Научная статья на тему 'JEK LONDON HIKOYALARIDA METAFORA'

JEK LONDON HIKOYALARIDA METAFORA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
63
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
METAFORA / KO’CHIM / PERSONIFIKATSIYA / SINESTEZIYA / TASVIRIY BO’YOQDORLIK / SEMEMA

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yo'Lchiyev Q., Xalilova R.Q.

Ushbu maqola metoforik o’xshatishlarga boy bo’lgan Jek London hikoyalariga asoslangan maqola bo’lib, “Hayotga muhabbat” hikoyasidagi metaforalarni izohlaydi. Shuningdek, maqolada metafora ko’chim turi keng talqin qilinadi. Ushbu maqola orqali siz Jek Londonning metaforadan qanchalar mohirona foydalanganini nazariyalar misollar orqali yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METAPHOR IN THE JACK LONDON STORIES

This article is based on the stories of Jack London, which are rich in metaphorical similes, and explains the metaphors in the story "Love of Life". The article also broadly interprets the type of metaphorical transfer. Through this article, you will see how well Jack London used metaphors, theories and examples.

Текст научной работы на тему «JEK LONDON HIKOYALARIDA METAFORA»

Yo'lchiyev Q.

Filologiya fanlari doktori, dotsent Farg'ona davlat universiteti Xalilova R.Q.

Lingvistika, ingliz tili 2-kurs magistranti Farg'ona Davlat Universiteti

JEK LONDON HIKOYALARIDA METAFORA

Annotatsiya. Ushbu maqola metoforik o'xshatishlarga boy bo'lgan Jek London hikoyalariga asoslangan maqola bo'lib, "Hayotga muhabbat" hikoyasidagi metaforalarni izohlaydi. Shuningdek, maqolada metafora ko 'chim turi keng talqin qilinadi.

Ushbu maqola orqali siz Jek Londonning metaforadan qanchalar mohirona foydalanganini nazariyalar misollar orqali yoritiladi.

Kalit so'zlar: metafora, ko'chim, personifikatsiya, sinesteziya, tasviriy bo'yoqdorlik, semema.

Yolchiyev Q., doctor of philological sciences

associate professor Fergana State University Khalilova R.Q.

English 2nd year graduate student

linguistics Fergana State University

METAPHOR IN THE JACK LONDON STORIES

Abstract. This article is based on the stories of Jack London, which are rich in metaphorical similes, and explains the metaphors in the story "Love of Life". The article also broadly interprets the type of metaphorical transfer.

Through this article, you will see how well Jack London used metaphors, theories and examples.

Key words: metaphor, transference, personification, synesthesia, pictorial painting, sememe.

Leksema faqat nomlash funksiyasi bilangina cheklanib qolmay, olam haqidagi bilimlarimizni kelajak avlodlarga yetkazish (kumulyativ vazifa), anglash (perseptiv), tinglovchiga ta'sir etish (ekspressiv) - vazifasini ham bajaradi. Bu esa leksemaning naqadar ko'p qirrali hodisa ekanligini ko'rsatadi.

Leksema va tushuncha o'zaro dialektik munosabatda bo'lsa ham, lekin har bir yangi tushuncha alohida so'z bilan ifodalana bermaydi. Agar har bir tushunchaga yangi so'z qo'llay berganimizda edi, til o'zining kommunikativ

funksiyasini xiralashtirgan, yo'qotish darajasiga olib borgan bo'lar edi. Tilning xarakterli xususiyati shundaki, u xotirada saqlash mumkin bo'lgan sanoqli birliklar bilan cheksiz tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham yangi paydo bo'lgan tushunchalar, asosan, u yoki bu tilning amal qiladigan modellari asosida mavjud birliklar yordamida ifodalanadi. So'zni ko'chma ma'noda qo'llash ham yangi tushunchani tilda mavjud birliklar yordamida ifodalashning bir yo'lidir.

Metafora asosida nom ko'chishi - narsa, belgi yoki harakatga xos atamaning (so'zning) o'zaro o'xshashligi bo'lgan boshqa belgi, narsa, harakat haqidagi tushuncha uchun ham qo'llanishi, shu tushunchaning ham nomiga o'tishi (aylanishi)dir.

Ko'chma ma'nolarni atroflicha tadqiq etgan M.Mirtojiyev metaforalarning denotat o'xshashligi belgisiga ko'ra uch guruhga bo'ladi:

1) oddiy metafora; 2) personifikatsiya (jonli obyekt jonsiz obyektni o'ziga nomdosh qilib olishi); 3) sinesteziya (sezgi orqali xis etiladigan ikkinchi obyektni nomdosh qilib olishi). Bunda oddiy metafora belgilarga qarab oddiy qiyoslash, personifikatsiya - jonlantirish orqali qiyoslash, sinesteziyada esa subyektiv holatda qiyoslash o'xshatish uchun asos bo'ladi.

Metaforaga har doim funksional jihatdan qarash kerak. Bunda, bir tomondan, uning shoirga dilidagini ifodalashga, ikkinchi tomondan, she'rxonga ularni his qilishga qanchalik yordam berayotganini diqqat markaziga qo'yish muhim. Zero, metafora ijodiy faoliyat mahsuli ekan, xuddi badiiy asar yoki obraz kabi ikkala tomonni, ijodkor va o'quvchini birdek nazarda tutishni taqozo etadi. Demak, metaforaning hikoyadagi o'rni va ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning hikoya matnda bajarayotgan funksiyalarini ko'zdan kechirish zarurdir. Ushbu parchalar Jek Londonning "hayotga muhabbat" asarida qo'llanilgan metaforalardan bazilari

Menga qara, Bill, oyog'imni chiqarib oldim, shekilli! — deb qichqirdi. Bill oyoqlarini sudrab, sutdek oppoq suvdan kechib borardi. U orqasiga biror marta ham qayrilib qaramadi. Sherigi uning orqasidan qarab turardi. Uningyuzi avvalgidek hech narsani ifoda qilmasa-da, ko'zlarida yaralangan bug'u singari chuqur qayg'u ifodasi aks etdi.

Ushbu jumlalarni metaforik jihatlarini tahlil qiladigan bo'lsak: "oyog'imni chiqarib oldim", bu holatda oyoq tanadan uzilib chiqib ketgani emas, balki oyoqlarni shikaslab olgandagi og'riq ifodalab kelmoqda.

"sutdek oppoq"- bu iborani ko'radigan bo'lsak, suvning oqligini orttirma daraja orqali o'quvchiga tasviriy bo'yoqdorlik orqali yoritib berilgan.

"yaralangan bug'u singari chuqur qayg'u"- bug'uning ko'zlariga qarasangiz hamisha g'amginlik ko'rinadigan jonivor misolida o'quvchi uchun qaxramon holatini aniq-tiniq his qilishi uchun qo'llanilgan. Yozuvchi ushbu so'zlarni ifoda yanada ta'sirli bo'lishi uchun qo'llaydi.

Xulosa sifatida aytolamizki metafora asosida nom ko'chishi predmet, belgi, harakat, holatlarning keng ma'nodagi o'xshashligiga asoslanadi. Asos konkret,

abstrakt bo'lishi mumkin. Metafora tuzilishiga ko'ra sodda va kengaygan, badiiy hamda lingvistik metaforalarga ajratiladi. Lingvistik metafora ekspressiv bo'lmagan atama, badiiy metafora ekspressivdir. Ilmiy adabiyotlarda metaforani til va nutq hodisalari sifatida ikki turga ajratib ko'rsatadilar.

Metafora badiiy tafakkurning asosiy mexanizmi bo'lib, badiiy asarning barcha sathlarida (tildan boshlab kompozitsion qurilishigacha)kuzatiladi. Shunga ko'ra, o'rganilish ko'lamidan qat'i nazar (muayyan asar, alohida san'atkor ijodi, u yoki bu adabiy yo'nalish, maktab avlod va b.), metaforani tizim sifatida o'rganish talab etiladi.

Metafora aslida nomi yo'q bo'lgan narsa-tasavvurlarga nom berish, ularni atashning eng muhim vositalaridan biridir. Ammo bu vositadan foydalanish faqat ana shu ehtiyojgagina bog=liq emasligini, u inson tabiatidagi obrazli ifodaga o'chlik bilan aloqadorligini, nomi bor narsalarni ham metaforik yo'l bilan ifodalashga insonda ichki bir tabiiy intilish mavjudligini mutaxassislar alohida ta'kidlaydilar.

Har qanday lingvistik hodisa kabi metafora ham lisoniy asosga ega. Sememaga mohiyatan mos bo'lgan semalarning turlicha yaqinlashuvi sababli yangi-yangi ma'noga egadek tuyuluvchi nutqiy so'z aslida yagona lisoniy mohiyatlidir. Ana shu mohiyatning yuzaga chiqish imkoniyatlari - o'xashashlik, aloqadorlik kabilar orqali yangi ko'rinish kasb eta oladi.

Metafora ana shu imkoniyatlardan bittasi - obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi o'xshashlikning lisoniy akti bo'lmish mutanosib semalar asosida bir narsaning nomi ikkinchi bir narsa nomi o'rnida qo'llanilishidir. Metafora - ko'p qirrali jarayon. Shuning uchun ham uning tasnifi bir necha jihatni qamrab olishi shubhasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдуллаев А. Узбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. -Тошкент: Фан, 1983.

2. Абдурахмонов X., Махмудов Н. Суз эстетикаси. - Тошкент: Фан, 1981.

3. Davrbek Qo'ldashev, [04.05.2023 16:36]

4. Мамажонов А., Махмудов У. Услубий воситалар. - ФарFOна, 1996.

5. Миртожиев М. Лингвистик метафоралар таснифи. // Узбек тили ва адабиёти. - 1973. № 4. - Б. 33-37.

6. Миртожиев М. Эллипсислар ва кучма маъно. // Узбек тили ва адабиёти. -1973. - № 1. - Б. 57-61.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.