Научная статья на тему 'OBRAZLI VOSITALARNING TILSHUNOSLIKDA O’RGANILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI'

OBRAZLI VOSITALARNING TILSHUNOSLIKDA O’RGANILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

26
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafora / metonimiya / troplar / tasviriy ifoda / perifraza / epitet / stilistika / ma‘no ko‘chish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dildora Abdinabiyevna Raxmanova

Ushbu maqolada obrazli vositalarning turlari hisoblanmish metafora, epitet, perifraza va metonimiyaga lingvistik nuqtai nazardan berilgan tavsif ifodalangan bo‘lib, ularning badiiy asardagi vazifalari, o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy matnda ifodalanishi, qo‘llanilish sohasiga ko‘ra turlari haqida ma‘lumot keltirilgan. Badiiy tasviriy vositalarning o‘zaro birbiridan farqli jihatlari va ularning dunyo tilshunos olimlari tomonidan o‘rganilganligi haqida ma‘lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OBRAZLI VOSITALARNING TILSHUNOSLIKDA O’RGANILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

OBRAZLI VOSITALARNING TILSHUNOSLIKDA O'RGANILISHI VA

KLASSIFIKATSIYASI

Dildora Abdinabiyevna Raxmanova

O'zbekiston Milliy Universiteti tayanch doktoranti Email: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada obrazli vositalarning turlari hisoblanmish metafora, epitet, perifraza va metonimiyaga lingvistik nuqtai nazardan berilgan tavsif ifodalangan bo'lib, ularning badiiy asardagi vazifalari, o'ziga xos xususiyatlari, badiiy matnda ifodalanishi, qo'llanilish sohasiga ko'ra turlari haqida ma'lumot keltirilgan. Badiiy tasviriy vositalarning o'zaro bir- biridan farqli jihatlari va ularning dunyo tilshunos olimlari tomonidan o'rganilganligi haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: metafora, metonimiya, troplar, tasviriy ifoda, perifraza, epitet, stilistika, ma'no ko'chish.

STUDY AND CLASSIFICATION OF FIGURATIVE MEANS IN LINGUISTICS

Raxmanova Dildora Abdinabiyevna

PhD student of the National University of Uzbekistan Email: [email protected]

ABSTRACT

This article describes metaphors, epithets, periphrasis, and metonymy, which are types of figurative tools, from a linguistic point of view, their functions in an artistic work, their characteristics, their expression in an artistic text, and information about their types according to the field of application. given. Information is provided on the different aspects of artistic visual media and their study by world linguists.

Keywords: metaphor, metonymy, tropes, figurative expression, periphrasis, epithet, stylistics, transfer of meaning.

Bizga ma'lumki, tilshunoslik sohasida obrazli vositalar ko'pgina tilshunos olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Obrazli vositalar o'zi nima? Obrazli vositalarning qanday turlari bor va ularning tilshunoslikdagi vazifasi nimalardan iborat? Obrazli vositalar troplar ham deb atalib, nutqning ifodaviyligi va ta'sirchanligini oshirish maqsadida so'z va iboralarning ko'chma ma'noda qo'llanishi, ma'no ko'chishidir, ya'ni biror bir hodisa yoki predmetning nomi boshqa bir predmetning vazifaviy,

231

qdaVatpdagog

shakliy jihatdan o'xshashligi ta'sirida ma'no ko'chishini anglatadi. Ularning ko'p tarqalgan turlari: istiora (metafora), metonimiya, sinekdoxa, majoz (allegoriya), kinoya, sifatlash (vasf, epitet), kichraytirish (litota), mubolag'a (giperbola), jonlantirish, perifraza va boshqalar "Trop" termini dastlab yunon faylasufi Aristotel tomonidan ayrim troplarni, xususan, metaforani o'rganish jarayonida sillogizm shaklini ifodalash maqsadida qo'llangan. (mil. av. 4-asr) Germanistika sohasi vakillari E.G. Rizel va E. Shendels obrazli vositalarni quyidagi turlarga ajratganlar: a) metafora: sof metafora, allegoriya, jonlantirish, simvol, dinesteziya;

b) metonimiya: sinekdoxa, parsprototo; c) epitet: tavtologik epitet, izohlovchi epitet, oddiy epitet, murakkab epitetlar; d) perifraza: ironiya va litota; e) o'xshatish.[1,302]

Georg Lakoff AQShda tug'ilganiga qaramasdan nemis tili lingvistikasiga o'z hissasini qo'shgan. U kognitiv lingvistikada salmoqli ishlar qilgan. Georg Lakoff, kognitiv tilshunoslik sohasida mashhur bo'lgan amerikalik tilshunosdir. U o'zining "Konseptual metaforalar" teoriyasi bilan mashhur bo'lgan. Uning bu mavzuda qilgan ishlari, insonlar qanday g'oyalarini aniq qilish, til va fikrlar orasidagi aloqani tushuntirish va insonlar orasidagi tafsilotlarining tahlili va o'rganishga yo'naltirilgan. U xususiyatlar, odamlar, obyektlar va qarashlar orasidagi aloqalar haqida tadqiqotlar olib boradi. Yana bir tilshunos olim Klaus-Uwe Panther, linguistikada o'zining ko'plab ilmiy manbalarini taqdim etgan. Uning ilmiy yozma taqdimotlarining bir qismini quyidagi ko'rinishda ko'rsatish mumkin:

1. "Rethinking Metonymy: What Is Meant By 'Cognitive'?": Bu ilmiy manba da Panther, metonimiya (ma'noga yaqinroq obyekt yoki narsalar) kabi ko'plab lingvistik konseptlarning kognitiv aspektda o'rganadi.

2. "Metonymy and Pragmatic Inferencing": Bu maqolada Panther, metonimiyaning pragmatik jihatlari va metonimik ifodani aniqlovchi usullarini o'rganadi. U metonimiyaning pragmatik funksiyalarini tahlil qiladi.

3. "Metonymy and Conceptual Interaction": Bu yozuvda Panther, metonimiya va ma'naviy o'zaro ta'sirni va ularning ko'rsatgich funksiyalarini o'rganadi. U metonimiyaning ma'naviy konseptlar va ularning o'zaro aloqasini tushuntirishga bag'ishlangan.

Roman Yakobsonning "Linguistik und Poetik" (Lingvistika va poetika) nomli asari, tilshunoslikning asosiy asarlaridan biri sanaladi. Bu kitobda Yakobson tilning shakllanishini, o'zgarishlarini, metafora va metonimiyaning ahamiyatini, shuningdek, she'rlarda va san'atda ularning ishlatilishini tahlil qiladi. Uning bu kitobi, tilning shakllanish va funksiyalariga doir o'zgacha ko'zga ko'ringan nazariy tushunchalarni o'rganish uchun muhim bir manba hisoblanadi. Bu asar, tilshunoslik va

232

q^avlat^edagOgj

adabiyotshunoslik sohasida fikrlarini tahlil qilishga qiziqarli bo'lganlar uchun muhim bir ilmiy manbadir. Ushbu mavzuda ilmiy yozuvlar ko'p, chunki metafora va metonimiya linguistikada katta ahamiyatga ega bo'lgan mavzulardan biri deb aytish mumkin. Quyidagi ilmiy kitoblar bu mavzuda yozilganlardan ba'zilariga misol bo'la oladi:

1. "Metaphors We Live By" - George Lakoff va Mark Johnson

2. "Metaphor and Thought" - Andrew Ortony

3. "Metonymy and Metaphor in Grammar" - Klaus-Uwe Panther va Günter Radden

4. "Poetics of Prose" - Tzvetan Todorov

5. "Figures of Thought: Speculations on the Meaning of Poetry and Other Essays" - Howard Nemerov

6. "Metaphors of Depth in German Musical Thought: From E. T. A. Hoffmann to Arnold Schoenberg" - Holly Watkins

Bu kitoblarda metafora, metonimiya tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida keng tahlil qilinadi va ular mavzuni o'rganishga yordam beradi.

Nutqimizda eng keng tarqalgan ma'no ko'chish usuli metaforadir. Metafora (yunoncha metaphora — ko'chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o'rtasidagi ma'lum o'xshashlik asosida ko'chishidir. Masalan, javonning oyog'i birikmasida oyog'i so'zining ma'nosi odam yoki hayvon oyog'iga tashqi o'xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik turli asosda bo'lishi mumkin: 1. Ikki predmet o'rtasidagi shakliy o'xshashlik. Masalan, Dunyo -sahna.(Die Welt ist die Bühne) Bunda dunyo sahnaga o'xshatilgan va bu metaforaga yaxshi misol bo'la oladi. Odamning ko'zi va uzukning ko'zi. 2. Ikki predmet joylashishi bo'yicha o'xshashlik. Masalan, mushukning dumi, samolyot dumi va boshqalar. Nutq jarayonida metaforalardan foydalanish nutqimizni bo'yoqdorligini oshiradi. Muallif yoki yozuvchining badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi. Metonimiya - grekcha metonimiya so'zidan olingan bo'lib, boshqacha nom berish degan ma'noni bildiradi. Metaforaga o'xshash ma'no ko'chishning asosiy turlaridan bo'lgan metonimiya ham so'zlarning ko'chma ma'nosiga asoslanadi. Metaforad a bir-birilariga o'xshash predmet va ularning belgilari ko'chirilsa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko'rinish yoki ichki xususiyatlari bilan birbiriga qandaydir aloqasi bo'lsa ham, ammo bir-biridan farq qiluvchi predmetlar belgilari solishtiriladi. Masalan: Die Presse hat das Interview veröffentlicht.

(Matbuot intervyuni e'lon qildi) Bu gapda Matbuot (Die Presse) jurnalistlar yoki matbuot hodimlari ma'nosida ishlatilgan. Ra'no Anvarga xat yozib yuboradi va gapning qolganini Fuzuliydan o'qirsiz, deydi. (A. Qodiriy. —Mehrobdan chayon).

233

qdaVatpdagog

m

Bunda muallifning nomi uning asari o'miga ko'chgan nomi bilan qo' llanadi. Yoki "Darsdan so'ng aka uka Grimmlami birga o'qishdi." gapida ham asar muallif nomi bilan qo'llanganligini ko'rishimiz mumkin. Metonimiya ancha murakkab ma'no ko'chish hodisasi bo'lib, ayni zamonda ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar diqqatini o'ziga tortib keladi. Bu ma'no ko'chishiga tilshunoslar ko'p ma'noli so'zlardagi semema va semalarning xarakterli xususiyatlarini ochish, ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisalar tahlili nuqtai nazaridan yondashsalar, adabiyotshunoslar esa polisemantik so'zlardagi tasvirning turli vositalar (o'xshashlik, sifatlash, majoz istiora)ni yuzaga keltiruvchi omillar deb biladilar. Har ikkala sohada ham maqsad so'zning ma'no jihatdan jozibadorligi va undagi uslubiy imkoniyatlarni tadqiq qilishdir. Umuman olganda metonimiyada biror narsa ichidagi predmetni ma'nosi, o'sha narsaga o'tkaziladi. Masalan: Bir piyola ichdim. Bir tovoq tushurdim, —piyola choy ma'nosida, tovoq esa —osh ma'nosida keltirilgan. Yoki muallif nomi asar o'rnida qo'llanilishi mumkin: Navoiyni o'qidim, Oybekni o'qidim; yana harakat natijasi shu harakatni bajaruvchi predmet yoki buyum nomi bilan almashtiriladi.

Sinekdoxa so'zi yunoncha „synecdoche „ nazarda tutish so'zidan olingan bo'lib, qism orqali butunni, butun orqali esa qismni ifodalash sanaladi. Sinekdoxa usuli asosida ham predmetlar orasidagi aloqadorlik yotadi. Shu bois unga metonimiyaning bir ko'rinishi sifatida baho berish mumkin, lekin bu aloqadorlikda butun bo'lak munosabati doimiy yaqqol ko'rinib turadi. Misollarga e'tibor beraylik: "Ich brauche ein paar Köpfe in meinem Team." bu yerda ein paar Köpfe o'z ma'nosida bosh deb o'zbekchaga tarjima qilinadi, ko'chma ma'noda esa qatnashchilar yok ishtirokchilar ma'nosida qo'llanilgan bo'lib nutqning ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi; tirnoqqa zor (farzandga) kabi ko'rinishlarda qism orqali butun ifodalanyapti. „O'zbekiston yutdi, Farg'ona keldi iboralarida esa bir kishi yoki guruh nazarda tutiladi. Bunday o'rinlarda esa butun orqali qism ifodalanadi. Vazifadoshlik, ya'ni funksional ko'chish usulining mohiyati shundaki, ma'no ikki predmet o'rtasidagi vazifaviy o'xshashlik asosida ko'chiriladi. Masalan: oyoq insoning tik turishi uchun kerak bo'ladigan anatomik organi. Stulning oyog'i deb ataganimizda ham mana shu funksiyaga asoslaniladi. Odamning ko'zi -derazaning ko'zi (har ikkalasi ko'rish uchun), qushning qanoti - samolyotning qanoti (har ikkalasi uchish uchun). So'zning tasvirlanayotgan voqelikning mohiyatini ochish uchun turli ma'nolarda tovlanishi, ya'ni so'zlarning ko'chma ma'nolarda qo'llanilishi ilmiy jihatdan, uni o'qitish usullari esa metodik jihatdan maxsus o'rganilgan. Metafora haqida B. Raxmonova shunday deydi: —badiiy asar tilida leksemalarn ing ko'p ma'noli bo'lib kelishiga olib kelgan asosiy hodisa metaforadir.[2,67] Metafora ko'chma ma'no hosil qilishning eng keng tarqalgan usuli sifatida badiiy nutqning,

234

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Cjrchjq^avlat^edagogika^niVie

nutq badiiyatining muhim omillaridan hisoblanadi. Metonimiya hodisasi ham ko'pgina olimlar tomonidan o'rganilgan va turli xil tasniflar berilgan. Masalan, olim E. Qilichev o'zining "Badiiy tasvirning leksik vositalari" kitobida metonimiyaga quyidagicha ta'rif bergan: "Metonimiya polisemiyaning bir ko'rinishidir. Predmet yoki hodisalarni anglatuvchi so'zlar metonimiya yo'li bilan yangi ko'chma ma'no anglatar ekan, bunda bir-biridan tubdan farq qiluvchi va butunlay boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalovchi predmet-narsa va hodisalarning makon va zamonda o'zaro ichki va tashqi jihatdan yaqinligi, bog'liqligi, aloqadorligi ko'zda tutiladi. Ya'ni predmet yoki hodisalarni makon yoki zamondagi o'zaro doimiy bog'lanishlari asosida birining nomi ikkinchisiga ko'chiriladi.[3,45] Shuningdek, ushbu asarda metonimiyaning qiyosga asoslanishi, faqat metaforada bir-biriga o'xshash predmetlarning belgilari qiyoslansa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko'rinishi yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo'lsa ham, ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi (bir-biriga o'xshamagan) predmetlarning belgilari chog'ishtirilishi haqidagi fikrlar ham mavjud. Metonimiya badiiy adabiyotda eng ko'p qo'llanilgan badiiy vosita. Rus tilshunosi L. A. Buxalovskiy esa ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisani olti turga bo'lgan: metafora, vazifadoshlik, emotsionallik, metonimiya, xalq etimologiyasi sifatida, aloqadorlik. L. A. Buxalovskiy sinekdoxani metonimiyaning bir ko'rinishi deb hisoblaydi.[4,76]

Xulosa qilib aytganda, ko'chma ma'noda ishlatiladigan barcha ma'no ko'chishi turlari badiiy adabiyotda salmoqli o'ringa ega. Eng ko'p qo'llaniladigan metafora badiiy tasviriy ifodasi boshqa troplarning asosi bo'lib xizmat qiladi. Obrazli vositalar barcha xalqlarning xalq og'zaki ijodi namunalarida va badiiy asarlarda keng qo'llaniladi. Ular badiiy asar mohiyatini kitobxonlarga to'laligicha ta'sirli tarzd a tasvirlab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Riesel E, Schendels E. Deutsche Stilistik. -M.:Hochschule, 1975. S.302

2. Рах,монова Б., Файзиева Д., Жабборкулова А. Насрий матнда метафоранинг урни//Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. - Т.: 2009. 67-б.

3. Mirzayev M., Usmonov S., Rasulov I. O=zbek tili. - T:. O=qituvchi, 1970. 45-b

4. Бухаловский Л. А. Введение в языкознание. М.: Учпедгиз, 1954. - С. 76.

235

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.