga nihoyatda yaqin kelishi bilan birga, tubdan farq ham qilishi mumkin:
a) shaklan;
b) mazmunan; v) usluban;
g) yo'nalishiga ko'ra.
Metafora (ê^), metaphor yoki amyu narsalarning ko'rinib turgan ma'nosini yashirgan
o'xshashliklariga qaraganda bir qadam oldinga siljiydi, asosan faqat yordamchi tushunchani
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
taklif qiladi. O'xshatish usulida bo'lgani kabi va kabi bog'lanish so'zlari
ishlatilmaydi. Masalan, I al^ (Sizning ko'zlaringiz tong yulduzi kabi
porlaydi) iborasi taqlid, ammo I (Ko'zlaringiz tong yulduzi) iborasi
metafora. Metafora nozik metafora bilan taqqoslagandan ko'ra ta'sirchan iboralarni ifoda etishi mumkin, ammo metafora suiiste'mol qilinsa, kontekst boshi aylanib, gapning ma'nosi noaniq bo'lishi mumkin, shuning uchun ehtiyot bo'lish kerak. Metafora - bu ob'ektni boshqa predmet bilan aniq taqqoslaydigan, asl mohiyatini sirtda ifodalaydigan emas, balki faqat metaforani
ifodalaydigan o'xshatish uslubiga aytiladi shakl. Misol: OO^ê Lf—I (Sen mening
quyoshimsan).
So'zning ko'p ma'noliligini o'rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun muhim rol o'ynaydi. Chunki, bir so'zning o'zida turli xil ma'noning bo'lishi uchun og'zaki va yozma nutqda qo'llashda uslubiy bo'yog'iga, ma'nosiga e'tibor berishni talab qiladi. Shu boisdan ma'no ko'chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so'z o'yinlarini yuzaga keltiradi. Bunday paytlarda so'zning to'g'ri va ko'chma ma'nosi to'qnashtiriladi, natijada kutilmagan yangi ma'no hosil bo'ladi.
So'zlarning ana shu nozik ma'no ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo'llanadi.
Leksema - tilning asosiy birligi. U bizni qurshab turgan olam unsurlarini nomlash uchun xizmat qiladi. Leksema faqat nomlash funksiyasi bilangina cheklanib qolmay, olam haqidagi bilimlarimizni kelajak avlodlarga yetkazish (kumulyativ vazifa), anglash (perspektiv), tinglovchiga ta'sir etish (ekspressiv) - vazifasini ham bajaradi. Bu esa leksemaning naqadar ko'p qirrali hodisa ekanligini ko'rsatadi.
Leksema va tushuncha o'zaro dialektik munosabatda bo'lsa ham, lekin har bir yangi tushuncha alohida so'z bilan ifodalana bermaydi. Agar har bir tushunchaga yangi so'z qo'llay berganimizda edi, til o'zining kommunikativ funksiyasini xiralashtirgan, yo'qotish darajasiga olib borgan bo'lar edi. Tilning xarakterli xususiyati shundaki, u xotirada saqlash mumkin bo'lgan sanoqli birliklar bilan cheksiz tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham yangi paydo bo'lgan tushunchalar, asosan, u yoki bu tilning amal qiladigan modellari asosida mavjud birliklar yordamida ifodalanadi. So'zni ko'chma ma'noda qo'llash ham yangi tushunchani tilda mavjud birliklar yordamida ifodalashning bir yo'lidir.
Metafora asosida nom ko'chishi predmet, belgi, harakat, holatlarning keng ma'nodagi o'xshashligiga asoslanadi. Asos konkret, abstrakt bo'lishi mumkin. Metafora tuzilishiga ko'ra sodda va kengaygan, badiiy hamda lingvistik metaforalarga ajratiladi1 . Lingvistik metafora ekspressiv bo'lmagan atama, badiiy metafora ekspressivdir. Ilmiy adabiyotlarda metaforani til va nutq hodisalari sifatida ikki turga ajratib ko'rsatadilar.
Tilshunoslikning o'rganilish obyekti tabiati ikki ziddiyatli jihatlar munosabatida shakllanishi masalasi ancha qadimdan qo'yilib kelingan bo'lsa-da, bu qarashning sistemalashgan va nazariy asoslangan ifodasi XX asrda paydo bo'ldi va F.de Sossyur nomi bilan bog'lanadi. Til ikki tarkibiy qism - lison va nutqni qamrab oladi. Lison muayyan jamiyat a'zolari uchun umumiy va tayyor qolip va sxemalar tizimi bo'lib, ijtimoiy-chekli hodisadir.
1 Kp6yïï®OHOBa r.K. MeTa^opaHHHr CHCTeMaBfen ^HHrBHCTHK Ta^KHHH: ®HMM.$aH^apH H0M30gu ... aBTope$. -TomKeHT, 2000. -E.
Nutq lisoniy xilma-xil yuzaga chiqish usullari bo'lgan shaxsiy, moddiy hodisadir. Har qanday tilga xos hodisa lisoniy va nutqiy jihatlarga ega bo'ladi. Nutqiy jihat kuzatish uchun qulay va bevositadir. Ammo shu bilan birga o'zgaruvchan va hisobsiz hamdir. Uning ortida - asosida nisbatan turg'un va chegaralangan lisoniy hodisa yotadi. Tilshunoslik fanining tarixiga nazar tashlasak, unda til hodisalarining birinchi jihatini o'rganish an'anasi kuchliroq ekanini ko'ramiz. Jumladan, metaforaning o'rganilishida ham. Uning ikkinchi jihati - lisoniy asosini o'rganish anchadan beri mavjud va dolzarbdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Abdullayev F. O'zbek tili leksikasining ba'zi bir masalalariga doir til va adabiyot instituti asarlari. - Tosh.: Fan, 1949.
2. Kim Mun Uk, Ismailov A. va boshqalar. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent. ToshDShI. 2007.
3. ^Ц. 0|C|g <2^. ^25^. МШ: 1971.
4. 0|gs|. ВДВД ^Й <2^. 1982
5. Й^ 11. МШ: МШЧ 1986.
6. Н&щ Ч^У ДЩЩ ^ = The Conseptualization of Animals in Korean Idiomatic Expressions ao^ (Kim Jung-a).